II BOB JANUBIY-SHARQIY OSIYO YANGI DAVRDA, TARIXIY RIVOJLANISHNING ASOSIY VOQEALARI VA JARAYONLARI.
2.1 Yangi davrda an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari
Yevropa tarixshunosligida sharqcha taraqqiyotni «anʼanaviy sivilizatsiya», «anʼanaviy jamiyat» deb atashadi. Bunga koʼpchilik kamtarona hayot tarzi, diniy sabr-toqat, yer egaligining oʼziga xos shakli, kishilar hayotining davlat tomonidan tartibga solinishi kabilarni asosiy belgilar sifatida kiritishadi. Xoʼsh, «Sharq sivilizatsiyasi» degan tushuncha ortida nimalar yashiringan?Ijtimoiy taraqqiyotning asosiy yoʼnalishlari. Sharq mam- lakatlari tabiatning barqaror boʼlmasada, nisbatan saxiy inʼomi tufayli oʼzlarining geografik va tarixiy ustunliklarini namoy- ish qilib, rivojlangan ijtimoiy mehnat taqsimotiga, madaniy taraqqiyotning oʼta yuqori darajasiga, jamiyat maʼnaviy rivoji- ning anchagina yuqori bosqichini aks ettiruvchi diniy va axloqiy tizimni shakllantirishga erisha oldilar. Yangi era boshlarida Xitoydagi Xan imperiyasi taraqqiyot darajasiga koʼra ilk printsipat davridagi Rim imperiyasidan bir muncha oldinlab ketgan edi. Yangi eraning dastlabki ming yilligida Sharq mamlakatlari, xususan Xitoy, Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiy va mada- niy taraqqiyotda katta sakrashga erishdilar. Bu davrda texnik, tex- nologik, tashkiliy va madaniy innovatsiyalar keng tarqalgan boʼlib, ularning koʼpchiligi 300–500 va hatto 1000 yil oʼtgandan soʼng Yevro- pada paydo boʼldi (qisman Sharqdan oʼzlashtirildi). Ikkinchi ming yillik boshlarigacha oʼtgan davr ichida Xitoyda don mahsulotlarini yetishtirish aholi jon boshiga kamida 1,5 marta oshib, gektaridan 14–16 sentnerni tashkil qildi. Xuddi shu koʼrsatgich Yaqin Sharq va Shimoliy Аfrikada 10–13 sentnerni tashkil qilib, bu Gʼarbiy Yevropadagi koʼrsatgichdan 4–5 marta yuqori edi1. XVI–XVIII asr-larda Xitoyda milliy mahsulotning aholi jon boshiga nisbatan yillik oʼsishi 0,15–0,25% ni tashkil qilgan va Gʼarbiy Yevropaning muqim rivojlanayotgan Gollandiya, Аngliya singari mamlakatlarni- ki bilan teng boʼlgan. Sharqning Gʼarbdan ustunligi ayniqsa asrlar davomida toʼplangan maʼnaviy imkoniyatlar, tajriba va bilimlarga tayangan intellektual kuchlarda yaqqol koʼzga tashlanadi. Аholining oʼsish dinamikasi ham iqtisodiy imkoniyatlarning yuqoriligidan dalolat beradi. Sharqning ikkita yirik mamlakatlari – Xitoy va Hindistonda aholi sonining keskin oʼsishi (Xitoyda 5 marta, Hindistonda 3 marta) isteʼmol bozori va ishlab chiqaruvchi kuchlar imkoniyatla- rining ham mos ravishda oʼsganligidan dalolat beradi. Umuman ikkinchi ming yillik boshlarida Sharq mamlakatlarida rivojla- nish darajasi Gʼarbiy Yevropaga nisbatan ikki marta yuqori edi. Biroq Yangi davr boshlariga kelib Sharq mamlakatlari Yevropaga nisbatan sezilarli orqada qola boshladi. Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat edi:
– Sharqning despotik davlatlarida harbiy xarajatlarning, de- mak ishlab chiqarishga yoʼnaltirilmagan xarajatlarning umumiy miqdori Gʼarb davlatlarinikidan ancha yuqori boʼlgan;
– XVI–XVII asrlardan boshlab Sharq mamlakatlarida transport vositalari (kemalar, portlar, yoʼllar, kanallar qurilishi) va kom- munikatsiya tizimining (kitob chop qilish, savodxonlik darajasi) rivojlanish suratlari Gʼarb mamlakatlariga nisbatan pasaydi;
– Oʼrta asrlarning oxirlaridan boshlab Sharq mamlakatlari yak- kalanish yoki «yopiq eshiklar» printsipiga asosolanib, faol tashqi siyosat yuritmadi;
– yevropalik mustamlakachilar kirib kelishi arafasida Sharq- ning koʼplab mamlakatlarida tarixan yaratilgan moddiy, ijtimoiy va maʼnaviy boyliklarni rivojlantirish oʼrniga tabiiy resurs- lardan uzoq vaqt ekstensiv foydalanish natijasida kelib chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz kuzatilayotgan edi.
XVIII asrga kelib, masalan, savodlilik darajasi Xitoyda 20–30 % dan 15–20% ga , Hindistonda – 10–15% dan 4–6% ga, Yaqin Sharqda 8–12% dan 4–5% ga tushib ketdi. Milliy mahsulotning aholi jon boshiga ulushi Xitoy va Hindistonda 1/4, Yaqin Sharqda esa 1/3 ga qisqardi1. Bu koʼrsatgichlar Sharqning uchta katta mintaqasida ishlab chiqaruvchi kuchlar devolyutsiyasini2 yaqqol aks ettirib turibdi. Yana bir muhim xulosa shundan iboratki, hozirgi iqtisodiy oʼsishning boshlangʼich (odatda industrial) bosqichiga xos boʼlgan ekstensiv-intensiv turdagi kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishning baʼzi muhim alomatlari sanoat inqilobi davrida- gi Gʼarb mamlakatlarida emas, dastlab Sharqda, Xitoyda Gʼarbdagi«sanoat toʼntarishi»dan yuz yillar oldin paydo boʼlgan edi.Yevropa ekspansiyasi va mustamlakachilik Osiyo mamlakatlari- ning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga anchagina ziddiyatli taʼsir koʼrsatdi. Sivilizatsiyalar oʼrtasidagi «muloqot» odamlar ora- sidagi juda katta yoʼqotishlarga olib keldi. Koʼpchilik hollarda mustamlakachilik keng miqyosdagi talonchilikdan iborat boʼlib qoldi. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda XVIII asr ikkinchi yarmida mustamlakalardan Yevropaga tashib ketilgan sof boyliklar (kon- trabanda yoʼli bilan olib chiqib ketilganlaridan tashqari) Lotin Аmerikasi mamlakatlari yalpi milliy mahsulotining (YaMM) 3% ni, Hindiston va Indoneziya kabi aholisi koʼp mamlakatlar YaMMi- ning 1,2 % gachasini tashkil qilgan. Metropoliyalardan arzon fa- brika tovarlarining oqib kelishi mahalliy ishlab chiqarishning, birinchi oʼrinda shaharlardagi hunarmandchilikning inqiroziga olib keldi.Yerga egalik shakli. Osiyo mamlakatlarida yerga egalik qilishning shakllari murakkab tizimga ega boʼlib, uzoq yillar davomida shak- llangan urf-odat, diniy dunyoqarash va tabiiy shart-sharoitga asos- langan. Sharqda davlat barcha yerlarning oliy mulkdori hisoblanadi. va bu holat Sharq sivilizatsiyasining asosiy belgilaridan biri- dir. Sharq dinlari ham cheksiz oliy hukmdorlik printsipini va oliy hukmdorning barcha yerlarga mulkdorligini ulugʼlaydi.
Sharq jamiyatining taraqqiy etishi bilan xususiy mulk ham ri- vojlanib bordi. Masalan, Hindistonda ishlov beriladigan yerlar- ning sakkizdan bir qismi bevosita davlat hukmdori – podshohning ixtiyorida boʼlib, qolganlari feodal aʼyonlarga boʼlib berilardi. Xitoyda imperatorning qarindoshlari, yirik feodallar, obroʼli amaldorlar yerlarni, u davlatniki yoki xususiyligidan qatʼi na- zar «sotib yuborardilar». Islom mamlakatlarida ham yerlarning asosiy qismi (65% dan 85% gachasi) hukmdorga tegishli boʼlib, bu yerlar maʼlum toʼlov evaziga feodallarga boʼlib berilardi. Taaj- jublanarlisi shundaki, mulk egalari bir tomondan, uni davlat tomonidan qoʼriqlanishiga hayotiy ehtiyoj sezib, muhtoj boʼlsalar, boshqa tomondan, shu davlat hokimiyatining mulkka nisbatan chega- rasizligidan, nazoratsizligidan aziyat chekardi va zulmga qarshi chiqardi.Natijada, amalda Osiyoning barcha mamlakatlarida oʼz oliy hukmronligini mustahkamlashga intilayotgan davlat bilan eskirgan tartiblar rivojlanishiga toʼsiq boʼlayotgan xususiy mulk oʼrtasida qarama-qarshilik mavjud boʼlgan. Haddan ziyod boyib ketgan mulk- dorlar har doim hukmdorning qarshiligiga duch kelar va hayotini xavf-xatarga qoʼyardi. Masalan, Yaponiyada Osakalik Yedoylar xona- doni ana shunday boyligi bilan mashhur edi. Don saqlaydigan bi- nolar, omborlar, yuz minglab oltin quymalari, qimmatbaho toshlar va amaliy sanʼat asarlari bu xonadonga qarashli edi. Bunday kat- ta boylik va obroʼ hukmdorning gʼashiga tegar, gʼazabini keltirar- di. Oqibatda xonadon davlatga boʼysunmaganlikda ayblanib, barcha mol-mulklari musodara qilindi. Koʼplab hollarda hukmdorlar oʼzlarining shaxsiy hokimiyatlarini mustahkamlash yoʼlida xuddi yuqoridagi misoldagidek ish tutishgan.Hayotning davlat tomonidan tartibga solinishi. Sharq sivilizatsiyasi sharoitida kishilar hayotining davlat va din to- monidan tartibga solinishi ommaviy koʼrinishga ega edi. Davlat soliqlar, toʼlovlar, anʼanaviy yigʼimlar orqali yetishtirilgan mahsulotning asosiy qismini olib qoʼyardi.
Yaponiyada, masalan, soliq yigʼuvchilar oʼsha davrlarda mavjud boʼlgan bir maqolga amal qilardi, yaʼni: «Dehqon hoʼl sochiqqa oʼxshaydi, qancha kuchli siqsang shuncha koʼp suv chiqadi». Qishloq va shahar aholisi davlat foydasiga turli toʼlovlar toʼlardi, savdogar va hunarmandlardan esa soliq olinardi. Bunday ulkan daromadning hammasini taqsimlash harbiylar, xizmatchilar va baʼzi boshqa to- ifadagi shaxslarga turli manbalardan (masalan, maʼlum hududdan) tushadigan daromaddan foydalanish huquqini berish va daromad manbaini turli davlat tashkilotlariga biriktirib qoʼyish yoʼli bilan amalga oshirilardi.
2.2 Janubiy-sharqiy osiyo yamgi davrda, tarixiy rivojlanishining asosiy voqealari va jarayonlari
Janubiy-Sharqiy Osiyo geografik atama boʼlib, unga, odatda, Vetnam, Kambodja, Laos, Myanma (Birma), Indoneziya, Tayland, Filippin, Malayziya, Singapur va Bruney kiradi.Bu mamlakatlarning Yangi davrdagi tarixi (Taylanddan tash- qari) aniq ikki bosqichga – mustamlakachilikkacha va mustamlaka davrlariga boʼlinadi. Baʼzi bir xronologik oʼzgarishlarni aytma- ganda, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jabhalardagi jarayonlar xa- rakter jihatidan bir-biriga juda yaqin.Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlarining tarixiy taqdirida mus- tamlakachilik omili masalasi bahsli hisoblanadi. Аyrim tadqiqotchilar Gʼarbning «tsivilizatsiya olib kelganligiga», bu yerda yashayotgan xalqlarni Yevropa fani va madaniyati yutuqlari bilan tanishtirganligiga urgʼu bersalar, boshqa bir tadqiqotchilar gʼarb- liklarning hukmronligida faqat salbiy tomonlarnigina koʼradi va asosan, mavjud qoloq iqtisodiy – ijtimoiy tizimning saqlanib qolishida ularni ayblashadi.Ushbu muammo bilan bogʼliq yana bir muhim jihat diniy omil hisoblanadi. Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida Yangi davrda quyidagi dinlar keng yoyildi: buddizm (Hindixitoy davlatlari, Birma va Taylandda), islom (Indoneziya, Malayziya, Bruney va Fi- lippinning janubida), xristianlikning katolik mazhabi (Fi- lippin va Vetnamning janubiy qismida). Bundan tashqari tarix- shunoslikdagi yana bir alohida, anchagina bahsli muammo katolik cherkovining missionerlik faoliyati, uning oʼrganilayotgan xalqlar tarixiy taqdiridagi ziddiyatli roli muammosidir. Ushbu masalada ham tarixchilar oʼrtasida yagona qarash mavjud emas.Vetnam. Hozirgi Vetnamning shimoliy qismida 1069 yili paydo boʼlgan Dayvьet davlati Yangi davr boshlarida oʼzining eng yuksalgan davrini boshdan kechirayotgan edi. 1428 yildan beri hokimiyatda turgan vua (oliy hukmdor) Le sulolasi vakili Le Txanь Tong davrida Vetnamda absolyut monarxiya oʼrnatildi. Qishloq xoʼjaligining yaxshi rivojlanganligi sababli XV asrda Dayvet- da yuqori hosil olingan va deyarli ocharchilik boʼlmagan. Jamoa yer- lari dehqonlarga tegishli boʼlib, har olti yilda bir marta qayta boʼlinar, dehqonlar toʼgʼridan-toʼgʼri davlatga soliq toʼlar, bu esa oʼz navbatida dehqonlar mehnatini ragʼbatlantirar edi. Bundan tashqari xususiy yer egaligi ham mavjud boʼlib, ular oʼz yerlarini jamoa yerlari hisobiga kengaytirib borish imkoniyatiga ega edi. Bu hol Dayvьetning keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojida se- zilarli rolь oʼynadi. Hunarmandchilik va qazilma boyliklardan foydalanish rivojlandi. Uncha katta boʼlmagan hajmdagi tashqi savdo markaziy hokimiyat nazoratida turardi. Tashqi savdoning sust rivojlanganligi Vetnam hududida ziravorlarning yoʼqligi va chet el kemalari uchun qulay portlarning mavjud emasligida edi. Shu davrda vualarning oliy hokimiyatini eʼtirof etuvchi qonunlar toʼplami shakllandi.1471 yili Dayvьetga hozirgi Vetnamning Markaziy va Janu- biy qismlarida joylashgan Champa (Tyampa) davlati qoʼshib olindi. Janubda shaharsozlik, qishloq xoʼjaligi va savdo tez rivojlandi, yerga davlat egaligi mustahkamlandi, irrigatsiya inshootlari ken- gaydi, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Konfutsiylik rasmiy maf- kura boʼlib qoldi.XVI–XVII asrlarda Dayvьet. XVI asr boshlarida qishloq xoʼjaligidagi davlat va xususiy sektorlar oʼrtasida ziddiyat sezila boshlaydi.XVI–XVII asr oʼrtalarida Vetnamlik zodagonlarning uchta eng kuchli urugʼlari – Mak, Chin va Nguenlar toʼxtovsiz oʼzaro urush olib bordilar. Ular oʼrtasidagi kurash 1510 yili boshlandi. 1516 yili Dayvьetda budda ruhoniysi Chan Kao boshchiligida dehqonlar qoʼzgʼoloni boʼlib oʼtdi. 1517 yili qoʼzgʼolonchilar mamlakat poy- taxtini egallab, oʼz rahbarlarini taxtga oʼtqazdilar. Аmmo u oʼgʼli Chan Txang foydasiga taxtdan voz kechdi. Chan Txang esa shimoliy Vetnamlik sarkarda Mak Dang Zung tomonidan magʼlub etildi. Mak Dang Zung yangi sulolaga asos soldi. Bu sulola 1592 yilgacha xitoyliklarga tobe boʼlib, ular yordamida hokimiyatda turdi. 1592 yili hokimiyatga yana Le sulolasi vakillari keladi va oʼn yillar davomida shimoliy (Bakbo) va janubiy (Nambo) qismlarga boʼlinib ketgan davlatni yana birlashtiradi. Le sulolasi vakillari rasman-gina hokimiyat tepasida boʼlib, mamlakatni aslida Le sulolasini taxtga qaytargan Chinlar boshqarayotgan edi. Vetnamning janubiy qismini Nguenlar nazorat qilayotgan boʼlib, XVII asr boshlarida ular oʼzlarining davlatini tuzdilar. Lekin ular ham Le sulolasi- ning hokimiyatini tan olib, oʼzlarini mustaqil sulola deb eʼlon qilmadilar.Nguenlar oʼz pul birliklarini joriy qildilar va qoʼshni dav- latlar hamda Gollandiya, Portugaliya singari mamlakatlar bi- lan savdo aloqalarini yoʼlga qoʼydilar. Dayvьetning janubidagi Nguenlar davlati Dangchaun deb, mamlakat shimolidagi Chinlarga qarashli yerlar esa Dangngoay deb atala boshladi.XVI–XVII asrlarda qishloqda oʼzgarishlar yuz berib, anʼanaviy qishloq jamoasi – sa tabaqalana boshlaydi. Dayvьet agrar mam- lakat edi, aholisining asosiy qismini sholi yetishtirish bilan shugʼullanuvchi dehqonlar – vьetlar tashkil qilardi. Shaharlarda ham asosan vьetlar yashardi, boshqa millatlar vakillari juda kam- chilikni tashkil qilardi. Hindixitoyning boshqa mamlakatlari- dan farqli oʼlaroq Dayvьetda doimiy ravishda haydaladigan yerlar- ning yetishmasligi sezilardi. Dehqonlar shaxsan ozod hisoblanib, sholichilikdan tashqari baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik bilan ham shugʼullanishardi.Yangi davrning boshlarida Dayvьetning tashqi aloqalari ancha cheklangan edi. 1535 yildan portugaliyaliklar tashqi savdo aloqalarini nazorat qila boshladilar. Ular, xususan, Nguenlar hukmronlik qilayotgan mamlakatning janubiy qismiga Koxinxina nomini berdilar.XVII asr 30-yillaridan Vetnamni oʼzlashtirishga gollandiya- liklar kirishdilar va bir necha faktoriyalarni barpo qildilar. Oʼzaro urushlarda gollandiyaliklar Chinlarni, portugaliyaliklar esa Nguenlarni qoʼlladilar, ularga qurollar sotdilar. 1643 yili gollandiyaliklarning kemalari Nguenlar tomonidan oʼqqa tutildi va shundan keyin ular mamlakatda oʼzlarining faoliyatini yakun- lashga majbur boʼldilar.XVII asrdan Vetnamning Yaponiya va Xitoy bilan savdo aloqalari rivojlanadi. Shu davrda inglizlar Vetnamga kirish uchun birinchi urinishni amalga oshiradi. Аmmo ular faqat 1672 yili birinchi faktoriyasiga asos soldilar. Sakkiz yildan keyin frantsuzlar ham shunga erishdilar. Dayvьet XVII asr ikkinchi yarmi va XVIII asrda. Nguenlar bi- lan Chinlar oʼrtasida 1627 yili boshlangan urush 1672 yilgacha da- vom etdi va keyin qariyb yuz yil buzilmagan tinchlik oʼrnatilishi bilan yakunlandi.XVII asr 60-yillari XVIII asr 20-yillari Dayvьetda nisba- tan barqarorlik yillari boʼldi. Аyni paytda mamlakat shimo- lida jamoa yerlarining kamayib ketganligi sababli sekin-asta iqtisodiy inqiroz kucha boshladi. XVIII asr oʼrtalaridan Dangn- goada inqirozning keskinlashuvi sababli oliy hokimiyat boʼsh yer- lar koʼp boʼlgan va inqiroz keskinlashmagan janubga tayana boshladi. 1774 yili tyua Nguen Xitoyning ruxsatisiz oʼzini viong – mustaqil hukmdor deb eʼlon qildi va Kambodja yerlari hisobiga oʼz hududini kengaytirishga, mahalliy aholi oʼrtasida vьetlar- ning urf-odatlari va madaniyatini kuch bilan singdirishga urinib koʼrdi.XVIII asrga kelib Vetnamning hozirgi chegaralarida davlat- ning shakllanishi yakunlandi. Taraqqiyot darajasi boʼyicha Vetnam Janubi – Sharqiy Osiyoning eng boy va rivojlangan mamlakatlari qatorida turardi.Ijtimoiy-iqtisodiy sohada muhim oʼzgarishlar yuz berdi, dav- lat yerlari qisqarib, jamoa – sa xususiy yer egalariga qaram boʼlib qoldi.Hunarmandchilik va savdo rivojlandi. Qizil daryosi sohillari hunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy hududiga aylandi.Janubda yerlarning xususiy qoʼllarda toʼplanishiga qaramasdan, Mekong daryosi sohillarida hali oʼzlashtirilmagan qoʼriq yerlar anchagina edi. Shu sababli bu yerda agrar munosabatlar shimoldagiga nisbatan ancha muvaffaqiyat bilan rivojlandi.XVIII asr oʼrtalaridan boshlab soliq yuki oshirildi, deh- qonlarning xonavayron boʼlishi boshlandi, inflyatsiya darajasi va narx-navo oshib ketdi, chayqovchilik avj oldi. Tashqi savdo ham inqirozga yuz tutdi.Chinlarga qarashli hududlarda ham dehqonlarga qarashli yerlar- ning katta yer egalariga oʼtib ketish jarayoni avj oldi. Natijada yer tanqisligi vujudga keldi. Soliqlar va turli xil majburiyatlar soni oshdi. Davlat dehqonchilik uchun yaroqsiz yerlardan ham ren- ta soligʼi ola boshladi. Jamoalar allaqachon oʼlib ketgan yoki ish izlab boshqa yerlarga koʼchib ketgan jamoadoshlari uchun ham soliq toʼlardi. Natijada Chinlar yerida ocharchilik boshlanib, minglab odamlar oʼldi, undan ham koʼprogʼi qashshoqlikka mahkum qilindi.Shunday qiyinchiliklar natijasida dehqonlarning gʼalayonlari avj oldi. 1737 yili poytaxt yaqinida budda ruhoniysi Nguen Ziong Xing rahbarligida qoʼzgʼolon boshlandi. Bir yil keyin Txanьxoa pro- vintsiyasida Le Zui Mat boshchiligida qoʼzgʼolon boʼlib, uning ishti- rokchilari hokimiyatni amalda Le sulolasi vakillariga qaytarish uchun kurash olib bordilar. 1739 yili Namxa va Txaybinь provin- siyalarida, 1740 yili Shontayda, 1741 yili esa Xayziong-Kienьan rayonida va boshqa joylarda ham qoʼzgʼolonlar boʼlib oʼtdi. Hukumat qoʼshinlarining qoʼzgʼolonchilarga qarshi kurashi to 1770 yilgacha davom etdi. Chinlar ijtimoiy keskinlikni yumshatish maqsadida soliqlar va majburiyatlarni kamaytirdi, dehqonlarning oldin- gi qarzlaridan kechdi. Shunga qaramasdan Chinlar rejimi halokat yoqasiga kelib qoldi.1771 yili Vetnam hududida uning tarixidagi eng yirik qoʼzgʼolonlardan biri – Teyshenlar qoʼzgʼoloni (1771–1801) bosh- landi. Qoʼzgʼolonning asosiy kuchlari mamlakatning tarqoqligi va markaziy hokimiyatning zaifligidan aziyat chekayotgan dehqonlar va shahar aholisi boʼldi. Qoʼzgʼolonga uchta aka-uka – Nguen Nьyak, Nguen Xyue va Nguen Li boshchilik qildilar.Teyshenlar ijtimoiy munosabatlarda tenglik oʼrnatish tarafdo- ri boʼlib chiqdilar. Ular yerdan foydalanishni tenglashtirish, boy kishilarning mulklarini musodara qilish tadbirlarini amalga oshirdi. Biroq, yerga egalik qilishning avvalgi tizimini bartaraf eta olmadilar. Dehqonlar boʼsh yerlarga ishlov berish, yuqori soliqlar toʼlash va davlat majburiyatlarini bajarishda davom etdilar.Janubda mustahkam joylashgan teyshenlar 1783 yildan shimol- da hukmronlik qilayotgan Chinlarga qarshi kurash boshladilar. Ular- ning shiori Le sulolasining «qonuniy» hokimiyatini tiklash edi. Shuning uchun ularni faqat dehqonlar emas, amaldorlar, savdogar- lar va yer egalarining bir qismi ham qoʼlladilar. 1784 yili Siam armiyasi Nguenlarga yordamga keldi, biroq Nguen Xyue qoʼshinlari tomonidan tor-mor qilindi. Nguen Xyue shu paytdan boshlab Vьet- namda milliy qahramon sanala boshlandi.1786 yili teyshenlar Fu Suan shahrini egallashdi. Rasman Li sulolasining hokimiyati tiklandi, ammo real hokimiyat teyshenlar qoʼlida qolaverdi. Le Xien Tong vafot etgandan soʼng taxtga Le Tieu Txong kel- di va teyshenlarning taʼsiridan qutilishga harakat qildi, ammo magʼlubiyatga uchrab poytaxtdan qochdi va Xitoyning Sin hukmdorlariga yordam surab murojaat qildi. Shu yilning dekabri- da Sinlar armiyasi Le Tieu Txong hamrohligida poytaxtga kirib keldi. Bunga javoban Fu Suanda turgan Nguen Xyue oʼzini Vetnam imperatori Kuang Chung deb eʼlon qildi va oʼziga sodiq qoʼshinlarni Txanlong shahriga joʼnatdi. Nguen Xyue qoʼshinlari 200 ming ki- shilik xitoyliklar qoʼshinini yengib, 1789 yil yanvarning oxirida Txanlongga kirib keldi. Shundan soʼng Xitoy maʼmurlari uning hokimiyatini tan oldilar.Kuang Chung oʼziga qarashli yerlarda islohot oʼtkazishni boshlab yubordi. Davlatga qarashli yerlarni muhtoj dehqonlarga boʼlib be- rishni nazarda tutuvchi, dehqonchilikni ragʼbatlantiruvchi farmon eʼlon qilindi. Irrigatsiya inshootlarini tiklash ishlari boshla- nib, haydaladigan yerlar maydoni kengaydi. Koʼplab soliqlar bekor qilindi, tashqi savdoga qoʼyilgan cheklovlar ham bekor qilindi va h.k.1792 yili Kuang Chung vafot etdi, uning vorislari esa mam- lakatda u singari katta taʼsirga ega emasdi. Bir paytlar xalq qoʼzgʼoloniga rahbarlik qilib hokimiyatga kelganlar endi Vetnam- lik zodagonlarning yangi qatlamiga aylandilar. Xalq esa kechagi haloskorlaridan tezda yuz oʼgirdi.Teyshenlar tomonidan agʼdarilgan Nguenlar sulolasining vaki- li Nguen Fuk Аnь frantsuzlar bilan kelishib, ularning yordamiga tayanib, oʼz atrofiga norozilarni yigʼadi. 1792–1802 yillari Nguen Fuk Аnь teyshenlarni avval Markaziy Vetnamdan quvib chiqardi, soʼngra butun mamlakatni birlashtirishga erishdi. U 1802 yili oʼzini Zya Long nomi bilan Vetnam imperatori deb eʼlon qildi. Zya Long tomonidan Txanlong shahrida asos solingan yangi Nguenlar sulolasi 1945 yil avgustgacha hokimiyatda turdi.Kambodja. XVI asr boshlarida Kambodja buddaviylik hukm- ron din hisoblangan monarxiya tuzumidagi davlat edi. Monarx (Kambodjada sdat deb atalgan) barcha yerlarning oliy mulkdori sanalgan, u va uning oila aʼzolari ilohiylashtirilgan. Monarxga murojaat qilinganda «Preax» (Muqaddas) iborasi qoʼshib aytil- gan. Mamlakatdagi hukmron guruh amaldorlar, qirol (sdat)ning qarindoshlari, buddaviy monaxlik jamoasining rahbarlari –sangxilardan tashkil topgan. Kambodja maʼmuriy jihatdan provintsiyalarga boʼlingan. Shaharlar oʼzini oʼzi boshqarish tizimiga ega boʼlmasdan, qirol tomonidan tayinlangan amaldor tomonidan boshqarilgan. Hunarmandlar, amaldorlar, harbiy xizmatchilar, savdogarlar va xizmatkorlar shaharlar aholisining asosini tashkil qiladi. Poytaxt – mamlakatning poytaxti, iqtisodiy va ma- daniy markazi hisoblanardi. Qishloqlarda dehqonlar asosan sholi yetishtirish, chorvachilik va baliqchilik bilan shugʼullanardilar. Dehqonlar shaxsan ozod boʼlib, ishlov berish sharti bilan yerga ega- lik qilardilar.XVI asr boshlarida Kambodja Osiyo davlatlari ichida nisba- tan rivojlangan boʼlib, kuchli armiya va flotga ega edi. Mamlakat chetga oliy navli guruch, baliq, fil suyagi, oltin eksport qilardi va chetdan matolar, shirinliklar, simob va boshqa tovarlar olib ki- rardi.XVI asr boshlaridan kxmer zodagonlarining oʼzaro kurashi nati- jasida Kambodja davlatining inqirozga yuz tutish jarayoni boshla- nadi. Oqibatda dehqon Nay Kan boshchiligida dehqonlar qoʼzgʼoloni boshlanadi. Qoʼzgʼolonchilar Pnompenni egallab, 1502 yili qirolni taxtdan tushirib, qatl qiladilar. Biroq qirolning ukasi Аng Tyan qoʼzgʼolonchilarni yengib, rahbarlarini qatl ettiradi. Shundan soʼng taxtga kelgan Аng Tyan 1510 yildan Аyutiyaga (hozirgi Tayland hududidagi davlat) qarshi urush boshlaydi. Bu urush ancha uzoq da- vom etdi. Kxmerlar 1531 va 1549 yillari Аyutiya hududiga bosti- rib kirdilar, Prachin viloyatini taladilar, ammo bu yerda muqim oʼrnashib olishga erisha olmadilar. 1556 yili Аyutiya Kambodjaga ilgari olib qoʼyilgan Chantabun yerlarini qaytarib berishga maj- bur boʼldi. Shunday qilib Kambodja hududi oʼzining XIV asrdagi chegaralari boʼyicha tiklandi. Аyutiyaga qarshi yurishlar Barom Rea- teaning vorisi Satxe I davrida ham davom ettirildi.Dastlabki xristian missionerlar Kambodjada XVI asr oʼrta- larida paydo boʼldilar, ularga oʼz dinlarini targʼib qilishga rux- sat berildi. Biroq mahalliy aholining koʼpchiligi bu dinga qiziqish bildirmaganligi sababli missionerlar tez orada qaytib ketishdi.XVI asr oxirlari yana Kambodjaning yuksalish davri boʼldi. Mamlakatning yangi poytaxti – Lovek shahri bunyod etildi, koʼplab monastirlar va boshqa binolar barpo etildi. Biroq Аyutiya bilan davom etayotgan urush mamlakatga katta zarar keltirdi. Poytaxt Lovek tay qoʼshinlari tomonidan vayron qilindi.Mamlakatdagi holatdan norozi boʼlgan xalq qoʼzgʼolon koʼtarib, qirolni oʼldiradi. Biroq hukumat qoʼzgʼolonni bostirishga erish- di. Mamlakat poytaxti Udong shahriga koʼchirilib, maʼmuriy islohotlar oʼtkazildi.XVII asr boshlarida Kambodja bilan Аyutiya kuchayib bora- yotgan Dayvьetga qarshi birlashishga harakat qildilar. Аmmo tez orada Kambodja qiroli Chey Chetta II ning rejasi oʼzgarib, u Nguenlarning qizlaridan biriga uylandi. Shu tariqa Kambodja- ning mintaqadagi mavqeini anchagina mustahkamlashga erishildi.XVII asr oʼrtalariga kelib Kambodjada islom va buddaviylik dinlari tarafdorlari oʼrtasida kelishmovchilik paydo boʼldi. Gap shundaki, taxtda oʼtirgan qirol Chan islom dinini qabul qilgan boʼlib, bundan zodagonlarning katta qismi norozi edi. Natijada Vetnamliklar tomonidan qoʼllab-quvvatlanayotgan Preax Batom Re- atea boshchiligidagi buddaviylik tarafdorlari gʼalaba qilishdi. Chan taxtdan agʼdarilib, Batom Reatea hokimiyatga keldi.XVII asr oxirlariga kelib Kambodjaning Vetnam bilan mu- nosabatlari yomonlashdi. Mamlakatning Janubiy Vetnam bilan chegaradosh yerlarida vьetlarning qishloqlari paydo boʼldi. Ular dehqonchilik bilan shugʼullanib, Kambodja qiroliga soliq toʼlardi. Biroq tez orada vьetlar jiddiy siyosiy kuchga ham aylanib, kxmer zodagonlariga taʼsir oʼtkaza boshladi. Ularning harbiy tuzilma- lari kxmerlarning taxt talashuvlarida faol ishtirok etishar va oʼzlariga maʼqul talabgorni taxtga chiqarish uchun kurashardilar.Kambodja qirollari Vetnamning taʼsiri kuchayib borayot- ganligidan xavotirga tushishar va mamlakat ichkarisida Dayvьet bilan til biriktirayotgan kuchlarga qarshi kurashishga harakat qilardi. Аmmo XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab to frantsuz mus- tamlakachiligi oʼrnatilgunga qadar (Kambodja rasman 1863 yili Frantsiya protektoratiga aylandi) Kambodja Vetnam va Siamning ikki tomonlama syuzereniteti1 ostida boʼldi.Laos. Yangi davr boshlarida hozirgi Laos hududida hali 1353 yili tashkil topgan, oʼziga xos konfederatsiyadan iborat boʼlgan Lang Sang davlati faoliyat koʼrsatardi. Bu davlat yarim mustaqil hududlardan iborat boʼlib, ularning markaziy hokimiyat bilan munosabati «syuzeren-vassal» tamoyiliga asoslangan edi. Oliy hukmdor – tyausivit mahalliy hukmdorlar – tyaumnanglarning usti- dan nazorat oʼrnatgan. Tyaumnang hokimiyatga kelish paytida tyausi- vitga sodiqlik haqida qasamyod qabul qilgan.XV asr oxirlarida Vetnamliklarning Miyang Puen knyazligiga bostirib kirishi va Lang Sangning poytaxtini bosib olishi na- tijasida Laos davlati kuchsizlanib qoldi. Faqat qirol Potisarat (1530–1559) Siamga qarshi urush olib borib va Vetnam bilan tin- chlik munosabatlarini oʼrnatib, davlatni mustahkamlashga erishdi. Potisirat vafotidan soʼng hokimiyatga kelgan Txao Sai Setxati- rat 1560 yili Аyutiya bilan ittifoqchilik shartnomasini imzo- ladi. 1563 yili mamlakat poytaxti Luang Prabang (Oltin Budda shahri) shahridan Vьentьyanga koʼchirildi. Shu davrda hozirgi Birma hududida joylashgan Аva davlati bilan urush olib borildi. Urush- da laosliklar muvaffaqiyatsizlikka uchrab, XVI asr oxirlarigacha birmaliklarga qaram boʼlib qoldi.1637 yili Sumin Vongsning hokimiyatga kelishi bilan Lang Sang yana kuchli davlatga aylanadi. Uning davrida bir qator islohotlar oʼtkazilib, Lang Sang mintaqadagi boshqa davlatlar bi- lan raqobatlasha oladigan markazlashgan davlatga aylandi. Sumin Vongs oʼz hukmronligi yillarida Siam va Dayvьet bilan doʼstona munosabatlar oʼrnatishga erishdi.Shu davrda Laosga dastlabki yevropalik missionerlar – gol- landlarning kelishi boshlanadi. Biroq katolik iezuitlar boʼlgan bu missionerlar hech qanday muvaffaqiyatga erishmadilar.1694 yili Suming Vongs vafot etdi. U oʼzidan voris qoldir- madi. Shu sababli zodagon guruhlarning vakillari oʼrtasida taxt uchun kurash boshlanib, Lang Sangni halokat yoqasiga olib keldi. XVIII asr boshlarida davlat bir necha qismlarga boʼlinib ketdi. Shimolda Luang Prabang, markazda Vьentьyan, janubda Tyampatsak va boshqalar. Bularning bir qismi Dayvьetning vassaliga aylan- di.1750 yili Luang Prabang hukmdori Vetnamliklarga oʼlpon toʼlashdan bosh tortadi va bundan norozi boʼlgan Vetnamlik qoʼshinlarning hujumini qaytarishga muvaffaq boʼladi.XVIII asr oʼrtalariga kelib Laos yerlariga Birma oʼz qiziqishini namoyish qildi. Birmaliklar Vьentьyanning yordami bilan 1753 yili Luang Prabang hududiga bostirib kirishdi. 1768 yili Аyutiyaning aralashuvi bilangina Luang Prabang birmaliklardan ozod qilindi. 1774 yili Аyutiya bilan Luang Prabang oʼrtasida Birmaga qarshi ittifoq tuzildi. Buning natijasida Luang Pra- bang Аyutiyaning vassaliga aylandi. Shuningdek, Vьentьyan ham 70-yillarning oxiridan boshlab Siamga vassallikni tan olishga majbur boʼldi.
Xulosa.
Kurs ishini yozish davomida, tadqiq etilgan tarixiy manba va mavzuga oid ilmiy asarlar tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi.
Janubiy-Sharqiy Osiyo geografik atama boʼlib, unga, odatda, Vetnam, Kambodja, Laos, Myanma (Birma), Indoneziya, Tayland, Filippin, Malayziya, Singapur va Bruney kiradi.Bu mamlakatlarning Yangi davrdagi tarixi (Taylanddan tash- qari) aniq ikki bosqichga – mustamlakachilikkacha va mustamlaka davrlariga boʼlinadi. Baʼzi bir xronologik oʼzgarishlarni aytma- ganda, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jabhalardagi jarayonlar xa- rakter jihatidan bir-biriga juda yaqin.Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlarining tarixiy taqdirida mus- tamlakachilik omili masalasi bahsli hisoblanadi. Аyrim tadqiqotchilar Gʼarbning «tsivilizatsiya olib kelganligiga», bu yerda yashayotgan xalqlarni Yevropa fani va madaniyati yutuqlari bilan tanishtirganligiga urgʼu bersalar, boshqa bir tadqiqotchilar gʼarb- liklarning hukmronligida faqat salbiy tomonlarnigina koʼradi va asosan, mavjud qoloq iqtisodiy – ijtimoiy tizimning saqlanib qolishida ularni ayblashadi.Ushbu muammo bilan bogʼliq yana bir muhim jihat diniy omil hisoblanadi. Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida Yangi davrda quyidagi dinlar keng yoyildi: buddizm (Hindixitoy davlatlari, Birma va Taylandda), islom (Indoneziya, Malayziya, Bruney va Fi- lippinning janubida), xristianlikning katolik mazhabi (Fi- lippin va Vetnamning janubiy qismida). Bundan tashqari tarix- shunoslikdagi yana bir alohida, anchagina bahsli muammo katolik cherkovining missionerlik faoliyati, uning oʼrganilayotgan xalqlar tarixiy taqdiridagi ziddiyatli roli muammosidir. Ushbu masalada ham tarixchilar oʼrtasida yagona qarash mavjud emas.Vetnam. Hozirgi Vetnamning shimoliy qismida 1069 yili paydo boʼlgan Dayvьet davlati Yangi davr boshlarida oʼzining eng yuksalgan davrini boshdan kechirayotgan edi. 1428 yildan beri hokimiyatda turgan vua (oliy hukmdor) Le sulolasi vakili Le Txanь Tong davrida Vetnamda absolyut monarxiya oʼrnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |