KENJA BOTIR HAQIDAGI ERTAKLARNING MOTIVLAR QURILISHI
Kenja botir haqidagi o’zbek xalq ertaklari o’zining obrazlar tizimi, syujet qurilishi, motivlar tarkibiga xos bir qator epik belgilariga ko’ra boshqa tipdagi ertaklardan farq qiladigan xususiyatlarga ega. Ularning asosiy belgisi bu tip ertaklarning syujeti asosan kenja o’g’il sarzguzashti asosiga qurilishidir. “Xolmirzajon”, “Shamshirboz”, “Sumbul qush”, “Jo’raxon”, “Kenja o’g’il”, “Bulbuligo’yo”, “Tilla behi”, “Sehrli pichoq”, “Uch og’ayni”, “Misr podshosi”, “Abulqosim” kabi ertaklarda kenja bolaning uddaburonligi, topqirligi, mardligi va g’aroyib ko’makchilar yordamida qiyin shartlarni uddalab, maqsadga erishuvi tasvirlanadi.
Kenja botir haqidagi turkum ertaklarning kompozitsion qurilishi va obrazlar tizimi “uchlik mezoni”ga asoslanadi. O’zbek folklorida mavjud bo’lgan epik an’anaga ko’ra, bu tip ertaklarning initsial formulasi aka-uka sonining uchtaligi haqidagi epik ma’lumotni bayon qilishi bilan xarakterlanadi. E.M.Meletinskiy, S.Yu.Nekludov, S.Ye.Novik, D.M.Segallarning fikricha, epik syujetning asosini tashkil etuvchi “uchlik mezoni” – ertaklarga xos bosh belgi. M.Jo’rayevning yozishicha esa, “uch” raqami o’zbek xalq ertaklarining kompozitsiyasini belgilovchi muhim badiiy elementlardan biridir. Deylik, “Uch og’a-ini botirlar” ertagining strukturasi an’anaviy uchlikka asoslangan. Cholning uch o’g’li, uch kecha yo’l yurish, kechani uchga bo’lib, poyloqchilik qilish, uch qiz, uch sinov kabi uchliklar ertakni boshdan –oyoq o’ziga bo’ysundirib olgan. Shuning uchun an’anaviy uchlik ertak poetik strukturasining muhim komponentlaridan biri hisoblanadi.
“Bulbuligo’yo”, “Erkenja”, “Kenja Botir”, “Sumbul qush”, “Uch og’ayni”, “Badalqoracha”, “Abulqosim”, “Ota vasiyati” kabi ertaklarning syujet qurilishini tashkil etuvchi an’anaviy uchlikka aka-ukalar sonining uchtaligi asos bo’lgan. Aka-ukalar sonining uchtaligi bois, bu tip ertaklarning syujet qurilishidagi asosiy motivlar talqini ham an’anaviy uchlik asosiga quriladi. Xususan, “Ota vasiyati” ertagida ota o’z o’limidan avval uch o’g’lini oldiga chaqirib vasiyat qilishi lavhasi uch marta takrorlanadi. Bu motiv kenja o’g’ilning sadoqatliligi, ahdiga vafodorligi va uddaburonligini ko’rsatish va g’aroyib ko’makchilarga ega bo’lishi uchun zarur bo’lgan epik vaziyatni yuzaga keltirish hamda uni ertakning asosiy qahramoni sifatida epik voqealar olamiga olib kirish vazifasini bajaradi. Cholning: “Men o’lsam uch kun go’rimni poylaysanmi?” – degan savoliga to’ng’ich va o’rtancha o’g’il rad javobini berishadi. Kenja esa: “Ota uch kun emas, yuz kun poyla desangiz ham poylayman”, - deydi va otasining go’ri yonida uch kecha poylab yotib, qabr atrofini aylanib ziyorat qilishga kelgan oq, qora va saman otni ushlab oladi. Otlar kenjaga bir toladan yol berib, ko’zdan g’oyib bo’lishadi. Ma’lum bo’lishicha, bu otlar vafot etgan cholning vafodor tulporlari bo’lib, zarur bo’lgan paytda yo’qlansa, darhol hozir bo’lishar ekan.
Shu tariqa kenja g’aroyib yordamchilarni qo’lga kiritadi – otasiga xizmat qilgan sehrli otlar uning ixtiyoriga o’tadi. Bu tur ertaklarda sehrli otga ega bo’lish motivi ajdodlar ruhining madadiga erishish, ya’ni ajdodlar kulti bilan bog’lab talqin qilinganligi bejiz emas. Chunki mifologik qarashlarga ko’ra, inson yoki jonivor ko’rinishidagi sehrli ko’makchilar g’ayritabiiy xususiyatlarga ega bo’lib, odatda, o’zga olamga, ya’ni “narigi dunyo”ga taalluqli deb tushunilgan. Otaning o’z qabrini uch kecha poylash haqidagi vasiyati aslida o’z o’g’liga g’ayrioddiy ko’makchilarni hadya etish vositasidir. Vasiyatning uch marta takrorlanishi esa ertakda harakat qiluvchi aka-ukalar obrazining uchtaligi va ota hadyasi – sehrli ko’makchilarga egalik qila oladigan, ya’ni alohida magik kuchga ega bo’lgan nomzodni aniqlash ritualining epik tafakkur tizimida qayta idrok etilgan ko’rinishi sanaladi.
Islandiya ertaklari bizni qo'shimcha turlarni belgilashga majbur qiladi:313 (aka-uka o'g'irlangan sigirni qidirmoqda), 328 (kenja ukasi devning xazinasini olib chiqadi), 505 (minnatdor mittilar), 513, 531 (yordamchi ot), 566 (kenja o'g'li o'layotgan onasidan yordam olmoqda), 580, 613 (ikki sargardon).16
Ko'rib turganimizdek, minorat buning kenja farzand motivining kundalik substratidir. Minorat nafaqat kenjaning idealizatsiyasi va uning mashhurligi haqiqatini, balki ertaklardagi tafsilotlarda kenja o'g'li (kenja qizi) qahramon sifatida namoyon bo'lgan bir qator individual xususiyatlarni ham tushuntiradi.
“Ota vasiyati” ertagining badiiy qurilishida “uchlik mezoni” ning qabrga poyloqchilik qilish tarzida motivlashtirilgan talqini muhim kompozitsion vazifa bajaradi: ota qabrida qo’lga kiritilgan sehrli otlar kenjaning shoh shartini bajarib, malikaga uylanishiga ko’maklashsdi. Otlar soniga monand holda epik shart ham uch marta takrorlanadi, ya’ni ertak strukturasi “uchlik mezoni” asosida epik shartni bajarish lavhasini “uchlantiradi”; qahramon uchinchi urinishda qirq pog’onali shotiga chiqib, qiz qo’lidagi uzukni oladi.
Kenja botir obrazi ishtirok etgan o’zbek xalq ertaklarining syujetida ko’pincha “uch yo’l”motivi mavjudligi ko’zga tashlanadi. “Abulqosim”, “Mamajon va Qunduzoy”, “Misr podshosi”, “Oqqush” kabi ertaklar talqiniga ko’ra, aka-ukalar oldidan uch yo’l chiqqanida ularning eng kattasi “borsa kelar”ga, o’rtanchasi “borsa xatar”ga jo’nab ketadi. “Borsa kelmas” – kenja botir boradiga yo’l sifatida tasvirlanadi. “Navbatdagi sarguzashtlarga yo’l ochib, uning qiziqarli bo’lishini ta’minlaydigan’ bu motivning tarixiy asoslari ajdodlarimizning uch olam – ko’k, zamin va yer osti dunyosiga safar qilish to’g’risidagi qadimgi kosmogonik tasavvurlariga bog’lanadi.
Sehrli-fantastik ertaklarning sujeti sarguzasht voqealar tizimidan iborat. Voqealar rivojida tilsim muhim o‘rin tutadi: uch, to’rt, besh, olti, to’qqiz, qirq singari sehrli raqamlar (uch yo‘l, uch aka-uka, uch opa-singil, uch kecha-kunduz, yetti pahlavon, yetti pari, yetti kecha-kunduz, yetti bosh; qirq kecha-kunduz, qirq bahodir kabi an’anaviy ifodalar). Shuni eslatish o'rinliki, sehrli-fantastik ertaklarning mazmunmundarijasini tashkil etuvchi motivlar g‘oyat ko‘p va behad rang-barangdir. Ular orasida ayniqsa, sayohat motivi, sarguzasht motivi, sinov motivi, tush motivi, evrilish, befarzandlik, tasodifiy homiladorlik, keksalikda farzand ko‘rish, g‘ayrioddiy tug‘ilish va ulg‘ayish, yetimlik, o'gaylik singari motivlar ko‘p uchraydi. Jumladan, sinov motivining о‘zi ikki xil ко’rinishda: a)topishmoqli sinov tarzida, qahramon aql quvvatini sinash orqali inson aql-u zakovatini ulug‘laydi; b)qo’l kuchi-musobaqa sinovi tarzida; qahramonning jismoniy kuch-qudratini sinab, inson jismoniy kamolotini sharaflashga xizmat qiladi. Sayohat motivi esa uch xil jiloga ega: a)olamni bilish uchun kengliklarga intilgan qahramon (yigit yoki uch aka-ukalarning ota-onasidan rozilik olib, yayov yo‘lga chiqishi; b) bosh qahramonning tasodifan biror chuqurlik yo quduqqa tushib ketishi, g’orga kirib qolishi; v)bosh qahramonning uchar gilam, uchar etik, oynayi jahon yoki sehrli uzuk vositasida yo’lga otlanishi. Sayohat motivi asosida qurilgan sehrli-fantastik ertaklarda uchar gilam, yog‘och ot, uchar etik, supurgi va yo‘l azoblarini yengillashtiruvchi sehrli qalpoq, sirli taroq, sehrli qilich, igna, o‘q-yoy, hushtak, gavron kabi tilsimli vositalar ishtirok etadi va ular sujetni ham, qahramonni ham harakatga solib turadi.
O’zbek xalq ertaklarida qo’llanilgan “sehrli” raqamlarning tarixiy asoslari va badiiy vazifalarini o’rgangan M.Jo’rayev kenja o’g’il haqidagi ertaklarda ko’p uchraydigan an’anaviy uch yo’l, muayyan voqea-hodisalarning uch marta takrorlanishi kabi motivlarni tadqiq etgan. Uning yozishicha, “uch” raqami o’zbek xalq ertaklarining kompozitsiyasini belgilovchi muhim badiiy elementlardan biridir. Deylik, “Uch og’a-ini botirlar” ertagining strukturasi an’anaviy uchlikka asoslangan. Cholning uch o’g’li, uch kecha yo’l yurishi, kechani uchga bo’lib poyloqchilik qilish, uch qiz, uch sinov kabi uchliklar ertakni boshdan-oyoq o’ziga bo’ysundirib olgan.
Folklorshunoslar tomonidan “stilistik formula”, “ertak sarguzashtlariga yo’l ochuvchi element” sifatida tavsiflangan uch yo’l motivini kenja o’g’il to’g’risidagi ertaklarning o’ziga xosligini belgilovchi an’anavit epik motivlaridan biri sifatida ilmiy asoslagan M.Jo’rayev bu motivning kelib chiqishini qadimgi kosmogonik mifologiyaga bog’laydi: “qadimgi turk mifologiyasida Ko’k – tangrilar, yaxshi ruhlar maskani, Zamin – insonlar diyori, Yer osti – yovuz kuchlar, o’liklar olami sifatida tasavvur qilingan. Mifdagi trixomotik, ya’ni uch olam motivi o’zbek xalq ertaklaridagi epik makon talqiniga asos bo’lgan: qahramon safari uch yo’nalishdan bittasiga qaratilgan bo’ladi. Bu uch yo’l qahramonni uch olamga yetaklaydi: borsa kelar – Ko’kka, borsa xatar – Zaminga, borsa kelmas – Yer ostiga. Epik makonning afsonaviy tasviri xalqimizning qutblar hamda uch olam haqidagi mifologik tasavvurlari sintezi sifatida shakllangan.
Sarguzasht motivi ham rang-barang ko‘rinish kasb etgan holda kenja botir haqidagi ertaklarning jozibasini ta’minlagan. Bular quyidagi motivlardir: a) uzoq va notanish yurtlarga o'z baxtini izlab yo’lga chiqqan botirning qahramonona sarguzashtlari: go’zal qayliqqa erishish niyatida sehrli narsalarni sirli va xatarli manzillardan olib kclishi, yo‘lda ajdar yoki dev bilan to'qnashib, ular ustidan g'alaba qozonishi va h.k.; b)uch og'ayni botirlar kechirgan sarguzashtlar, c)уetim bolalar sarguzashti; d) “mitti polvonlar” yoki “ulkan odamlar” faoliyatiga aloqador sarguzashtlar va h.k.
Sehrli ertaklarda personajlar, voqea hodisalar, odatdan tashqari, g’ayri tabiiy holda tasvirlanadi. Bu kabi ertaklaming har bir epizodi qahramonlarning xatti-harakatlari sehr, jodu, mojiza, xayoliy timsollar bog’lanadi. “Semurg’”, “Kenja botir”, kabi ertaklar zaminida ibtidoiy dunyo qarash – tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonlarni muqaddas bilib, ularga topinish asosiy o’rin tutadi. Jumladan, quyosh, oy, tog‘, tosh, suv kabilar talqinida animistik dunyoqarash yotadi. Bunda jonsiz narsalar jonlantiriladi: yer, suv, tosh, toglar tilga kiradi, qahramorlar bilan o‘zaro munosabatda bo’ladi. Inson toshga aylanadi, sehr yechilganda esa yana asl holiga qaytadi. Ayiq, bo’ri, burgut, ilon, otda kult, totemistik, ajdar, dev, alvasti, jin kabi personajlar misolida mifologik tushunchalarning belgilari saqlanib qolgan. Shuning uchun ham ertakda hikoya qilingan voqealar hozirgi kun tinglovchisi va o'quvchisi tomonidan “yolg'on” deb qaraladi. Demak, ertaklardagi g‘ayri muqarrariy hodisalar ibtidoiy hayot haqiqatidan kelib chiqqan. Binobarin, ular hayotiy o’zakka ega bo’lgan uydirmalardir.
Qahramonlik madh etiluvchi ertaklarda asosan qahramonlik madh etiladi. Qahramonning har bir harakati sinov motivi bilan bog’lanib ketadi. Qahramon ajdar, dev, behisob dushman qo‘shini bilan to’qnashadi. Uning yechimida mardlik va beqiyos kuch aniqlanadi va ulug’lanadi. Qahramonlik ertaklarining asosiy belgisi – pahlavon qudratini sinab ko'rish. Sinash musobaqa shaklida talqin etiladi. U asosan aka-ukalar yoki qahramon bilan dushman, raqiblar o'rtasida bo’lib o‘tadi va pahlavonning ruhiy kechinmaslari murakkab emas. U faqat kuch ishlatib g'alaba qilishni biladi, ustomonlik qilish haqida fikr yuritmaydi.
Sehrli ertaklardagi dev, yalmogiz, pari, ajdar, semurg‘ kabi fantastik va mifologik timsollar tizimi mavjud. Bular ko’pincha salbiy xususiyatga ega parilar ertaklarda kaptar, it, ilon, kampir, kiyik kabi turli qiyofalarda ko‘rinadilar. Afsonaviy Eram bogi, Ko‘hi qof togida yashaydilar. Ularni dahshatli devlar qo'riqlaydi. U qahramon bilan to'qnashuvda qiyin shart, topshiriqlar qo'yadi. Ertaklardagi Yalmog’iz timsoli mifologik timsoldir. Uning kelib chiqishi ayollar saltanati bilan bog’liq. U eng avval muqaddas momo kulti ta’sirida tashkil topgan. Ayollar saltanati yemirilib erkaklar hukmronligi o’rnatilgach, u salbiy timsolga aylangan. Shu-shu yalmog’iz ikki xil mazmunda: goh ijobiy, goh salbiy timsol sifatida namoyon bo’ladi. Jodugar, shum kampir, maston kabilar yalmogizning har xil ko'rinishdagi varianti hisoblanadi va ertaklarda yalmog’iz ijobiy qahramonlarga qarshi qo‘yiladi.
Mohiyatda yalmog’iz kishi ko’ngliga egalik qilishga kirishgan va tasavvuf ahli “nafs” deb ataydigan ko’nikmalar majmui, inson ongsizligining ramzidir. Bunday ertaklarda asosan, “borsa kelar”, “borsa xatar” yo’llarning mag’zida yalmog’iz turadi. Ba’zi ertaklarda (“Cho’loq bo’ri”) yalmog’iz makoniga borgan kenja botir oldiga beda solingan it va suyak tashlab qo’yilgan otga duch keladi. U otga beda, itga suyak berib yalmog’iz makoniga o’tadi. Asira malikani qutqarib yalmog’izning uch sevimli buyumi – taroq, oyna va qayroqni olib ortiga qaytadi. Bor bisotidan ayrilgan yalmog’iz jahd bilan kenja botirni quvib yetadi. Shunda kenja botir yo’lga taroqni tashlaydi, osmon barobar changalzor paydo bo’ladi. Yalmog’iz tishidan bolta qilib, changalzordan yo’l ochib yana kenja botirga yetay deydi. Kenja botir qauroqni tashlaydi, ko’k bilan so’zlashgan tog’ paydo bo’ladi. Yalmog’iz yana tishini sug’urib undan cho’kich yasab yo’l ochadi va kenja botirni quvlashga tushadi. Shunda kenja botir oynani tashlaydi. O’rtada ko’l paydo bo’ladi. Yalmog’iz kenja botirdan “ko’ldan qanday o’tding?” deb so’raganda, “etagimni toshga to’ldirib sakragan edim, uchib o’tdim” deb javob beradi. Yalmog’iz etagini toshga to’ldirib ko’lning o’rtasiga sakraydi va suvga g’arq bo’ladi. Shunday qilib kenja botir undan qutulib qoladi.
Sehrli ertaklardagi salbiy timsollardan yana biri – ajdardir. Ajdar ertaklarda ta’riflanishicha, katta gavdali ilon, og‘zidan olov, tutun chiqaradigan maxluq. U suv yoki g‘ordan chiqqanda hamma yoqni shamol, bo’ron bosadi. Ajdar insonning yovuz dushmani. U odam yeydi, mamlakatni vayron qiladi.
Sehrli ertaklardagi yana bir timsol afsonaviy qushlardan biri – Semurg’dir. Semurg’ o'zbek mifologiyasi va ertaklarida qahramonning mehribon do’sti, himoyachisi, safardagi hamrohi, xaloskor qush timsoli. Semurg’ timsoli “Rustam”, “Kenja botir”, “Qahramon” singari ertaklarda keng tasvirlanadi. Sehrli ertaklaming qahramonlari ikki xil kuchga— ham afsonaviy, sehrli, yovuz kuchlarga qarshi kurashsa, ikkinchi tomondan nohaqlik, adolatsizlik, zulmga qarshi kurashadi. Bu ertaklar ming yillar mahsuli bo’lib, yillar davomida sayqal berilib kelindi. Yuqorida sanab o’tilgan barcha mifologik obrazlar kenja botir haqidagi ertaklarning asosiy qismini tashkil qiladi. Ba’zi ertaklarda kenja o’g’il yalmog’iz kampir bilan kurashishiga to’g’ri kelsa, boshqa birida esa o’z mahbubasini qutqarish maqsadida ajdar yoki devni mag’lub qilishiga to’g’ri keladi.
Shartlashish motiviga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bu motiv sehrli va hayvonlar haqidagi ertaklarda keng uchraydi. Koʻplab ertaklarda motivlarni bogʻlovchi kichik halqa boʻlib kelsa, “Bulbuligoʻyo”, “Aqlli qiz”, “Kenja botir” kabi sehrli ertaklarda syujetni yuzaga keltiradi.
Ertaklarlarda keluvchi shartlashishlarni umumiy mazmuniga koʻra quyidagicha tasniflaymiz:
1) nikoh bilan bogʻliq shartlashuvlar;
2) homiy kuchlar va koʻmakchi topish sharti bilan bevosita aloqdor shartlashuvlar;
3) epik makonda ilohiy vaziyatlar yuzaga keltirgan shartlashuvlar;
4) marosim bilan bevosita bogʻliq boʻlgan shartlashuvlar;
5) ijtimoiy-maishiy mazmundagi shartlashuvlar.
Homiy kuchlar va koʻmakchi topish sharti bilan bevosita aloqador shartlashuvlar ertaklarda oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. “Kenja botir” ertagida homiy ot shahzodaga sofdil boʻlishni, shunga rozi boʻlsagina koʻmak berishini aytadi. Bunga koʻngan shahzoda safarga ketadi. Ammo bu kelishuvni shartlashuv deya olmaymiz. Homiy qahramon bilan ziddiyatga bormaydi, oʻz talabini maslahat va erkin tanlov sifatida qahramonga bildiradi. Qahramon koʻmakchilar bilangina shartlashadi. Ular bilan kurashib oʻz muhrini bosadi, bahsni hal qilib berish orqali ular yordamidan foydalanadi.
Kenja o’g’il haqidagi ertaklardagi motiv qoida tariqasida aka-ukalarning raqobati va kurashini, katta akalarning kichigiga nisbatan adolatsiz munosabati tasvirini, ularning qahramonni xoinlik bilan o'ldirishga urinishlarini o'z ichiga oladi.Bu shakldagi motiv klassik patriarxal oilaviy jamoa bosqichidan o'tgan xalqlarning ertak folkloriga xosdir. Patriarxal oila jamoasining parchalanishi davrida sinfiy qarama-qarshilikning kuchayishi bilan bu motiv ertak qonuniga aylanadi.
Mo’jizaviy meros motivi G'arbiy Yevropa va Xitoy folklorida ko’p uchraydi. Skandinaviya ertaklarida eng kichik farzand ko'pincha otasidan yoki onasidan unga baxt keltiradigan ajoyib narsalarni oladi. Butun Yevropada eng kichigi meros bo'lib qolgan etik kiygan ajoyib mushuk haqidagi hikoya keng tarqalgan. Xitoy ertaklarida merosni taqsimlashdan mahrum bo'lgan kenja uka ajoyib (totem) hayvonni oladi, uning yordami bilan dalani haydab, mo'l hosil oladi.Ba'zida kenja o’g’il kichik bir yer uchastkasini oladi, bu esa, ba'zi bir manbaalarga ko'ra, ajdodlar yoki totemik kuchlar himoyasidagi muqaddas ajdodlar yeridir va bu qahramonga boylik keltiradi. Mo'jizaviy meros motivi oilaviy dinda kichik farzandning rolini, O'rta asrlar Germaniyasida mandrakadan butlarning kichiklarga o'tkazilishini va paleo-osiyoliklar orasida - olov yoqish uchun muqaddas lavhalarni eslatadi.
Kenjaning oilaviy kultdagi bu roli motivning “etnografik” manbalaridan biri bo'lishi mumkin: kenja merosdan kichik ulush oladi, lekin bu unga baxt keltiradi va kambag'allarni mukofotlaydi. Biroq, ertak endi kenja tomonidan olingan merosning “muqaddas” xususiyatiga urg'u bermaydi, balki u kichikroq qismga ega bo'lganligi va u kambag'al emasligi haqida gapiradi. Meros haqidagi ertaklar kichik o’g’ilning qonuniy imtiyozlariga emas, balki
oqsoqolning nohaq qilmishlari, manfaat ko‘zlab, tenglik tamoyilini buzganliklariga urg’u berib o’tadi.
Boshqacha qilib aytganda, merosning bo'linishi haqidagi ertaklar, asosan, minoratni idealizatsiya qilish orqali emas, balki mayoratni qoralash orqali hosil bo'ladi. Agar ertak oxirida eng kichigi otasining barcha merosini olsa, bu an'anaviy buyruq sifatida emas, balki unga nisbatan adolatsizlik uchun mukofot sifatida tasvirlangan. Bu ideal va qadimgi huquqiy odatning yodgorligi emas va uning mohiyati kichiklarning afzalliklarida emas, balki birodarlar tengligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |