Mundarija:
Kirish.
I BOB. FEODAL M UNOSABATLARNING VUJUDGA KELISHI DAVRI.
1.1 Ilk o'rta asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyo.
1.2 Rivojlangan o'rta asrlarda Janubi-Sharqiy Osiyo.
II BOB JANUBIY-SHARQIY OSIYO YANGI DAVRDA, TARIXIY RIVOJLANISHNING ASOSIY VOQEALARI VA JARAYONLARI.
2.1 Yangi davrda an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari.
2.2 Janubiy-sharqiy osiyo yamgi davrda, tarixiy rivojlanishining asosiy voqealari va jarayonlari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Osiyo va Afrika matnlakatlarining o’rta asrlar tarixi jahon tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Insoniyat o'rta asrlar bosqichidan ancha uzoqlashib ketgan bo‘lsa-da, uni o'rganishning ahamiyati hanuzgacha susaygan emas. Feodal munosabatlar dunyoning barcha mamlakatlarida asrlar davomida rivojlanib, hukmron tuzumga aylangan. Mazkur tuzum Osiyo va Afrikada Yevropaga nisbatan ancha mustahkamroq bo’lgan hamda uzoqroq davom etgan. Feodal formatsiyaning umumiy qonuniyatlari har bir mamlakatda turli shakl va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu munosabatlar alohida xalqlar o’rtasida turli davtlarda va har xil sharoitlarda vujudga kelgan, rivojlangan va ayrim hollarda rivojlanish sur’atlari notekis kechganligi bilan ajralib turadi. Lekin, shunga qaramay o'rta asr xronologiyasi shartli ravishda jahon miqyosida olingan: ilk o'rta asrlar (III—IX). rivojlangan o'rta asrlar (IX—XV), so'nggi o’rta asrlar (X V -XV Il bit inchi yarmi). O'rta asrlaming davriy chcgarasi shartli ravishda belgilangan va bu masalada hanuzgacha bahslar davom ctmoqda. Ayniqsa, o'rta asrlar va yangi davr chcgarasi masalasi kcskin tortishuvlarga sabab bo'lmoqda. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga ko'ra mazkur davriy chegara, Sharqda o'rta asrlar Buyuk f'ransuz inqilobi davrida (1789-y.), yana boshqalarning fikrlariga ko'ra, esa o’rta asrlar yakuni Konstantinopolning qulashi (1453-y.) va Buyuk geografik kashfiyotlar (1492-y.) bilan bog'liq. Osiyo va Afrikaning daryo vodiylari va dengiz sohillari qadimdan yuqori darajada rivojlangan ziroatchilik hududlari hisoblangan. Inson kuchi bilan katta va kichik sug'orish tannoqlari, suv ombor va to'g'onlar barpo etilib, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik taraqqiy etgan. Qadimgi jamiyat metallsozlikda yuqori mahoratga erishgan. Masalan, Uzoq Sharq mamlakatlari ipak to‘qish bilan mashhur bo'lgan bo'Isa, Yaqin va o’rta Sharqda esa sifatli paxta matolari tayyorlanib, teriga yuqori darajada ishlov berilgan. Osiyo va Afrika mamlakatlarida me’morchilik sohasi mukammal darajada taraqqiy etgan. Qadimgi dunyo ilmiy bilim va san’at sohasidagi katta yutuqlarni meros tariqasida qoldirgan. Matematika, astronomiya va tibbiyotda ko'plab kashfiyotlar qilingan, muhim geografik va tarixiy m a’lumotlar to'plangan. Adabiy obidalar, qadimiy ibodatxonalar qoldiqlari hamda ulardagi haykaltaroshlik va hashamatli bezaklar qadimiy madaniyatdan dalolat beradi. Biroq, Osiyo va Afrika qit’alarining ayrim ulkan hududlari aholisiz qolib, xo‘jalik maqsadiarida foyladanilmagan. Ushbu bepoyon dashtliklarda ko‘chmanchi qabiialar yaylov chorvachiligi bilan shug'ullanishgan. Qadimgi dunyo va o’rta asrlarda Sharq ilmiy bilim sohasida G'arbdan ancha oldinda bo‘lgan. Yangi eraning dastlabki asrlarida Sharqda Xan imperiyasi, Sosoniylar davlati, Vizantiya, Kushon imperiyasi kabi yirik davlatlar mavjud boMishi bilan birga, ko‘plab Osiyo va Afrika xalqlarining ajdodlari bu davrda ibtidoiy tuzum darajasida bo'lganlar. Sharq mamlakatiarida feodal muiiosabatlarining vujudga kelishi muammosi tarixchilar Umumidan nisbatan kam o'rganilgan. Mintaqalardagi feodal munosabatlarning gcnczisi muddatiga ko'ra birbiridan farq qiladi. Xitoy tarixiga doir munozara bunga yaqqol misol bo‘iadi. Aksariyat yevropalik tarixchilarning fikriga ko'ra, feodal munosabatlarning shakllanishi Xitoyda milodiy 111 asr bilan bog’lansa. xitoy tarixchilari esa miloddan avvalgi V va hatto XI asrlarga tog‘ri keladi, degan fikmi ilgari suradilar. Yana bir guruh tarixchilarning fikriga ko'ra, Sharqning ayrim mamlakatiarida o’rta asrlarga xos bo'lgan munosabatlarning shakllanishi g‘arb davlatlariga nisbatan xronologik jihatdan oldinroq sodir bo‘lgan. Bu esa Osiyo va Afrikaning boshqa mamlakatiarida feodal munosabatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi sezilarli darajada farq qilishini istisno etmaydi. Feodal munosabatlarning ayrim ko'rinishlari quldorlik davrida ham uchraydi. Бгоп va Xitoydagi quldorlik tizimida yangi yo'nalish paydo bo'lib, u iqtisodiy va siyosiy hayotda uzoq davom etgan inqirozni keltirib chiqargan. Shuningdek, ushbu mamlakatlarning ko‘plab hududlarida tabaqalashuvgacha bo’lgan munosabatlar hukmron edi. Hindistonda quldorlikning yuqori darajada rivojlangan yirik markazlari vujudga kelgan, ammo aholining katta qismi tabaqalashuvgacha bo'lgan jamiyatda yoki patriarxal qullik sharoitida yashagan. Arabiston, Koreya, Yaponiya va Hindixitoy yarim orolida feodal munosabatlar o’troq dehqonlar va chorvador qabilalarda vujudga kelgan. Ilk o'rta asrlarda jamoalai paichalanib. dehqonlar yerga bog'lanib qolgan. l-eodallar ckiu|onlami vaqtineha bo'lsa ham, o'z egalariga qaram silatida qo'shib beiilishini istagan. Biroq, dehqonlar xo‘jalik faoliyatida m a’Ium erkinliklarni saqlab qolgan. Feodal munosabatlarning dastlabki davrida ekspluatatsiyaning asosiy shakli ishlab chiqaruvchilardan olinadigan soliq bo'lgan. Soliqlar mahsulot ko’rinishida, ba’zan esa pul ko‘rinishida olingan. Soliqlardan tashqari dehqonlar yilning m a’Ium davrida davlat, feodal va ibodatxonalar foydasiga tekinga ishlab berishga majbur bo'lgan. Qishloq xo’jaligi sun’iy sug'orishga asoslangan hududlarda dehqonlar kanallar, suv omborlar va to‘g'onlar barpo etishda majburiy ravishda ishlab berishgan. Ba’zan esa ular yo'llarni ta’mirlab, qal'a, saroy va ibodatxonalar qurganlar, og'ir yuklarni tashib, kema va qayiqlarni yasaganlar. Ayrim mamlakatlarda dehqonlarning ishlab berishi majbur bo'lgan kunlar qonun bilan belgilangan. Qullarni soliq to'lovchi dehqonlarga voki yarim qullarga hamda qaram dehqonlarga aylantirish ilk o’rta asrlarda amalga oshirilgan. Bu davrga oid tarixiy yilnomalarda qullarning yerga egalik qilishi, dehqonlar bilan birqatorda ularga soliqlarning to'lanishi to'g'risidagi ma’lumotlar mavjud. Qullarning dehqonlar tabaqasiga o'tishiga doir ma’lumotlar V -V Il asrlardagi Xitoy tarixiy manbalarida aks etgan. Uzoq Sharqdagi dehqonlar orasida soliq to'laydigan dehqonlar («yaxshi odamlar») alohida toifa sifatida ajratilgan. Arablar tomonidan bosib olingan mamlakatlarda turli millatlarga mansub bo'lgan dehqonlar va cho‘ponlar o’rtasidagi diniy tafovut soliqlarning miqdoriga ham ta’sir ko‘rsatgan. Aksincha, ayrim mamlakatlardagi soliq toMovchilaresayuqori tabaqaga ko'tarilishlari mumkin bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, Sharq mamlakatiarida ekspluatatsiya qilinadigan aholining aksariyati soliq to'laydigan dehqonlar bo'lib, ular shaxsan erkin, lekin yerga bog'langan edilar. Ilk o'rta asrlarda davlat yerlari (Xitoy, Koreya, Yaponiya), jamoa yerlari (Hindiston) va feodallar(Eron va Xitoy)ning yerlariga qaram dehqonlar biriktirilgan. KxTpgina manbalarda qochoqlarni qo‘lga olish, bir joydan ikkinchi joyga o'tishini taqiqlash, aholini qat’iy ro'yxatga olish va tug'ilgan joyida ro‘vxatdan o’tkazish to’g'risidagi ma’lumotlar mavjud. Sharq mamlakatlari uchun jamiyatning feodallashuvi davlat darajasida bo’lganligi o'ziga xosdir. Bunga misol tariqasida Arab xalifaligi, Xitoy imperiyalari, Koreyadagi Silla kabi davlatlarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |