KIRISH…………………………………………………………………………..3-5
I BOB. INGLIZ VA O’ZBEK XALQLARIDA KENJA O’G’IL HAQIDAGI ERTAKLARNING O’RGANILISH ASOSLARI.
INGLIZ FOLKLORIDA KENJA O’G’IL HAQIDAGI ERTAKLARINING TO’PLANISHI, NASHRI VA O’RGANILISHI……………………….6-12
O’ZBEK XALQINING KENJA O’G’IL HAQIDAGI ERTAKLARI, TO’PLAMLARI NASHRI VA ULAR USTIDA OLIB BORILGAN IZLANISHLAR.......................................................................................12-18
I BOB BO’YICHA XULOSALAR……………………………….….……….19-20
II BOB. INGLIZ VA O’ZBEK XALQLARIDA KENJA O’G’IL HAQIDAGI ERTAKLARNING GENEZISI VA POETIK QURILISHI
KENJA O’G’IL ISHTIROKIDAGI ERTAKLARNING GENEZISI.…21-29
KENJA BOTIR HAQIDAGI ERTAKLARNING MOTIVLAR QURILISHI…………………………………………………………..…39-47
II BOB BOYICHA XULOSALAR………………………………………...…47-48
III BOB. INGLIZ VA O’ZBEK ERTAKLARIDA KENJA BOTIR OBRAZI TASVIRIDA UMUMIY VA XUSUSIY QIRRALAR
3.1. INGLIZ ERTAKLARIDA KENJA BOTIR OBRAZINING TAVSIFI............................................................................................................49-52
3.2. O’ZBEK ERTAKLARIDA KENJA O’G’IL OBRAZINING SIFATLANISHI
III BOB BO’YICHA XULOSALAR………………………………………….52-55
XULOSA………………………………………..……………………………55-56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………..56-58
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Barchamizga ma’lumki, birinchi Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrda “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to`g`risidagi qarori1 qabul qilingandan so`ng, chet tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o`rganish davr talabiga aylandi. Chet tillarini o`rganishga qaratilayotgan e’tibor va talabni inobatga olgan holda ingliz asarlarining o’zbek tilidagi tarjimasini va ulardagi tarjimaga oid muammolarni o`rganish hozirgi kunning dolzarb vazifasidir.
Hozirgi kunda ingliz tilini 1-sinfdan boshlab ta’lim tizimida joriy etilganligi, ingliz tilidagi darsliklarning ya’ni, takomillashtirilgan nusxalarining bosib chiqarilayotganligi hamda o`rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida maxsus jihozlangan ingliz tili xonalarining yaratilayotganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, mazkur magistrlik dissertatsiyamizning mavzusi ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki unda ingliz asarlarining o`zbek tilidagi o`ziga xosliklarini (makon va zamon) atroflicha o`rganishga e’tibor qaratilgan2.
Jahon adabiyotshunosligida Gʼarb va Sharq poetik hodisalarining mushtarak va farqli jihatlarini, oʼzaro taʼsirini qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan oʼrganib, tipologik va spetsifik belgilarini aniqlashga hamisha katta eʼtibor bilan yondashilgan. Bu jihatdan ingliz va oʼzbek ertaklarida turli sehrli predmetlarning Gʼarb va Sharq anʼanalari asosida obrazlantirilishi ham alohida diqqatni tortadi. Ingliz va oʼzbek xalq ertaklarida sehrli predmetlar obrazi milliylik asosida ifoda etilsa-da, aksariyatining kelib chiqishi, tasvir va talqinda oʼxshashlik borligi, vazifadoshligi ularga xos umumiy va xususiy belgilarni qiyosiy aspektda aniqlash zarurligini koʼrsatadi.