I bob arrali jinlash bo‘yicha adabiyotlar tahlili



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana20.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#825348
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
M.T.Qodirova UMUMIY

 
 


47 
 
 
3.5.-rasm. Yangi taklif etayotgan arrali jin mashinasining ishchi kemrasi 


48 
IV-bob. MEHNAT MUHOFAZASI VA EKOLOGIYA 
4.1. Jinlash bo’limidan chiqayotgan changni kamaytirish va oldini 
olish chora tadbirlari 
Sanoatda, transportda, qishloq xo‘jaligida, shu jumladan Paxta tozalash 
Korxonasida ko‘p ishlar va jarayonlar chang xosil bo‘lishi va ajralishi bilan 
amalga oshiriladi. Xar hil texnologik jarayonlarni bajarishda yuzaga keladigan 
va havoda muallaq xolatda bo‘ladigan qattiq moddalarga ishlab chiqarish 
changi deb aytiladi. Zararli changlarni inson sog‘ligiga ta‘siri hamda ulardan 
himoyalanish yo‘llari. Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina jarayonlar turli xil 
tarkibdagi chang va gazlarni ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Shu sababli, 
sof toza havo deyarli uchramaydi va tarkibidagi doimo ma‘lum miqdorda ( 1m
3
toza havo tarkibidagi 0,25 mg dan 0,5 mg gacha) changlar bo‘ladi. Changlar 
ko‘rinishi va tarkibiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: organik, 
noorganik (mineral) va metall changlari. Yirik changlar nafas olganda burun 
bo‘shlig‘ida qolib, o‘pkaga kirmaydi. Mayda changlar esa (asosan, o‘lchami 10 
mg dan kichik bo‘lgan changlar) nafas orqali burun bo‘slig‘idan o‘tib, o‘pkaga 
o‘rnashadi va vaqt o‘tishi bilan turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa 
diametri 0,3 mikrometrdan kichik changlar qonga tushishi ham mumkin. 
Changlar o‘z zarrachalari yuzasida turli xil zarrali maddalar (mushyak, berilliy, 
kadmiy, nikel, qo‘rg‘oshin, xrom, mis, asbest, vanadiy, va boshqalar)bilan 
bog‘lanib, insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo‘ladi.
GOST 12 . 4. 034-85 ga ko‘ra nafas olish organlarini ximoyalash 
vositalari ishlash usuliga ko‘ra to‘siqlovchi va filtrlovchi ximoya vositalariga 
bo‘linadi.
Atmosferada malum miqdorda zararli moddalar bo‘lib, kislorod 18 % (xajm) 
dan kam bo‘lmasa, tashqi muxitdagi havoni tozalash uchun fitrlovchi vositalar 
qo‘llaniladi. 


49 
Havo tarkibida zararli moddalar bo‘lib, kislorod miqdori 16% (xajm) dan 
kam bo‘lgan sharoitda to‘siqlovchi vositalar qo‘llaniladi. Himoyalash 
vositalarining shilangli va kislorodli turlari mavjud. Nafas olish yo‘llarini 
himoyalash vositalari asosan gazdan-changdan himoyalash maqsadida 
ishlatiladi. Filtrlovchi vosita gazniqob silindr shaklidagi tozalagich, rezina 
shlang va xaltadagi zaxira qismlardan iborat. Filtrlovchi respiratorlar nafas olish 
organlarini atmosferada bo‘lgan zararli modda-bug‘, gaz, changlardan 
ximoyalaydi. Paxta tozalash korxonalarida ishchi, xizmatchilar ximoya kaskasi, 
maxsus kiyimda yurishlari kerak. Ayollar esa sochlarini ixchamlashtirib, 
romolga o‘rab ish yuritishlari foydalidir. Xozirgi paytda turli mamlakatlarda xar 
xil tozalash usullari qo‘llanilmoqda. Ammo ularning ko‘pchiligi 
labaratoriyalarda yoki kichikroq qurilmalarda sinab ko‘rilgan usullargina xolos. 
Bunda sabab shuki chiqindi, gazlar, changlar ko‘p bo‘lgani uchun. 
Chang havo bilan portlashga xavfli bo‘lgan aralashma xosil qiladi. 
Yonishga moyil modda changlari yong‘inga xavfli bo‘lib, ularning yonish 
jarayoni tezligi changning katta- kichikligiga, solishtirma yuzasiga, miqdoriga 
bog‘liq. Ko‘pgina changlarning o‘zidan alangalanish xarorati 700-900С g teng. 
Chang tozalash sistemasini yaratishdan asosiy maqsad paxta tozalash 
korxonalarining atrof-muhitini iflosliklardan himoya qilishdir. Shuning uchun 
chang ushlagichni yangi sistemasi paxta tozalash korxonalaridagi barcha 
texnologik dastgohlardan, aspiratsiya va shamollatish sistemalaridan hosil 
bo‘lgan changni tozalashda ishlatish ko‘zda tutilgan. 
Kuzatishlar 
shuni 
ko‘rasatdiki, 
markazdan 
qochma 
chang 
tozalagichlardan tutayotgan chaqnagan uchqun o‘chib yuruvchi changlar 
birinchi bosqich tozalaganga qaraganda filtrga bir marotaba ko‘p tushmaydi 
agar 10 marta sistemadan yong‘in chiqsa ham. Hamma chang tozalagich 
qurilmalarni yig‘ish va filtr almashtirish paxta tozalash korxonasining ishchilari 
orqali bajariladi. Eng muhim joyi shuki, chang tozalash qurilmalarini 


50 
tayyorlash, yig‘ish, qayta ta‘mirlash uchun yuqori samarali ishchi, xizmatchilar 
talab qilinmaydi.
Paxta tozalash korxonalarining hovlisidagi va atrofidagi joylarni o´ta 
chang bilan qoplanganligi nafaqat chang tozalagichlarni ish samaradorligini 
yetarli emasligi balki ularning puxtaligini pastligidadir. Paxtani quritish-
tozalash sexlariga, chang zarrachalarini o‘tirib qolish tushunchalarini inobatga 
olgan holda har xil chang ushlagichlardan foydalanilgan, O. Qudratov yangi 
usul hisoblangan ikki pog‘onali, chang yer to‘lasi +ВЗП-1200 havo tozalash 
sistemasini taklif qilmoqdamiz. Ishlab chiqarilgan bu sistema yuqori puxtaligi 
va samaradorligini yuqoriligi 98% paxta tozalash korxonalarining atrofini, 
maydonlarini hamda havosini tozaligini yaxshilashga katta yordam beradi, shu 
bilan birgalikda tashqaridan paxtani havo quvurlari orqali ta-shish sistemasini 
ishlashini kengaytiradi, tozalagichlarni aspiratsiya sistemasini samaradorligini 
yaxshilaydi, hamda chang tozalagichni ishlash muddatini uzaytiradi. Paxta 
tozalash sexlarida tashlanuvchi tolali chiqindilarni 100% ushlab qolish uchun 
yangi havo tozalash usulini, ВЗП-800+ filtr markazdan qochma chang 
ushlagichdan chiqayotgan kondensordagi tolani va lintni siklon filtr sxemasidan 
foydalaniladi. Filtrni o‘rnatish uchun qo´shimcha ventilyator talab qilinmaydi, 
chunki juda qarshiligi kichkina (200-300 Pa) samaradorligi yuqori 99%, 
tuzilishi sodda, nazorat qilish oson, eng asosiysi shuki chang chiqaruvchi 
korxonalardan nomaqbul bo´lgan tolali chang zarrachalaridan holis qilgan holda 
atrof-muhit himoyasini butunlay hal qiladi. Paxtachilik, to‘qimachilik va yengil 
sanoat korxonalaridagi ish jarayonidan ajralib chiqadigan zararli omillarga: 
chang, zaharli gazlar, zaharlar, yuqori harorat, havoning namligi, shovqin, 
tebranish va material iflosliklari kiradi. Chang havoda aylanib yura oladigam 
qattiq yoki suyuq moddalarning juda mayda zarralaridir.
Ishlab 
chiqarish 
xonalaridagi 
havoning 
tozaligi 
ishchilarning 
salomatligida katta ahamiyatga egadir. Ishchilar changli havodan nafas olganda 
yuqori nafas yo‘llari qichiydi va kishi o´zi
X
ohlamagan holda yuzaki nafas 


51 
oladi, bu esa o‘pka faoliyatiga salbiy ta‘sir qiladi va turli kasalliklarni keltirib 
chiqaradi. Changli xonalarda ko‘z shilliq pardalarini qichishtirib konyuktivit 
kasalligini keltirib chiqaradi va shu bilan birgalikda chang zarrachalari 
tuberkulyoz tayoqchalarini va zararli bakteriyalarni tashuvchi vosita hamdir.
Yirikroq chang burun xalqumda ushlanib qoladi, mayda chang esa nafas 
olish a‘zolariga kiradi. Havoning harakatlanish tezligi changning aylanib yurish 
tezligida past bo‘lganda 0,1-10 mkm o‘lchamli chang zarrachalari o‘zgarmas 
tezlik bilan o´tiradi. Chang zarrachalarining aylanib yurish tezligi Stoks 
formulasidan aniqlanadi: 
V
r
=0,3

d
2

bu yerda: V
r
- chang zarrachalarini aylanib yurish tezligi, m/s; 

- ashyoning zichligi, kg/m
3

d - zarrachalar diametri, mkm. 
Changning inson organizmiga zararli ta‘siri darajasi uning o´lchamlariga 
bog‘liq: 
- agar 50 mkm va undan katta o‘lchamli chang zarrachalari yuqorigi nafas 
olish organlarida ushlanib qolsa, u zarar yetkazmaydi; 
- agar 10-50 mkm o´lchamli chang zarrachalari nafas olish organlariga 
chuqur kirib borsa, juda oz miqdordagi chang o‘pkaga o´tadi; 
- agar 10 mkm dan kichik chang zarrachalari nafas yo‘llarining 
tarmoqlanish joylariga kirib borsa, ular organizm uchun xavfli hisoblanadi; 
- agar 1 mkm dan kichik o‘lchamli chang zarrachalari o´pkaga kirib 
borsa, bu juda xavflidir; chunki silikoz kasalligini keltirib chiqaradi. 
Changning zararliligi uning o‘lchami va kimyoviy xossalariga bog‘liq. 
Sanitariya me‘yorlarida ish mintaqasi havosidagi changning quyidagi 
ruxsat etilgan chekli miqdori (RECHM) ko´zda tutilgan: 
2mg/m
3
- tarkibida 10 foiz va undan ko‘p miqdorda erkin kremniy qo‘sh 
oksidi SiO
2
b´lgan o‘simlik va hayvonot changi uchun; 


52 
4mg/m
3
- tarkibida 10 foizgacha miqdorda SiO
2
bo‘lgan o‘simlik va 
hayvonot, changi uchun; 
6mg/m
3
- tarkibida 2 foizgacha miqdorda SiO
2
b´lgan o‘simlik
X
amda 
hayvonot, mineral changi uchun. 
Zaharli moddalar inson organizmiga nafas olish yo‘llari, teri va 
oshqozon-ichak yo‘li orqali kiradi. Ishlab chiqarish xonalarida mazkur 
gazlarning mavjud bo‘lishi yoqimsiz chirindi hidini keltirib chiqaradi..
Xona havosidagi changni kamaytirishda quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi: 
umumiy shamollatish, zontlar qo‘llash, aspiratsiyalash, kopsulyatsiyalash, 
gardishlardan so‘rish. Paxtachilik, to‘qimachilik va yengil sanoat 
korxonalaridan ajralib chiqayotgan changni o‘sha joyning o‘zida aspiratsiyalash 
orqali so‘rib olish usuli qo‘llanilad. Havo muhitining sanitariya ahvolini nazorat 
qilish uchun laboratoriya, shoshilinch va avtomatik usullardan foydalaniladi.
Laboratoriya usuli aniq bo‘lib, ko‘p vaqtni talab qiladi. Tahlilning tez 
o‘tkazilishini gaz xromotografiya usuli ta‘minlaydi. Shoshilinch (ekspress) usul 
havodagi kimyoviy moddalar miqdorini uncha katta bo‘lmagan aniqlik bilan tez 
aniqlashda qo‘llaniladi. Bu usul bilan: ammiak, vodorod sulfid, sulfat angidrid, 
atsetilen, uglerod oksid, azot oksidlar, etil efiri, benzin, benzol miqdorini 
aniqlash mumkin. Havoning chang bilan ifodalanganlik darajasini aniqlash 
uchun AFA filtrlari qo´llaniladi. Hozirgi vaqtda sanitariya texnikasi havoni 
tozalaydigan turli qurilmalarga ega. qanday qurilmalardan foydalanilishi 
changning tasnifiga, guruhiga bog‘liq: 
1-juda yirik disperslangan chang; 2-yirik dispersli chang (paxta changi); 3-
o´rtacha dispersli chang; 4-mayda dispersli chang (ipakchilik va to´qimachilik 
sohasidagi chang); 5-juda mayda dispersli chang ( sement va un changi);
Changning dispers tarkibi deganda changdagi har xil kattalikdagi chang 
zarrachalarining miqdori tushuniladi. Masalan, o‘tkazilgan tajribalar yulish-
yulish uskunalarining changli chiqindilari dag‘al dispersli chang. Pillalarga 
quruqlayin ishlov berish xonasining havosidagi chang tarkibida zarrachalari 


53 
0,05 mm dan kichik b´lgan fraktsiyalar ko´p miqdorda 50-60 foizgacha b´ladi. 
Bunday chang muallaq holatda bo´ladigan havoni tozalash uchun yuqori 
samarali chang tozalagichlardan foydalanish zarur. 
Chang ushlash qurilmalarining turi ajralib chiqayotgan changning 
sinflanish guruhiga qarab tanlanadi. Chang ushlagichni gravitatsion (chang 
tushish kameralari), inertsion (siklonlar), yuvuvchi (kupikli), gazlamali (setkali, 
yengli filtrlar) va elektrli xillari bo‘ladi va ular o‘z navbatida chang 
ushlagichlarning turlariga va samaradorligi buyicha 5 ta sinfga bo‘linadi. 
Siklonlar samarodorligini changlangan havoni unga kiritish tezligini 
oshirish (14—22 m/s) va uning diametrini kamaytirish yo‘li bilan oshirilishi 
mumkin. Katta diametrli siklonlar xavoni dastlabki tarzda tozalash, xavo bilan 
tashigich uskunalaridan chang xavoni olib, uni bo‘shatish uchun kerak. Ulardan 
keyin kichik o‘lchamli yuqori samarodorli tozalovchi siklonlar o‘rnatiladi. 
Ularning soni chang havoni taqsimlovchi quyi tashigich quvurlar tiqilib 
qolmasligi uchun 8 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Paxta changiniig xususiyatlari, ularda mayda chang zarralari bilan bir 
qatorda xavo quvurlarining tiqilishiga sababchi bo‘luvchi yirik zarrachalar 
borligini ham e‘tiborga olib, paxta tozalash korxonalarida 2 bosqichli chang 
qurilmalari o‘rnatish tavsiya eti- ladi. Birinchi bosqichda 1 yoki 2 ta diametrli 
manbadan chiqayotgan barcha changlangan xavoni tozalash unumdorligiga ega 
bo‘lgan siklon-bo‘shatgich, ikkinchi bosqichda 8 tagacha yuqori samarodorli 
diametrli siklonlar o‘rnatilishi kerak. 
Chang ushlash kameralari. Korxonalarning deyarli ko‘pchiligida 1, 2 
tadan mavjud. Zavodda 15, 20 ta chang chiqarish manbasi bo‘lganligida, chang 
ushlash kamerasining hajmi juda katta bo‘lib ketadi, chang kamerasini 
tozalashni mexanizatsiyalashtirish murakkabligidan uni tozalash juda qiyin, 
yongin xavfsizligini ta‘minlash uchun chang kameralari yong‘inni avtomatik 
uchirishning drencherli qurilmasi o‘rnatilishini taqozo etadi. 


54 
Paxta tozalash korxonalari sexlaridan ajralib chiqadigan asosiy zararli 
moddalar paxta tozalash sanoati sexlarida chigitli paxtalarni tozalash, quritish, 
jinlash va tozalash jarayonlarida changlar ajralib chiqadi. Bu zararli moddalar 
ishchilar fiziologiyasiga ta‘sir qilib, organizmni zaharlanishiga olib kelishi 
mumkin. 
Paxta tozalash sanoatida, ayniqsa, uning boshlang‘ich jarayonlarida eng 
ko‘p tarqalgan zararli modda — changdir. U hamma ishlab chiqarish sexlarida 
hamda korxona hududida atmosferada uzoq vaqtlar qo‘nmay, uchib yurishi 
mumkin. 
Chang zarrachalari tarkibiga ko‘ra organik va mineral qismlardan iborat. 
Bunda uning asosiy qismini organik modda bo‘lmish tola va uning bo‘lakchalari 
(paxta changida 96—98%) tashkil qiladi. U murakkab tarkibli bo‘lib, turli shakl 
va kattaliklarda uchraydi. Changning tarkibidagi mineral qismida kremniy ikki 
oksidi SiO
2
bo‘lib, uning nafas yo‘llari orqali o‘pkaga ma‘lum kogtsentratsiyada 
kirib borishi pnevmokonioz kasalligi xavfini tug‘diradi. Chang tarkibida bu 
modda qancha ko‘p bo‘lsa, kasallik xavfi shuncha ortadi. Ayrim hollarda, 
changning mayda zarrachalari kishi o‘pkasining algveollariga kirib, ularni 
berkitishi natijasida, o‘pkaning ish faoliyatini pasaytiradi, yahni kishi o‘pkaning 
to‘liq qajmida nafas ololmaydi, natijada borib-borib xastalikka uchrashi, yahni 
pnevmokonioz kasaliga duchor bo‘lishi mumkin. 
Changlarni kishi tanasiga ta‘sirini aniqlashda nafaqat ularning fizik 
xususiyatlarini, balki ularning o‘lchamini ham hisobga olish kerakdir. Bu 
borada eng xavflisi, kattaligi 5 mkm gacha bo‘lgan changlardir, chunki ular 
o‘pkaning kattaligi 4—5 mkm bo‘lgan algveollarga bemalol kira oladilar. 
Bundan katta bo‘lgan chang zarrachalari esa yuqori nafas yo‘llarida va 
bronxlarda ushlanib qoladi va tanadan chiqarib yuboriladi. Yana chang 
zarrachalarining kattaliklari, ularning qavoda qanchalik ko‘p ushlanib turishini 
belgilaydi, bu esa ularning organizmga kirish imkoniyatini kuchaytiradi. 


55 
Tadqiqotlar natijasi chang zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, ular qavoda 
shuncha ko‘p ushlanib turishligini ko‘rsatadi. 
Paxta tozalash korxonalarida paxta changi uchun quyidagi yo‘l qo‘ysa 
bo‘ladigan kontsentratsiya (YQBK) qabul qilingan. Sanitariya me‘yorlari SN-
245—71 da berilishicha: agar chang tarkibidagi SiO
2
2% dan kam miqdorda 
bo‘lsa, YQBK-6 mg/m
3
, 2 dan 10% gacha bo‘lsa — 4 mg/m
3
va 10% dan ortiq 
bo‘lsa, unda YQBK-2 mg/m bo‘lishi keltirilgan. 
Sex havosidagi changni kamaytirishda quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi: 
- umumiy shamollatish; - zontlar qo‘llash; - aspiratsiyalash; - kapsulyatsiyalash; 
- gardishlardan so‘rish. 
Paxta tozalash korxonalarida asosan aspirantsiyalash, ya‘ni, ajralib 
chiqayotgan changni o‘sha joyning o‘zidan ventilyator orqali so‘rib olish usuli 
qo‘llaniladi. Paxta tozalash korxonalariida deyarli hamma mashinalar 
ventilyatorlar bilan ta‘minlangan bo‘lib, ular changli havoni mashinadan so‘rib 
oladilar va tozalash uskunalariga yuboradilar. Bundan tashqari bu korxonalarda 
havo oqimlari texnologik jarayonda ham keng qo‘llaniladi. 
Siklonlar - markazdan qochma kuchlar ta‘sirida ishlaydigan chang 
ajratgichlarga kiradi. Changli havo siklon ichida aylanma harakatda bo‘ladi. 
Eng samaradorli siklonlar bu konusli siklonlardir. 
Konusli siklon quyidagilardan tuzilgan: 1-silindrik qismi; 2-changli 
havoning kirish yo‘li; 3-siklonning konusli qismi; 4-toza havo chiqib ketadigan 
ichki silindr; 5-changning o‘tiradigan joyi. Chang bo‘lakchasi A siklonga 
changli havo 3-yo‘l orqali kirib havo oqimi ta‘sirida V
ts
-tsiklon tezlikda ma‘lum 
kuch orqali harakatda bo‘ladi va unga markazdan qochma kuch - S ta‘sir qiladi. 
Bu ikki kuchning yig‘indisi-R kuchi chang bo‘lakchasini siklonning ichki 
devoriga sig‘adi va u K nuqtaga borganda havo oqimining tezligi tezda 
kamayadi va chang bo‘lakchasi spiral holatda harakat qilib, chang yiqiladigan 
joyga boradi. Havo oqimi pastki qismidan ichki silindr orqali atmosferaga 
chiqib ketadi (4.1-rasm). 


56 
4.1-rasm. Konussimon siklon. 


57 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish