O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
I.B. Isabayev, F.U. Suvanova, Q.H. Majidov
Yog`lar vа mоyli хоm
аshyolаr kimyosi
Oliy o’quv yurtining
5321000 «Oziq-ovqat
texnologiyasi (yog’-moy mahsulotlari bo’yicha)»
bakalavriatura yo’nalishi talabalari uchun
DARSLIK
Toshkent - 2020.
2
Taqrizchilar:
“O’zyog’moysanoat” uyushmasi
Sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarishni monitoring
qilish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari
t.f.d., prof. Q.P. Serkayev.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, “Gazni
kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi
mudiri, t.f.d., prof. S.F. Fozilov.
Yog’lar va moyli xom ashyolar kimyosi.
5321000 «Oziq-ovqat
texnologiyasi (yog’-moy mahsulotlari bo’yicha)» bakalavriatura yo’nalishi
talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etiladi / I.B. Isabayev, F.U. Suvanova,
Q.H. Majidov.
Darslikda moyli xom ashyo turlari, moyli urug’lar va mevalarning morfologik va
anatomik tavsifi,
tuzilishi va kimyoviy tarkibi, sifatiga quyiladigan talablar, lipidlar haqida
asosiy tushunchalar, yog’lar tarkibi bayon etilgan; yog’larni
ishlab chiqarish, qayta ishlash va
saqlash jarayonlarida sodir bo’ladigan kimyoviy o’zgarishlar mohiyatini tushunish hamda
texnologik jarayonlarning mexanizmini o’rganish va ularni boshqarish uchun yog`
kislotalarining va glitseridlarning amaliy ahamiyatga ega bo’lgan fizik va kimyoviy xossalari,
yog’larning buzilishi, termik o’zgrishlari, yog’larning hamroh moddalari, ularning xususiyatlari
va ahamiyati, yog’larning tarkibi va sifatini tahlil qilish asoslari izohlangan.
3
KIRISH
Yog’-moy mahsulotlari texnologiyasi bo’yicha ta`lim olayotgan bo’lajak
bakalavrlar yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarish va yog’-moylarni qayta ishlash
texnologiyalarini yaxshi bilishlari shart. Buning uchun ulardan moyli xom
ashyolarning
tarkibi va xususiyatlarini, ularni saqlash va qayta ishlash
jarayonlarida ro’y beradigan o’zgarishlar, jumladan, fizik-kimyoviy, kimyoviy va
biokimyoviy o’zgarishlar mohiyatini yaxshi tushunish talab etiladi. Chunki,
shubhasiz, shu asosdagina sifatli mahsulotlar ishlab
chiqarish jarayonlarini
boshqara olish va bu bilan bog’liq texnologik muammolarni hal qilish mumkin.
Shu maqsadda “Oziq-ovqat texnologiyasi”ning yog’-moy mahsulotlari yo’nalishi
boyicha bakalavrlar tayyorlash namunaviy o’quv rejasi hamda “Yog‘lar va moyli
xom ashyolar kimyosi” o’quv dasturiga asoslanib ushbu darslik yaratildi.
Darslik to’rtta bobdan iborat bo’lib, birinchi bobida moyli urug’lar va
mevalarning morfologik va anatomik tavsifi, hujayralarning tuzilishi va
xususiyatlari, moy‘li urug’lar sifatini baholash va urug‘larning texnik-kimyoviy
tahlili, urug’ va moy hosil bo’lishiga tashqi muhitning ta’siri ta’riflangan.
Ikkinchi bobda lipidlarning
tarkibiy tuzilishi, yog’ kislotalarining
guruhlanishi, molekulyar strukturasi, fizik va kimyoviy xossalari, sintez usullari
yoritilgan.
Uchinchi bobda glitserin va glitseridlar haqida ma’lumot
berilgan -
glitserinning fizik va kimyoviy xossalari, sintez usullari, glitseridlarning
sinflanishi, fizik va kimyoviy xossalari izohlangan.
To'rtinchi bobda lipidlarning fizik- kimyoviy xossalari, yog’larning
buzilishi, yog’lar
tarkibidagi hamroh moddalar, ularning xossalari va ahamiyati
haqida ma’lumotlar berilgan, yog’larning tarkibi va sifatini tahlil qilish asoslari
bayon etilgan.
Darslikning kirish qismi, II va III boblari Buxoro
muhandislik-texnologiya
instituti “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi professori, t.f.d. I.B. Isabayev, I bobi
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi
dotsenti, t.f.n. F.U. Suvanova, IV bobi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
4
“Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi professori, t.f.d. Q.H.
Majidov tomonidan
tayyorlangan.
Darslik t.f.d. I.B. Isabayevning umumiy tahriri ostida yozilgan.
Hurmatli kitobxonlarning ushbu birinchi marta o’zbek tilida tayyorlangan
darslik boyicha fikr va mulohazalari hurmat va ehtirom bilan qabul qilinadi.