Mavzu:BASKETBOL DARSI VA UNI O’TKAZISH USLUBIYATI.
MUNDARIJA
KIRISH
|
|
I.BOB.BASKETBOL DARSI VA UNI O’TKAZISH USLUBIYATI
|
|
1.1.Darsning maqsadi va vazifalari
|
|
1.2.Darsning tuzilishi va mazmuni
|
|
II BOB.YOSH BASKETBOLCHILARNI UMUMIY TAYYORGARLIGI BUYICHA SPORT SEKSIYALARINI TASHKIL QILISH
|
|
2.1. Jismoniy etuklik tayyorgarligi
|
|
2.2. Maktab yoshidagi basketbolchilarni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning o`ziga xos hususiyatlari
|
|
2.3. Maktab basketbol sektsiyalari ishini tashkillash, mashg’ulotlarini olib borishda texnika va taktikasiga o`rgatish
|
|
|
|
XULOSA
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda talim tizimini takomillashtirish, vatan ravnakini taminlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish masalalariga jiddiy etibor berilmoqda. Bu boradagi ―Talim tug’risida‖gi hamda ―Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur‖ qabul kilinishi katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng jismoniy tarbiya va sportga katta etibor berilmoqda. Respublikamiz sportchilari Osiyo hamda jahon miqyosidagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishib, O’zbekiston bayrog’ini yuqori
ko’tarishmoqda. Respublikada sportning bu darajaga ko’tarilihida 1-Prezidentimiz I.A.Karimovning hissasi kattadir. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport yanada rivojlantirshs uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda bolalar va o’smirlar, ularning salomatligi, ijtimoiy manfaatlariga Davlat siyosati darajasida e’tibor berilmoqda. Bundan asosiy maqsad yosh avlodni salomatligini mustahkamlash, intellektual salohiyatini oshirish, millat genafondini tozaligini, salomatligini ta’minlash, komil insonni tarbiyalashdir. Yosh avlodni har tomonlama: aqliy, aholkim va jismoniy jihatidan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi.
Sport inson organizmiga foydali ta’siri bilan bir qatorda «mushaklar quvonchi
hissiyotini» ro‘yobga chiqaradi, sog‘lom dam olishni tashkil etishda muhim o‘rin
egallaydi, shaxsning o‘zligini anglashda qudratli vosita vazifasini bajaradi.
Sport har doim o‘zining ommaviyligi bilan odamlar e’tiborini jalb qilib
kelgan. Sport tadbirlariga tomoshabinlarni jalb etishda hozirgi zamon axborot
vositalarining xizmati katta. Shuning uchun ham yuqori ko‘rsatkichli sport ommaviy sportning yuqori pog‘onasi bo‘lib, hamisha ijtimoiy hodisalardan hisoblanib kelgan.
Tadqiqotchilar ma’lumotiga ko‘ra, respublikamiz aholisining 10% dan ortig‘i
sport musobaqalarini tomosha qilish uchun bevosita sport mashg‘ulotlari
o‘tkaziladigan sport inshootlariga boradilar, 80% ga yaqini esa sport ko‘rsatuvlarini televizorda tomosha qilishadi. Xullas, sport faqat jismoniy kamolot vositasi bo‘libgina qolmay, balki u ma’lum darajada o‘ziga xos san’at vazifasini ham o‘taydi. Mustaqil O’zbekistonning ravnaq topishi, uni iqtisodiy va ijtimoiy tomondan buyuk davlat darajasiga ko’tarilishi yosh avlodu, mehnatkash fuqarolarning nafaqat aql-idroki, bilimi va malakasi, balki ularning salomatligiga, jismoniy barkamolligiga ham bevosita bog’liqdir. Hozirgi davr taqdirini va uning istiqbolini ijobiy hal etish, qaysi sohada bo’lishidan qat’iy nazar har bir fuqarodan serg’ayratlik, tadbirkorlik, uddaburonlik va ishbilarmonlik kabi xislatlarni talab qiladi. Mazkur xislatlar zamirida esa kuch, tezkorlik, chaqqonlik va chidamkorlik sifatlari yotadi. Albatta, bu sifatlarni faol maqsadli shakllanishi o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki insonning ontogenetik taraqqiyoti jarayonida sport yoki jismoniy tarbiya bilan muntazam va rejaga muvofiq shug’ullanish evaziga amalga oshiriladi. Ma’lumki, bunday tadbirlar mutaxassislarning maslahat, tavsiya, nazorati va ko’rsatmalari yoki umuman rahbarligi asosida tashkil etilishi darkor. Aks holda – ko’r-ko’rona, maxsus
bilimlarga ega bo’lmasdan o’zbilarmonlarcha jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish
ko’ngilsiz natijalarga olib kelishi ehtimoldan holi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |