Xviii-мавзу



Download 0,6 Mb.
bet1/13
Sana09.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#764772
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5260591684919498379


(“Iqtisodiyot nazariyasi fanining nomi o’zgarganligi sababli bundan keyin siz “iqtisod” deb o’qiysiz)


15-MAVZU. IqtisodiYOtning tsiklliligi va
makroiqtisodiy beqarorlik

Bu bobda dastlab iqtisodiy tsikllarga, ya’ni iqtisodiyot uchun xususiyatli bo’lgan ishlab chiqarish, bandlilik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beramiz. Keyin iqtisodiy tsikl fazalarining va davriy tebranishning sabablarini qarab chiqamiz. Tahlil davomida tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o’rin ajratamiz.




1-§. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning
tsiklliligi.

Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sish, iqtisodiy resurslarning to’la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladilar. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishi deb ataladi.
Ko’plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko’payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o’sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro’y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. TSiklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatiligi to’g’risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.SHpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.SHumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o’quv qo’llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondoshiladi. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to’xtalib o’tilgan.1 Unda iqtisodiy tsikllar nazariyasi iqtisodiy o’sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy tsikl tabiatining o’zi esa munozarali va kam o’rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. SHuningdek, ijtimoiy hayotda tsiklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo’nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko’rsatilgan. TSiklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o’zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qarab, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. TSikl fazalarini ajratib ko’rsatishda markscha sanoat tsikli nazariyasiga keng to’xtab o’tilgan. SHundan so’ng tsikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo’lgan tsikllar to’g’risidagi nazariyalar bayon etilgan.
Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to’xtab o’tilgan.2 Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy tsiklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to’xtalib o’tamiz.
Iqtisodiy tsikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir tsikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. TSikli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy tsikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy tsiklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy tsiklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o’ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi.
Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi. Narxlarning pasayishi to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish