Yoshlar-yangi O’zbekiston bunyotkori



Download 65,17 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi65,17 Kb.
#791225
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
IMmO5FeNBNAS1fkho0UAvM54LAOWMNUp


Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti C-1-21 guruh talabasi Raxmonova Fotimaning ma'naviyatshunoslik fanidan “yoshlar-yangi O’zbekiston bunyotkori”, “Adolat qonun ustuvorligida” mavzularida yozgan referati.


Reja:


  1. Yoshlar-yangi O’zbekiston bunyotkori

  2. Adolat qonun ustuvorligida

  3. Jaholatga qarshi ma'rifat.

YOshlar Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga e'tibori yanada kuchayganini islohotlar jarayoni ko'rsatib turibdi. Buning natijasini yoshlarning jamiyatda munosib o'rin egallashga bo'lgan ishtiyoqi va erishayotgan yutuqlarida ham kuzatishimiz mumkin. Ular o'zining kreativ g'oyalari, o'ziga xos loyihalari va aniq maqsadlari bilan tashabbus ko'rsatib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shib kelmoqda.
IIV tizimida ham yosh xodimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, inson qalbiga yo'l topib, xalq ishonchini qozonadigan, ma'naviyatli qilib tarbiyalash, o'z vaqtida to'g'ri qaror qabul qila oladigan xodim sifatida tayyorlash masalasiga alohida e'tibor bilan qaralib kelinmoqda.
Xususan, jazoni ijro etish tizimida yosh xodimlar bilan ishlash jarayoni uch tamoyil asosida – yuksak ma'naviyat, qonun ustuvorligi va adolat negizida olib borilmoqda. Tizimning bu boradagi tajribalariga to'xtaladigan bo'lsak, avvalo xizmatga yangi qabul qilingan xodimlar bilan ishlashning samarali usuli yo'lga qo'yilgan. Sohada ko'p yillar xizmat qilgan ustoz-murabbiylar tajribasidan unumli foydalanilmoqda. YOsh xodimlar ish samaradorligini ta'minlash yuzasidan Bosh boshqarma tomonidan tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Albatta, bu kabi sa'y-harakatlar o'zining ijobiy natijasini berayotir. Jazoni ijro etish tizimida ma'lum muddat xizmat qilib, eng avvalo bilimi, yangicha fikrlash qobiliyati, ilg'or g'oyalar tashabbuskori hamda g'ayrat-shijoati bilan boshqalarga o'rnak bo'lib kelayotgan yoshlar faoliyati kuzatilib, ular kelgusida rahbarlik lavozimlari zaxirasiga kiritilmoqda.
Mazkur yo'nalishlarda amalga oshirilgan ishlarning aniq raqamlariga to'xtaladigan bo'lsak, 2018-2020 yillar davomida jazoni ijro etish tizimiga 495 nafar yosh xodim xizmatga qabul qilindi. Ulardan etakchilik, jamoa bilan ishlash, xodimlarni maqsadli ishlashga o'rgatish, o'zining ilg'or g'oyalari ortidan ergashtira olish qobiliyatiga ega bo'lgan 56 nafari 30 yoshga to'lmasdan rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. SHuningdek, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida 138 nafar yosh xodimga Ichki ishlar vazirligining imtiyozli kreditlari hamda arzonlashtirilgan ipoteka uylari ajratildi.
Xodimlarning huquqiy bilimi va ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etib kelinayotgan o'quv-mashg'ulotlari hamda ko'rik-tanlovlar jarayonida asosiy e'tibor yangi qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlarni amalda qo'llash mexanizmlari va tartib-taomillarini tushuntirishga qaratilmoqda. Bu esa fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash bo'lgan soha xodimlarining xizmat faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish orqali ularning salomatligini ta'minlash, turli musobaqalar tashkil etish masalasi ham tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Faoliyatimizda aniq maqsadlarni ko'zlagan holda, bosqichma bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan amaliy ish va tajribalar kelgusida ham izchil davom ettirib boriladi. Zero, chuqur bilim, keng dunyoqarashga ega yoshlar – mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi kuchdir. Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini taʼminlangan. Xususan; ushbu qonunning 5 moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan. Ushbu yoʻnalishlardan davlat tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini, endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganligini koʻrish mumkin.
Shuningdek, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz aksini topgan. Jumladan, Oʻzbekistonda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan, uning mantiqiy davomi sifatida fizika boʻyicha Ahmad Fargʻoniy, kimyo fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya boʻyicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya boʻyicha Mirzo Ulugʻbek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi, iqtidor va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab quvvatlashdir. Mana, amalda bugun ijod, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati, oltin,kumush medal joriy etilgani, fan olimpiadasi gʻoliblari, Zulfiya, “Mard oʻgʻlon” “Kelajak bunyodkori” kabi davlat mukofotlarini joriy etilganining tub maqsadi, qonunning hayotiyligi va ijrosini taʼminlashdir. Qonunning ahamiyatli tomoni yana shundaki, unda Yoshlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illatlar taʼsiridan himoya qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etish maqsadida “Yoshlar –kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuzilib, yoshlar biznes tashabbuslarini, startap, gʻoya va loyihalarini amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz miqdorida imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari koʻrsatish; hamda dastur doirasida ajratilayotgan kreditlar miqdorining 50 foizidan oshmagan miqdorda kafilliklar berish kabi imtiyozlarni amalga oshirdi. Shuningdek, dastur doirasida yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslari, startap, gʻoya va loyihalarini amalga oshirishda maslahat, huquqiy, buxgalteriya va boshqa xizmatlar koʻrsatish, forumlar, master klass hamda seminarlar tashkil etish maqsadida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari ham amaliy yordamga yoʻnaltirilgandi. Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquqi va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir.
Shavkat Mirziyoyev
Shu kunlarda Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Bosh qomusining 25 yillik tantanasi keng nishonlanmoqda. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng xalqimiz qo‘lga kiritgan eng katta yutuqlaridan biri inson huquq va erkinliklarini ta’minlovchi hujjat bo‘lmish Bosh qomusimizning qabul qilinishi bo‘ldi.
Har bir davlatning shakllanishida Konstitutsiyaning o‘rni beqiyosdir. Bosh Qomusimiz millatimiz ruhiga, hayot tarzi va urf-odatlariga mos bo‘lgan imon-e’tiqod, insof, diyonat, mehr-oqibat, or-nomus, hayo kabi eng ezgu fazilatlarni o‘z ichiga olgan. Konstitutsiya milliy davlatchiligimizning ramzi sifatida insonning qadr-qimmatini ulug‘lash, uning huquqiy qonuniy manfaatlari daxlsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bosh qomusimizda bayon etilgan tamoyillar har bir inson o‘zini chinakam baxtiyor xis etishi, osuda va farovon hayot kechirishiga qaratilgan. Binobarin, Alloh taolo inson naslini ulug‘ladi, unga behisob ne’matlar yaxshiliklar ato etdi. Boshqa maxluqotlarga bermagan fazilatlarni aynan odamga xosladi.
Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli din vakillari, jumladan yurtimiz musulmonlari asosiy Qomusimizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklardan keng foydalanmoqdalar. Xususan, ushbu xujjatda vijdon, e’tiqod erkinligi kafolatlab berildi.
Islom ta’limotiga ko‘ra, din insonni o‘z xohishi bilan e’tiqod qiladigan ilohiy ko‘rsatmalar, amaliy majmuidir. Islom biror insonni dinga zo‘rlab kiritishga, o‘z e’tiqodini boshqalarning xohish-irodasiga qarshi o‘laroq majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Alloh taolo insoniyatni yaratgan ekan, ularni emin-erkin, o‘zaro ahl va inoqlikda yer yuzini obod qilib yashashga buyurgan. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
Albatta, Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyuradi hamda buzuqchilik, yovuz ishlar va zulmdan qaytaradi. Eslatma olursiz, deb (U) sizlarga (doimo) nasihat qilur” (Nahl surasi, 90-oyat).
Jamiyatdagi insonlarning o‘zaro bir-birlaridagi haq-huquq va majburiyatlarini astoydil ado etib, joriy bo‘lgan ma’lum qonun-qoidalarga rioya qilib yashashlari ijtimoiy adolatning qaror topishida muhim o‘rin tutadi. Islom dinda jamiyatdagi har bir kishining haq-huquq va majburiyatlari uning millati va e’tiqodidan qat’iy nazar aniq va ravshan belgilab berilgan.
Mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya rasmiy ro‘yxatdan o‘tib faoliyat ko‘rsatmoqda. 130 dan ziyod millat va elat vakillari o‘zaro ahil va tinch yashab kelmoqdalar. Turli din va millat vakillari o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stona munosabatlarni ta’minlash, ularning yurt taraqqiyoti yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishlariga erishish eng avvalo O‘zbekistonda olib borilayotgan oqilona siyosatning natijasidir. Ammo ming afsuski, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar turli dinlar o‘rtasida murosasizlik, adovat va nafratni yoyish, shu orqali tinch yurtlarni beqaror makonlarga aylantirishga harakat qilinmoqda. Biz esa mamlakatimizda yashaydigan barcha millat va din vakillari bilan bag‘rikenglikda hayot kechirmoqligimiz lozim bo‘ladi.
Shuningdek, ta’lim olish, mehnat qilish, davolanish, e’tiqod qilish, mulkka egalik huquqlari ham dinimizda hamma uchun birdek kafolatlangandir. Bosh qomusimizda ham aynan mana shu huquqlar alohida moddalar bilan kafolatlab qo‘yilgan.
Dinimizda shuningdek, jamiyatdagi har bir kishining zimmasida o‘zi yashab turgan jamiyatga nisbatan, undagi har bir shaxsga nisbatan va vataniga nisbatan burch va majburiyatlari bor ekanligi ham bayon etilgan. Qur’oni karimda shunday deyilgan:
Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shni-yu begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi” (Niso surasi, 39-oyat).
Yuqoridagi oyat va hadislarning mazmunidan ma’lum bo‘ladiki, kishilik jamiyatida qonunlarning ahamiyati juda ham katta. Darhaqiqat, adolatli qonunlar yurt tinchligi, xalq farovonligi va dunyo va oxirat obodligining asosidir 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi — QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI boʻyicha amalga oshirilgan ishlar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida bundan besh yil oldin xalqimiz bilan bamaslahat 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Oʻtgan davrda ushbu strategiya asosida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, sud-huquq tizimida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Kozimjon Fozilovich, gap shu haqda borar ekan, Siz bilan suhbatimiz avvalida Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga toʻxtalishni joiz topdik.

Download 65,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish