Yoshlar-yangi O’zbekiston bunyotkori


“Jaholatga qarshi – ma’rifat”



Download 65,17 Kb.
bet3/3
Sana13.07.2022
Hajmi65,17 Kb.
#791225
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
IMmO5FeNBNAS1fkho0UAvM54LAOWMNUp

“Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2021 yil 12 noyabr kuni yoshlar o‘rtasida diniy bag‘ri kenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Biz – yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” shiorlari ostida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Terorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mutaxassis xodimi O.Yusupov, Din ishlari bo‘yicha Toshkent shahar bosh boshqarmasi mutaxassisi J.Meliqo‘ziyev, TDYU dotsenti R.Ko’chkarov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yetakchi mutaxassisi E.Norpo‘latovlar so‘zga chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirib, Islom dini insoniyat, jamiyatimizda faqatgina mehr-muhabbat, do‘stlik, ezgu ishlarni amalga oshirishga da’vat etuvchi yagona din ekanligini, bugungi kunda tinch va osuda osmon ostida yashab, bilim olayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi xech birimizni tark etmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalzm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari bo’yicha tushuntirildi.
Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va yoshlar o‘rtasida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil qilish va o‘tkazib turishga kelishib olindi. O'zbek xalqining o'tmishi va bugungi kuniga teran nazar tashlagan har bir inson borki, bir holatdan hayratga tushadi. O'z boshidan ne-ne bosqinlar, qatag'onlarni boshidan o'tkazgan xalq qanday qilib o'zining yuksak qadriyatlari, ma'naviyatini saqlab qola oldi ekan? Milliy an'ana va udumlari shafqatsizlarcha tazyiqqa uchragan zamonlar silsilasidan mardona chiqqan xalqning matonati, irodasiga tan bermasdan iloj yo'q.
Dunyo tamadduniga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan, zo'ravonliklardan omon chiqqan milliy-ma'naviy qadriyatlar, yuksak axloqiy fazilatlar keng quloch yoyayotgan texnologik inqilob, axborot kommunikatsiyalari asrida emirilayotgani, olomon madaniyatining ortidagi ulkan kuchlar tomonidan yo'q qilib tashlashga urinilayotgani ham bor gap. Shu bois bugungi kunda oltinga teng ma'naviyatimizni asrab-avaylash dolzarb vazifaga aylangan. Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari tomonidan aholi orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilab olingan.
- Aholining keng qatlamini sog'lom turmush tarziga, bunyodkorlik, halollikka chaqirish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mumkin, - deydi viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash boshqarmasi boshlig'i, podpolkovnik Ilhom Ahmedov. - Ongi, tafakkuri yuksak, ma'naviy g'oyalar bilan sug'orilgan inson o'zganing haqiga xiyonat qilmaydi.
Haq gap. Halollik, peshona teri orqali tirikchilik qilishni kasb qilgan, ota-ona o'gitlariga, oilasi va vataniga sadoqatli insondan jinoyatchi chiqmaydi. Bunday insonni tarbiyalash uchun nafaqat oila, balki butun boshli jamiyat oyoqqa qalqishi zarur. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi shu jihatni e'tiborga olgan holda, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni kuchaytirish maqsadida viloyat hokimligi, Ma'naviyat-ma'rifat markazi, Axborot-kutubxona markazi, Madaniyat, Sport va Xalq ta'limi boshqarmalari kabi idoralar bilan hamkorlikda yil boshidan buyon yuzdan ortiq tadbirlar o'tkazildi. Aholi qamrovi shu darajada kengki, viloyatning eng olis hududlaridagi yoshlar, himoyaga muhtoj ayollar ham e'tibordan chetdan qolmagan. Bunga soha xodimlarining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod kabi tumanlarning chekka hududlarida yoshlar bilan o'tkazgan targ'ibot tadbirlari misol bo'la oladi.
Joriy yilning o'zida viloyat Axborot-kutubxona markazi va uning kuyi bo'limlari bilan hamkorlikda barcha tuman-shaharlarda o'ttizga yaqin kitobxonlik targ'ibotiga bag'ishlangan tadbirlar tashkil etildi.
Soha xodimlarining oila a'zolari, uyushmagan yoshlar, maktab o'quvchilari ishtirokidagi bu kabi tadbirlar orqali yoshlarni band qilish, ularning ongini yot g'oyalardan asrash kabi ezgu maqsad ko'zlangan. eng qizig'i, yil boshidan beri yoshlar, ta'lim muassasalariga homiylar tomonidan yuzlab kitoblar sovg'a qilindi. Soha xodimlari o'rtasida kitobxonlikning mantiqiy yakuni sifatida «Zakovat» intellektual o'yinlari tashkil etilib, ularning naqadar bilimdon, zukko ekaniga yana bir bor amin bo'lindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi tom ma’noda tarixiy ahamiyatga daxldor bo‘ldi. Ushbu nutq Toshkent vaqti bilan yarim tunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilganiga qaramasdan biz ko‘plab hamkasblarimiz bilan birga tinglab, donishmand, jasoratli davlatimiz rahbaridan cheksiz faxr-iftixor his etdik. Darhaqiqat, ushbu tarixiy nutqda ilgari surilgan fikr-mulohazalar, aniq va muhim hayotiy takliflar nafaqat mintaqamiz, balki butun dunyo ahli uchun ham dolzarb ahamiyatga ega. Shuning uchun ham davlatimiz rahbarining chiqishi jahon jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Prezidentimiz so‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etishini qayd etib, bunday o‘ta xavfli illatga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan emas, balki boshqa omillar bilan kurashish va ildizini qirqishga, birinchi navbatda, yoshlarning ong va tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish orqali kuchli immunitet yaratish zarurligiga e’tibor qaratdi.
Prezidentimiz o‘z nutqida islom dinining asl mohiyatini nihoyatda teran talqin etib bergani ham alohida e’tiborga sazovordir. BMTning yuksak minbaridan turib birinchi marotaba aytilgan islom dinining ezgulikka va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadigan buyuk din ekanligi haqidagi fikrlar tahsinga loyiq. Shu munosabat bilan bundan ming yillar oldin Markaziy Osiyoda yuz bergan Uyg‘onish davrida yurtimizdan yetishib chiqqan ko‘plab buyuk allomalar va mutafakkirlarning islom dini rivoji va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqidagi fikrlar ham beqiyos ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘sha davrda faoliyat ko‘rsatgan yuzlab, ehtimol minglab ulug‘ allomalar safida buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning olamshumul ahamiyatga ega ilmiy-ma’naviy merosi haqida aytilgan fikrlar esa, shaxsan men uchun, ya’ni allomaning hayoti va ijodiy faoliyatini ko‘p yillardan buyon o‘rgangan bir tadqiqotchi sifatida g‘oyatda hayajonli bo‘ldi. “Imom ad-dunyo” (Butun dunyoning imomi) degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan Imom Buxoriy hazratlari haqidagi muhtaram Prezidentimiz fikrlari dunyo ahli tomonidan alohida hurmat-e’tibor bilan qarshi olindi. Haqiqatan ham islom ta’limotida Qur’oni karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan manba – “Sahihi Buxoriy”ga tartib bergan buyuk alloma Imom Buxoriy hazratlarining buyuk xizmatlari Prezidentimiz tomonidan dunyo hamjamiyati e’tiboriga haqli ravishda yana bir bor havola etildi.
Haqqoniy savol tug‘iladi: yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar qanday qilib o‘rta asrlar sharoitida ilmu ma’rifat va ma’naviyatda shu qadar beqiyos yutuqlarga erishganlar? Buning sabablari ko‘p bo‘lsa-da, ulardan eng muhimi, u zotlar Islom dinining asosiy manbalari bo‘lgan Qur’oni karim va janobi Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadisi shariflarida keltirilgan ilmu irfon xususidagi ulug‘ g‘oyalarga ixlos bilan qat’iy amal qilganlar. Ular islom diniga ilmiy nuqtai nazardan yondoshib, chinakam ma’rifiy islomni o‘rganib, uni targ‘ib qilganlar, bu dinning sofligi yo‘lida fidoiylik ko‘rsatganlar, har qanday bid’at-xurofot va zalolatga boshlovchi toifalarga qarshi shafqatsiz kurashganlar. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Islom dinining asosiy tamoyillaridan biri ma’rifat. Bu xususda Payg‘ambarimiz alayhissalomning “Afzalukum iymonan, afzalukum ma’rifatan” (Sizlarning iymon-e’tiqodda afzallaringiz, ma’rifatda ham afzallaringizdir) yoki “Al-ma’rifatu – nurul qalbi” (Ma’rifat qalbning nuridir) kabi hadislariga buyuk allomalarimiz og‘ishmay amal qilib, ­ilmda ham, ma’rifatda ham olamshumul yutuqlarga erishganlar.
Hozir Vatanimizda muborak islom dinining ilmiy-ma’rifiy ta’limotini asrab-avaylash va ilmiy asosda chuqur o‘rganish, dunyo bo‘ylab keng ko‘lamda targ‘ib qilish maqsadida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilayotir. Bu ishlar dunyo hamjamiyati uchun ham bir ibrat va namuna desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shu maqsadda mamlakatimizda ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilayotir. Bu borada Yurtboshimiz nutqida tilga olingan fikrlar dunyo jamoatchiligi va ko‘plab davlatlar rahbarlari tomonidan yuksak mamnuniyat hissi bilan baholanayotgani ham yurtimizdagi ulug‘ va savob ishlarning amaliy e’tiroflari deyish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi mustaqil O‘zbekistonning jahon miqyosidagi o‘rni va nufuzi oshishiga xizmat qiladigan muhim voqea bo‘lganligi bilan ham tarixiy ahamiyatga daxldordir.
Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish bugun har qachongidan dolzarb ahamiyatga ega. Bu borada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, roʻyobga chiqarilayotgan aniq chora-tadbirlar xalqimiz manfaatlarini kafolatlashga xizmat qilmoqda. Buni odamlar turmush darajasi yuksalib borayotgani misolida ham yaqqol koʻrib turibmiz.
Binobarin, davlatimiz rahbari, avvalo, xalqni rozi qilish uchun bor imkoniyatni ishga solish ­kerakligi, “kabinetda oʻtirib buyruq berish” amaliyotiga chek qoʻyib, oddiy odamlar orasiga kirib borish, ularning dardi va muammolarini eshitib, ularni hal etish choralarini koʻrishga jiddiy eʼtibor qaratgan edi.
Natijada bugungi islohotlarga nisbatan odamlarning oʻy-qarashlari, fikrlari oʻzgardi, ertangi kunga ishonchi ortdi. Turli soha vakillarining oʻz ishiga, ­vazifasiga boʻlgan munosabati oʻzgardi.
Bularni jam qilib, mamlakatimiz adolatli jamiyat barpo etishga kirishdi, deyish mumkin. Biz uchun eng muhimi ham aslida shu edi.
Xoʻsh, bu jarayonda Bosh prokuratura va uning quyi tuzilmalari oʻrni qanday boʻlmoqda? Prokuratura oddiy odamlarni himoya qiladigan xalqchil organga aylana oldimi? Umuman, mazkur organ tomonidan oʻtgan davrda qanday ishlar amalga oshirildi?
Yangicha yondashuv va zamonaviy talablar
Islohotlarni hayotga izchil tatbiq etishda Prezidentimiz tomonidan prokuratura organlariga koʻplab dolzarb va masʼuliyatli vazifalar topshirilgan edi. Shundan kelib chiqib, yakunlangan yilda prokuratura organlari oʻz faoliyatini yangicha yondashuv va zamonaviy talablar asosida yoʻlga qoʻydi. Asosiy eʼtibor qonun buzilishi oqibatlarini emas, balki tizimli muammo hamda kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etishga qaratildi.
Oʻtgan yilda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilganda, tizim faoliyatini takomillashtirishga doir qator huquqiy hujjatlarning qabul qilinganini alohida eʼtirof etish joiz. Xususan, tegishli hujjatlar asosida Bosh prokuratura va viloyat prokuraturalari tashkiliy-shtat tuzilmalari oʻzgartirilib, yangi 13 ta ixtisoslashtirilgan ­boshqarma va boʻlim tashkil etilgani, Agrosanoat kompleksida qonuniylikni, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Bosh prokuratura huzurida Inspeksiya tuzilgani, Bosh prokuratura huzuridagi Departament tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilib, faoliyat sohasi kengaytirilgani va yangi-yangi muhim vazifalar belgilab berilgani shular jumlasidandir.
Qolaversa, hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish maqsadida alohida tuzilmalar — Bosh prokuraturada Moʻynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mustaqil boshqarma, Xorazm viloyatida qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etildi. Jinoiy-huquqiy statis­tika tizimini yuritish prokuratura ixtiyoriga oʻtkazildi, bu masalaga mutasaddi alohida boshqarma va boʻlimlar ochildi.
Oʻtgan yilda prokuratura organlari bayrogʻi va gerbi tasdiqlangani biz, prokuratura xodimlariga katta gʻurur va iftixor bagʻishlab, bu tizimda ishlayotgani, xalqimizga xizmat qilayotgani ularda sharaf tuygʻusini yanada kuchaytirdi. Albatta, prokuraturadagi oʻzgarishlar haqida koʻp gapirishimiz mumkin, asosiysi, xodimlarning dunyoqarashi oʻzgarib, islohotlarga masʼul­iyat hissi tobora ortmoqda.
2018 yilda Bosh prokuratura rahbariyati boshchiligida ishchi guruhlar hududlarga borib, investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish, umuman, joylardagi muammolarni hal etish boʻyicha amaliy choralar koʻrildi. Raqamlarda aytadigan boʻlsak, ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlarda 230 dan ortiq dolzarb ahamiyatdagi topshiriqlar bajarilmagani aniqlanib, ularning ijobiy hal etilishi taʼminlandi.
Jumladan, 144 ta tadbirkorlik subyektiga 114,5 mlrd. soʻm, 2,3 mln. yevro va 281,3 mln. AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlari ­ajratilishida hamda 26 mlrd. soʻm, 1,9 mln. dollar va 2,5 mln. yevro miqdoridagi kredit mablagʻlarining qaytarish muddatini uzaytirishda amaliy yordam koʻrsatildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun 1121 gektar yer maydoni ajratildi, 126 ta qishloq xoʻjaligi texnika va agregati, 4 ta ekskavator, 9202 dona maishiy gaz baloni, uni tashishga moʻljallangan 19 ta “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi hamda 74 turdagi tibbiy jihozlar yetkazib berilishi taʼminlandi.
16 853 tadbirkorning huquqi tiklandi
Ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etish, avvalo, yangi ish oʻrinlari yaratish, fuqarolarga ish topib berish aholi daromadlarini oshirishga bogʻliqligini barcha yaxshi anglashi zarur. Shu jihatdan, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash, umuman, iqtisodiy oʻsishning asosiy sharti — tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish borasidagi vazifalar ijrosi bilan bogʻliq. Bu borada prokurorlar tadbirkorlar, xorijiy investorlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganish, aniqlangan kamchiliklarni amalda hal etib berish choralari koʻrildi. Misol uchun, Xitoy, AQSH, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Hindiston kabi rivojlangan davlatlar yirik xorijiy kompaniyalari vakillarining respublikamiz barcha hududiga tashriflari uyushtirilib, ularga hududlarning investitsion imkoniyatlari namoyish etildi, mahalliy tadbirkorlar va masʼul idoralar oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazilgani ayni muddao boʻldi. Ana shunday tadbirlarda 200 dan ortiq investorlar ishtirok etib, tashriflar natijasida 77 nafari bilan 1 mlrd. AQSH dollaridan ziyod kelishuvlarga erishildi. Bosh prokuratura tomonidan Toshkent viloyatida 479,7 mln. dollarlik 23 ta loyihani amalga oshirish choralari koʻrildi. Natijada hozirgi kunga qadar 66,8 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar oʻzlashtirildi.
Mazkur yoʻnalishga oid yana bir dolzarb masala — boʻsh turgan obyekt­lardan samarali foydalanish. Bu ­borada Fargʻona viloyati misolida boʻsh turgan obyektlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish boʻyicha ish olib borildi. Keyinchalik mazkur tajriba boshqa viloyatlarga ham joriy etildi.
Natijada boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida jami 8 trln. 973 mlrd. soʻm va 272 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritish hamda 94 ming ish oʻrinlari yaratishni koʻzda tutuvchi 12 080 ta investitsiyaviy loyiha ishlab chiqildi. ­Egasiz, deb topilgan 325 ta obyekt davlat ixtiyoriga qaytarilib, jismoniy va yuridik shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratildi. Pirovardida 2041 boʻsh turgan obyekt xoʻjalik faoliyatiga jalb etilib, 7256 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Umuman olganda, bu yilgi faoliyatimizda tadbirkorlarning huquqiy himoyasini taʼminlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi doimiy nazoratga olindi. Koʻrilgan tadbirlar natijasida 16 853 tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 2 889 nafarining esa faoliyati tiklanishiga erishildi.
Mamlakat taqdiri bugun yoshlarga qay darajada eʼtibor berilayotgani, ularning iqtidori va salohiyatini ­namoyon etishlari uchun qanchalik ­sharoit yaratilayotgani, taʼlim-tarbiya masalalari qay darajada tashkil etilganiga bogʻliq, albatta.
Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi navqiron avlod vakillari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda juda katta qadam boʻldi. Bu tarixiy ahamiyatga ega hujjat ijrosini taʼminlashda prokurorlar ham faol ishtirok etdi. Jumladan, prokuratura organlari koʻmagida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 5100 dan ortiq ishchi guruhlari tashkil etilib, yoshlarning muammolarini aniqlash va amalda hal etish choralari koʻrildi. Aniqlangan kamchiliklarning 77,5 mingtasi yechimini topdi, shu jumladan, 44,5 ming nafar yoshlar ishli boʻldi, 3,4 ming nafari kasanachilikka jalb etildi. 4,6 ming nafariga 10,1 ming gektar yer maydoni ajratilib, 305 nafari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bino bilan taʼminlandi.
Joylarda 109 ta “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etildi, 18 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagidagi yoshlarga 375,7 mlrd. soʻm kredit ­ajratilishida koʻmaklashildi.
“Kabinetda oʻtirib” nazorat qilish tizimidan voz kechildi
Yakunlangan yil koʻplab istiqbolli loyihalarning amalga oshirilishi bilan ham gʻoyatda ahamiyatli boʻldi. Ijtimoiy sohadagi loyihalar roʻyobida prokuratura organlari chetda tomoshabin boʻlib turmadi. Chunonchi, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Ochigʻi, bu masalada prokurorlarga “kabinetda oʻtirib” nazorat qilish emas, balki ishlarni joyida tashkil etishga koʻmaklashish, masʼul idoralar tizimli ishlashini taʼminlash, muammolarni hal etishda amaliy yordam berish topshirildi. Shu asosda bu dasturlar ijrosini taʼminlashda prokurorlarimiz ham munosib hissa qoʻshdi.
Toshkent shahar hududidan oqib oʻtuvchi kanal va kollektorlar atrofini tartibga keltirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilib, qirgʻoq boʻyidagi 1320 ta noqonuniy qurilma buzilishi hamda 153 km. uzunlikdagi kanallar tozalanishiga, 159 ta tumandagi 417 ta qishloq hamda 41 tuman va shaharlardagi 105 ta mahallada uy-joylar, yoʻllar, infratuzilma obyektlarini yangidan qurish va taʼmirlashda koʻmaklashildi.
Manzilli dasturga kiritilgan 1340 ta ijtimoiy soha obyektining belgilangan muddatlarda qurilishi, rekonstruksiya va kapital taʼmirlanishi hamda foydalanishga topshirilishi, byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan tizimli prokuror nazorati oʻrnatildi. Ishchi guruhlar tomonidan 13 398 ta monitoring tadbiri oʻtkazilib, 420 ta holatda 8,4 mlrd. soʻmlik sifatsiz ishlar bajarilgani aniqlangani va kamchiliklar bartaraf etilgani ana shundan dalolat beradi.
Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha katta kuch safarbar etilgan. Bu esa moʻynoqliklar hayotiga oʻzgacha mazmun olib kirdi. Bunda Bosh prokuratura qoshida Moʻynoq tumanini rivojlantirish boʻyicha alohida boshqarma tashkil qilingani katta ahamiyat kasb etdi. Hozir ushbu ­boshqarma tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda tumanda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida 79 ta loyiha ­ishlab chiqildi. Orol dengizi ­qirgʻoqlarida “yashil qalqon” barpo qilish uchun ­ommaviy saksovul ekish tadbiri tashkil etilib, 2 976 gektariga oʻsimlik ekilishi taʼminlandi. Tumanning arxitektura va shaharsozlik qiyofasini tubdan yaxshilash maqsadida Bosh reja loyihasi ham ishlab chiqildi. Ushbu loyiha boʻyicha tumanda jami 20 ta, shu jumladan, 2019 yilda 10 ta, 2020 yilda 10 ta koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhimlaridan yana biri — soliq konsepsiyasini samarali amalga oshirish hisoblanadi. Bu borada qonunlar ijrosini aniq va bir xilda tashkil etish, qonunga itoatkor soliq toʻlovchilar huquqlarini himoya qilish, “xufiyona” iqtisodiyotga barham berish orqali soliq bazasini kengaytirish, byudjetga tushumlar koʻpaytirilishini taʼminlash prokuratura xodimlarining ustuvor vazifasidir. Shu maqsadda Bosh prokuraturada alohida boshqarma, viloyat prokuraturalarida esa tegishli boʻlimlar tashkil etildi.
Qoʻyilgan vazifalar ijrosiga masʼul Bosh prokuror oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari oʻrinbosarlari, tuman-shahar prokurorlari oʻrinbosarlari va yordamchilari lavozimlari joriy qilindi.
Bu oʻzgarishlar bugungi kunda oʻz samarasini bermoqda. Yaʼni tegishli idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlar natijasida jami 3,3 trln. soʻmlik qoʻshimcha manba aniqlanib, 2,6 trln. soʻmi undirildi, 66 094 ta subyektning faoliyati qonuniylashtirildi, 6 932 tasi qayta roʻyxatga olinib, 13 335 tasining ­faoliyati qayta tiklandi.
Qishloq xoʻjaligi sohasi — iqtisodiyotimizning muhim tarmogʻi. Shu bois keyingi yillarda ushbu yoʻnalishda ham katta oʻzgarishlarga qoʻl urildi. Agrosanoat kompleksida qonuniylikni va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Bosh prokuratura huzurida sohaga masʼul alohida Inspeksiya tuzildiki, bu ham yaxshi yangiliklardan biri boʻldi. tomonidan qishloq xoʻjaligining barcha yoʻnalishida nazorat tadbirlari oʻtkazib borildi, fermerlar huquqlarini himoya qilish, agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida va ­sifatli oʻtkazish, umuman, sohada qonuniylikni taʼminlash choralari koʻrildi.
Misol uchun, nazorat tadbirlari davomida fermer xoʻjaligi ishchi-xodimlarining 9 mlrd. 392 mln. soʻmlik ish haqlari, 3 mlrd. 749 mln. soʻmlik debitor qarzdorliklari undirib berilishi taʼminlandi.
Download 65,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish