3.2. O’ZBEK ERTAKLARIDA KENJA BOTIR OBRAZINING
SIFATLANISHI.
Ertak o‘zbek xalq nasrining asosiy janrlaridan biri hisoblanadi. Tarixiy asoslari qadimgi mifologiya va arxaik marosimlarning epik diffuziyasiga aloqador bo‘lgan ertak janrida o‘zbek xalqining ezgu g‘oyalari, o‘ziga xos dunyoqarashi, ma’naviy qadriyatlari, ruhiy-emotsional kechinmalari, oilaviy-maishiy, diniy-axloqiy qarashlari hamda badiiy-estetik tamoyillari o‘z aksini topgan. Ertak tinglovchiga badiiy-estetik zavq berish bilan bir qatorda unga muayyan axloqiy-didaktik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya 139 berish vositasi ham hisoblanadi. Folklorning boshqa janrlari kabi ertaklar ham xalq ommasi tomonidan ijod qilinib, asrlar mobaynida og‘izdanog‘izga o‘tib ommalashishi natijasida an’anaviy epik syujetlarning badiiy evolyutsiyasi ta’minlanadi. Ertak janriga mansub matnlar ko‘pincha, xalq nasrining bu janriga oid asarlarni yaxshi biladigan, so‘z san’atini yuksak darajada egallagan professoinal ertakchilar tomonidan maromiga yetkazib ijro etilishi tufayli sayqallanib kelgan.
O‘zbek xalq sehrli ertaklari orasida Kenja botir, Abulqosim, Qilichbotir, Erkenja, Shambirboz kabi nomlar bilan ataluvchi kenja o‘g‘il bilan uning akalari o‘rtasidagi konflikt kelib chiqishi tasvirlangan ertaklar salmoqli o‘rin tutadi. Bu tip syujetlar talqinicha, izlangan sehrli narsa, ot, qush yoki malikani axtarib topib kelgan kenjaga akalari dushmanlik qilishadi (kenjaning ko‘zini o‘yib quduqqa tashlash, oyoqlarini chopib tashlab ketish va h.k. motivlar). Bunday syujetlar qabilachilik tuzumining inqirozga yuz tutishi va urug‘ birligiga asoslangan yirik oila o‘rniga monogam oilalarning paydo bo‘la boshlagan davrda shakllangan. Ya’ni ota merosi uchun aka-ukalar o‘rtasidagi kurash va merosdan katta o‘g‘il ulushining ko‘pligi, eng kenjani ranjitish bu tip sehrli ertaklar syujetining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. O‘zbek xalq sehrli ertaklari personajlari safarining epik makondagi yo‘nalishi qahramon oldidan chiqadigan uch yo‘l bilan bog‘liq bo‘ladi. Sehrli ertaklarda tasvirlangan uch yo‘l uch olam ruhlarining o‘zaro aloqada bo‘lishlariga imkon 148 beruvchi magik nuqta, ezgulik va yovuzlikning ajralishi, bir-biridan uzoqlashish yo‘li hamdir. Bunday yo‘lda hamma vaqt yaxshilik va yomonlik kuchlari saralanadi. Sehrli ertaklarda syujet rivojini ta’minlaydigan an’anaviy uch yo‘l qahramonning safar yo‘nalishini belgilovchi badiiy unsurdir. «Abulqosim» ertagida pishgan tariq noma’lum sabablarga ko‘ra payhon etiladi. Podshoning uch o‘g‘li navbatma-navbat poyloqchilik qiladilar. Faqat uchinchi kecha qo‘lga tushgan devlar kenjaga tulporining tukidan berishadi. G‘aroyib otlarni izlab safarga otlangan og‘a-inilar oldidan uch yo‘l chiqadi.1 «Mamajon va Qunduzoy» ertagida safar sababi zotdor otlarning yo‘qolishi bo‘lsa, 2 «Misr podshosi»da shoh tushida ko‘rgan tilla qafas ichidagi bulbulni izlab uch aka-uka yo‘lga chiqadilar.3 Odatda bunday ertaklarda kenja o‘g‘il mashaqqati nomidan ma’lum «borsa kelmas» yo‘lini tanlaydi. Qo‘rqoq akalar esa «borsa kelar» va «borsa xatar»ga otlanishadi. An’anaviy uch yo‘l motivi qadimgi turkiylarning mifologik tasavvurlariga borib taqaladi. O‘zbek xalq sehrli ertaklarida sharq – ezgulik ramzi, g‘arb esa yovuz devlar makoni sifatida tasvirlanadi. Ertaklardagi mashaqqatli sarguzashtlar bilan bog‘liq epik yurt g‘arb tomonda, ya’ni kunbotardadir. An’anaviy uch yo‘l motivi gorizontal yo‘nalishga ko‘ra tasvirlanganda o‘ngchap tomonlar ramziga alohida e’tibor berilgan. «Sumbul qush» ertagida podshoning uch o‘g‘li ajoyib qushni ovlash uchun yo‘lga chiqadilar. Katta yo‘l ayrilishda quyidagi shunday yozuv uchraydi: «Borsa kelar o‘ngda, borsa kelmas chapda, to‘g‘ri yurgan gumona». «Misr podshosi» ertagida aka- ukalar yo‘l uchga ayrilgan yerga yetib kelganlarida «uch ko‘cha og‘zida bittadan tosh qo‘yilgan bo‘lib, toshlarga «chap qo‘l ko‘cha – borsa kelmas», «o‘rta ko‘cha – borsa xatar», «o‘ng qo‘l ko‘cha – borsa kelar», deb yozilgan ekan.2 Bunday ertaklarda o‘ng tomon – borsa kelar – sharq – omad – hayot tushunchalari, chap tomon – borsa kelmas – g‘arb – omadsizlik – o‘lim tushunchalariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Fikrimizcha, qadimgi turkiylar dunyoqarashida muhim rol o‘ynagan quyosh kulti olamning gorizontal yo‘nalishidagi tuzilishiga asos bo‘lgan. Olamning uchlikka asoslangan kosmogonik talqini qadimgi turkiylarning mifologik qarashlari asosini tashkil etgan. Arxaik miflarda madaniy qahramonlarning sarguzashtlari uch olam bilan bog‘liq bo‘lib, Ko‘k – Zamin – yer osti asosiy mifologik makon areali bo‘lib, bu struktura keyinchalik sehrli ertaklarga ham o‘tgan. O‘zbek xalq sehrli ertaklarida ko‘pincha qahramonlarning yordamchilari zoomorf shaklda, ya’ni hayvonlar va qushlar qiyofasida tasvirlanadigan g‘aroyib jonzotlar – uchar ot, laylak, bulbuligo‘yo, bo‘ri, Semurg‘, anqo, oltin baliq, chumoli, oltin tuyoqli kiyik singarilar xayoliy timsollardir. Qahramonning boshiga juda og‘ir ish tushganda yoki juda uzoq masofali va qo‘lga tushirilishi qiyin bo‘lgan narsalarni keltirish topshirilganda, biror munosabat topilib, qahramonga bo‘ri yo‘liqtiriladi. Ana shu jonzot bu qiyin ishlarni osonlik bilan hal bo‘lish yo‘lini ko‘rsatib, unga yordam beradi.
XULOSA
Ingliz va o'zbek xalqlari bir-biridan uzoq makonda yashab, har xil tizimli tillarda so'zlashib kelayotganiga qaramay, ular tomonidan yaratilgan ertaklardagi sehrli predmetlar genezisi va badiiy talqinida muayyan o'xshashliklar hamda o'ziga xosliklar borligi alohida e'tiborni tortadi. Ingliz va o'zbek va ingliz ertaklarida kenja botir obrazi sehrli-fantastik ertaklarning tabiatini belgilovchi muhim omillardan biridir.
Kenja botir obrazi sehrli-fantastik ertaklarning qadimiy, an'anaviy obrazlaridan bo'lib, turli xil ko'rinishlarda va badiiy vazifalarda namoyon bo'ladi. Uning mifologik va hayotiy, tarixiy-ijtimoiy asoslarini, milliylikni qay darajada ifodalab kelishini o'rganish insoniyat badiiy tafakkuri tadrijini jahon folklori miqyosida qiyosiy aniqlash imkonini bera oladi.
G'arb va Sharq poetik hodisalari orasida ertaklardagi kenja botir obrazining alohida o'rni bor. U G'arb va Sharq an'analari asosida obrazlantirilishi kuzatiladi. Jumladan, ingliz va o'zbek xalq ertaklaridagi kenja o’g’il obrazi shu xalqlarning milliy mentaliteti asosida ifoda etilgan. Ular orasida kelib chiqishi, tasviri va talqini jihatidan o'xshashlari, vazifadoshlari mavjud.
Kenja o’g’il obrazining kelib chiqishini patriarxal oilalar negizida monogam, kichik oilalarning yuzaga kelishi va merosning farzandlar o’rtasida taqsimlanishi udumlari bilan bog’lashga qaratilgan bu ilmiy qarash masalaga bir tomonlama yondashuv oqibati ekanligi keyinchalik folklorshunoslar tomonidan tanqid qilingan. Chunki monogam oilalar paydo bo’lgandan keyin ham ayrim xalqlarda, masalan, turkiy xalqlarning ko’pchiligida kenja o’g’ilning ota chirog’ini yoquvchi sifatidagi ijtimoiy mavqei saqlanib qolganligi etnografik tadqiqotlardan ma’lum.
Kenja botir haqidagi turkum ertaklarga xos bo’lgan muhim epik belgilardan biri voqealar rivojida uch aka-uka ishtirok etishiga qaramasdan, asosiy sarguzashtlar bevosita kenja uka nomi bilan bog’liq bo’lishidir.
Klassik Yevropa, qisman Osiyo ertakning sevimli qahramoni bo’lgan kenja o'g'li har doim otasi tomonidan shartlarda qo’yilgan obrazlar yoki narsa-predmetlarni qidirish maqsadida sayohatga chiqishganda katta akalariga qaraganda ularga tezroq erishadi, u akalari bajarolmagan qiyin topshiriqlarni uddalay oladi musobaqalarda birinchi bo'ladi. Bundan tashqari, bir qator ertaklarda katta akalar g’ayirlik bilan kichik ukaga xiyonat qiladilar, uni chuqurga yoki quduqqa itaradilar, mo’jizaviy narsalarni olib qochishadi.
Folklorshunoslar tomonidan “stilistik formula”, “ertak sarguzashtlariga yo’l ochuvchi element” sifatida tavsiflangan uch yo’l motivini kenja o’g’il to’g’risidagi ertaklarning o’ziga xosligini belgilovchi an’anavit epik motivlaridan biri sifatida ilmiy asoslagan M.Jo’rayev bu motivning kelib chiqishini qadimgi kosmogonik mifologiyaga bog’laydi.
O’zbek xalq ertaklarida qo’llanilgan “sehrli” raqamlarning tarixiy asoslari va badiiy vazifalarini o’rgangan M.Jo’rayev kenja o’g’il haqidagi ertaklarda ko’p uchraydigan an’anaviy uch yo’l, muayyan voqea-hodisalarning uch marta takrorlanishi kabi motivlarni tadqiq etgan. Uning yozishicha, “uch” raqami o’zbek xalq ertaklarining kompozitsiyasini belgilovchi muhim badiiy elementlardan biridir. Deylik, “Uch og’a-ini botirlar” ertagining strukturasi an’anaviy uchlikka asoslangan. Cholning uch o’g’li, uch kecha yo’l yurishi, kechani uchga bo’lib poyloqchilik qilish, uch qiz, uch sinov kabi uchliklar ertakni boshdan-oyoq o’ziga bo’ysundirib olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |