I bob. Basketbol


Maktab Basketbol sektsiyalari ishini tashkillash, mashg’ulotlarini olib borishda texnika va taktikasiga o`rgatish



Download 180,5 Kb.
bet7/8
Sana21.11.2022
Hajmi180,5 Kb.
#869882
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BASKETBOL DARSI VA UNI O’TKAZISH USLUBIYATI.

2.3. Maktab Basketbol sektsiyalari ishini tashkillash, mashg’ulotlarini olib borishda texnika va taktikasiga o`rgatish.
Maktab Basketbol sektsiyalari ishini tashkillashtirishda bolalar jamoasi hususiyatlarini hisobga olishimiz zarur. Bunday jamoa odatdagi o`quvchilar jamoasidan tuzilishi va uni boshqarishning alohida murakkabligi bilan ajralib turadi. Ko`pincha bu jamoa a`zolari boshqa-boshqa sinflardan tashkil topgan bo`ladi. Ikki jamoa ta`sirini bir-biriga muvofiqlashtirish zarurligi va sport jamoasi tarkibining doimiy emasligi trener ishida katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Sport bilan endigina shug’ullanayotganlar (sportchilar) bilan ishlovi trener ularda hali sport mashg’ulotini (turini) to`g’ri tanlaganligiga ishonch yo`qligini va bir hildagi kishini zeriktiradigan mashg’ulot shug’ullanuvchilarning barqaror qiziqishlarini tezda yo`qotishi mumkinligini doimo esda tutish kerak. SHu sababli trener qobiliyatli sportchilar ketib qolmasligining oldini olish uchun ularda tanlangan sport turiga barqaror qiziqishni tarbiyalash haqida doimo g’amxo`rlik qilishi kerak.
Trenerning ishini tartibga solish ancha qiyin. Umumiy pedagogik vazifalar—o`quv- mashg’ulot ishlari, tarbiyaviy, tashkiliy, psixologik va boshqa ishlardan tashqari, trener o`ziga xos ishlar - hakamlik, trenirovka jarayonini moddiy ta`minlash ishlarini ham bajaradi.
Basketbol o`yini texnika va taktikasiga o`rgatish metodikasini qo`llash.
O`yin usullari va taktik harakatlarga o`rgatish qiyin va uzoq davom etadigan jarayondir.
O`yin texnikasini o`rganish uchun juda ko`p o`yin usullarini bajarish lozim va uning uchun bir necha yil kerak bo`ladi. O`rgatish jarayonida o`yin usullarini nafaqat biomexanik nuqtai nazardan to`g’ri va unumli bajarish, balki o`yin paytida uni qo`llashni xam o`rgatish kerak. SHuning uchun texnik usullariga o`rgatish va individual taktik harakatlarga o`rgatish birgalikda olib boriladi. Bundan tashqari o`yinga o`rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash o`zaro bir- biriga bog’lagan xolda olib boriladi. Harakatlarga o`rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash zaminida qo`l to`pi o`yinchisining harakat malakalarini shakllantirish qonuniyatlari yotadi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash harakat malakalarini egallash jarayonini tezlashtiradi. O`yin usullarini bajarishda jismoniy sifatlar namoyon bo`ladi va rivojlanishi tezlashadi. Biroq harakatlarga o`rgatishda qoida bo`yicha sharoitni engillatib boriladi, ammo jismoniy sifatlarni tarbiyalashda yuklama oshirib boriladi.
Xar bir usulni o`rgatish bosqichma –bosqich olib boriladi. eng asosiy diqqatni harakatning asosiy bosqichiga, keyin esa boshqa qismlarini bajarishga qaratiladi.
Xar qanday usulni o`rgatishda texnik-taktik harakatlarni ketma-ketligi mantiqan to`g’ri bo`lishi kerak.
1. Usul bilan tanishtirish
2. Usulni soddalashtirib o`rgatish
3. Usullarni o`yin holatiga yaqinlashtirib takomillashtirish
4. O`rganilgan usullarni o`yinda qo`llash.
Usul bilan tanishtirishda albatta ko`rgazmali qurollardan foydalanib, usul tug’risida ma`lumot berish va tasavvur xosil qilish zarur. Ko`rgazmali qurollardan kayta foydalanilganda ( rasmlar, jadval, videotasmalar) o`rganilayotgan usul va harakatlarning ancha muhim bo`laklariga ahamiyat beriladi. O`yin usullari va harakatlarni ko`rsatishda usulning ahamiyati va uni o`yin paytida unumli qo`llash to`g’risida gapirib berish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Harakat tug’risida tasavvurga ega bo`lish uchun shu usulni bajarib ko`rish imkoniyati beriladi. Harakatlarni soddalashtirilgan sharoitda o`rganish kamchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi. Ushbu holatda qanday muvaffaqiyatga erishish tayyorlovchi va yondashuvchi mashqlarni tanlashga bog’liq bo`ladi. Harakat elementlarini his etish uchun harakatlarni majburiy chegaralab va belgilab qo`ygan usullari qo`llaniladi
O`yin usullarini soddalashtirilgan yoki murakkablashtirilgan sharoitda o`rgatish uchun o`yinning dastlabki holati, masofa, yunalish harakati tezligi va xar hil xalaqit beruvchi unsurlarni kiritiladi. Bu o`z navbatida usulga o`rgatishdagi to`siqlarni bartaraf qiladi.
Basketbol texnikasini yaxshi bilish o`yinchining xar tomonlama tayyorgarligi va xar jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir.
Texnik usullar — bu basketbol o`yinini vujudga keltirish vositasi demakdir. Yuksak sport natijalariga erishish ko`p jihatdan basketbol o`yinchilarning ana shu hilma — hil vositalarni qanchalik to`lik bo`lishiga, raqib jamoa o`yinchilari qarshilik ko`rsatayotgan, ko`pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o`yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo`llashiga bog’lik. Basketbol texnikasini yaxshi bilish o`yinchining xar tomonlama tayyorgarligi va xar jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir.
O`yin texnikasida hujum va himoya bir — biridan farq qiladi. To`pni ilish, uzatish, olib yurish va savatga otish hujum texnikasiga tegishlidir.
Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda aldamchi harakatlar o`yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat — turish, tayyorgarlik va harakat qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turishlarni vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zamonaviy basketbol o`yinida ko`pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina bukilsa), oralig’i elka kengligida, gavda sal oldinga egilib, qo`llar bukilgan holatda tutiladi.
Qaysi o`yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, usha o`yinchi kuproq foyda keltiradi. SHuning uchun xar bir o`yinchi tez start olishni, yugurayotib yunalishni o`zgartirishni, to`htash va sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni o`zlashtirib olishi shart.
Basketbol o`yinining tasnifi texnik usullarni umumiy mahsus belgilarga qarab guruxlarga bo`lishdan iborat.
O`rganilayotgan materialni takrorlash usul turlarini barqaror tushunishga, ularni to`g’ri tahlil qilishga, olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli echishga yordam beradi.
Hujum o`yini texnikasi.
O`yin texnikasining bu qismiga to`pni ilish, ushlash, to`pni erga urib olib yurish va egallab olish, chalg’itish va tusiq qo`yish usullari kiradi.
To`pni ilish. Bu to`pni egallashga imkon beruvchi usul. To`pni bir va ikki qo`llab ilish mumkin. To`pni ikki qo`llab ilishda qo`llarning panjalari bir- biriga yaqin joylashib, barmoqlar to`pga tekkanidan sung, uchib kelgan to`p tezligini pasaytirish uchun qo`llar bukiladi.
To`pni bir qo`lda ilish juda murakkab. Ilish va keyingi qo`lni silkitish ko`pincha bunday holatda to`htash harakatini tashkil etadi.
To`p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to`g’ri ushlash lozim. Agar o`yinchi uni ikki qo`llab ushlasa to`p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to`pni bir qo`llab yuqoridan yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to`pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu holat qo`lning panja bo`limlarining qotishiga olib keladi.
To`pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. To`p uzatish ko`p usullar yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda ko`proq yuqoridan va qo`l panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi to`pni otish usulidan ham farq qiladi.
Qo`llarni tirsak qismida bukgan xolda yuqoridan to`pnn uzatish — basketbol o`yinida to`p uzatishning asosiy usulidir.
Keyingi vaqtlarda yashirin holda — orqadan, bosh ortidan, oyoqlar orasidan to`p uzatish ko`proq ahamiyatga ega bo`lmoqda. To`p uzatish panjalarning faol ishlashi natijasida bajariladi. Qo`l panjalari yordamida uzatilgan to`p aniqlik va tezlikdan yutadi.
To`pni erga urib olib yurish. Bu usul bir joyda turganda, ko`proq yurganda, yugurganda bajarilib, basketbol o`yinchisining harakat qilishda qo`llaniladigan asosiy usullaridan hisoblanadi. To`pni erdan xar —hil: yuqoriroq va pastroq sapchitib turib yurish mumkin. Bu usulda qo`l to`pi o`yinchisi maydondan sapchib ketayotgan to`pni pastga tushirib va keng yoyilgan barmoqlari bilan kutib oladi. U qo`lini bukib, to`pni biroz yuqoriga uzatadi, so`ng uni yana maydonga ma’lum burchak bo`yicha keskin otadi. Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz egilgan, bosh to`g’ri tutilgan bo`lishi kerak.
To`pni erga urib olib yurish to`g’ri chiziq, yoysimon chiziq va doira bo`ylab xar hil yunalishlarda bajarilishi mumkin. Yunalishni, tezlikni, sapchish balandligini o`zgartirib hamda to`pga qaramasdan erga urib olib yurishlar hozirgi zamon qo`l to`pi o`yinida katta ahamiyatta ega bo`lmoqda.
To`pni erga urib olib yurish texnikasini o`rgatishda qo`yidagi mashqlardan foydalaniladi:
1. Oldinga, yon tomonga, orka bilan oldinga to`pni erga urib harakat qilish.
2. Shularning xammasini yugurgan holatda bajarish.
3. Ilonizisimon yunalishda xar hil tusiqlarni aylanib to`pni erga urib yurish.
4. Xar hil tusiqlardan xatlab to`pni erga urib olib yurish.
5. Xar hil tezlikda yugurib, to`xtab va yanya tezlanib to`pni erga urib olib yurish.
6. Yunalishlarni o`zgartirib (90-180-360 gradus) to`pni erga urib olib yurish.
7. Ung va chap qo`llarda galma-gal to`pni erga urib olib yurish.
8. Bir vaqtda ikkita to`pni erga urib olib yurish.
9. Bir o`yinchi to`pni erga urib olib yuradi, ikkinchisi to`pni olib qo`yishga harakat qiladi.
To`pni otish. Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog’liq, shular orasida muhimi raqiblarga kutilmagan vaziyatda otish yunalishini va usulini o`zgartirishdir. To`pni ko`zlagan joyga yunaltirishda, ayniqsa, tezlik muhim ahamiyat kashf etadi — uning kuchi tezligiga bog’liq bo`ladi.
To`p otish texnikasini bajarishda uning energiyasi va vaznini hisobga olish zarur, to`p otayotgan qo`lning keng amplitudadagi harakati mushaklar qisqarishiga va gavdadagi barcha mushaklarning qisqarishiga qo`lay sharoit yaratadi. Lekin o`yinda bir necha qadamdan so`ng, keng amplitudada qo`lni silkitib to`p otishni qo`llash anchagina mushkul. SHuning uchun o`yinchilar va murabbiylarning ijodiy izlanishdan maqsadi tez otish texnikasini (harakatni tezlashtirib, to`pni ilib olgandan so`ng darrov sakrab va hokazo) yaratishga qaratilgan,
Savatga to`p otishlar joyidan, yurib kelib, sakrab va tayangan holatda bajariladi.
Eng ko`p tarqalgan usul — harakatda yuqoridan qo`lni bukib to`p otishdir. Qo`llarni silkitish natijasida to`pni otish holati o`zgaradi. To`p otish boshning orqa tomonidan, elka ustidan yoki yon tomondan bo`lishi mumkin. Bu vujudga kelgan holat va texnikani bajarish xususiyatiga qarab qo`llanilanadi.
Harakatda qo`lni yuqorida bukib to`p otish uch hil vaziyatda bajariladi: chalishtirma qadamlardan (skrestnqy shag) so`ng otish, chalishtirma qadamlarsiz otish va to`xtab otish.
Yuqoridan qo`lni bukib to`p otish qo`lni tez siltash yordamida bajariladi. Birinchi oldinga quyilgan oyoqqa qarama-qarshi qo`l to`p bilan orqaga suriladi va keyingi qadamda gavdaning yuqori qismi bilan birga siltanadigan qo`l oxirgi chegarasigacha orqa tarafga burilishi kerak. Keyingi qadamni quyishda gavda savatga tomon burilib tezlik bilan oldinga egiladi va to`pni qo`ldan chiqaradi. Bu usulning farqi shundaki, to`p otish bir oyoqqa tayangan holda bajariladi.
Yuqoridan qo`lni bukib to`xtab to`p otish – bu eng tez otish usulidir. Bu erda dastlabki zaruriyat to`pni sakrab ilish hisoblanadi, bunda to`p otayotgan o`yinchi qo`lini siltashni boshlashi mumkin. Bu holda o`yinchi avval ung oyog’ini, sung chap oyog’ini bosadi, tovon esa harakatning to`htashini ta’min etish uchun xizmat qiladi.
To`p otayotgan o`yinchi qadam qo`yishda gavdaning og’irligini darhol oldingi oyoqqa o`tkazadi va gavdani savatga tomon burib, qo`l tirsagini bukkan xolda to`pni keskin savatga uloqtiradi.
Qo`lni yuqorida bukib, sakrab (yuqoriga) to`p otish uzoq masofadan (6.25m) savatga hujum qilishda qo`llaniladi. Qo`lni siltash va to`pni qo`ldan chiqarish havoda bajariladi. Depsinish keyinchalik oyoqda bajarilishi kerak. To`p otayotgan o`yinchi to`p ushlagan qo`lni orqa tomonga yuborib, to`psiz qo`lini oldinga chiqaradi, gavdaning yuqori qismini otayotgan tomonga burib, depsinishdan oldin bo`sh oyog’ini bukishi lozim.
Qo`lni yozib, yon tomondan to`p otish — bekik vaziyatda ko`p qo`llaniladigan usullardan biridir. Uni bel, son, tizza balandligida bajarish mumkin. Siltash yuqoridan to`p otishdagiday bajariladi. CHalishtirma harakat qilgandan so`ng o`yinchi to`p otishning dastlabki holatiga keladi: oyoqlar keng qo`yilgan, qo`l to`p bilan orqa tomonga o`gkazilgan, gavda savatga yon tomon bilan burilib, to`p otadigan qo`l tomon egilgan bo`lishi kerak. SHundan keyin savdaning og’irligi oldinda turgan oyoqqa o`tkaziladi, ko`krak savatga tomon buriladi, qo`l tirsak bo`g’inida bukilib, maydonga parallel oldinga cho`ziladi. Keyinchalik qo`l silkitish harakati tufayli to`g’rilanadi, unga elka harakati qo`shilib, to`p savatga yuboriladi.
Himoyachidan to`pni uzoqroq olib ketish uchun, o`yinchining oldingi tayanch oyog’ini, himoyachi oyog’ining sirtqi tomoniga qo`yish maqsadga muvofiqdir (odatda o`ng tarafga).
Gavdaning yuqori qismini burish yordamida qo`lni bukmasdan to`g’ri to`p otishni bajarish mumkin. To`p ushlagan qo`l tomonidagi oyoq bilan depsinish himoya chilardan to`pni yanada uzoqroq olib ketishga imkon beradi. Ko`pincha bunday to`p otshlar yuqoriga va yon tomonga sakragan holda bajariladi. Balandga sakrab, odatdagiday yuqoridan to`p otmoqchi bo`lib harakat qilgan hujumchi ohirida to`p otayotgan qo`li harakatini o`zgartirib, to`pni yuqoridan emas, balki himoyachilar gavdasi yoki qo`llari bilan qo`ygan to`siqlar yonidan savatga yuboradi.
Savatdan qaytgan to`pni qayta urish. Keyingi vaqtlarda markaz o’yinchisi to`p otayotgan o`yinchiga peshvoz chiqishi amalda ko`p qo`llanilmokda. Bunday holatda, depsinib, yuqoridan baland traektoriyada to`p otishlar ma’lum bo`lishicha juda sermahsul hisoblanadi. To`p otishning bajarilishi odatdagi usulda boshlanib, so`ngra esa to`pning yo`nalishi o`zgartiriladi.
Qo`yidagi mashqlarni to`pni savatga otish texnikasini o`rgatishda qo`llaniladi:
1. O`ng burchakdan, chap barchakdan va markazdan savatga to`p otish. O`yinchilar xar - bir joydan navbat bilan to`pni savatga otishadi va o`zlari turgan qator oxiridan joy olishadi.
2. O`yinchilar bir qator bo`lib joylashadilar. To`pni savatga harakat paytida otiladi ( chap, o`ng burchaklardan va yarim o`rtadan). O`yinchi to`pni murabbiyga uzatib va qayta qabul qilgandan so`ng tirsaklar bukilgan xolda yuqoridan savatga to`p otadi. Mashqni sakramasdan va sakrab turib bajarilgandan so`ng o`z qator oxiriga borib turadi.
3. O`yinchilar bir qator bo`lib joylashadilar.O`yinchi to`pni murabbiyga uzatib, undan qabul qilgandan so`ng himoyachi qarshiligni engib savatga to`p otadi. To`pni sakramay va yon tomondan tirsaklar bukilgan xolda otiladi.
4. Himoyachini chalg’itib savatga to`p otish. 1 raqamli o`yinchi oldiga harakat qilayotgan 4 raqamli o`yinchiga to`pni uzatadi va to`pni uzatgandan so`ng himoyachi vazifasini bajaradi, 4 raqamli o`yinchi himoyachini ung tomonidan o`tib savatga to`pni otadi va 6 raqamli o`yinchi ortidan qatorga turadi. 1 raqamli o`yinchi esa mashqdan sung 3 raqamli o`yinchi ortidan qatorga turadi.
To`pni erga urib sapchitib otish —eng murakkab to`p otishdir. Ayniqsa, otgandan so`ng sapchib aylanib, o`z yo`nalishini o`zgartiradigan to`pni olish markaz o’yinchisi uchun juda katta qiyinchilik tug’diradi. Odatda, bu usul burchakdan hujum qilish paytida qo`llaniladi. To`pni otilish joyiga qarab o`ngga yoki chapga aylantirib otish mumkin. To`pni aylantirishga bilak va kaftning tezkor harakatlari va barmoqlarning faolligi tufayli erishiladi.
To`siq. Bu hujumchilarning himoyachilar panohidan qutulishi uchun qo`llaniladigan foydali vositadir. Basketbol o`yinida –to`siqlar yakka holda va o`yinchilar guruxi tomonidan qo`yilishi mumkin.
O`yinchilarning himoya texnikasiga to`pni olib yurish, urib qaytarish,
to`siq qo`yish va savatgabon orqali to`pni ushlab olishlar kiradi.
Dastlabki holatda to`g’ri turish himoya harakati tayyorgarligiga zamin yaratadi. O`yinchi oyoqlarini bukib, gavda og’irligini oyoq kaftlarining oldingi qismiga baravar taqsimlab, qo`llarini bukgan xolda (burchagi taxminan 90%) bir oz ikki tomonga yoyib, qo`l kaftlarini oldinga qaratib turishi kerak. YOn tomonga erkin yura olish va orqa bilan yugura bilish himoyachi harakati texnikasining eng muhim usullaridir.
To`pni olib quyish. Bu muhim usul yordamida jamoaning qarshi hujumga o`tishi ta’minlanadi. Himoyadagi o`yinchi to`p uzatilgan vaqtda uni olib qo`yish maqsadida o`zi to`sib turgan hujumchining oldidan to`pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin qo`zg’alishi lozim.
To`pni urib chiqarish. Bu harakat to`p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qo`lay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to`pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi. To`pni urib chiqarish uni otish uchun qo`lni orqaga uzatib, siltash harakatini bajarishda ham qo`llaniladi. Himoyachi bunday holatda hujumchining to`pni otmoqchi bo`lgan qo`lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo`l kafti bilan to`pni kutaradi.
To`pni to`sish. Savatga yunaltirilgan to`pga qarshilik ko`rsatishda qo`llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi. YUqoridan, o`rta va pastdan kelayotgan to`pni bir va ikki qo`l bilan tusish mumkin. To`sishni bajarayotgan himoyachi qanchalik hujumchiga yaqin bo`lsa, to`p yunalishnii aniqlash shunchalik oson bo`ladi. SHuning uchun himoyachi to`pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek, to`pni kuzatishi va o`z vaqtida to`p otayotgan o`yinchini to`xtatish uchun chiqishi lozim. Hujumchi to`p otishidan oldin himoyachi bevosita qo`llarini yuqoriga ko`tarib, kaftlarini oldinga qaratib bir — biriga yaqinlantiradi va to`pni to`sishda qo`l barmoqlarini jarohatdan saqlash uchun mushaklarini taranglashtiradi.
Yerdan sakratib otilgan to`pni to`sish sakrab amalga oshiriladi. SHuning uchun himoyachi oldindan oyoqlarini bukkan holatda tayyorlanib turishi kerak.
O`yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to`g’ri harakat qilishga bog’liq. Buning uchun o`yinni boshqarishda hilma-hil taktik vositalardan foydalanish kerak.
Jamoa harakatlarining natijasi ko`pincha o`yinchilarning shaxsiy mahoratiga bog’liq bo`ladi. Xar bir hujumchining o`yin olib borish uslubalri va vositalari qanchalik hilma-hil bo`lsa, g’alabaga erishish shunchalik oson bo`ladi. O`yin usullarini bilish va ularni amalda qo`llay bilish himoyachiga qarshi yakka kurashda ustunlik beradi.
To`pni erga urib olib yurishni qo`llash. To`pni erga urib olib yurishni bajarishdan oldin, albatta, bu usulni qo`llash maqsadini aniqlash lozim: 1) himoyachini aldab o`tish va savatga hujum qilish; 2) to`pni erga urib olib yurib savatgabon maydoniga yakuniy zarba berish uchun yaqinlashish; 3) bir necha himoyachini ta`qib qilishga majbur etish va ta`qibdan ozod bo`lgan sherigiga to`pni uzatish.
Agar oldinda ochiq turgan jamoadoshi bo`lsa to`pni erga urib olib yurish lozim emas. Uzluksiz ravishda qaysi jamoadoshga to`pni uzatish kerakligini aniqlash lozim. To`pni ta`qib etayotgan o`yinchiga uzoq masofada bo`lgan qo`lda erga urib olib yurish kerak. Ta`qib etuvchi qanchalik yaqin bo`lsa, to`pning erga urilib qaytishi shunchalik past bo`lishi kerak. Ta`qib qiluvchi yaqinida to`pni tez-tez erga urib olib yurish maqsadga muvofiq emas. YUqori tezlikda yugurib ketayotgan o`yinchiga to`pni uzatib berish uning to`psiz tezlikka erishib to`pni erga urib olib yurish imkonini beradi . Bu usulni raqib savatgaboni o`zining maydonida joylashgan bo`lsa va o`yin maydoniga chiqmagan bo`lsa qo`llaniladi.
To`pni uzatish davrida jamoadosh o`yinchining maydondagi joylashishi, tezligi, harakatlanish yo`nalishi va ta`qib etuvchi raqibining yaqinligini inobatga olish kerak. Bu omillar to`pni uzatish usulini tanlashda ta`sir ko`rsatadi. To`p uzatishlar ochiq va maxfiy bo`ladi.
Ochiq to`p uzatishlar – bu to`p uzatishlarda to`p tayyorlov harakatlarga muvofiq yo`naltiriladi.
Ochiq to`p uzatishlar quyidagi turlardan iborat:

  • oldinga to`p uzatish (bu ochiq to`p uzatish turida to`p jamoadoshiga uzatiladi. Uzatish o`z o`rnida turib yoki harakatda bajarilishi mumkin).

  • kuzatuvchi to`p uzatish (bu ochiq to`p uzatish turida to`p jamoadoshga izma-iz uzatiladi).

  • qarshi to`p uzatishlarda to`p jamoadosh harakati yo`nalishiga qarshi yo`nalishda amalga oshiriladi.

Xar bir aniq o`yin holatida to`pni uzatish usulini puxta tanlab olish, to`p uzatish tezligini to`g’ri rejalashtirish, to`pni qabul qiluvchi jamoadoshning maydondagi joylashishni to`g’ri aniqlab olish muhim ahamiyatga ega.
To`pni otishni qo`llash. Savatga to`p otishni ochiq va yopiq vaziyatlardan amalga oshiriladi. Ochiq vaziyatda hujumchining savatga to`pni yo`naltirish uchun qilingan tayyorlov harakatlari ko`rinib qoladi. Ochiq vaziyatdan to`plar uzoqdan otilmasligi kerak, chunki bo`nday to`plar savatga hech qanday qiyinchilik to`g’dirmaydi.Savatgabon to`p otishlarga o`rganib qolmasligi uchun, savatga to`pni yo`naltirish usullari turli hil bo`lishi lozim. Qanotlardan hujum qiluvchi o`yinchilar savatga to`pni otish burchagini kattalashtirish maqsadida sakrab gavdani bukib to`pni savatga otadi. Savatga to`pni otishda hujumchi savatgabonning o`ziga hos xususiyatlarini inobatga olishi kerak. Kichik bo`yli savatgabonga to`pni savatning yuqori burchagiga yo`naltirish kerak; aldovchi harakatlarni qo`llayotgan savatgabonga to`pni kechiktirib yo`naltiriladi. O’yinchi harakatlarini kuzatgan holatda to`pni uning tayanch oyoq tarafiga yo`naltirish lozim.
To`psiz o`yinchi to`pni qabo`l qilish maqsadida, himoyachi diqqatini chalg’itish uchun joyini o`zgartirib aldovchi harakatlarni bajaradi. To`p bilan ko`yidagi 3 turdagi aldovchi harakatlar amalga oshirilishi mumkin:

  • to`pni uzatishdagi aldovchi harakatlar;

  • to`pni savatga otishdagi aldovchi harakatlar;

  • joyini o`zgartirishdagi aldovchi harakatlar.

Joyini o`zgartirishdagi aldovchi harakatlar hujumchi tomonidan himoyachi ta`qibidan xalos bo`lish uchun amalga oshiriladi. Bo`nday aldovchi harakatlar yo`nalishning o`zgarishida va harakatlanish tezligida namoyon bo`ladi. Bo`nda joyni o`zgartirish usullarning birikmalari qo`llaniladi: keskin burilishlar bilan yugurish, keskin to`xtashlar va hokazo. Hujumchining keskin to`xtashida u bilan birga harakat qilayotgan himoyachi inertsiya tufayli undan o`tib ketadi. Aynan shu holatdan hujumchi foydalanib qolishi kerak. YA`ni u o`ziga qo`lay bo`lgan yo`nalishda tez harakat qilishi, to`pni erga urib olib yurishi yoki to`pni savatga otishi mumkin. Keskin burilishlar va keskin to`xtashlar bilan bog’liq aldovchi harakatlar bir-biriga raqib o`yinchilarni bir yo`nalishda harakatlanayotganda qo`llaniladi.
Agar himoyachi to`xtab turgan bo`lsa yoki qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanayotgan bo`lsa, hujumchi aldovchi harakatlar sifatida keskin burilishlar bilan yugurishni qo`llaydi. Bo`nda himoyachi yo`nalishida harakatlanayotgan hujumchi darhol bir tarafga tashlanadi. Himoyachi, tabiiyki, hujumchini to`xtatib qolish uchun shu tarafga siljiydi. Hujumchi o`zining ilk yo`nalishiga qaytib oladi va yugurishni davom ettiradi. Birin – ketin chapga va o`nga tashlanishlarni amalga oshirib, yana chap tomondan o`tib ketishi mumkin. Bo`nday aldovchi harakatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ularni tezlik bilan, to`xtamasdan va himoyachidan metr masofada bajarish lozim.
Maydonning xar hil joylarida va savatga xar hil masofalarda qilingan bir aldovchi harakat bir-biriga o`xshamagan vaziyatni keltirib chiqaradi. Mahoratli o`yinchilar xar doim ham bir qancha aldovchi harakatlarni bilishi shart emas. Ba`zida unchalik samarali bo`lib ko`rinmagan maqsadli harakatlar yuqori natijalarni keltirishi mumkin.
Ketish - bu shaxsiy taktik harakat bo`lib, uning yordamida hujumchi raqibning ta`qibidan xalos bo`lib maydonda kelgusi harakatlar uchun qo`lay joyni egallaydi. Ketishni ochiq yoki yashirin ravishda bajarish mumkin.
Ochiq ketish joyni o`zgartirish va to`pni erga urib olib yurish usullari orqali amalga oshiriladi. Bu usulni to`p yordamida yoki to`psiz bajarish mumkin. O`yinchi qanchalik tez va chaqqon harakat qilsa, himoyachining ta`qibidan xalos bo`lish imkoniyatlari shunchalik ko`proq bo`ladi
XULOSA.
Basketbol sporti umumta`lim maktablari o`quvchilari jismoniy va ma`naviy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Basketbol sporti bilan shug’ullanayotgan o`quvchilarda texnik va taktik tayyorgarligining rivojlanishiga doir ma`lumotlarni doimiy ravishda o`rganib kelishimiz kerak.
Basketbol sport turi kattalar uchun ham, o`quvchi-yoshlar uchun ham birdek ma`qul bo`lgan chinakam halqchil bo`lgan o`yin hisoblanadi. Basketbol o`yini asosini yugurish, sakrash, to`pni uzatish, uloqtirish kabi shug’ullanuvchilarning xar jihatda uyg’un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funktsional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Tadqiqot natijasida bu sport turi bilan shug’ullanuvchilar soni ko`proq ekani aniqlandi hamda yaxshi tashkil etilgan Basketbol sektsiyasi ishining samaradorligi yuqori ekanligi aniqlandi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o`quvchining xayotida muhim o`rin tutadi. Basketbol sporti boshqa sport turlari singari o`quvchilarni o`zining serqirraligi bilan qiziqtiradi.
O`tkazilgan tadqiqot jarayonida mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, tajribali murabbiylar ish faoliyati bilan yaqindan tanishish, sport sektsiyalari mashg’ulotlari, musobaqalarni kuzatish shuni ko`rsatdiki, xozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo`llanilsa, axborot –kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanib, umumta`lim maktablaridagi sport sekitsyalarini ish faoliyatini yuqori darajaga olib chiqish imkoniyati bo`ladi. Bu esa o`z navbatida sinfdan tashqari ishlariga maktab o`quvchilarining ko`pchiligini jalb qilish imkonini beradi.



Download 180,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish