I bob. Ingliz va o’zbek xalqlarida kenja o’G’il haqidagi ertaklarning o’rganilish asoslari


KENJA O’G’IL ISHTIROKIDAGI ERTAKLARNING MAVZULAR MUNDARIJASI



Download 89,64 Kb.
bet7/13
Sana21.04.2022
Hajmi89,64 Kb.
#571485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
NILUFAR DISSERTATSIYA

KENJA O’G’IL ISHTIROKIDAGI ERTAKLARNING MAVZULAR MUNDARIJASI.

Yaratilish nutai-nazaridan pahlavon qahramonlar obrazidan so’ng kichik o’g’il obrazi vujudga kelgan. Bu xarakter ko’pchilik xalqlar ertaklaridagi ijobiy obraz hisoblanadi. Dunyo xalqlari ertagida kichik o’g’il obrazi markaziy o’rinni egallagani uchun u haqda ko’plab olimlar fikr yuritganlar, kichik o’g’ilni ideallashtirishning sotsial negizi va xususiyatlarini asoslashga urinadilar. Eng katta va eng e’tiborli ishlarda Y.M.Meletinskiyning “Sehrli ertak qahramoni” va N.V.Novokovning “Sharqiy slavyan hayoliy ertaklari obrazlari” asarlarini ko’rsatish mumkin. Y.M.Meletinskiy kenja o’g’il akalar tomonidan tahqirlanishi tufayli ideallashtirilgan, degan fikrni ilgar suradi va uni ertaklardagi aka-ukalar o’rtasidagi kurashlar bilan isbotlaydi. Kenja o’g’il haqidagi o’zbek xalq ertaklarini ikki guruhga bo’lib tekshirish mumkin. Birinchi gruppa ertaklarda kenja o’g’il botir, qahramon sifatida namoyon bo’ladi. U yomon kuchlarga, ajdar, dev, bosinchilarga qarshi kurash olib boradi. Ikkinchi xiliga esa aka-ukalar orasidagi konfliktni ifoda etadigan ertaklarni kiritish mumkin. Birinchi tip ertaklarda aka-ukalar bir-birini qo’llab-quvvatlovchi, bir-biriga yordam beruvchi sifatida tasvirlanadiki, bu hol Y.M.Meletinskiyning kenja o’g’il haqidagi fikrlarni tasdiqlamaydi. “Uch og’ayni botirlar” ertagida aka-ukalarning inoqligi, bir-biriga yordam berishga hozir. Lekin o’zbek sehrli-fantastik ertaklarida aka-ukalar o’rtasidagi ahil munosabatni tasvirlash orqali baribir xalq o’z sevimli ahramoni kenja botirni itoatlashtirib beradi. Ikkinchi tip ertaklarda aka-ukalar o’rtasidagi kurash chiziq konfiliktiga duch kelamiz. Qabilachilikning yemirilishi bilan bog’liq holda monogamik oilalarning vujudga kelishi natijasida shunday motivlar ertaklarda paydo bo’la boshlaydi. Ota merosi uchun aka-ukalar o’rtasidagi kurash bu tip ertaklarda o’z ifodasini topgan. Ota merosida katta o’g’il ulushining ko’pligi, eng kenjani ranjitish masalasi bilan bog’liq holda ikkinchi tip ertaklarning syujeti vujudga kelgan desak bo’ladi.
Ikkinchi tip ertaklar syujeti M.E.Meletinskiy aytganidek, aka-ukalar kurashi zaminida vujudga keladi. Aka-ukalar o’rtasidagi bu kurash ertaklarda murakkab yo’llar bilan bayon etiladi. Unda ota merosiga ega bo’lish uchun ukani yo’q qilishga harakat emas, balki kenja ukaning ko’rsatgan jasoratini va topgan boyliklariga o’zlari ega bo’lish uchun ishlatgan makr-hiylalari kartinasida bo’ladi. Demak, akalar makri ukaning qilgan ishlari, ko’rsatgan qahramonchiliklarini ko’ra olmaslik asosida tasvirlanadi. Akalar ota mehrini qozonish uchun ukani jazolashga urinadilar. Uning ishlarini o’zlariniki qilib ko’rsatish bilan ota merosiga, uning taxtiga voris bo’lishga intiladilar. Ayniqsa bu motiv xasta bo’lib qolgan yoki qarib qolgan otaning ma’lum topshiriq bilan safarga yuborishi kabi tugun bilan beriluvchi ertaklarda ko’zga yaqqol tashlanadi. Kenja o’g’il buyurilgan ishni albatta hammadan yaxshi, do’ndirib ado etadi, akalari esa qanday bo’lmasin kenja o’g’ilni aldab uning ishlarini o’zlarini qilib ko’rsatishga harakat qiladilar va hokazo. Akalari kenja ukalarini olib ota oldiga keladilar
Kenja botir haqidagi turkum ertaklarga xos bo’lgan muhim epik belgilardan biri voqealar rivojida uch aka-uka ishtirok etishiga qaramasdan, asosiy sarguzashtlar bevosita kenja uka nomi bilan bog’liq bo’lishidir. Masalan, “Bulbuligo’yo” ertagida podshoh katta chinorning ustiga qo’nib sayragan g’aroyib qushni ushlab, tortiq qilgan kishiga yarim podshohligini hadya etishini va’da qiladi. Shohning uch o’g’li navbatma-navbat chinor tagida poyloqchilik qiladilar. Katta va o’rtancha akalaridan farqli ravishda kechasi uxlab qolmaslik uchun jimjilog’ini tilib, tuz sepib olgan kenja qushga uch marta o’q uzib, patini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ladi. Aka-ukalar ana shu pat egasi bo’lgan g’aroyib qushni izlab yo’lga chiqadilar va uch yo’l ayrilgan joyga yetib kelgach, “Eson-omon qaytsak, shu yerda uchrashaylik. Kim oldin kelsa, qolganlarni kutsin”, - deb uch tarafga bo’linib ketadilar. Ertakda katta akalarning sarguzashtlari bayon qilinmaydi. Chunki ertakchi “Ikki aka-ukani o’z holiga qo’yaylik-da, gapni kenja ukadan so’raylik”, - deb kenja o’g’il boshidan kechirgan voqealarni hikoya qilishni boshlaydi. Kenja bulbuligo’yoni qo’lga kiritib, ortiga qaytishi voqealarining bayonida keyingi ertakchi katta va o’rtancha akani “esga oladi”: ko’p joylarda tentirab yurgan ikki aka bor-budini qimorga boy bergach, biri hammol, ikkinchisi go’lax bo’lib tirikchilik qilayotgani aytiladi. Ularni boorda ko’rib tanib qolgan kenja uka akalarini qutqaradi va uchovlashib otga minib uylariga qaytadilar.
Klassik Yevropa, qisman Osiyo ertakning sevimli qahramoni bo’lgan kenja o'g'li har doim otasi tomonidan shartlarda qo’yilgan obrazlar yoki narsa-predmetlarni qidirish maqsadida sayohatga chiqishganda katta akalariga qaraganda ularga tezroq erishadi, u akalari bajarolmagan qiyin topshiriqlarni uddalay oladimusobaqalarda birinchi bo'ladi. Bundan tashqari, bir qator ertaklarda katta akalar g’ayirlik bilan kichik ukaga xiyonat qiladilar, uni chuqurga yoki quduqqa itaradilar, mo’jizaviy narsalarni olib qochishadi.12
Farzandlar orasida merosning bo’linishi kenja o’g’il haqidagi ertaklarning paydo bo’lishida o’ziga xos rolni bajaradi. G’arbiy Yevropa ertaklarida, misol uchun, “Etik kiygan mushuk” mashhur ertakida, kenja o’g’ilmeros taqsimlaganda faqat mushukni oladi, lekin keyinchalik mushuk uning ajoyib yordamchisiga aylanadi.Goh kenja o‘g‘il katta akalari tomonidan merosdan mahrum bo‘ladi, goh otasi unga kam meros qoldirib ketadi.Biroq, ikkinchi holatda, bu meros har doim eng yaxshisi bo’lib chiqadi, xuddiki otasi kichigini akalaridan ajralib qolishini emas, aksincha, unga eng yaxshisini ravo ko’rganday tuyuladi.
Ko’p hollarda hasadg’oy va g’ayir akalar omadli va jasur kenja ukani yo’ldan olib tashlash va hattoki o’dirshga ham urinib ko’rishadi: misol uchun, ba’zi bir ertaklarda akalar podshohning oldiga borib, ularning kenja ukasi u aytgan topshiriqni bajara olishini aytib maqtanayotganini xabar berishadi. Ularning niyati esa shoh kenja ukani chaqirib uning topshirig’ini bajarishga majburlashi va shu yo’l bilan uning o’limiga erishish edi. Bir ingliz ertagida kichik uka bir go’zal qizning suratini topib oladi va katta akalari esa shohning oldiga borib bu haqda xabar berishadi va shohni bu go’zal qizni topish vazifasini ularning kenja ukasiga topshirishga ko’ndirishadi. Go’zalni topish muvaffaqiyatli yakun topadi (albatta “g’aroyib yordamchilar” ko’magida). Bu ertakning norveg, grek va shved varianlari ham mavjud.
Yana bir ertakda hasadchi akalar jasur Katuni uning go’zal xotini va qayig’ini qo’lga kiritish maqsadida o’ldirishga harakat qilishadi. Ular kenjani chuqurga uloqtirib ustidan tuproq tortib yuborishadi. Ammo ilohiy Maravaning ruhi sevimli qahramonini qutqaradi va uni akalaridan oldinroq xotining oldiga eltib qo’yadi. Keyingi martasiga akalari Katuni yong’oqqa yuborishadi. Katu ular ataylab kesib qo’ygan shoxga chiqib yiqilib tushadi, lekin tirik qoladi. Uchinchi marta yovuz akalari Katuni tikonli o’rmonga bog’lab ketishadi, bu gal yana Maravaning ruhi unga yordamga keladi va uni xalos etadi. Katu esa akalariga qilgan shuncha yomonliklariqa qaramay, tinchlikda yashashni taklif qiladi.13
O’zbek xalq ertaklaridan ham misollar ko’rib chiqaylik. "Donishmand yigit"ertagida bir donishmand cholning uchta o'g’li bo’lganligi, chol o'g’illariga turli shaharlarga borib qo'rg'on qurib kelishlarini tayinlaydi. To'ng'ich o'gil Farg'ona vodiysining shaharlariga boradi va u yerlarda katta uylar solibdi. O’rtancha o'g'il bo’lsa, Buxoro, Samarqand tomonlarga borib, qo'rg'onlar qurdiribdi. Kenja o'g'il dono va oqil ekan. U otam qo'rg'on quringlar deganda do'st-o'rtoq orttiringlar dedi, deb o'ylab har bir shahardan ko'plab do'stlar orttiribdi. Farzandlari qaytib kelgach chol ularning qilgan ishlarini ko’rmoqchi bo'ladi. Ikki o'glining qurgan va sotib olgan uylarning odamsiz, qarovsiz ekanligini ko'ribdi. Keyin kenja o'g'il orttirgan do'st-birodarlari uyida mehmon bo’libdi.Shunda chol o'g'illariga qarab har bir shahardan orttirilgan do’st u yergabir qo'rg'on qurish bilan teng ekanligini aytibdi. Buni faqat kenja o’g'li tushunganini va u uning merosxo’r bo'lishini aytibdi14. Bu ertak o’quvchilarni do’st orttirishga, do'stlikning har qanday boylikdan ustun ekanligini tushuntirishga yordam beradi. Ertakda kenja o’g’ilning donoligi va ochiqko’ngilliligiga alohida urg’u berib o’tilgan. Chunki otasining shartini va uning tagida yotgan ma’noni akalaridan farqli o’laroq faqatgina u tushunib yetadi.
Ota-bobolarimizdan qolgan ibratomuz bir gap bor: yaxshi hayot kechirish insonning o‘ziga bog‘liq. U nechog‘li to‘g‘ri so‘zli, aqlli, tadbirkor, pok ko‘ngilli bo'lsa, do‘stga, vatanga xiyonat qilmasa, yolg‘on gapirmasa, topshirilgan ishni o‘z vaqtida bajarib va'dasiga vafo qilsa, uni el dildan sevadi, hurmat qiladi. Kimki zolim va takabbur bo‘lsa, bir kuni buning jazosini oladi. G’arib-bechoralarning ko‘nglini og'ritrnasa, dangasalik qilmay mehnat qilsa, katta davlat va qudratga ega bo'ladi. Beva-bechoralarga rahm-shafqat qilmaganlar yo'qchilik, kambag'allik o'tida qovuriladilar. Ertaklardan ana shu fikrlarni uqish mumkin. Bizga ozgina bo'lsa ham ezgulik qilgan odamga ezgulik qaytarish burchimiz ekan, dunyoga kelishimizga sababchi bo‘lgan, o'stirgan, tarbiya qilgan ota-onalarimizga doimo muhabbat, hurmat, rioyat va xizmat qilish — bo‘ynimizdagi sharafli burchdir. Bu sharafli burchni ado qilib, ota-ona olqishini olgan farzand, shubhasiz, dunyoda baxtli, saodatli bo‘lib yashaydi. Buning yorqin namunasini “Uch og‘a-ini botirlar” ertagida ko‘rish mumkin. Bu ertakda hammasi tamoman boshqacha. Bu yerda ka-ukalar bir-birini qo’llab-quvvatlovchi, bir-biriga yaqindan yordam beruvchi personajlar sifatida tasvirlangan. Bu ertakda og’a-inilar o’rtasidagi inoqlik, oila birligi uchun kurash tasvirlangan. Ertagdagi ota uzoqni ko‘zlab ish ko‘radiganlardan. O‘g‘illariga yaxshi tarbiya beradi. Natijada o‘g‘illari ota izmidan komil insonlar bo‘lib kamol topadilar. Ota duosi, o‘git-nasihatlarini dillariga jo qilib olganliklari uchun ular hayotda kam bo‘lmaydilar. Uch zabardast o‘g‘il. Uchchovlarining qo‘llari ko‘ksida, otaga ta’zimda. Aql, kuch-jasoratda tengi yo‘q bu yigitlar odobda butun olamni qoyil qoldiradi. Negaki ta’lim va tarbiya shunday bo‘lgan. Ota birinchidan, kambag'al, ikkinchidan, botir-pahlavon o‘g‘illarini ko‘zi tirikligida hayotda o‘z yo‘llarini topib olishlarini orzu qiladi.
Mashhur ingliz bolalar ertagi bo’lgan "Kichkina ot" uch aka-uka Danilo, Gavrilo va Artur haqida. Ular yoshiga yetgan otalari bilan kichik bir qishloqda yashaydilar. Ularning asosiy mashg'uloti dehqonchilik edi: ular kun bo'yi bug'doy ekib, o'rim-yig'imdan keyin uni sotish uchun shaharga olib ketishardi. Biroq tunda ularning dalasiga begona odam kelib, ekinlarga zarar yetkazadi. Ota yovuz odamni ushlash uchun bolalarni razvedkaga yuborishga qaror qiladi.
Danilo aka-ukalarning eng kattasi bo’lgani uchun u darhol otasining ko'rsatmalarini bajarishga boradi va o'zining haqiqiy qo'rqoq va yolg'onchiligini ko'rsatib qo’yadi. Otasi uni “aqlli bola” deb hurmat qilardi. Yomg'irli tun yigitni cho'chitib yuboradi va u hosilni kim buzayotganini ko'rmay, pichan ostiga yashirinadi. Unga xos bo'lgan ayyorlik va zukkolik oilasiga yolg'on gapirishga majbur qiladi: u g'urur bilan va ishonchli tarzda ularga tun bo'yi mijja qoqmay uxlamaganini aytib beradi.Gavriloning tungi qo'riqchiligidan keyin otasi ikkinchi o'g'lining xuddi birinchi akasi kabi qo'rqoq va ayyor ekanligiga guvoh bo’ladi. Muallifi uni Danila kabi aqlli ham emas, lekin umuman ahmoq ham emasligini ta'riflaydi. U hamma narsadan va hammadan qo'rqib, maydondan qochib ketdi. Shuningdek, u otasi va ukalarini ham aldaydi.Artur - ertakning bosh qahramoni, o'g'illarning eng kichigi. Unda soddalik, mehribonlik, to'g'rilik kabi xarakter va xususiyatlar bor. U biroz sodda bola, lekin u o’z ishiga mas'uliyat bilan yondashadi, qiyinchiliklardan qo'rqmaydi va har doim o'z maqsadiga erishadi. Muallif uni “ahmoq” deb ataydi. Artur dala qo'riqlash uchun faqat otasi uning injiqliklarini bajarish sharti bilan boradi. Razvedkaga u vilka emas, non olib ketadi. Katta akalaridan farqli o'laroq, yigit dalani tark etmasdan dadil va jasorat bilan qo'riqlaydi. Artur aylanib yurganida, toychoqni ko'rib qoladi va u g'ayrioddiy ot bo'lib chiqadi. O'jar hayvonni qo'lga olib, yigit sovg'a sifatida uchta toyni oladi. Toychoqlarning ikkitasini sotib yuboradi, lekin dumsiz oti bilanhech qachon ajralmaydi.
Ushbu ertakda ham kenja o’g’ilning akalariga qaraganda nacha abjirligi va dovyurakligiga alohida urg’u berib o’tilganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagiga qaytadigan bo’lsak, bu ertak turiga ko‘ra maishiy ertaklarga kiradi. Ertakning voqealari juda qiziqarli bo’lib, tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Qadim zamonda o‘rtahol bir kishi yashagan ekan. Uning uch o‘g‘li bo‘ladi. o‘g‘illarini safarga kuzatib qo‘yishdan oldin ularga shunday pand-nasihatlar qiladiki, biz bu pandnasihatlardan ushbu kishining qanday odamligini osongina bilib olamiz. “o‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar deb, sizlami o‘qitdim”? - deydi u. Haqiqatan ham o‘qigan odam dunyoni taniydi, oq-qoraning farqiga boradi. Ilmli va hunarli odam hech qachon xor bo‘lmaydi. Bu kishi o‘g‘illarini tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Birinchidan, sog‘lom qilib tarbiyalaydi, natijada o’g’illari baquvvat bo’lib o‘sadi. Ikkinchidan, qurol-yarog’ bilan tanishtiradi, natijada o‘g‘illari yarog’ ishlatishga usta bo‘lishadi. Uchinchidan, qo‘rqitmay o’stiradi, natijada o‘g‘illari botir, dovyurak bo’lib voyaga yetishadi. Endi bularning ustiga ilmli ekanligini ham qo’shsak, ular naqadar barkamol yigitlar ekanligining guvohi bo‘lamiz. Biroq ulaming otasi bu bilan kifoyalanib qolmaydi. U o‘g‘illarini yanada mukammal bo’lishlarmi istaydi. Shu sababli ularga yana uch narsani uqtiradi: “To’g’ri bo’ling – bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang – xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz”. O‘g‘illari otalarining bu o‘gitlariga amal qilganlari uchun ham barcha xatarlardan omon chiqdilar. Hatto podshoh o‘zining uch qizini ularga berib, og‘a-inilarni o‘ziga kuyov qilib oladi. Endi ular saroyda qolib, faqat yeb-ichib yashasalar ham bo‘lardi. Podshohning o‘zi ularga shuni taklif qiladi. Biroq og‘a-inilar bunga rozi bo‘lmaydilar. Chunki ular bunaqa shohona hayotdan ko’ra otalari bag’rida, halol mehnat qilip kun kechirishni afzalroq deb bilishadi: “Biz saroy kishisi bo‘lolmaymiz. Biz mehnat bilan, kasb-hunar bilan yashaymiz”, - dedilar. Podshoh: - Bo‘lmasa qizlarim qolsinlar, - degan edi, qizlari ham rozi bo‘lishmadi. Ular: - Biz kuyovlarimizdan ajralmaymiz, ruxsat bersangiz, biz ham ular bilan birga ketsak, sizni ko‘rgani har yili kelib turamiz, - deyishibdi. Podshoh hayron bo’lib, nochor ruxsat beribdi. Butun narsalarini yig‘ishtirib, safarga chiqdilar. Botir yigitlar o‘z xotinlari bilan ikki yil deganda, otalarining oldiga olti kishi bo‘lib keldilar. Botirlar otalari bilan quchoqlashib ko‘rishib, xotinlarini tanishtirdilar. Otasi ham, bulaming kelishini eshitib, uch bo‘lak hovlibog’ tayyorlab qo‘ygan edi. Har birlari tayinlangan joyga kо’chib kirdilar. Qizlar kuyovlari bilan rohat-farog‘atda yashab, murod-maqsadlariga yetdilar”.
Darvoqe, odam qanchalik tarbiyali va halol-pokligi o‘zga odamlar bilan do‘stlashganda, ko‘pincha, safarga chiqqanda, mard, pahlavonligi esa kurashda, jangda bilinadi. Ota xuddi shunday reja, o‘y bilan farzandlarini uzoq safarga jo‘natadi. Bunday olib qaraganda otaning boshqa otalardan uncha farqi yo‘qdek tuyuladi. Ammo ertakni sinchiklab o‘qib, ota nasihatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u dunyodagi eng bilimdon, uzoqni ko‘ra oladigan, aql-zakovatda tengsiz bir inson ekanligini sezamiz. Otaning farzandlariga aytadigan nasihati bir jumlagina. Lekin uning ma’nosi, ta’siri, kuchi olamcha bor. Ota nasihatini bir necha bo‘limlarga ajratib o‘rganish mumkin. Nasihatning birinchisida har bir ota-ona o‘z farzandiga olamga kelishi bilan unga yaxshi, o‘ziga munosib ism qo‘yib, to‘y-tomoshasini o‘tkazib, o‘qitishi, xat-savodli qilishi haqida gap boradi: “O‘g‘illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, o‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar, deb sizlarni o‘qitdim. Yaxshi ot qo‘ydim. to‘y qildim. Voyaga yetkazdim”. Hamma zamonlarda ham bola tarbiyasi muhim masalalardan biri hisoblangan. Nasihatning ikkinchi bo‘limida bola tarbiyasi haqida so‘z boradi. Bolani chinakamiga sog‘lom, tetik, kuch-quvvatli qilib voyaga yetkazish, ona Vatan himoyasiga doimo tayyor kishilar qilib tarbiyalash, foydali mehnat ko‘nikmalariga e’tibor berish ta’kidlanadi: “Sizlarni uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog‘lom vujudli qilib tarbiyaladim — quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan, yarog‘ bilan tanishtirdim — yarog‘ ishlatishga usta bo‘ldingiz. Uchinchidan, qo‘rqitmay o‘stirdim — qo‘rqoq bo‘lmay, botir bo‘ldingiz”. Nasihatning uchinchi bo‘limi juda muhim. Unda to‘g‘ri, halol, pok insonlar bo‘lish suv bilan havodek zarurligi, ayni paytda, maqtanchoqlik va dangasalik yomon illatlarga olib kelishi keskin qoralanadi: “Yana uch narsani aytaman, quloqlaringizga quyib olinglar, eslaringizdan chiqarmanglar. To‘g‘ri bo‘ling — bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang — xijolat tortmaysiz. Dangasa bo‘lmang — baxtsiz bo‘lmaysiz”.15
“Uch og'a-ini botirlar” ertagining qahramonlari mehribon, qattiqqo‘l, talabchan ota tarbiyasini olganliklari uchun safar tashvishlarini osonlik bilan daf etadilar. Yo‘lda o‘zlariga duch kelgan barcha to‘siq va g'ovlarni yengib o‘tadilar. Botir va dovyurakligi bilan el-yurt olqishini olib, baxtiyor bo'ladilar. Yoshlar kelajakda yaxshi xulq, ezgu niyat va go'zal fazilatlar egasi bo'lishlari uchun nima qilishlari lozim? Buning uchun aniq maqsad yo'lida qiyinchiliklardan qo'rqmaslik, ota-ona, tarbiyachi va muallimlaming maslahatlariga amal qilish, vaqtni faqat foydali ishlarga sarflash, kuch-g'ayratni ilm-u fan tahsili uchun sarf qilish kerak.
Hayotda kimki yaxshi ishga qo‘l ursa, yaxshi narsalarga ega bo‘ladi, kimki yomonlik qilsa, yomon ko‘rinib, el nazaridan qoladi. Har bir bola dunyoda olim va fozil bo‘lishga, o‘zini soflik va to‘g‘rilik ziynati bilan bezashga intilishi, Vatan va xalqiga munosib xizmat qilishga harakat qilishi shart. Ota-onasini esa halol xizmatlari bilan mamnun etishi kårak. Yoshligidan mehnat qilishga, ilm o‘rganishga intilgan, to‘g‘ri so‘z va sofdil inson doimo el-yurtning olqishiga muyassar bo‘lgan.


    1. Download 89,64 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish