29
orqali unumdorlikni oshirish va boshqalar. Mana shu nuqsonlarni bartaraf etish
maqsadida tolani chigitdan ajratib olish jarayonini yana ham chuqurroq o‘rganib
chiqish kerak bo‘ldi. Shu maqsadda ushbu ishda jin konstruktsiyasini va uning
asosiy elementlarini takomillashtirish maqsadida nazariy va amaliy tadqiqotlar
olib borildi. Ayni paytda jin mashinasining samaradorligini oshirishning yangi
yo‘llarini izlab topish borasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari
tahlil qilindi. Paxtani dastlabki ishlashning asosiy texnologik operatsiyasi –
jinlash jarayonida xom ashyo valigi kerakli zichligini ushlab turish
mexanizmlari yetarli darajada takomillashgan emasligi tufayli tola va chigitning
sifati yomonlashadi. Mavjud jinning xom ashyo valigi zichligini boshqarish
mexanizmi samaradorligi pastligi natijasida, ayniqsa past navli chigitli paxtani
ishlashda, ta‘minlashning og‘irlik va hajm jihatidan ortishida xom ashyo valigini
ortiqcha zichlanishi imkoniyati mavjudligidir, bu esa, namligi yuqoriroq chigitli
paxtani ishlashda, olinayotgan mahsulot hajmiga ta‘sir etadi va jinlashning
texnologik rejimlarini buzilishiga, tez-tez tiqilishlarga va mashinalarni to‘xtab
turishiga olib keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinlash jarayonini o‘rganish,
hamda ularni takomillashtirish masalalari hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi.
Olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, arrli jin ish paytida ishchi kameradagi
zichlikning oshib ketishi tola va chigitning shikastlanishiga sabab bo‘lmoqda.
Arraning ish unumdorligi oshishi bilan arra tishining qiya burchagi (
)va
tola taramining hajm miqdori(
)oshib boradi, arraning aylanish tеzligi oshishi
bilan bu ko'rsatkichlar kamayib boradi va tolaning nisbiy shikastlanishi ham
ortib boradi. Ish unumdorligi oshib borishi bilan, arra tishi bilan tolaning o'zaro
muloqati pasayadi, bu esa tolaning fizik-mеxanik hususiyatlari ortib borishiga
olib kеlishi, arraning aylanish tеzligi ortishi bilan uning hususiyatlari kamayib
borishi kеrak. Arra tishining tolaga salbiy ta'sirini kamaytirish uchun arra
tishining qadamini oshirish mumkin, lеkin bu tola bilan qobirg'alar orasidagi
ishqalanish darajasini oshirib yuborishi sababli, shuningdеk tola ajratish
jarayonida tolaning mеxanik shikastlanishining oldini olish maqsadida tishning
qadamini oshirmagan maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: