I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari


-jadval Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklarida asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini



Download 1,27 Mb.
bet17/31
Sana14.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#360682
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining

5-jadval

Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklarida asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:

Mahsulotlar

yanvar-dekabr

2014 yil yanvar-dekabrga nisbatan foiz
щisobida


2014 yil

2015 yil

Tonna

ishlab chiqarish umumiy щajmidagi ulushi, foiz

tonna

ishlab chiqarish umumiy щajmidagi ulushi, foiz



















Go‘sht, tirik vaznda

3183

2,3

3514

2,3

110,4

Sut

21045

3,9

23272

4,0

110,6

Tuxum, ming. Dona

2405

1,4

2843

1,5

118,2

Qorako‘l teri, dona

23301

7,0

23448

6,6

100,6

Jun

167

6,0

175

6,1

104,8

Pilla

3107

100,0

3107

100,0

100,0

Paxta

341025

99,7

356552

99,7

104,6

Boshoqli don

373349

63,1

375360

63,3

100,5

Bug‘doy

360702

66,0

367262

66,5

101,8

Kartoshka

7939

6,9

11904

9,3

149,9

Sabzavot

69780

19,7

75865

19,4

108,7

Poliz

18708

23,5

20640

23,6

110,3

Meva va rezavorlar

70325

46,6

74769

45,7

106,3

Uzum

44366

44,4

48263

44,1

108,8

2016 yil 1 yanvar holatiga fermer xo‘jaliklarida 48,6 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 15,5 ming bosh sigir, 163,8 ming bosh qo‘y va echkilar, 128,8 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 7,3 foizga shu jumladan sigirlar 0,6 foizga, qo‘y va echkilar 11,9 foizga, parrandalar 38,9 foizga ko‘paydi.

2015 yilda amaldagi narxlarda 1813,7 mlrd.so‘mlik yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirildi. Shundan 768,7 mlrd.so‘mini chorvachilik mahsulotlari tashkil etdi. 2014 yilning shu davrga nisbatan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish solishtirma narxda 107,1 foizga o‘sdi. Viloyat qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i paxtachilik bo‘lib, u bilan bir katorda, donchilik, sabzavot – mevachilik, chorvachilik va boshqa tarmoqlar ham rivojlanib bormoqda.

2. Paxtachilik. Joriy yilda viloyatning109,6 ming gektar maydonda paxta ekilgan bo‘lib, davlatga 342 ming tonna paxta xom ashyosi sotish bo‘yicha 2863 ta fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzilgan.

2015 yilda viloyatda barcha tizim xo‘jaliklari bo‘yicha paxta 357474 tonna ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,5% ga ya'ni, 15472 tonnaga ko‘paytirildi.Ammo ba'zi tumanlar viloyat ko‘rsatkichidan orqada jumladan, Qorovulbozor (94,2%), Qorako‘l (98,4%), Vobkent tumanlarida (98,7%) ni tashkil qilmoqda.

3. G‘allachilik. Viloyat barcha tizim xo‘jaliklari bo‘yicha 2015 yilda 92,3 ming gektar maydondagi g‘alla o‘rilib 592,9 ming tonna don hosili olinib, har bir gektar g‘alla maydonining hosildorligi o‘rtacha 60,0 sentnerni tashkil etmokda. Jumladan Buxoro shahar 2657 tonna, Buxoro tuman 52939 tonna, Vobkent tumanida 66069 tonna, Jondor tumanida 57677 tonna, Kogon tuman 35574 tonna, Olot tumanida 53968 tonna, Peshko‘ tumanida 49603 tonna, Romitan tumanida 48814 tonna, Shofirkon tumanida 58400 tonna, Qorako‘l tumanida 64002 tonna, Qorovulbozor tumanida 35086 tonna, G‘ijduvon tumanida 68159 tonna g‘alla o‘rib olindi. Viloyat fermer xo‘jaliklarida bu yil 65,5 ming gektar maydonda g‘alla eqilib, agrotexnika qoidalari asosida parvarishlanganligi sababli 375,4 ming tonnaga yaqin don ishlab chiqarilib, har bir gektar g‘alla maydonining hosildorligi 57,2 sentnerga yetkazildi. 2015 yilda viloyat fermer xo‘jaliklarining jami yetishtirilgan g‘alladagi ulushlari 63,3 foizni tashkil qilmoqda.

4. Sabzavotchilik. Viloyatda 2015 yilda barcha tizim xo‘jaliklari bo‘yicha sabzavot 391225 tonna, kartoshka 128200 tonna, poliz 87497 tonna, meva 163520 tonna, uzum 109378 tonna ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sabzavot 36427 tonnaga, kartoshka 13035 tonnaga, poliz 7935 tonnaga, meva 12658 tonnaga va uzum 9422 tonnaga ko‘paytirildi.

5. Chorvachilik. Viloyatda 2015 yilda go‘sht ishlab chiqarish 150406 tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10195 tonnaga oshdi yoki 107,3 foizga o‘sdi. Bu borada 11 ta tumanda o‘rtacha 107,0-107,5 foizlarda o‘sish tashkil etgan bir paytda, Buxoro shahrida 104,0 foizni, Kogon shahrida esa 103,8 foizni tashkil etib viloyat ko‘rsatkichidan pastligicha qoldi.

Sut ishlab chiqarish 580055 tonnani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 107,6 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich Buxoro shahrida 100,8 foizni, Kogon shahrida 101,9 foizni tashkil etib, viloyat ko‘rsatkichidan past bo‘ldi.

Tuxum ishlab chiqarish hajmi 195,7 mln.donani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,1 mln.donaga oshdi yoki 112,7 foizni tashkil etdi. Bu borada o‘tgan yilga nisbatan tuxum ishlab chiqarish Buxoro shahrida 3,5 martaga Kogon tumanida 113,4 foizga, Qorovulbozor tumanida 109,4 foizga o‘sgan bo‘lsada, bu ko‘rsatkich Shofirkon (103,2), Peshko‘ (103,3%) tumanlarida pastligicha qolmoqda. Jun ishlab chiqarish hajmi 2852 tonnani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 76,5 tonnaga oshdi yoki 102,8 foizni tashkil etdi.

Qorako‘l teri ishlab chiqarish 354529 donani tashkil etib, o‘tgan yilga 21218 donaga oshdi yoki 106,4 foizni tashkil etdi. Bu borada Qorako‘l (100,3%), Kogon tumanlari (100,4%) va Kogon (100,0%) shahri viloyat ko‘rsatkichidan orqada qolmoqda. Qolgan tumanlarda yuqori o‘sish sur'atlari ta'minlandi.

Viloyatda qoramollar bosh soni 2014 yilda 933736 boshni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 49787 boshga oshdi yoki 105,6 foizni tashkil qildi. Shu jumladan, sigirlar bosh soni 373836 boshni tashkil etib, 7803 boshga o‘sdi.

Viloyatda qo‘y va echkilar bosh soni 1631900 boshni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 68745 boshga ko‘paydi yoki 104,4 foizga o‘sdi. Barcha tumanlarda qo‘y va echkilar soni o‘rtacha 102,0-104,0 foizlarga o‘sishi kuzatilmoqda. Parrandalar bosh soni 2195380 boshni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 341874 boshga yoki 118,4 foizga o‘sdi. Bu borada Kogon (101,6%), Peshko‘ (104,1%), Shofirkon (111,3%) tumanlarida parrandalar bosh sonining o‘sish sur'ati viloyat ko‘rsatkichidan past bo‘lib qoldi.

6. Pillachilik. Viloyat «Kumush tola ijodkorlari» rejadagi 3090 tonna o‘rniga sanoat uchun qimmatbaxo xom ashyo hisoblangan 3107 tonna pilla yetishtirib, rejani 100,5 foizga bajarib, o‘rtacha har bir quti qurt urug‘idan 59,3 kilogramm pilla hosili oldilar.

2015 yilda fermer xo‘jaliklar soni 3953 ta bo‘lib, shundan 2679 ta paxtachilik va donchilik, 642 ta bog‘dorchilik, 508 ta chorvachilik, 78 ta sabzavotchilik va 46 ta baliqchilik sohalarda xizmat ko‘rsatuvchi fermerlardir, shu kungacha fermer xo‘jaligi a'zolarining soni 78339 kishidan iborat. Ularga xo‘jalik yuritish uchun ajratilgan yerlarning umumiy maydoni 786686 gektarni tashkil etmoqda.Ular ixtiyorida 48617 bosh qoramollar, shu jumladan 15544 bosh sigirlar, 163800 bosh qo‘y va echkilar va 128755 bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2014 yilda ular hisobidan 3514 tonna go‘sht, 23272 tonna sut, 2843 ming dona tuxum va boshqa chorva mahsulotlari yetishtirilgan.

Fermer xo‘jaliklari hisobidan mahsulot ishlab chiqarish viloyat bo‘yicha barcha tizim xo‘jaliklarida, ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan, ayniqsa, go‘sht bo‘yicha 2,3 foizni, sut 4,0 foizni, tuxum 1,5 va don ishlab chiqarishda esa 63,3 foizni tashkil qilmoqda.

Respublikaning innovatsion xo‘jaligini shakllantirish iqtisodiyotning barcha sektorlarida, xususan agrooziq-ovqat majmuaida muvofiqlashtirilgan taraqqiyotni talab qiladi. Agrosanoat majmuining muvaffaqiyatli rivojlanishi Respublikaning milliy maqsadlarini amalga oshirishga, shu jumladan, mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta'minlashga ko‘maklashadi. Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirish, uning mahsuldorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, tizim xo‘jaliklarida yetishtirilgan go‘shtning 1,8 foizi, sutning 3,3 foizi, tuxumning atigi 0,5 foizi va qorako‘l terining 7,3 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishi15 va viloyatda atigi 5,6 foiz maydonda chorva ozuqa ekinlari ekilganligi aniqlandi. Viloyatda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning aksariyati shaxsiy xo‘jaliklarga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga katta e'tibor qaratilganligini hisobga olgan holda, aholini chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish maqsadida bu sohani ham rivojlantirish dolzarb muammo

Shu maqsadda Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ayniqsa go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan mini-texnologiyalar bilan ta'minlangan ko‘plab korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan. 2013-2015 yillar mobaynida viloyatda jami sutni qayta ishlaydigan yillik ishlab chiqarish quvvati 8,8 tonna bo‘lgan 14 ta, go‘shtni qayta ishlaydigan yillik ishlab chiqarish quvvati 5,5 tonna bo‘lgan 15 ta korxona tashkil etish rejalashtirilgan edi16

Jumladan, Prrezidentimizning 2006 yil 11 yanvarda qabul qilingan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer-dehkon xo‘jaliklari, qayta ishlash va savdo korxonalari ta'sischiligida 207 ta agrofirma tashkil etildi.

Mazkur agrofirmalarning asosiy ta'sischi fermer xo‘jaliklari hisoblanadi. Ya'ni, jami ta'sischilarning 34099 tasi (96,5 %) fermer xo‘jaliklaridan iborat. Ayni paytda 2006 yilda ta'sischi sifatida agrofirmalarga kirgan qayta ishlash korxonalari soni 175 tani tashkil etgan.

Buxoro viloyatida 8 ta agrofirma faoliyat yuritayapti.Ularning aksariyatida 94-97 % ta'sischilari fermer xo‘jaliklari hisoblanadi. Taxlil va kuzatuvlar natijasida aniqlanishicha ularning xech birida foydadan ulush berilmayapti.

Ular faqat qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib berish majburiyatini olganlar.

Tahlillar ko‘rsatishicha, agrofirmalar tizimida tashkiliy-iqtisodiy mexanizm bugungi kunda eng «bo‘sh» bo‘g‘in bo‘lib qolmoqda. Jumladan, agrofirmalar ta'sischilari tomonidan Ustav fondini oxirigacha shakllantirish, agrofirma doirasida fermerlarni bo‘naklash mexanizmi, foydani shakllantirish va taqsimlash tartiblari takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Shuningdek, agrofirmalar ta'sischilari bo‘lgan fermer xo‘jaliklari yetishtirgan mahsulotlarni sotib olish, saqlash va eksportga chiqish, qayta ishlash borasida hali ko‘plab ishlar amalga oshirilishi zarur.




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish