I bob. Atb agrobank bilan dastlabki tanishuv va amaliyot o`tash davomida texnika xavsizligi bo`yicha yo`riqnomani o’rganish



Download 111,69 Kb.
bet6/6
Sana11.01.2023
Hajmi111,69 Kb.
#898811
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sobirov Jamshidbek hisobot

Bank marketingi deganda, shuningdek, pul jag’armalarini va mablag’larini akkumulyatsiya qilish yo’nalishi bo’yicha, ham kreditlar berish yo’nalishi bo’yicha konkret bank faoliyatiga bozordagi ma’lum talabni tushunish kerak. Ma’lumki, banklar o’z faoliyatini asosan jalb qilingan mablag’larga (depozitlar va qo’yilmalar) asoslantiradi. Shuning uchun bank marketingini ishlab chiqishda iloji boricha ko’proq pul mablag’larini jalb qilish muhim jihat hisoblanadi. Bunda banklar funksional jihatdan tijorat, jamg’arma, ipoteka, investitsiya, ixtisoslashgan banklarga bo’linishini hisobga olish lozim.
Bank marketingining shakllanishi.
O’zbekistonda banklar faoliyati Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki haqida», «Banklar va banklar faoliyati haqida» qonunlari bilan tartibga solinadi. Ushbu huquqiy aktlar bizning davlatimiz bank tizimining huquqiy bazasi hisoblanadi.
O’zbekistonning milliy pul, bank tizimi va uning marketing shakllanish jarayoni, uni tartibga solishni shartli ravishda bir necha bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi bosqich 1991 yildan 1994 yilni qamraydi, milliy valyutani kiritish va ikki pog’onali tizimni shakllantirish uchun qonuniy va institutsional asoslar qo’yildi. Qisqa vaqt ichida Markaziy bank ish uslubi va tashkiliy tuzilmasi qayta qurildi va asosan maxsus tijorat banklari miqdori o’sdi. Banklarning marketing rejalari va faoliyati asosan ustav kapitali, mijozlar bazasini shakllantirishga, xizmat bo’yicha maxsuslashishga yo’naltirildi.
Marketing xizmati banklarning barcha tarkibiy bo’linmalari ishlari asosiga quriladi. Marketingni tijorat banklari boshqaruviga kiritish faoliyat strategiyasi va taktikasi mezonlari tizimi yuzaga kelishining boshlanishiga hamda bozorni o’rganish va rivojlantirish choralarini aniqlashga olib keladi. Marketingni joriy qilish daromad o’sishi va bank faoliyati xatari kamayishiga imkoniyat yaratadi. Marketingning zarurligi bozorda rivojlanayotgan bank faoliyati jarayonlari adekvatligini qo’llab-quvvatlash mexanizmi bilan aniqlanadi.
Aksariyat banklar marketingga vaziyatdan kelib chiqib murojaat qilishadi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:


  • sotuv hajmlari pasayishi bank rahbarlarida sarosimani keltirib chiqaradi va qiyinchilik sabablarini axtarishga majbur qiladi.


  • sotuv hajmining sekin o’sishi; bu holda banklar yangi bozorlar axtara boshlashadi. Aksariyat banklar marketingga murojaat qilib, yangi bozor imkoniyatlarini topishga yordam berishini tushunishadi;


  • iste’molchi xohishining o’zgarishi. Aksariyat banklar iste’molchilar talabi tez o’zgarishini tavsiflovchi bozorlarda faoliyat ko’rsatishadi. Bu kabi bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyatning garovi marketing ekanligini anglab yetadi;


  • o’sayotgan raqobat. Katta bo’lmagan banklar raqobatchilar tomonidan qarshilikka duch kelishadi.


  • o’sayotgan marketing xarajatlari. Ba’zi bir banklar reklamani ko’paytirish, marketing tadqiqoti va mijozlarga xizmat ko’rsatish xarajatlari juda katta deb hisoblashadi. Bu holda rahbariyat marketing auditini o’tkazish va marketing bo’limi ishlariga o’zgartirishlar kiritish haqida qaror qiladi.



2.2. ATB Agrobankda iste'molchilarini segmentatsiyasini amalga oshirish.
BANK XIZMATLARI ISTE’MOLCHILARI BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARNI AMALGA OSHIRISHDA TIJORAT BANKLARINING FAOLIYATIGA QO‘YILADIGAN MINIMAL TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 2-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3030]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/18-son
Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoyalash maqsadida bank xizmatlari iste’molchilari (bundan buyon matnda iste’molchilar deb yuritiladi) bilan munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablarni belgilaydi.
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
iste’molchilar — bank xizmatidan foydalanish istagida bankka murojaat qilgan, ushbu xizmatdan foydalanayotgan yoki oldin foydalangan jismoniy yoki yuridik shaxslar;
shaxsiy kabinet — bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan, iste’molchiga bank xizmatini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi yuzasidan axborot olish, shuningdek Internet tarmog‘idan foydalangan holda xabarlar almashish orqali bank bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi axborot resursi;
Keyingi tahrirga qarang.
murojaat — iste’molchi (yoki uning vakili) tomonidan og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda bankka yuborilgan bank xizmatlarini ko‘rsatishga taalluqli ariza, shikoyat yoki taklif.
2. Iste’molchilar bank va bank xizmatlarini erkin tanlash huquqiga ega.
Bank tomonidan bir xizmatning iste’molchiga qo‘shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko‘rsatilishi taqiqlanadi.
3. Bank xizmatlari bank va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shartnomalarning matni iste’molchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi va kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 12 o‘lchamli shriftdan kam bo‘lmagan yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanilishi lozim.
Iste’molchilar tanloviga ko‘ra shartnoma matni davlat yoki rus tilida tuzili
Iste’molchiga axborot berishning minimal talablarishi mumkin.
Ma’lumotlar berishning umumiy minimal talablari
4. Bank tomonidan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar iste’molchiga oshkor etilishi lozim.
Xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat yoki bank sirini o‘z ichiga olmasligi zarur.
5. Bank xizmatlarini taqdim etish shartlarining o‘zgarishi haqidagi ma’lumot bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi hamda bankning axborot stendlarida doimiy ravishda joylashtirilib borilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Iste’molchilarga bank xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shartnomalar tuzilishidan avval bepul taqdim etilishi va tanishtirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Bank tomonidan iste’molchilarga bank xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat va rus tillarida yetkaziladi. Bank xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Iste’molchilarga bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘liq va to‘g‘ri tushuntirilishi lozim.
Bank xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qog‘oz shaklda berilganda “Times New Roman” 12 o‘lchamli shriftdan kam bo‘lmagan yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish kerak.
9. Bank tomonidan kredit bo‘yicha xizmat ko‘rsatish davrida iste’molchining og‘zaki yoki yozma so‘rovi olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida unga quyidagi axborotlar yozma shaklda oyda bir marta bepul taqdim etiladi:
kreditlash limiti;
kredit bo‘yicha to‘langan pul mablag‘lari summasi;
asosiy summa bo‘yicha qarz qoldig‘i;
navbatdagi to‘lovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (to‘lovlar jadvali);
kreditni muddatidan oldin qisman yoki to‘liq so‘ndirish istagi bildirilgan taqdirda to‘lash lozim bo‘lgan summalar miqdori;
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi;
kelib tushayotgan pul mablag‘lari kredit bo‘yicha qarzni so‘ndirishga yo‘naltirilishi haqida axborotlar.
10. Bank iste’molchining talabiga ko‘ra quyidagi hujjatlarning bank tomonidan tasdiqlangan nusxalarini bepul (bitta bank xizmatini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha bir marta) berishga majbur:
bank va iste’molchi tomonidan imzolangan bank xizmatini ko‘rsatish haqidagi shartnomasini;
iste’molchi tomonidan berilgan ariza (agar qonun hujjatlariga muvofiq bunday arizaning rasmiylashtirilishi majburiy bo‘lsa yoki bankning ichki qoidalariga asosan bank xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish chog‘ida bunday arizani rasmiylashtirilishi shart bo‘lganda);
Keyingi tahrirga qarang.
iste’molchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat (order, to‘lov topshiriqnomasi, elektron to‘lov vositasiga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma);
kredit shartnomalari bo‘yicha iste’molchi tomonidan majburiyatlari to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma).
Bank iste’molchining talabiga ko‘ra mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ularni tayyorlash xarajatlaridan oshmaydigan haq evaziga cheklanmagan tarzda taqdim etishi mumkin. Bunday hujjatlarni taqdim etishning imkoni mavjud bo‘lmagan taqdirda, bu haqida bank tomonidan iste’molchiga asosli ravishda yozma xabar berilishi kerak.
11. Bank iste’molchilarga ma’lumot berish uchun bank xizmatini ko‘rsatish shartnomasini tuzish chog‘ida ular bilan bog‘lanish aloqa vositalarini kelishib olishi va ushbu aloqa vositalari orqali bog‘lanish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
12. Iste’molchining tegishli so‘rovi bankda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida bank xizmatini ko‘rsatish haqidagi shartnoma, iste’molchi tomonidan berilgan ariza va iste’molchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda bir ish kuni ichida kredit shartnomalari bo‘yicha iste’molchi tomonidan majburiyatlari to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
2.3 Korxona va tashkilotlarining internet tarmog’idagi marketing faolligini baholash
Internet-marketing vujudga kelishi internet rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Internet o‘z foydalanuvchilariga tarmoqda xarid qilish, sotish va axborot almashish, reklama xabarlarini tarqatish va ko‘pgina boshqa imkoniyatlarni berdi. 1990 yilgacha internetdan tijorat faoliyati uchun foydalanish AQSh qonunchiligi tomonidan taqiqlangan edi. 1992 yilda internet ustidan nazoratni xususiy qo‘llarga o‘tkazgandan keyingina undan biznes uchun foydalanish mumkin bo‘ldi. Shu tariqa, 1992 yilda tadbirkor Charlz Stek internetda kitob sotadigan dastlabki internet-magazinni ochdi. 1994 yilda First Virtual kompaniyasi tovarlarni internet-magazinda sotib olganda to‘lov qiladigan birinchi to‘lov tizimiga aylandi. 1995 yilda Amazon kompaniyasi o‘zining internet-magazinini ochdi. 1996 yilda Master Card va Viza to‘lov tizimlari standart SET – Internetda plastik kartalar yordamida hisob-kitob qilishning himoya tizimini yaratdilar.
Birinchi internet-reklama, reklama banneri (1984-1994 yy.)
1994 yilda Hot Wired internet-nashri o‘z web-saytining bir qismini reklama beruvchilarga u yerda reklama xabarlarini joylashtirish uchun taqdim eta boshladi. Reklama joylarini ular “reklama bannerlari” deb atashdi. Reklama joylarining ijarasi
uchun Hot Wired nashriyoti oldindan to‘lovni ola boshladi. Shunday qilib, misol uchun, AT&T kompaniyasi Hot Wired nashriyoti saytida reklama bannerini uch oy muddatga joylashtirish uchun $30000 to‘ladi. Havolalar sotuvi (1998 – 2000 yy.) 1997 yilda amerikalik biznesmen Bill Gross foydalanuvchilar izlagan talabnomalarga muvofiq saytlarning qidiruv natijalari bilan birga ko‘rinadigan havolalarni sotish g‘oyasini ilgari suradi. 1998 yilda u GoTo.com., keyinchalik Overture.com. deb qayta nomlangan qidiruv tizimini yaratdi. Bu tizim foydalanuvchi talabnomasiga javoban dastlab to‘g‘ri keladigan reklama havolalarini, pastroq esa saytlarni tartiblash asosidagi qidiruv natijalarini chiqarib berardi. Hozirda Overture.com. ko‘plab mashhur qidiruv tizimlari - AltaVista, Lycos, MSN, Yahoo, Cnet va boshqalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. 2000 yilda Google kompaniyasi Google AdWords xizmati (servisi)ni yaratdi. Google AdWords – bu Google Analytics kuchli statistikasi bilan, kengaytirilgan hamkorlik tarmog‘i, hamda reklama kampaniyalarining samaradorligini kuzatish uchun vositalarning turli to‘plami bilan konstektual reklama tizimidir. Saytga bo‘lgan havolalarning soni va sifati uning qidiruv tizimlaridagi pozitsiyalariga ta'sir ko‘rsatadi. Bu loyihaning davomati va mashhurligiga aks etadi. Saytning havolalarni qidirish tizimining ro‘yxatidagi reytingi qanchalik yuqori bo‘lsa, uni qidiruv tizimlari (Google, Yandex)da shunchalik ko‘p insonlar topadi.

III BOB. ATB Agrobankning marketing kommunikatsiya siyosatini o`rganish.


3.1. ATB Agrobankda foydalaniladigan marketing kommunikatsiyalarining turlari va vositalarini tahlil qilish.


Marketingning vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.

Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:

xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash; narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;

tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;

to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish;

tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

bozorni egallash;


Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o’zaro aloqadordir.
Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo’yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o’zaro bog’liq marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko’rsatadi:

Talabni tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar.

Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.

Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog’liq masalalar.


3.2. ATB Arobankning reklama aksiyalari va kompaniyalarini tahlil qilish.


Xaridorlarni qanday jalb qilish kerak
Mahsulot yoki xizmatni ilgari surishda muvaffaqiyat qozonish uchun siz o'z biznesingiz mavzusini samarali ravishda e'lon qilishingiz kerak.
Rejalashtirilgan marketing tadbirlariga o'z vaqtida e'tiborni jalb qilish ko'plab potentsial mijozlar orasida ularning samaradorligini oshiradi. Ilg'or tadbirkorlar ixtisoslashgan Internet-saytlarning zamonaviy imkoniyatlaridan foydalanadilar. Ular sizga tez va ba'zi hollarda bepul yangiliklarni ixtisoslashgan xizmatlar va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilishga imkon beradi. Barcha manbalar maqsadli auditoriyani qiziqishlari bo'yicha tanlash imkoniyatini beradi. Agar siz maqsadli auditoriyangizni bilsangiz, FairPrint-da kiyim-kechakda o'z brendingiz yoki shioringizni chop etishga buyurtma berishingiz mumkin, bu shubhasiz mahsulotingizga yoki faoliyatingizga e'tiborni jalb qilishning samarali usuli bo'ladi.
AKSIYA QOIDALARI

"Agrobankdan sovg‘alar"


I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga (bundan buyon matnda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi deb yuritiladi) muvofiq ommaviy taklif hisoblanadi. Ushbu qoidalar ishtirok etish shartlarini, G‘oliblarni aniqlash va sovrinni topshirish tartibini, shuningdek "Agrobank" ATB tomonidan tashkil etilgan "Agrobankdan sovg‘alar" aksiyasini tashkil etish va o‘tkazish uchun boshqa muhim shartlarni tavsiflaydi.
Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tmoqda.
1.2. Aksiya muddati: 2022-yil 10-iyun 2022-yil 25-dekabr
1.3. Sovrinli yutuqlar o‘yini aksiya davomida har oyda bir marotaba o‘tkaziladi.
1.5. Aksiya lotereya yoki boshqa har qanday xavf-xatarga asoslangan o‘yin emas va aksiya ishtirokchilari Aksiyada qatnashish bilan bog‘liq mulkiy xatarlarni o‘z zimmalariga olmaydi.
1.6. Aksiyaning mukofot jamg‘armasi Tashkilotchilar mablag‘lari hisobiga shakllanadi va quyidagi sovrinlardan iborat.
Umumiy sovrin jamg‘armasi

  1. Kichik yutuq - 35 dona Iphone13 smartfoni

  2. Asosiy yutuqlar:

– 1 dona Chevrolet Nexia 3
– 1 dona Volkswagen e-bora elektromobillarni o‘z ichiga oladi.
1.6.1. Tashkilotchilar sovrinlarni almashtirish huquqini o‘zlarida saqlab qoladilar. Sovrin modeli yoki ishlab chiqaruvchisi almashtirilishi mumkin. Bunday holda, bunday almashtirish almashtirilgan sovrin qiymatiga mos keladi. Yutuqli sovrin reklamada keltirilgan rasm va suratlardan farq qilishi mumkin.
1.7. Boshlanish sanasi 2022-yil 10-iyun
1.7.1. Tugash sanasi 2022-yil 25-dekabr.
1.7.2. Kichik yutuq har oyning 10-sanasigacha 5 tadan Iphone 13 smartfoni va Mustaqillik bayramida 25-avgustda Chevrolet Nexia 3 hamda Yangi yil bayramida 25- dekabrda Volkswagen e-bora g‘oliblari aniqlanadi.
1.8. Aksiyada qatnashish shartlari:
Aksiya ishtirokchisiga aylanishni istaganlar bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarni bajarishi shart:

  1. Aksiya davomida xorijiy davlatlardan onlayn pul o‘tkazmasi jo‘natuvchi mijoz O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

  2. Kichik yutuqda ishtirok etuvchilar har oyda kamida bir marta, biroq umumiy yuborgan summasi 2 mln. so‘mdan (o‘rtacha 200 AQSH dollari ekvivalenti) kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi;

  3. Asosiy yutuqda ishtirokchilar 2022-yil 10-iyundan boshlab har oyda uzluksiz pul yuborgan va kamida 2 mln. so‘mdan (o‘rtacha 200 AQSH dollari ekvivalenti) yuqori miqdorida jo‘natma yuborgan bo‘lishi kerak.

  4. Kichik yutuqlar uchun tanlov ishtirokchilari quyidagi muddatlar uchun tanlab olinadi:

2022-yil 10-iyundan 30-iyungacha;
2022-yil 1-iyuldan 31-iyulgacha;
2022-yil 1-avgustdan 31-avgustgacha;
2022-yil 1-sentyabrdan 30-sentyabrgacha;
2022-yil 1-oktyabrdan 31-oktyabrgacha;
2022-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha;
2022-yil 1-dekabrdan 25-dekabrgacha.
e) Asosiy yutuqlar uchun tanlov ishtirokchilari quyidagi muddatlar uchun tanlab olinadi:
2022-yil 10-iyundan 25-avgustgacha har oy davomida pul o‘tkazmasini amalga oshirgan mijozlar;
2022-yil 10-iyundan 25-dekabrgacha har oy davomida pul o‘tkazmasini amalga oshirgan mijozlar;

  1. Tanlov davomida quyidagi mijozlar ishtirok etolmaydi;

• Shubhali pul o‘tkazmalarni amalga oshirgan (tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazoratni o‘tkazish vaqtida tijorat bankida uning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligiga shubha paydo bo‘lgan operatsiya)
• Shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan fuqarolar (anonim, bog‘lanish uchun kontaktlari mavjud bo’lmagan)
1.8.1. Bank xodimlari, ularga aloqador shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari aksiyada ishtirok etishlari taqiqlanadi.
1.8.2. Har bir ishtirokchi har oyda o‘tkaziladigan yutuqli o‘yinda faqat bir marta g‘olib bo‘lishi mumkin. Keyingi oylar davomidagi yutuqli o‘yinlarda qayta ishtirok etishi mumkin. Bitta g‘olib takroran g‘alaba qozongan taqdirda, sovrin qayta o‘ynaladi.
1.9. Aksiyani o‘tkazish va Aksiya g‘oliblarini aniqlash tartibi:
Aksiyaning butun davrida g‘oliblarning umumiy soni 37 kishini tashkil qiladi.
Aksiya g‘oliblarini aniqlash uchun aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilarning shaxsiy ID raqamlari "Random" elektron dasturiga (tasodifiy raqamlar generatori) yuklanadi.
Sovrinni olish huquqiga ega Aksiya g‘olibi deb, ID raqami "Random" dasturi tomonidan tanlangan Aksiya ishtirokchisi hisoblanadi.
Aksiyani o‘tkazish va Aksiya g‘oliblarini aniqlash algoritmi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:


  1. Aksiya g‘oliblarini aniqlash uchun Tashkilotchi "Random" dasturiga Aksiya davomida ushbu Qoidalarning 1.8-bandida sanab o‘tilgan barcha shartlarni bajargan aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ID raqamlari ro‘yxatini yuklaydi;

  2. Dastur g‘olibni tasodifiy ravishda tanlaydi.

Aksiya davomida Aksiya g‘olibini aniqlash natijasini oldindan aniqlashga imkon beradigan protseduralar va algoritmlardan foydalanilmaydi.
Birlamchi ma’lumotlar - aksiya shartlarini bajargan ishtirokchilarning ID raqamlari hisoboti bo‘lib, yuqoridagi algoritmga muvofiq ishlov berilganda, chiqishda kichik yutuqda 5 ta g‘olib va asosiy yutuqda faqat bitta g‘olib ID raqami tanlanib, aksiyaning g'olibi aniqlanadi.
Ushbu jarayon har o‘yinda kichik yutuq g‘olibini aniqlashda 5 marta va asosiy yutuq g‘olibini aniqlashda 1 marta takrorlanadi, bunda:
1. Random Iphone 13 smartfoni g'olibini aniqlaydi;
2. Random asosiy yutuq g'olibini aniqlaydi;
Aksiya g'oliblariga sovrinlarni berish tartibi:
Aksiya yakunida Tashkilotchi g‘oliblar ro‘yxatini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qiladi. Aksiya g‘olibi o‘ziga qulay usulda pasport ma’lumotlarini va STIRni Tashkilotchiga taqdim qilishi kerak. Shu talablarni bajargan holda, g‘olib 1.6- bandda ko‘rsatilgan sovrinlardan birini oladi. Tashkilotchi qonunchilikda belgilangan tartibda yutuq uchun soliqlarni to‘lashni o‘z zimmasiga olmaydi.
Sovrin g‘olibga ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan qimmatbaho sovrinlar singari daromadlarga Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i solinadi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 178 moddasi 9-bandiga muvofiq.
Tashkilotchi har qanday vaqtda https://agrobank.uz manzilida tegishli ma‘lumotlarni joylashtirish orqali ushbu qoidalarga biron bir tarzda shartsiz ravishda o‘zgartirish va / yoki qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
2.1. Aksiyada ishtirok etish - bu https://agrobank.uz saytida joylashtirilgan Aksiya qoidalarini, shuningdek Tashkilotchi tomonidan o‘tkaziladigan reklama, marketing va boshqa dasturlarda va aksiyalarda qatnashish uchun ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligi, shuningdek taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazish, shuningdek marketing va / yoki statistik va / yoki boshqa tadqiqotlar o‘tkazishni ishtirokchi tomonidan to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishini anglatadi.
Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga binoan o‘z majburiyatlarini bajarish maqsadida Ishtirokchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni turli xil aloqa vositalaridan foydalanish orqali, shu jumladan (cheklovlarsiz) pochta orqali, Ishtirokchining elektron pochta (elektron pochta) manziliga pochta orqali yuborish, uyali telefon (SMS-xabar berish), shu jumladan "Reklama to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan (25.12.1998 y. 723-I-son) amalga oshirishi mumkin.

Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi o‘z xohish-irodasi va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, Tashkilotchiga shaxsiy ma‘lumotlar maxfiyligini va shaxsiy ma‘lumotlarni qayta ishlash (yig‘ish, yozib olish) jarayonida qayta ishlash paytida shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilingan holda, Tashkilotchi va uning kontragentlari tomonidan Ishtirokchining shaxsiy ma‘lumotlarini tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, tasdiqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish, taqdim etish, o‘tkazish (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazish), shaxsiylashtirish, blokirovka qilish va yo‘q qilish avtomatlashtirish vositalari va ma‘lumotlar bazasini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlaridan, boshqa dasturiy vositalardan, shuningdek, "Agrobank" ATB va uning kontragentlarining ichki tarmog‘i orqali, shuningdek Internet tarmog‘i orqali va Internet tarmog‘isiz uzatishda, Ishtirokchining shaxsiy ma‘lumotlarini qo‘lda, avtomatlashtirilgan va aralash ishlov berish uchun foydalanishga o‘z roziligini beradi. Amaldagi ishlov berish usullari ma‘lumotlar bazasini kerakli mezonlarga muvofiq segmentatsiyalashni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan chegaralanmaydi.



Ushbu rozilik Ishtirokchi tomonidan Tashkilotchiga har qanday amaliyotlarni bajarish uchun berilib, Ishtirokchiga tegishli har qanday ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi, shu jumladan: familiyasi, ismi, otasining ismi; jinsi; tug‘ilgan yili, oyi, sanasi (va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda - shaxsni tasdiqlovchi hujjatning tafsilotlari (pasport raqami, berilgan sanasi, bergan organning nomi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar), mobil telefon raqamlari, manzili elektron pochta va boshqa ma’lumotlar.
Ushbu qoidalarga muvofiq ishtirokchining shaxsiy ma‘lumotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan uchinchi shaxslarni tanlash huquqini ishtirokchi ATB Agrobankka taqdim qiladi va qo‘shimcha tasdiqlashni talab qilmaydi.
2.1.2. Aksiyada qatnashish orqali Aksiya g‘olibi deb topilgan ishtirokchi shuningdek o‘z familiyasini, ismini, otasining ismi va rasmini (fotosuratini), plastik kartasi raqamlarining bir qismini MFO va hududini Tashkilotchining https://agrobank.uz veb-saytida, shuningdek Instagram, Facebook, Telegram ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishga rozilik beradi.
2.1.3. Ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda, Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisini Aksiyada qatnashishdan so‘zsiz chiqarib yuborishga haqlidir. Bunday holda, Tashkilotchi ko‘rsatilgan Ishtirokchi (lar) ga nisbatan o‘z harakatlariga izoh bermaslik huquqiga ega.
2.1.4. Aksiya Ishtirokchisi Ishtirokchining o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri va / yoki yolg‘on ma‘lumotni ko‘rsatishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday salbiy oqibatlarning xavfini to‘liq o‘z zimmasiga oladi.
2.1.5. Ushbu rag‘batlantiruvchi tadbirga muvofiq Aksiyaning natijasi yakuniy hisoblanadi va sudda shikoyat qilinishi mumkin emas.
2.1.6. Aksiya Ishtirokchisi aksiya tashkilotchilariga murojaat qilib istalgan vaqtda Aksiyada qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.
2.1.7. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisi yoki uchinchi shaxsning ushbu Aksiya o‘tkazilishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlarni qoplamaydi.
Telekommunikatsiya va energetika tarmoqlaridagi nosozliklar, zararli dasturlarning harakatlari, shuningdek uchinchi tomonlarning ruxsatsiz kirishiga va / yoki "Agrobank" ATB dasturiy ta‘minotini va / yoki apparat majmuasini o‘chirishga qaratilgan nojuya harakatlari sababli majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun Tashkilotchi javobgar bo‘lmaydi.
Agar biron sababga ko‘ra ushbu aksiya yoki uning biron bir qismi kompyuter viruslari yuqishi, nuqsonlari, manipulyatsiyasi, o‘zboshimchalik bilan aralashish, qalbakilashtirish, texnik muammolar yoki Tashkilotchining nazorati ostida bo‘lmagan har qanday sabab bilan Aksiyaning samaradorligi, xavfsizligi, halolligi va aniqligini buzishi yoki ta’sir qilishi sababli rejalashtirilgan tarzda amalga oshirilmasa Tashkilotchi Aksiyani bir tomonlama ravishda to‘xtatish yoki to‘xtatib turish yoki uning ayrim Ishtirokchilarini Aksiyadan chiqarib yuborish huquqiga ega.
2.1.8. Sovg‘alar faqat Aksiya g‘oliblariga yoki ularning vakillariga, ular sovrinni olish uchun ishonchnomani topshirgandan so‘ng beriladi.
2.1.9. G‘olibning 2022-yil 15-sentyabrgacha sovrinni olish uchun kelmaganligi mukofotdan voz kechish deb hisoblanadi va uning yutuqlari bekor qilinadi, sovrin qayta o‘ynalmaydi.
2.2. Tashkilotchi har qanday vaqtda Ishtirokchini oldindan ogohlantirmagan holda ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar va / yoki qo‘shimchalar kiritish yoki https://agrobank.uz saytiga tegishli ma‘lumotlarni joylashtirish orqali Aksiyani bekor qilish / to‘xtatish / to‘xtatib turish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
IV BOB. ATB Agrobankning asosiy maqsadlariga erishishda marketing tadqiqotlari
4.1. ATB Agrobank maqsadlariga erishish yo`lida bozor tadqiqotlarini o'tkazish
Bozor bu – tovarlarni pulga ayirboshlash, tovar o‘z xaridorini topib, egasini almashtiradigan, iste’molchi talabini qondiradigan, sotuvchi esa o‘z xarajatlarini qoplaydigan va foyda oladigan (yoki aksincha, zarar ko‘radigan) sohadir. Tovarlar bozorini shuningdek, talab va taklif qonuniga muvofiq faoliyat yuritadigan taqsimot vositasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U sotuvchilar va xaridorlarni birlashtiradigan hamda bir-biri bilan savdo qilish uchun mo‘ljallangan mexanizmdir. Ko‘plab marketologlarning hisoblashicha, bozor yakuniy mahsulotning mavjud va potensial sotuvchi va xaridorlari yig‘indisini ifodalaydi. Zamonaviy tovar bozorida yetarli darajada murakkab strukturalangan ijtimoiy va boshqaruv jarayoni shakllangan bo‘lib, Filipp Kotlerning1 fikriga ko‘ra u tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vositasida shaxslar va shaxslar guruhlarining ehtiyoj va muhtojliklarini qondirishga yo‘naltirilgandir. Bu jarayon - “marketing” nomini olgan.
Marketing (ingl. market — bozor) – tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga samarali yetkazib berish, shuningdek, ularni sotish uchun qulay sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan boshqaruv, tartibga solish va tadqiqotchilik faoliyati tizimidir. Tovarni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga yetkazib berishga yo‘naltirilgan bozor faoliyati sohasini xam marketingga mansub deb hisoblash mumkin.
Bugungi kundagi iqtisodiyot tarkibini tubdan o‘zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida marketing sohasidagi andozalarni mamlakatimiz ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha ishlarni olib borish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib hisoblanadi.
Marketing – tovarni ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga yetkazib berish, ya’ni xaridorlar talabiga muvofiq ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan har qanday faoliyatdir. Marketingning maqsadi – tovarlar oldi-sotdi jarayonini ilmiy asoslangan va samarali tashkil qilish yo‘li bilan xaridorlar talabini qondirishdir. Shuningdek, marketing bu - tovar va xizmatlar harakatlarining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab va taklifni o‘rganish, mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha dasturini yaratish, sotish va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin qayta ishlashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit tizimli yondashishdir. Marketing faoliyati doimiy yangilanib boruvchi marketing sikli shaklida aks ettirilishi mumkin bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• axborot-tahliliy tadqiqot, uning asosida bozor faoliyatini boshqarish amalga oshiriladi, yakuniy bosqichda esa marketing tadbirlari samaradorligi baholanadi;
• bozor taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish, bozorni strategik va taktik joriy rejalashtirish;
• yangi tovar yaratish va bozorga olib chiqish dasturi;
• tovarni savdo vositachilari (distribyutorlar) ishtirokida ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchi tomon harakatlantirish kanallarini shakllantirish va ulardan foydalanish;
• reklama kampaniyasi va tovarni bozorga harakatlantirish boʻyicha boshqa harakatlarni tashkillashtirish va amalga oshirish;
Maqsadli bozor: xususiyatlari, turlari, uni qanday aniqlash mumkin, misollar
Tarkib
Maqsadli bozor xususiyatlari
Bir guruh odamlar
Sarmoyalar rentabelligini maksimal darajada oshirish
Etarlicha katta
O'sib borayotgan bozor
Raqobatchilar kam
Mahsulot ehtiyojlarga javob beradi
Maqsadli bozor turlari
Jins va yosh
Daromad
Hayot tarzi
Xarid qilish tsikllari
Maqsadli bozorni qanday aniqlash mumkin?
Taklif qilingan imtiyozni aniqlang
Maqsadli bozorni disk raskadrovka
Ob'ektiv bo'ling
Bozor segmentlarini baholash
Maqsadli bozor misollari
- Mc Donald's
- Manzana
- Nike
Yosh sportchilar
Yo'laklar
- Starbucks
25 yoshdan 40 yoshgacha
Texnologiyani yaxshi biladigan kattalar
Ishlaydigan mutaxassislar
Adabiyotlar
A Maqsadli bozor kompaniyaning o'z xizmatlari yoki mahsulotlarini sotish uchun foydalanishni rejalashtirgan iste'molchilarning ma'lum bir qismiga ishora qiladi. Ushbu guruh kompaniya xizmat ko'rsatishni istagan ehtiyojlari va ehtiyojlari bir xil bo'lgan shaxslardan iborat.
Asosiy qadam - bu biznes-rejani amalga oshirish uchun birinchi qadam bo'lib, ularni targ'ib qilishda foydalaniladigan marketingdan tashqari, mahsulot va xizmatlarni joylashtirish uchun maqsadli bozorni aniqlash.
Maqsadli bozor xususiyatlari
Bir guruh odamlar
Maqsadli bozor juda katta va juda keng odam guruhidan iborat bo'lib, ularni ma'lum demografik ma'lumotlarga asoslanib segmentlarga bo'lish mumkin. Masalan, siz o'zingizning maqsadli bozoringizni xabaringizni yaxshiroq aniqlash uchun yosh, jins, daromad va manfaatlarga qarab segmentlashingiz mumkin.
Ehtimol, maqsadli bozorga yo'naltirilgan reklama yoki nashr mahsulot yoki xizmatning foydaliligini ko'rsatadigan mahsulotga yo'naltirilgan. Maqsadli bozor kichik biznes tomonidan qabul qilinadigan har bir qarorga ta'sir qiladi.
Bozor segmentlanganidan so'ng, agar u quyidagi xususiyatlarga javob beradigan bo'lsa, biznes uchun mukammal maqsadli bozor segmentini tanlash kerak.
4.2 Bozor tadqiqotlarini o`tkazishda, marketing yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish.
Korxonaning qanday muammosi bor? Va ushbu muammolar aniqlangandan keyin,tadqiqot maqsadi belgilanadi. Ba’zi maqsadlar qisqa yo‘l orqali belgilanishi mumkin.Lekin, muammoni to‘g‘ri aniqlash, bu yechimning yarmisini topish demakdir. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish jarayoni uning natijalarining korxona faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishga, qaysi uslublar, mablag‘, vositalardan foydalanish bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Marketing tadqiqotlarining o‘rni korxona sharoitida zaruriy tashkil etuvchi omillarning o‘zaro bir – biriga bog‘liqligi Bilana niqlanadi. Marketing tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun muammoni aniq va to‘g‘ri belgilanishi lozim . Marketing tadqiqotlarining muammosini aniqlanishi barcha faoliyatni to‘g‘ri yuritilishiga, loyihani amalga oshirilishiga asos bo‘lib hisoblanadi. Tibbiyot sohasida kasalni oldini olish yoki uni davolashda tashxis qo‘yish qanchalik muhim o‘rin tutsa, marketing tadqiqotlarida uning muammosini aniqlanishi shunday rol o‘ynaydi. Agar muammo noto‘g‘ri tushunilsa yoki aniqlansa unda vaqt va mablag‘ samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin. Muammoni aniqlash tadqiqotlari va muammoni xal etish tadqiqotlari mazmunan va metodologik nuqtai nazardan har xil vazifalarni qaratilgan bo‘lsada, ikkalasini jamlasa bo‘ladi. Masalan, xorijiy kompaniyalar tajribasida (“Scott Paper” kompaniyasi) bozordagi ulushini kamayishini tadqiqot qilinganda, uning asosida raqobat kuchayotganligi (muammoni aniqlanishi) aniqlandi va raqobatchilar bilan kurashish uchun bozorga yangi tovarlar chiqarish zarurligi haqida qaror qabul qilishgan ( muammo yechimi). Muammoni aniqlash uchun MT (problem identification research) – hozirgi yoki kelajakda mavjud bo‘lishi mumkin aniq bo‘lmagan muammoni muvofiqlashtirishga yordam berishda foydalaniladi. Bozor munosabatlari sharoitida kutilmagan vaziyatlardan kam sarf bilan chiqib ketish tadbirkorlik faoliyatida muhim muammolardan biri hisoblanadi. Albatta, samarali faoliyat yuritishda ichki va tashqi omillarning ta’sirini oldindan bila olish, ularning zarariy
ta’sirini kamaytirish hammani qo‘lidan kelavermaydi. Shu sababdan marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni asosiy vazifalaridan bo‘lmish, yuzaga kelgan va kelishi
mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bashoratlash vazifasi muhim o‘rin egallaydi. Bekorga biznesda “kim birinchi ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘sha bozorni egallaydi”, degan ibora o‘zining dolzarbligini ko‘rsatib kelmoqda.Muammoni yechimi uchun marketing tadqiqotlari (problem salving research)
– aniq marketing muammosini yechimini topish uchun foydalaniladigan tadqiqot
hisoblanadi.
Albatta, marketing tadqiqotlarining bu turi oldingiga nisbatan osonroq yechimga
egaligi bilan ajralib turadi. Sababi, aniq marketing muammosini, masalan narx
oshishi munosabati bilan oilaviy budjetni boshqatdan ko‘rib chiqish, yoki iste’mol madaniyati oshgan sari tovar yoki xizmatlarga talab o‘rnatish va hokazo.
Har bir muammo o‘zining sharoiti, mablag‘i, vaqti, hamda kim xal qilishi bilan
ajralib turadi. Konkret muammoni hal etishni rejalashtirish va oldindan sarf-harajatini hisoblab chiqish mumkin. Shu bilan ta’kidlab o‘tish kerakki, marketing tadqiqotlarini qaysi bir turini o‘tkazishdan qat’iy nazar, ularni o‘tkazishning asosan ikkita sababi mavjud. Hozirgi kunda marketing tadqiqotlarida juda katta muammolar mavjud. Ularning soni va sanog‘iga yetish qiyin. Chunki tovar (xizmat)ning kimga, qachon va qayerda sotilishi hamisha ham silliq ko‘chavermaydi. Bozor ham, xaridorlar talabi va didi ham tez o‘zgaruvchan tusga kirgan bugungi holatda mo‘ljalni olish bir muncha
murakkab. Shu tufayli marketing tadqiqotlaridagi mumamolarni o‘rganish ob’ektiv zaruratga aylandi. Hozirgi muammolar juda ko‘pligidan to‘g‘ri xulosa qilish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiq. Bizning fikrimizcha ularni quyidagicha tasnifiy belgilaridan foydalanish maqsadga muvofiq:
- tovar ( xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha muammolar;
- tovar ( xizmat)larni sotish bozori bo‘yicha muammolar;
- tovar ( xizmat)larni sotish vaqti bo‘yicha muammolar;
- tovar ( xizmat)larni iste’molchilari bo‘yicha muammolar;
Ushbu muammolarning bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin .
Muammoga ta’sir ko‘rsatuvchi muhit omillari (environmental context of
the problem)–Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlashga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar (oldingi va kelajak axborotlari, firmaning resurslari va chegaralari, qaror qabul qiluvchining maqsadi, xaridorlar hatti – harakati, huquq va iqtisodiy muhit, firma personalining marketing va texnologik ko‘nikmalari) haqida gap ketadi. Qarorlar qabul qilinishi ma’lum maqsadga erishish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv muammosini ifodalash ikki turdagi maqsadlarni aniq tasavvur etish bilan bog‘liq: tashkilot maqsadi va qaror qabul qilayotgan rahbarning shaxsiy
manfaati. Ushbu ikkita maqsadni birlashtirish muhim, ammo juda og‘ir kechadi. Uning sababi jamoa va shaxs manfaatlari o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlardir.
Maqsadlar (objectives) - qaror qabul qilayotgan tashkilot yoki shaxsning
qarorlaridan samarali marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda foydalanish ko‘zda
tutiladi. Marketing tadqiqotlarining maqsadi ham samarali boshqaruv qarorini qabul qilishga kerakli axborot bazasini yaratishdan iborat. Ammo, bu jarayonda korxona va menejerlarning maqsadlarini muvofiqlashtirishda marketologning ham mahorati va tajribasi muhim rol o‘ynaydi.
Marketing muammosining asosida iste’molchilarning xatti- xarakati, ularning
iqtisodiy salohiyati, ehtiyoji va talablari tashqi muhit omillaridagi o‘rni beqiyosdir.
Xaridorlar hatti – harakati (buyer behavior)– tashqi muhitning asosiy omili
hisoblanib, iste’molchilarning individual xislatlarini ifodalaydi.
Marketing muammolarini manbasini aniqlashtirishda korxonaning u yoki bu
xarakatiga iste’molchining munosabatini o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Xaridorlar hatti – harakatini o‘rganish marketing muammosining mohiyatini ochishga olib kelish mumkin. Iste’molchilarning hatti – harakatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shuni ko‘rsatmoqdaki, ular tarkibiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin:
• Xaridorlar miqdori va geografik joylashuvi;
• Demografik va psixologik tavsiflar;
• Iste’mol qilinayotgan mahsulotlar tavsiflari;
• Reklama va sotuvga xaridorlar munosabati;
• Narxga bo‘lgan munosabat;
• Magazinlarga o‘rganish holati;
• Iste’molchilarning tanlash erkinligi.
V bob Korxonada raqobat muhiti tahlili
5.1 Korxonaning raqobat muhitini tahlil qilish
Men 3-1-MAR-21 guruhi talabasi Ergashev Samandar o’z amaliyotimni ATB AGROBANK Otinsoy filiali misolida o’tadim. Men amaliyotga borib amaliyot korxonasi bilan korxonada raqobat muhiti tahlilini qildik. Raqobat – erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo‘lagidir. Raqobat so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat. Raqobat – mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar o‘rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni etkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, er, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun amalga oshiriladi. Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki uning qonunidir. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Raqobat bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflikka ega bo‘lish uchun kurashishni anglatadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish natijasida nafaqat ichki ozorda, balki tashqi bozorlarda harakat qilish, raqobat muhitini shakllantirish, raqobatda ustunlikka erishish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risidagi” Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 14 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda ma’qullangan bo‘lib 2012 -yil 6-yanvardan boshlab kuchga kirdi. Bu qonunda raqobat quyidagicha ta’riflangan. Raqobat – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi
tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi. Mamlakatimizda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun ayni shu jihatdan muhim ahamiyatga molik hujjatdir. Qonunning asosiy maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan ibora Qonunning mazmun-mohiyati shu bilan izohlanadiki, unda tovar va moliya bozorlaridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatga qarshi harakatlarini, insofsiz raqobatni cheklashga hamda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining g‘ayriqonuniy harakatlariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan raqobatga doir davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ belgilangan. Qonunda raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlashning huquqiy normalari belgilangan bo‘lib, bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeini suiste’mol qilish, raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va bitimlarini tuzish, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari (harakatlari) hamda insofsiz raqobat taqiqlangan. Tovar bozori — tovarning (shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.Moliya bozori — banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Raqobat klassifikatsiyas
• Intensivlik darajasi bo‘yicha
1.Jalb etuvchi raqobat – raqobat sub’ekti mazkur segmentda oldingi segmentdagiga nisbatan ko‘proq foyda oladi;
2.Chegaralangan raqobat - mazkur raqobat tovar bozorida raqobatni ushlab turadi;
3.Shafqatsiz raqobat - raqobat nisbatan intensiv ,raqobatchilar bir -birini bozordan siqib chiqarishga ,ulushini tortib olishga harakat qiladi.
• Ehtiyojlarni qondirish shakli bo‘yicha:
1.Funksional raqobat –bu raqobatning shunday turiki turli xil tovarlar o‘zaro
bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish o‘rtasida raqobat gazli suv ishlab chiqarish, kvas ishlab chiqarish, sok ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil maxsulotlar bitta va o‘sha o‘sha ehtiyojni qondiradi, ya’ni chanqoqni qondiradi.
5.2. Korxonaning raqobatbardoshligini baholash va ekspert usuli asosida ushbu korxonaning raqobatdosh ustunliklarini kompleks baholashni shakllantirish.
Korxonaning raqobatbardoshligini talqin qilishda mavjud yondashuvlarni tahlil qilishdan maqsad uning quyidagi asosiy jihatlarining mohiyatini ochib berishdan iborat: - korxonada "raqobatdoshlik" toifasi bilan ifodalangan qobiliyatning, sifatning paydo bo’lishining sabablari qanday; - korxonaning raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi omillar qanday; - korxona raqobatbardoshligining maqsadli yo’nalishi nima yoki nima uchun u raqobatbardosh bo’lishi kerak; Korxonaning raqobatbardoshligini keltirib chiqaradigan sabablarni va uning darajasi omillarini talqin qilishda mavjud yondashuvlarni tahlili. Korxonaning raqobatbardoshligini keltirib chiqaradigan sabablarni talqin qilish bo’yicha mavjud yondashuvlarni o’rganishimiz ularning ikkita asosiy guruhini ajratib olishga imkon beradi: - birinchi guruh yondashuvlari quyidagilarga asoslanadi: korxona raqobatdoshligining paydo bo’lishi ichki xususiyatga ega va dastlab korxonaning tashqi muhit bilan o’zaro ta’siridan mustaqil ravishda unga xosdir. Binobarin, raqobatbardoshlik - bu korxonaning sifat xarakteristikasi (qobiliyati), ya’ni unga xosdir. - yondashuvlarning ikkinchi guruhi quyidagilarga asoslanadi: raqobatbardoshlikning paydo bo’lishining sabablari korxonaga nisbatan tashqi (tizim sifatida ochiqligi va tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligi sababli) va ichki, unga bog’liq emas ochiqlik. Binobarin, raqobatbardoshlik korxonaning xususiyti hisoblanadi va faqat uning raqobatdoshlik (raqobat) shaklida bozorda kontragentlar bilan o’zaro ta’siri natijasida paydo bo’ladi. 1. Korxonalarning raqobatdoshligining iqtisodiy mohiyatini talqin qilishning mavjud yondashuvlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Mualliflarning asosiy farqlari raqobatbardoshlikning paydo bo’lish sabablarini, uning maqsadga yo’naltirilganligini, sifat xususiyatlarini, shuningdek, mahsulot va tarmoqlarning (milliy iqtisodiyot) o’xshash xususiyati bilan o’zaro bog’liqligini talqin qilishda. 2. Korxonaning raqobatbardoshligining iqtisodiy mohiyatini uning adabiyotda mavjud bo’lgan talqinlarini mexanik kompilyatsiya qilish asosida izchil talqin qilishni ishlab chiqish mumkin emas. 21 3. Korxonaning raqobatbardoshligi uning xususiyati ekanligi aniqlandi, bu korxona salohiyatidan, mahsulotlarning raqobatbardoshligi va faoliyati samaradorligidan farq qiladi. Shu sababli, mavjud bo’lgan yondashuvlardan farqli o’laroq, raqobatbardoshlikning paydo bo’lishining sabablari sifatida, nafaqat korxona bilan bog’liq ichki omillarni, balki tashqi mahsulotlarni ham hisobga olish kerak, bu tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarish resurslari bozorlarida raqobat shaklini oladi. Korxona, uning mahsulotlari va sanoatining (milliy iqtisodiyot) raqobatdoshligi bir xil tushunchalar emas. 4. Raqobatbardoshlikning mavjudligi korxona uchun raqobat muhitida ko’zlangan barcha maqsadlarga erishish uchun, ya’ni nafaqat bozor faoliyati maqsadlariga erishish, balki ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarni ham bajarish uchun zarur ekanligi aniqlandi. 5. Korxonaning raqobatbardoshligi, mavjud yondashuvlardan farqli o’laroq, uning ajralmas, nisbiy va dinamik xususiyati sifatida qaralishi kerak. Shunday qilib, birinchi navbatda, tayyor mahsulot va ishlab chiqarish resurslari bozorlaridagi raqobatbardosh vaziyat dinamikasidan qat’i nazar, uning darajasini saqlab qolish va oshirishga qaratilgan raqobatbardoshlikni boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, raqobatdoshlik darajasi va raqobatbardosh ustunliklarni baholash nisbiy ko’rsatkichlar yordamida amalga oshirilishi kerak va baholash uchun asos sifatida raqobatchilar – korxonada faoliyat ko’rsatadigan raqobatdosh kuchlarning manbalarini tanlash kerak; uchinchidan, baholashda raqobatbardoshlik, baholash bazasini tanlash va boshqaruv ta’sirini hisobga olgan holda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish choralari ta’sirini, shuningdek, korxona va uning raqobatchisi – ish sharoitidagi farqlarni hisobga olish kerak.

Xulosa
Men amaliyot o’tagan Xorazm ATB Agrobank Xazarasp filiali aholiga yaxshi xizmat ko’rsatib kelmoqda. ATB Agrobank Xazorasp filiali talabalarga,yosh oilalarga, korxonalarga va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lganlarga kreditlar berilmoqda.


Men Sobirov Jamshidbek 4 haftalik amaliyot davomida ko’plab bilimlarga ega bo’ldim.
ATB Agrobank Xazorasp filialida jami 10 ta xodim ish faoliyatini olib borar edi men ulardan kartalarni qanday ochish, kredit kanday chiqarish keraklikini o’rganim kelajakda hali bu bilim va tajribalar ishlash jarayonida as qotadi.
So‘rov o‘tkazish usullari va ularni tanlash
So‘rov bu – tadqiqot ob’ektlari bilan muloqot o‘rnatgan holda axborot to‘plash
usulidir. Bu usul axborot to‘plashning marketingda eng tarqalgan usulidir. U
tadqiqotlarning qariyb 90%ini o‘tkazishda qo‘llanadi.
So‘rov usuli quyidagi afzalliklarga ega:
1. Yuqori standartlashuv darajasi, barcha respondentlarga bir xil javob
variantlariga ega bir xil savollar berilishi bilan izohlanadi.
2. Amalga oshirishning osonligi, respondentlar oldiga kelish shart emas, ularga
savollarni pochta yoki telefon orqali berish ham mumkin.
3. Chuqur tahlil o‘tkazish imkoniyati ketma-ketlikda aniqlashtiruvchi savollar
berilishidan iborat. Masalan, ishlayotgan bolali onalardan ularning ish joyi maktab yoki bolalar bog‘chasiga qanchalik yaqin bo‘lishi muhimligi so‘raladi. Keyin esa nechta maktab variant sifatida ko‘rib chiqilganligi haqida savol beriladi. Shundan so‘ng mashg‘ulot turi, daromad, oila hajmiga doir savollar
beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2018.– 76 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqi // Xalq so‘zi gazetasi, 2021 yil 21 iyun.
3. O‘zbekiston R 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi gazetasi, 2020 yil 26 dekabr.
4. Sh.M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –Toshkent: O‘zbekiston, 2016. -56 b.
5. Sh.M. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. -104 b.
6. Sh.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –Toshkent: O‘zbekiston, 2017. -48 b.
7. O‘zbekiston raqamlarda 2019-2020. O‘zbekiston Respublikasining yillik statistik to‘plami – T.: 45. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statitika qo‘mitasi. 2020. - 130 b.

8. Abdullaeva SH.Z. "Bank ishi" Darslik, T., "Istisod-Moliya", 2016.


9.Navro`zova K.N. va boshqalar, "Bank hisobi", O`quv qo`llanma, T., "Fan va texnologiya", 2016.
10.Qudratov T.., Ibrohimov M.M., Karimova Z.h. "Iqtisodiy tahlil", Toshkent, "Ilm-ziyo", 2018.
11.Xudoyberdiev Z., Qaxxorov S., Umarov Z., Soqibov O. "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari", O`quv qo`llanma. Toshkent, "Istisod-Moliya", 2015.
II. Internet materiallari
1. http://www.press-service.uz/uz/news/archive/
2. http://mfa.uz/uzb/hujjatlar/vaz mahk/
3. http://www.stat.uz
4. http:/
Download 111,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish