olishlariga undashi, bu ma'lumotlardan keyinchalik maktabga borganda ham
o‘kuvchilarning darsda olgan bilimlari boyitiladi va uni amalda ko‘llash
ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Maktabda ekskursiyalar tashkil qilish ikki turga
O‘quvchilarni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalash uchun uzaytirilgan
ekskursiya ma'lum tuman, shahar yoki xo‘jaliklarga yo‘naltirilgan bo‘lishi
mumkin. Bu ekskursiyani mazmuni ixtiyoriy tuzilishga asoslanadi.Uzi
yashayotgan hududni, tabiatni o‘rganish yosh avlodda vatanparvarlik ruhini
uyg‘otib, ularni tabiatni sevishga undaydi.
Tabiat ko‘yniga qilingan ekskursiyalar o‘qitishni turmush bilan bog‘lab,
o‘kuvchilarning nazariy bilimini oydinlashtiradi, bevosita ekologiyani sog‘lom va
nosog‘lom xudud bilan tanishish imkonini beradi. Shuning bilan birga tabiiy
fanlardan
olgan bilimlarini
mustahkamlab
fikr doiralarini kengaytirib,
ko‘rsatuvchanligini oshiradi; milliy iftixor, o‘rtoqlik, do‘stlik, tabiatni asrash
yo‘lida jipslashtirish, katgalarga tabiatga muhabbat tuyg‘ularini shakllantiradi.
Tabiat ko‘yniga uyushtirilgan ekskursiyalar ekologik tarbiya beribgina
qolmay, balki o‘kuvchilarni sog‘lomlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ekskursiyada bolalar yaxshi dam oladi va jismoniy chiniqadilar, Ekskursiyani
uyushtirish to‘rt davrga bo‘lish mumkin,
1) Ekskursiyaga tayyorgarlik ko‘rish davri.
2) Ekskursiya davri.
3) To‘plangan materiallarni taxlil qilish davri.
4) Darsdan tashqarnda foydalanish davri.
Ekskursiyada tayyorgarlik ko‘rish davrida. avvalo ekskursiya ishtirokchilari
tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bir kunlik ekskursiyada 12-16 km yo‘l bosish
mo‘ljallangan. O‘kituvchi ekskursiya joyi, yo‘nalishi va to‘xtab o‘tiladigan
joylarni oldindan ko‘rib chiqib belgilaydi. Shuningdek, xavfsizlikka rioya qilish,
birinchi meditsina yordam ko‘rsatish imkonini aniqlaydi va tibbiy anketa olishi
lozim bo‘ladi. Yo‘dda yurganda olingan yuklar bolaning kuchiga, quvvatiga qarab
taqsimlanadi. Ekskursiyaga chikish oldidan ekskursiya qatnashchilari yig‘ilishi
o‘tkazilib vazifalar taqsimlab olinadi, jihoz va kerakli narsalarning olinganligi va
tayyorgarlik tekshirib chiqiladi, kamchilik bo‘lsa, uni bartaraf etish choralari
ko‘riladi.
Tabiat qo‘ynida qilinadigan ekskursiya boshlanishdan oldin o‘quvchilar
beshta: hayvonot va parrandalarni kuzatish, o‘simlik gerbariylarini to‘plash,
o‘simliklar kasalliklarini aniqlash, tuproq va suv tarkibidagi o‘zgarishlarini
akiqlash kabi guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhga tabiiy jarayonlari kuzatilib, uni
o‘zgargan va o‘zgarmaganligini, qayta tekishrilishini aniqlash vazifalari qo‘yiladi.
Har bir guruh o‘z yon daftarlariga qilingan ishlarni yozib boradilar. Soatyaga
3-5 km yurib yoki 20-25 minut yurib, toliqish sezilsa 10-15 minut dam olinadi.
Oraliq masofa 2-3 metrdan oshmasligi kerak. Chunki yo‘lda turli butalar, shoxlar,
tikonli giyohlar, toshlar va jonsiz to‘siqlar bo‘lishi mumkin. Agar dam olingan
joyda ovqatlanilsa, jo‘nash oldidan idishlar, qog‘ozlar, selofanlar, keraksiz narsalar
yig‘ib yo‘q qilinadi (kuydirib, ko‘mib tashlanadi). Qator boshida yo‘lni yaxshi
biluvchi va qator oxirida kuchliroq tajribaliroq o‘quvchi bo‘lishi lozim.
Bolalar organizmi yoshiga qarab turli xil rivojlanish xususiyatiga ega.
Tabiatning go‘zalligi, ekskursiyaning qiziqarliligi tufayli ayrim o‘quvchilar
charchoqni sezmaydilar. Shu sababli o‘kuvchining yoshi va jismoniy
tayyorgarligiga qarab yuk berish kerak. Yovvoyi meaalar, gullar, yaproqlarni
ushlash, hidlash, uzib olish yaramaydi. O‘qituvchi ruxsat bersagina, ulardan
namuna olish mumkin. Ekskursiya davomida intizomga rioya qilish, har bir
belgilangan joyni diqqat bilan kuzatish, ruxsatsiz boshqa joylarga ketmaslik,
boshqa ishlar bilan shug‘ullanmaslik kabi masalalarda o‘quvchilar ogohlantiriladi.
Maktabda to‘planib guruh a'zolarining barchasi tayyor bo‘lib, hamma narsalar taxt
bo‘lgandan keyin ekskursiyaning birinchi etapi bo‘yicha yo‘lga chiqiladi.
Ekskursiyadan so‘ng to‘plangan materiallar yuzasidan o‘qituvchi tomonidan
suhbat tashkil qilinadi. Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlari kuzatgan ob'ekt
bo‘yicha o‘z ta'ssurotlarini gapirib misollar bilan isbotlaydilar, Bu esa o‘z vaqtida
tuzatish yo‘llarini qidirishga imkon beradi. O‘quvchilar bundan tegishli xulosa
chiqaradilar.
O‘quvchilarga ekologik ta'lim berishda ekologik tashviqot tadbirlari ham
alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: