I bob arrali jinlash bo‘yicha adabiyotlar tahlili


  2.3. Xom ashyo valigining massasi va zichligi



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana20.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#825348
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
M.T.Qodirova UMUMIY

 


30 
2.3. Xom ashyo valigining massasi va zichligi 
Arrali jinlarda asosiy ish organi sifatida arrali disklardan terilgan silindr 
xizmat qiladi. Bu jinlarda tolani chigitdan ajratish uchun arrali disklar bilan 
kolosnikli panjara birgalikda ishlaydi. Jinning ishchi kamerasiga kelib tushgan 
paxtani chigit tarog‘i yonida aylanayotgan arra tishlari ilib olib, kolosnikka olib 
keladi. Ishchi kamerada tishlarga ilashgan paxta bo‘lakchalari boshqa paxta 
bo‘lakchalariga ilashib, ularni ham tortadi va xom ashyo valigini xosil qiladi. Bu 
valik arra aylanishiga qarshi tomonga aylanib arra tishlarini paxta tolasi bilan 
uzluksiz ta‘minlab turadi.
Jin ishchi kamerasida xom ashyo valigining toladaorligi va tarkibi muhim 
ko‘rsatkich xisoblanib u jinlash tartibini belgilab beradi. Jin ishchi kamerasiga 
o‘rnatilgan tezlatgich turli aylanishda tolaning sifatiga ta‘sir qiladi. Ishchi 
kameraga tezlatgichning o‘rnatilishi jinning yumshoq rejimda ishlashiga imkon 
yaratadi. Unumdorlik oshishi bilan xom ashyo valigi zichligi ham oshadi, bu esa 
jinlash nuqsonlarini ortishiga olib keladi. Ikki jinning ishi solishtirilganda 
ko‘rinadiki, xom ashyo valigi zichligi pasaytirilishi natijasida nuqsonlar 
yig‘indisi va tolani ifloslanganligi asosan jinlash nuqsonlari hisobiga 0,5-0,6 % 
ga kamayadi. 
Xom ashyo valigi ko‘p tarkibli hisoblanib ishchi kamera bo‘ylab notekis 
taqsimlangan bo‘ladi. Xom ashyo valigining zichligi ishchi kameradagi 
paxtaning massasini uning xajmiga nisbatiga aytiladi. Ishchi kameraning xajmi 
unga o‘rnatilgan tezlatgich diametrini o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Bundan 
tashqari xom ashyo valigining zichligi jin ish unumdorligi va tezlatgichning 
aylanishini o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Jin mashinasi ish unumdorligini oshishi 
xom ashyo valigining massasini oshishiga olib keladi.
Jin mashinasi ishlaganda tolaning sifati muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Toladan chigitni ajratib olishda jin ishchi kamerasida chigit shikastlanishi 
natijasida tolada nuqsonlar hosil bo‘ladi. Jin ishchi kamerasiga tezlatgich 
o‘rnatish yo‘li bilan chigit shikastlanishi o‘rganildi. Jin ishchi kamerasiga 
o‘rnatilgan tezlatgich turli aylanishda tolaning sifatiga ta‘sir qiladi. Ishchi 


31 
kameraga tezlatgichning o‘rnatilishi jinning yumshoq rejimda ishlashiga imkon 
yaratadi. Buning ta‘sirida xom ashyo valigi massasi va zichligi kamayadi. 
Jin mashinasi ishlaganda tolaning sifati muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Toladan chigitni ajratib olishda jin ishchi kamerasida chigit shikastlanishi 
natijasida tolada nuqsonlar hosil bo‘ladi. Jin ishchi kamerasiga tezlatgich 
o‘rnatish yo‘li bilan chigit shikastlanishi o‘rganildi. Chigitning shikastlanishidan 
tashqari tolada turli xil nuqsonlar hosil bo‘lishi paxtaning selektsion va sanoat 
navlari, namligi ham ta‘sir qiladi. Bundan tashqari arra tishlari holati ham salbiy 
ta‘sir qiladi. Jin ishchi kamerasiga o‘rnatilgan tezlatgich turli aylanishda 
tolaning sifatiga ta‘sir qiladi. Ishchi kameraga tezlatgichning o‘rnatilishi jinning 
yumshoq rejimda ishlashiga imkon yaratadi. Buning ta‘sirida xom ashyo valigi 
massasi va zichligi kamayadi. Xom ashyo valigining toladorligi va aylanishi 
ortadi. Toladan ajragan chigitlarni ishchi kamerada bo‘lish vaqti kamayadi.
Jin mashinasining samaradorligini oshirish hamda mehnat sarfini kamaytirish 
uchun mashina optimal rejimda ishlashi shart. Bu holda qo‘yilgan shartlarda 
mashinaning optimal ish unumdorligiga, samaradorligi maksimal qiymatga ega 
bo‘lganda erishiladi. Taklif qilinayotgan qurilmaning ishlab chiqarish 
namunasiga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1). Kerak bo‘lgan ish unumdorligining ta‘minlanishi. 
2). Chigitlarni maksimal darajasi chiqarish va ularning tukdorligini bo‘yicha 
tekshirish. 
3). Ishlashdagi ishonchlilikning yuqoriligi. 
4). Kerak bo‘lganda ish rejimiga qarab jin ish organlarining oson va tez 
almashtirilishi. 
5). Konstruktsiyaning soddaligi. 
N.G.Gulidovning ilmiy izlanishlaridan mahlumki, arra tishining ilib olish 
(ilashtirish) qobiliyati xomashyo valigi bilan arralar aylanish tezlilari orqali 
aniqlash mumkin, yahni quyidagi 2.4-rasmda ko‘rsatilgani kabi. 


32 
2.4-rasm. Arra tishining ishchi qismi 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish