2.Nitrolash. Faqat tiofenni past haroratda azot kislotasi bilan nitrolash mumkin. Furan atsetil nitratning piridindagi aralashmasi bilan nitrolanadi. Pirrolning yuqori qaytaruvchanlik qobiliyati uni to’g’ridan-to’g’ri nitrolashga imkon bermaydi.
3.Sulfolash. Pirrolni sulfolash uchun sulfat angidridining piridin bilan hosil qilgan kompleksining piridindagi aralashmasidan foydalaniladi. Bunda piridin bilan bog’langan α -sulfokislotalar hosil bo’ladi:
4.Atsillash. Pirrolni kislota angidridlari yordamida rux yoki qalay xloridlari ishtirokida atsillash mumkin. Bunda atsillash α -holatdagi vodorodlar hisobiga boradi:
5.Xlorli simobning ta’siri. Barcha besh a’zoli geterotsikllar uchun xlorli simob bilan reaksiya xosdir. Bunda almashinish α -holatga boradi:
Halqaning kengayishi bilan boruvchi reaksiyalari Dixlorkarbon ishtirokida besh a’zoli geterotsikllar o’z halqalarini aromatik qator birikmalariga qaraganda oson kengaytiradilar. Pirrolkaliyga xloroform bilan natriy etilat ishtirokida ta’sir etilganda piridin hosil bo’ladi:
Pirrolning muhim hosilalaridan biri pirrolidin hisoblanadi. Pirrolidin 1-xlor-4-aminobutanni qizdirib yoki pirrolni to’la qaytarib olinishi mumkin:
Pirrolidinning muhim hosilalaridan pirrolin va okispirrolin (4-oksi-2- pirrolidinkarbon kislota) inson xayot faoliyatida muhim ahamiyatga egadirlar:
Pirrolidinning hosilalaridan bo’lgan pirrolidon α -aminomoy kislotaning laktoni hisoblanadi. Sanoatda α -butirolaktonga ammiak ta’sir ettirib olinadi:
U ishqoriy katalizatorlar ishtirokida polimerlanib naylon-4 deb ataluvchi
poliamidni hosil qiladi:
Pirrolidon atsetilen bilan birikib N-vinilpirrolidonni hosil qiladi
Polivinilpirrolidon sun’iy qon, yelim va boshqa mahsulotlar sifatida keng qo’llaniladi.Alkillangan pirrol va pirrolidin halqalari tabiatda muhim biologik pigmentlar, xususan oqsillar tarkibidagi pirrolin, oksipirrolin va triptofan, qon gemoglabini, yashil o’simliklar pigmenti – xrolofill, vitamin-1, nikotin, antropin, kokain, kabi alkoloidlar va boshqalar tarkibiga kiradi. Ular temir, kobalt va boshqa metallar bilan komplkes birikmalar hosil qilib, biologik jarayonlarda muhim rol o’ynaydilar.Bularning barchasi 16-a’zoli, bir tekislikda yotuvchi porfin halqasini saqlaydilar. Bular qonga to’q-qizil, barglarga yashil rang beruvchi moddalar (pigmentlar) vazifasini bajaradi. Tarkibida pirrol asosidagi porfin halqasi saqlagan moddalarga yana gemin (qon rangli pigment) va vitamin-B12 (C63H90O14N14PCo) (jigardan ajratib oluvchi, qon rakini davolashda ishlatiladigan modda) kobalt ioni kompleks birikmasi ham kiradi. Porfin halqasi quyidagicha tuzilgan:[6]
Do'stlaringiz bilan baham: |