237
4.2.3. Moylarning qurishi
Ba`zi bir yog`-moy mahsulotlari havo bilan uzoq muddat ta`sirlashuvi
natijasida qurish xususiyatiga ega. Bunda qurigan yog`-moyning yupqa pardasi
hosil bo`ladi. Bu qurug’ pardani hosil qiladigan moddaning nomini oksin deb
atashadi. Bu jarayon mexanizmi zanjirli erkin radikalli reaktsiyalar asosida amalga
oshadi.
Yog`larning qurishi kimyoviy reaktsiyalari unchalik yuqori bo`lmagan
haroratlarda dikislorodning to`yinmagan yog` kislotalari
atsillarining metilen
guruhlari bilan vodorodning o`zaro ta`sirlashuvi bilan boshlanadi. Ko`pchilik
hollarda bunday ta`sirlashuv kislorod molekulasining qo`shbog`larga yaqin turgan
metilen guruhlari vodorodi bilan, xususan ikki qo`shbog` oralig`ida
joylashgan
metilen guruhi vodorodi bilan amalga oshadi. Chunki bunday metilen
guruhlaridagi vodorod juda ham qo`zg`aluvchanligi va reaktsion qobiliyati
yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Yog`larning qurishiga olib keladigan kimyoviy o`zgarishlarning
asosiy qismi
linol kislotasi radikallari misolida ko`rsatilgan quyidagi taxminiy sxemaga asosan
amalga osha boshlaydi:
Reaktsiyaning
bu
fazasida
hosil
bo`lgan
uglevodorod
radikalli
– CH –
ning erkin elektroni qo`shni qo`shbog`lar elektronlari bilan ta`sirlashuvi
natijasida bir radikal quyidagi sxemaga asosan izomerlanishi mumkin (pozitsion
izomerizatsiya):
Ma`lumki qo`shbog`lari yaqin joylashgan yog` kislotalarining uglevod
radikallari dien sintezi sxemasiga asosan polimerlanishi mumkin.
Dien sintezi
natijasida quyidagi sxemaga asosan polimer kislotalari hosil bo`ladi:
238
Bu dimerdagi uglevodorod radikallari yana polimerizatsiyaga uchrab, polimer
molekulasining yanada kattalashishiga olib keladi. Bunday polimerlarning
to`planishi esa avvaliga quriyotgan moyning quyuqlashishiga,
keyin esa uning
qattiq parda (plyonka) hosil qilishiga olib keladi. Bu parda avvaliga polimerlar va
glitseridlarning monomerlari aralashmasidan iborat bo`ladi. Ammo qurish jarayoni
davomida aralashmadagi glitseridlarning monomerlari miqdori kamaya boradi va
boshlang`ich moyning tarkibiga qarab, to`la yo`qolishi (polimerizatsiyaga sarflanib
tugashi) ham mumkin.
Linol-olein turidagi moylar qurishida hosil bo`ladigan polimerlar o`sishi
chiziqli yoki tekislikda amalga oshadi (
xy
koordinatalarida). Shuning uchun bunda
hosil bo`lgan oksin pardalari (plyonkalari) qayta suyuqlanishi va yog`larning
erituvchilarida erishi mumkin. Lekin kanop (lyon) moyi yoki tung moyiga
o`xshash uchta qo`shbog`li linolein kislotasiga ega bo`lgan
moylarning qurishida
oksin (linoksin) pardalarining hosil bo`lishi juda tez amalga oshadi. Bunda hosil
bo`ladigan polimerlarning o`sishi fazoviy hajmda (
Do'stlaringiz bilan baham: