4
MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB Arrali jinlash bo‘yicha adabiyotlar tahlili
1.1
Ishchi kamеrasi tuzilishining jinlash jarayoniga ta'siri
1.2
Chigitning chiqishi va uning jarayonga ta'siri
1.3
Tоlani chigitdan ajratish (jinlash) jarayonining chet el
texnologiyasi
II.BOB To‘g‘ri oqimli ikki kamerali arrali jin konsturuksiyasini ishlab
chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha nazariy tadqiqotlar
2.1
Ishchi kameradagi xom ashyo valigini o‘rganishdagi nazariy
ma‘lumotlar
2.2
Chigitning ishchi kamerada bo‘lish vaqti
2.3
Xom ashyo valigining massasi va zichligi
III.BOB
To‘g‘ri oqimli ikki kamerali arrali jin konsturuksiyasini ishlab
chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha masalalarining
tadqiqi
3.1
To‘g‘ri oqimli ikki kamerali arrali jin mashinasining
parametrlarini asoslash
3.2
Yangi
takomillashgan
tola
ajratgich
mashinasi
konsturuksiyasini ishlab chiqish
IV.BOB MEHNAT MUHOFAZASI VA EKOLOGIYA
4.1
Jinlash bo‘limidan chiqayotgan changni kamaytirish va oldini
olish chora tadbirlari
V.BOB IQTISODIY SAMARADORLIK HISOBI
5.1
Yangi tola ajratgich moslamasini joriy qilishning texnik-
iqtisodiy asoslash
UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
5
KIRISH
Jahonda paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasining asosiy bosqichi
sifatida, paxta tolasini chigitdan ajratish (jinlash) jarayoni, texnika va
texnologiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda, jumladan, paxtani jinlash jarayoni
samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari yaratilmoqda, ilmiy xajmdor,
avtomatlashgan, shuningdek zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab
chiqarishga keng joriy etishni jadallashtirish orqali mahsulot sifatini yaxshilash
va tannarxini pasaytirishga alohida ehtibor qaratilmoqda. Shu bilan birga,
mazkur sohani rivojlantirishning asosiy omillari sifatida, paxta tolasini chigitdan
ajratish jarayonida tola va chigitning dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash,
jarayon energiya sarfini kamaytirish imkoniyatini beradigan, mahsulot sifatini
boshqara oladigan ixcham texnologiyalarni, paxta tolasini chigitdan ajratuvchi
va jarayonni paxta xomashyosi bilan ta‘minlovchi uskunalarining sodda, kam
material va energiya sarflaydigan konstruktsiyalarini yaratish zarur hisoblanadi.
Respublikamizda paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori
qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish,
paxta tozalash sanoatini modernizatsiya qilish asosida ichki va tashqi bozorda
paxta mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, uning raqobatbardoshligini
ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida,
jumladan
«…milliy
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini
oshirish,
…iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga
energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish» vazifasi belgilab berildi
[1]. Ushbu vazifani bajarishda paxta xomashyosini tola ajratish jarayoniga bir
mehyorda uzatish hamda paxta tolasini chigitdan ajratishning samarali
texnologiyasini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish muhim masalalardan
hisoblanadi.
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
son «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi va 2017 yil 14
dekabrdagi PF-5285-son «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonlari, 2017 yil 28 noyabrdagi
PQ-3408-son
«Paxtachilik
tarmog‘ini
boshqarish
tizimini
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2015 yil 4 martdagi PQ-4707-
son «2015-2019 yillar uchun tarkibiy islohotlar, modernizatsiya qilish va ishlab
chiqarishni diversifikatsiya qilishga doir chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi
Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa mehyoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya
tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Jahon miqyosida paxta mahsulotlari
sifatini yaxshilash va tannarxini kamaytirish, paxta mahsulotlarini ishlab
chiqarishning barcha bosqichlarida, shuningdek paxtani quritish, uni mayda va
yirik iflosliklardan tozalash, paxta tolasini chigitdan ajratish, paxta xomashyosi
va tolasini namlash jarayonlarida mahsulot sifatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi
omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, mahsulot ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytiruvchi avtomatlashgan, resurstejamkor texnologiyalarni
yaratish muhim vazifalardan bo‘lib qolmoqda.
Hozirgacha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari paxta tolasini
chigitdan ajratish jarayoni va mashinalarini takomillashtirishning ayrim
masalalarini hal etish, shuningdek arrali jinlarni paxta bilan ta‘minlash
jarayonini takomillashtirish, arrali jin mashinasini ta‘minlashni rostlashga
qaratilgan bo‘lib, ular natijasida paxtani dastlabki ishlash texnika va
texnologiyasi muayyan darajada rivojlangan, olinayotgan mahsulot sifat va
miqdor ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Ammo, arrali jin mashinasida xomashyo
valigi zichligi darajasiga mos ravishda jarayonni xomashyo bilan ta‘minlashni
boshqarishning resurstejamkor va paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlash
imkoniyatini beradigan texnologiyasini yaratish muammolari yetarli darajada
o‘rganilgan emas.
7
Paxta va paxta mahsulotlari oqim hosil qilib jihozdan jihozga
harakatlanadilar va bunda ularning unumdorliklari har bir bo‘g‘inda bir-biriga
mos bo‘lishi talab qilinadi. Texnologik jihozlarni unumdorliklari esa ishlov
berilayotgan xomashyoning qayishqoqlik xususiyatlari, paxtaning sanoat va
selektsion navlari, tolaning uzunligi va yo‘g‘onligi, pishib yetilish darajasi,
chigitlarning o‘lchamlari va ulardan tolaning ajrash kuchi, turli yot
qo‘shilmalarning miqdori, turi va xususiyatlari, havoning namligi va harorati
kabi juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bulardan tashqari mashinalardagi turli
ishchi organlarining umumiy holati, shu jumladan ularning paxtaga tegib ish
bajaradigan ishchi yuzalarining holati va uning ish vaqti mobaynida to‘xtovsiz
yeyilib o‘zgarishi ham ta‘sir ko‘rsatmay qolmaydi.
Shuning uchun paxta zavodining hamma mashinalari teng ishlashi har bir
operatsiyada paxtani mashinadan mashinaga bir meyorda uzatish, uning
titilganligini, tozalanishini va boshqa ko‘rsatkichlarini ta‘minlash masalalari
ancha murakkabdir. Bu masalalarni hal qilish uchun bir qator texnologik
vositalarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bular qatorida paxtani ishlovga uzatishning
dozalovchi qurilmalarini, richagli qo‘l ta‘minot rostlovchilarini, dozalashning
diskret vositalari (richaglar, tishli uzatmalar, friktsion bog‘lanishlar, qarshilikni
o‘zgartirish va h.k.) ni ko‘rsatish mumkin bo‘lib ular tashqi rostlash
qurilmalaridir. Bu esa albatta paxta tolasining tabiiy xususiyatlarini saqlab
qolish va har bir holatda mumkin bo‘lgan maksimal unumdorlik bilan ishlashga
imkon bermaydi. Oqibat natijada har bir korxona va butun mamlakat miqyosida
juda katta iqtisodiy yo‘qotishlar sodir bo‘ladi. Mazkur holat texnologik
mashinalarning ish rejimi va unumdorligini tashqi va ichki texnologik
omillarning o‘zgarishlariga mos ravishda boshqarish va rostlash masalalarining
hozirgi holatini va bu sohadagi tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish
asosida ―pishib yetilib‖ o‘z yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash va
ularni yechishning nazariy va amaliy jihatlarini belgilashni taqozo qiladi.
Nazariy olganda bu masalalarni chuqurroq o‘rganish asosida bir qator,
masalan, ishchi organlarni, yuritmaning yuklanishi, bir vaqtda ishlanayotgan
8
mashinalar soni va, nihoyat, olinayotgan mahsulot sifatini boshqarish kabi
ko‘rsatkichlarni rostlash tizimlarini yaratish mumkin. Boshqarishning
ko‘rsatilgan parametrlarini rostlashni amalga oshirish uchun eng to‘g‘ri yechim
bu – paxta mashinasi ishining nazorat tizimini ta‘minot rejimi vaqti-vaqti bilan
o‘rnatib qo‘yiladiganligini hisobga olib yaratishdir.
Ishning maqsadi: Ushbu ishida jin mashinasida paxta hom ashyosidan olingan
tolalarni uzunligini yaxshi saqlovchi va tolani tozalash jarayonida aftiv
iflosliklarni passivga aylantirish orqali tozalash samaradorligini oshirishdan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |