Magistrlik dissertatsiyamizning asosiy obyekti sifatida ingliz va oʼzbek ertaklari asosiy manba sifatida tanlandi.
Tadqiqotning predmetini ingliz va oʼzbek ertaklaridagi kenja botir obrazining kelib chiqish tarixi, poetik xususiyatlari va ularning badiiy-estetik vazifalari tashkil qiladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.ingliz va oʼzbek ertaklaridagi kenja botir obrazining oʼrni, genezisi, badiiy koʼrinishlari, umumiy va xususiy, milliy belgilari, poetik vazifalar jihatidan oʼxshashligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotimiz maqsadi oldimizga quyidagi vazifalarni qo`yishni taqozo etdi:
ingliz hamda oʼzbek folklorida kenja botir haqidagi ertaklarning to’planishi, ularning mualliflari va nashr etilganligi haqida ma’lumot to’plash;
ingliz va oʼzbek ertaklarida kenja botir obrazining kelib chiqish tarixi, genezisi, motivlar qurilishi va mavzular mundarijasini aniqlash;
ingliz va o’zbek ertaklarida kenja botir obrazi tasvirida umumiy va xususiy qirralarini tahlil qilish.
Magistrlik dissertatsiyasining o`rganilganlik darajasi va yangiligi. Ingliz adabiyotida Jozef Jeykobs, Meri de Morgan, Janna Rouling, o’zbek adabiyotida M.Jo’rayeva, M.Afzalov, G’.Jalolov kabi olimlar kenja botir haqidagi ertaklarni to’plab, ularni nashrga tayyorlashgan3.
Ingliz va o’zbek ertaklarida kenja botir obrazi matriarxat davri qulab, patriarxat davri kirib kelganda shakllana boshlangan. Bu davrdagi mayorat tizimidan minorat ajralib chiqib, kenja o’g’ilga nisbatan qilingan adolatsizlik uning jamiyat orasida ideallashtirilishiga sabab bo’lgan va turli motivlar asosida qurila boshlangan.
Ishning nazariy asosi. Tadqiqotimizning nazariy asosini Е.Мелетинский ning «Геройволшебнойсказки», G’.Jalolovning ”O’zbek folklorida janrlararo munosabat”, M.Afzalovning ”O’zbek xalq ertaklari haqida” kitoblari va http//enm.wikipedia.org/wiki.com kabi internet saytlari tashkil etdi.
Tadqiqot natijalarining amaliy va nazariy ahamiyati.Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati unda chiqarilgan nazariy xulosalar ertak poetikasi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishi, kenja botir obrazining turli makonda yashab, har xil tizimli tillarda soʼzlashib kelayotgan ingliz va oʼzbek xalqi ertaklarida turli koʼrinishlari uchrashi aniqlagani, bu haqdagi xulosalar esa jahon ertakchiligining poetik taraqqiyot tamoyillarini belgilashda, uning oʼziga xos bosqichlarini, badiiy ichki shakl tiplarini aniqlashda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan belgilanadi.
Dissertatsiya natijalarining amaliy ahamiyati ishdagi nazariy umumlashma va tahlillardan Oliy va oʼrta maxsus taʼlim tizimida, umumtaʼlim maktablarida yoshlarga adabiy-nazariy maʼlumotlar berishda, jahon folklorini oʼrgatishda, folklorshunoslik boʼyicha darsliklar, oʼquv qoʼllanmalar yaratishda foydalanish mumkinligida koʼrinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |