Bankning rasmiy ilovasi — Agrobank Mobile, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida oʻzining muassasalariga ega boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.
Agrobank oʻz faoliyati davomida asosiy urgʻuni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmogʻi, xizmat turlari hamda mijozlari sonini koʻpaytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki oʻrtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat boʻlgan „Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich“ loyihasi boʻyicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qoʻllab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit toʻgʻrisida kelishuv imzolangan.
„VISA International“ xalqaro toʻlov tizimiga prinsipal aʼzolikka oʻtish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yoʻlga qoʻyildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yoʻnalishlarini jalb etgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank SWIFT jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga aʼzodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xoʻjaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli aʼzosi hisoblanadi. 2010-yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yigʻilishi va Ijroiya qoʻmitasining 58-majlisi oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xoʻjaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010-2012-yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.
1.2. ATB Agrobankning tarkibi va bo’limlari bilan tanishish.
“Agrobank” aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston Respublikasidagi eng yirik bank bo‘lib, respublika bo‘ylab keng filiallar tarmog‘iga ega.
3 600 000 dan ziyod mijozlar
171 filiallar
591 avtomatlashtirilgan 24/7 punktlar
12 viloyat boshqarmasi
148 bank xizmatlari markazi
207 valyuta ayirboshlash punktlari
312 xalqaro pul o’tkazmalari nuqtalari
322 bank kassalari
Do'stlaringiz bilan baham: |