I bob. Atb agrobank bilan dastlabki tanishuv va amaliyot o`tash davomida texnika xavsizligi bo`yicha yo`riqnomani o’rganish


"AGROBANK" ATB BUXORO VILOYAT BOSHQARMASI



Download 111,69 Kb.
bet5/6
Sana11.01.2023
Hajmi111,69 Kb.
#898811
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sobirov Jamshidbek hisobot

"AGROBANK" ATB BUXORO VILOYAT BOSHQARMASI


AGROBANK BUXORO
saytda 19 yil
Faoliyat turlari tashkilotlar / kompaniyalar:

  • Agrobank minibanklari, bo‘limlari, filiallari O‘zbekistonda

  • Banklar Buxoroda, bank xizmatlari Buxoroda va Buxoro viloyatida

  • Banklar O‘zbekistonda 2022

Indeks: 200107
Mamlakat: O'zbekiston
Mintaqa: Buxoro viloyati
Shahar: BUXORO
B.NAQSHBANDIY ko'chasi, 151/2
Mo'ljalar: "ASIA ALLIANCE BANK" BUXORO FILIALI; "SANOAT QURILISH BANK" BUXORO MINTAQAVIY FILIALI\
1.3. Bankda hisob varoq ochish va bankning hisobvaroqlar rejasi haqida.
Bankda hisobvaraq ochish






  • Milliy yoki chet el valyutasida hisobvaraq ochish uchun ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan mijoz tomonidan bankka topshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi olib qolinib, asli qaytariladi.

  • Bankda hisobvaraq ochish uchun shartnoma tuziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi.

  • Shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlarni bankka taqdim qilgan holda shartnoma tuzilgandan keyin bank 1 ish kuni ichida hisobvaraq ochib berishi lozim.

  • Hisobvaraq ochganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Fuqarolar banklarda quyidagi turdagi hisobvaraqlar ochishlari mumkin:

  • Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i - Mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Jamg‘arma depozit hisobvaraqda saqlanadigan mablag‘lar uchun bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanadi.

  • Muddatli depozit hisobvarag‘i - Shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Bankda foiz evaziga pullar muddatli omonatga qo‘yilganda, mazkur hisobvaraq ochiladi.

  • Ssuda hisobvarag‘i - Belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.

  • Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i - Mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Odatda oylik ish haqi ko‘chirib beriladigan plastik kartochkalar uchun talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘i ochiladi.

1.4. Korxonada mehnat xavfsizligi masalasining holati bilan tanishib chiqish.
Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy?, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.
II BOB. ATB Agrobankning marketing faoliyatining umumiy tahlili.

2.1. ATB Agrobank tomonidan qo'llaniladigan marketing turlarini tahlil qilish.


Bank marketingining iqtisodiyotdagi ahamiyati.
Bank marketingining maqsadi – kapital bozori talablariga moslashish uchun zarur sharoitlar yaratish, bozorni o’rganish, raqobatbardoshlikni va foydalilikni oshirish bo’yicha tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.7
Bank marketingining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: banklar uchun alohida qiziqish uyg’otadigan kapital bozoridagi talablarni va uning alohida segmentlarini o’rganish; foizlar siyosatini tahlil qilish; reklama; bank passivlari va aktivlarini kengaytirish; bank faoliyatini rejalashtirish tizimini ishlab chiqish; xodimlarni boshqarish; mijozlarga xizmat qilishni tashkil etish. Bank kapital bozorini tahlil qilib, hududdagi ob’ektlarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini hisobga olish asosida mablag’lar (qo’yilmalar, depozitlar) jalb qilish hamda kreditlar va ssudalar berish bo’yicha dastur tuzadi. Shu ma’noda bank raqobat kurashi strategiyasining umumiy prinsiplarini va bank xizmatlari bozorini egallashning konkret usullarini belgilab olishi zarur. Bankning barcha bo’linmalari ana shu strategiyaga asoslanib faoliyat yuritishi zarur.
Marketingni keng qo’llash va kapital bozorini tahlil qilish, shuningdek, tegishli strategiyani ishlab chiqishga misol tariqasida XX – asrning 60 yillarda «Benk of Amerika» bankining siyosatini keltirib o’tish mumkin. Uning bozordagi strategiyasi shundan iborat ediki, bu bank o’z diqqatini boshqa Amerika tijorat banklari rad etgan mayda jamg’armalarni qabul qilish va mayda mablag’ qo’yuvchilarni jalb qilishga jamladi. Natijada «Bank of America» moliyaviy quvvati jiahitidan o’sha vaqtda umumiy soni 14 mingtagacha yetgan AQSh tijorat banklari o’rtasida yetakchi o’ringa chiqib oldi. Bunday misol shuni ko’rsatadiki, banklar jamg’armalarni ko’paytirishning har bir imkoniyatini hisobga olishlari kerak, chunki bu o’z navbatida ularning kredit potensialini kengaytiradi.

Download 111,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish