O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
_____________________________________________________fakultetining
________________________________________________________________
____________________________________________ ta’lim yoʻnalishi
_____kurs _____ (oʻzbek, rus) guruhi talabasi
______________________________________________________________________________
(Amaliyotchi talabani F.I.Sh)
Malakaviy amaliyoti bo’yicha
K U N D A L I G I
SAMARQAND – 2022
AMALIYOTCHI TALABA UCHUN MALAKAVIY (O‘QUV-TANISHUV) AMALIYOTI
TO‘G‘RISIDA
1. Malakaviy amaliyot – o„quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy
ko„nikma va malaka hosil qilish, o„quv rejalari va fanlar dasturlarning ma'lum mavzulari
bo„yicha materiallar to„plash uchun o„tkaziladigan amaliyot turi hisoblanadi.
Malakaviy amaliyoti mazmuni uning reja-jadvali va dasturlari bilan belgilanadi.
Malakaviy amaliyoti davrida talaba o„z mutaxassisligi bo„yicha nazariy bilimlarini tajribada
sinovdan o„tkazadi, darsni tashkil qilishning ilmiy-metodik tomonlarini o„zlashtirish bilan
bog„liq bo„lgan sir-asrorlarini egallaydi. Eng muhimi predmet bo„yicha bayon etilgan mavzu
yuzasidan o„quvchilarga bilim berish, iqtidor hosil qilish, ularda fanga, ilmga nisbatan qiziqish
uyg„otish va ijobiy fikrni tarbiyalash, Vatanga muhabbat tuyg„usini yuzaga keltirishning amaliy
usullarini tadbiq etishning yo„l-yo„riqlarini o„zlashtirib oladi.
Malakaviy amaliyoti jarayonida talaba ta‟lim muassasasi an'analari bilan tanishishdan
tashqari, ilg„or o„qituvchilarning ish tajribalarini o„rganadi, eng muhimi, o„quv va tarbiyaviy
jarayonni tashkil qilish, darsda qo„llaniladigan darslik va metodik qo„llanmalardan foydalanish
yo„l-yo„riqlarini o„rganadi. Sinfda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish, uni o„tkazish,
o„quvchilarning to„garaklariga rahbarlik qilish, iste'dodli o„quvchilar bilan ishlash va ularning
fanga nisbatan qiziqishlarini o„stirish bilan bog„liq bo„lgan o„quv-tarbiyaviy ishlarning uslubiy
yo„llarini o„zlashtiradi.
Malakaviy amaliyotida faol ishtirok etishni ta'minlash talabaning ta‟lim muassasasini
boshqarishning ilmiy asosini o„rganishga, o„quv jarayonining samarali usullarini joriy qila
bilishga imkon beradi. Malakaviy (o„quv-tanishuv) amaliyotini o„tash uchun nazariy va amaliy
ta‟limning o„quv rejasini to„la bajargan talabalarga ruxsat beriladi.
2. Amaliyotchi talaba malakaviy amaliyotidan oldin fakultet uslubchisidan malakaviy amaliyoti
kundaligi va dasturini olishi hamda bajarishi lozim bo„lgan ishlarning mohiyati bilan tanishib,
tavsiya etilgan adabiyotlar ro„yxatini olishi kerak.
3. Malakaviy amaliyoti davrida talaba quyidagilarni bajarishi shart:
-
qabul qiluvchi ta‟lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, malakaviy
amaliyoti dasturida ko„zda tutilgan vazifalarni to„liq bajarish;
-
qabul qiluvchi ta‟lim muassasasi direktori, o„quv ishlari hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo„yicha direktor o„rinbosarlari topshiriqlarini bajarish hamda qabul qiluvchi ta‟lim
muassasasidan biriktirilgan amaliyot rahbari, o„qituvchilar va OTMdan biriktirilgan amaliyot
rahbarining ko„rsatmalariga amal qilish;
-
qabul qiluvchi ta‟lim muassasasidagi sinf (guruh) lar, laboratoriyalar, o„quv ustaxonalari,
ta‟lim muassasasi uchastkasi va sanitariya uchastkalari bilan batafsil tanishish;
-
qabul qiluvchi ta‟lim muassasasining o„quv-tarbiyaviy ish rejalarini o„rganib chiqish;
-
sinf (guruh) o„quvchilari va ularning davomati bilan tanishish;
-
mutaxassisligi bo„yicha o„tkaziladigan darslarini kuzatib borish;
-
malakaviy amaliyoti davrida fan o„qituvchilarining darslarida faol qatnashish;
-
darsdan tashqari ishlar (daftar va kundaliklarni to„ldirish) da faol qatnashish;
-
o„quvchilarning uylariga borish va ularning ota-onalari bilan suhbatlar uyushtirish;
-
o„zlashtirishi past o„quvchilar bilan qo„shimcha darslar o„tkazish;
-
qabul qiluvchi ta‟lim muassasasida ota-onalar majlislarini o„tkazishda faol ishtirok etish,
malakaviy amaliyoti kundaligini muntazam yuritish.
Malakaviy amaliyotida bajarilgan hamma ish amaliyotchi talabaning kundaligida o„z ifodasini
topmog„i lozim.
4. Malakaviy amaliyoti tugagandan so„ng talaba uch kun ichida qabul qiluvchi ta‟lim
muassasasidan biriktirilgan amaliyot rahbari va ta‟lim muassasasi direktorining tavsifnomasini,
amaliyotchi talaba tomonidan yuritilgan va qabul qiluvchi ta‟lim muassasasidan biriktirilgan
amaliyot rahbari tomonidan amaliyot davomida imzolagan malakaviy amaliyoti kundaligini va
ushbu malakaviy amaliyoti bo„yicha tayyorlangan hisobotni yozma ravishda OTMdan
tayinlangan amaliyot rahbariga topshirishi kerak.
5. Amaliyotchi talabaning malakaviy amaliyotini baholash jarayoni tegishli kafedralarda
o„tkaziladi. Baholash jarayonida dekan, tegishli kafedra mudiri, o„quv-uslubiy bo„lim vakili
hamda qabul qiluvchi muassasadan malakaviy amaliyoti rahbari ishtirok etishi mumkin.
6. Malakaviy (o„quv-tanishuv) amaliyoti davomida bajarilgan ishlar bo„yicha qabul qiluvchi
ta‟lim muassasasidan biriktirilgan amaliyot rahbari va ta‟lim muassasasi direktoridan salbiy
tavsifnoma olgan va malakaviy (o„quv-tanishuv) amaliyotidan qoniqarsiz, ya‟ni 2 bahodan past
olgan talabalar ta‟til davrida qayta amaliyotga yuboriladi.
7. Malakaviy (o„quv-tanishuv) amaliyoti natijasi bo„yicha olgan bahosi talabaning kursdan
kursga o„tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
8. Malakaviy (o„quv-tanishuv) amaliyoti yakunlari bo„yicha qoniqarsiz baho olgan yoki uzrli
sabablarsiz amaliyotga qatnashmagan talaba akademik qarzdor sifatida institut rektorining
buyrug„i bilan kursdan qoldiriladi.
9. Malakaviy (o„quv-tanishuv) amaliyotini o„tash davrida talabaning uzrli sabablarga (kasal
bo„lib qolishi, oilasi bilan bog„liq baxtsiz hodisalar va b.) ko„ra qatnashish imkoniyati
bo„lmagan holatlarda, talabaning malakaviy (o„quv-tanishuv) amaliyotini o„tash vaqti institut
rektori buyrug„i bilan o„quv yili (semestr) davomidagi boshqa muddatga (odatda, ta‟til davriga)
ko„chirilishi mumkin.
10. Ta‟lim muassasasining ichki tartib-qoidasini buzgan talabaga jazo berilishi mumkin, bu
haqida institut rektoriga xabar beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |