I bob. Ionli implantasiya usuli


Yelektr mashinalarni joriy remont qilishda va ularga



Download 1,84 Mb.
bet19/28
Sana31.12.2021
Hajmi1,84 Mb.
#251954
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Yelektr mashinalarni joriy remont qilishda va ularga xizmat ko’rsatishda rioya qilinadigan xavfsizlik qoidalari

Yelektr mashinalarga xizmat ko’rsatayotganda ularning aylanuvchi qismlaridan mexanik shikast olish va yelektr tokidan shikastlanish xavfi bo’ladi. Barcha aylanuvchi va tok o’tkazuvchi qismlari to’sib ko’yilgan bo’lishi kerak. Kontakt halkalari yoki kollektorni jilvirlayotganda himoya ko’zoynagi taqib olish,. oyoq tagiga izolyasiyalovchi materialdan yasalgan taglik qo’yish,. badanga yopishib turadigan kiyimda ishlash, yenglar panja yaqinida tugmalangan bo’lishi lozim. Faqat izolyasiyalangan dastali asbobdan foydalanish darkor. Aylanayotgan dvigatel reostatining zanjiri bilan ishlayotganda, 1000 V gacha kuchlanishli ustanovkalarda ishlayotgandagidek, yextiyot choralariga amal qilish kerak. Reostat zanjiri kisqa tutashtirib qo’yilishi lozim.Dvigatel qismlarga ajratmasdan remont qilish uchun to’xtatilganda viklyuchatel yuritmasiga «Ulamang — odamlar ishlayapti» («Ne vklyuchat — rabotayut lyudi») yozuvli plakat osib qo’yiladi. 1000 V dan katta kuchlanishli mashinalarni qo’lda ishga tushirish va to’xtatishda qo’lkop va kalish kiyib olish yoki rezina poyandoz ustida turish kerak. Plakat osib qo’yilgandan keyin tarmoqning uzilgan qismida kuchlanish yo’qligi tekshiriladi.

1000 V gachakuchlanishli o’zgaruvchan tok yelektr ustanovkalarida bu tekshiruvni bir qutbli kuchlanish ko’rsatkichi bilan bajargan ma’qul. U izolyasiyalovchi korpus 2 li avtoruchka ko’rinishida tayyorlanadi (3-rasm).Metall shchup 1 ni o’tkazgichga tekkizib, qo’l barmog’i metall kontakt 3 ga qo’yiladi. Yelektr zanjiri odam orqali tutashadi: kuchlanish bo’lsa, korpus ichidagi neonli lampa 4 yonadi. Polning o’tkazuvchanligi yomon bo’lganda xatoga yo’l qo’ymaslik uchun ikkinchi qo’l yerga ulangan narsaga tekkiziladi.Uzgarmas tok tarmog’ida kuchlanish borligi ikkita shchup va neonli lampaga yega bo’lgan ikki qutbli ko’rsatkich bilan aniqlanadi. Shchuplar ikkita simga tekkiziladi. Bu ko’rsatkich o’zgaruvchan tok tarmog’i uchun ham yaraydi. Ko’rsatkich o’rniga tekshirish lampasidan foydalanish taqiqlanadi, chunki lampani tasodifan katta kuchlanishga ulab qo’yganda uning kolbasi portlashi mumkin.Operativ jurnalga mashinaning uzib qo’yilganligi haqida yozib qo’yiladi. Ishlarning tugaganlig.i to’g’risida jurnalga yozilib, javobgarshaxs ko’rsatilganidan keyingina mashina yana ishga tushiriladi.Nasos va ventilatorlarning to’xtatib qo’yilgan dvigatellari suv yoki havo bosimi ta’sirida tasodifan ishlab ketishi mumkin. Bunday ustanovkalarda ventillar yoki boshqa berkituvchi qurilmalarni berkitish, ularni qulflab qo’yish va «Ochmang — odamlar ishlayapti» («Ne otkrыvat — rabotayut lyudi») yozuvli plakat osib qo’yish zarur. Agar uch fazali dvigatel tarmoqdan uzilgan bo’lsa, ta’minlovchi kabel xamma fazalarining uchlari qisqa tutashtiriladi va ko’chma yerga ulagich bilan yerga ulanadi. Kuchlanish batamom olingandan keyingina ishga tushirish apparatida ishlashga ruxsat yetiladi. Izolyasiyani yuqori kuchlanish bilan sinash va uning qarshiligini o’lchash ishlari yelektrotexnik xodimlar uchun xavf tug’diradi; bunday ishlar qo’shimcha xavfsizlik choralariga amal kilgan holda bajarilishi zarur. Bu ishlarni maxsus tayyorgarlikdan o’tgan kamida ikki kishilik brigada bajarishi kerak. Sinash vaqtida korpus va kojuxlar yerga ulab qo’yilishi lozim. Izolyasiyaning qarshiligi taxminan 1000 yoki 2500 V kuchlanishga mo’ljallangan megaommetrlar bilan o’lchanadi. Megaommetrning qarshiligiga tegib ketish xavfli yemas, chunki uning generatorining quvvati kichik va ichki qarshiligi katta. Ammo tekshirilayotgan yelektr zanjiri zaryadlanib qoladi va unga tegib ketish xavf tug’dirishi mumkin. Ulchash vaqtida chulg’am simlariga tegish mumkii yemas, o’lchab bo’lgandan keyin yesa chulg’amni darhol korpusga tekkizib zaryadsizlash zarur.


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish