229
4.2. YOG’LARNING BUZILISHI
Normal texnologik
tartiblarga rioya qilgan holda, sifatli moyli xom
ashyolardan olinadigan yog'larning har biri o'ziga xos ta'm va hidga ega bo’lib,
uzoq vaqt saqlanishi davomida sifati o’zgarishi mumkin. Bunday o'zgarishlar,
odatda, ularning atsilgliserinlaridan yangi o'ziga xos moddalarning paydo bo'lishi
va ma'lum darajada tabiiy ta’m-maza, hid beruvchi moddalarning yo'qolishi
natijasida yuzaga keladi. Yog'larning bu kabi ta'mi va hidining o'zgarishlari
ba'zida iste'mol uchun yaroqsiz bo'lib qolishiga olib keladi. Ushbu hodisa iste’mol
yog'ining (yoki moyining) buzilishi deb ataladi. Oziqaviy buzilish odatda asta-
sekin rivojlanadi: dastlab tatib ko'rish paytida yog' tomoqda
tirnalish hissiyotini
keltirib chiqarishi mumkin, boshqa ba’zi hollarda - o'ziga xos “yonish” hissini.
Keyinchalik u yoki bu belgisi bilan xarakterlanadigan yoqimsiz ta'm paydo
bo'ladiki, bu ta’m yoqimsiz hid paydo bo’lishidan
biroz oldinroq his etila
boshlanadi.
Vaqt o'tishi bilan yog'ning buzilish intensivligi kuchayadi, zero uning ta'mi va
hidining nafaqat intensivligi, balki sifat jihatidan ham o'zgarishlari sodir bo’lishi
mumkin.
Oziqaviy yog' mahsulotlarining buzilishini organoleptik baholash juda
sub'ektivdir. Suyuq o'simlik moylarining oziqaviy buzilishini
tavsiflash uchun
ko'pincha “taxirlanish”, “moydan olif hidining kelishi” kabi atamalardan
foydalaniladi.
Sariyog' va margarin mahsulotlarining buzilishini sifat jihatidan
baholashda taxirlangan,
"metallik", baliq,
pishloq
ta’mli, qotgan
degan va boshqa
atamalar qo'llaniladi.
Adabiyotda yog'lar buzilishining bir necha asosiy
va keng tarqalgan turlari
ajratib ko'rsatilgan, ularda erkin yog 'kislotalari, peroksidlarning to'planishi,
shuningdek, taxirlanishi va qotib qolishiga qarab kimyoviy jihatdan ularni
nisbatan aniq aniqlash mumkin. Ushbu turdagi yog’larning buzilishi kimyoviy
tomondan ularda asosan ma'lum kimyoviy birikmalar
guruhiga kiruvchi
moddalarning to'planishi bilan tavsiflanadi.
Yog' buzilishining turi uning yog' kislotalari tarkibiga va saqlash
230
sharoitlariga bog'liq. Xuddi shu ikki holat yog' buzilishi rivojlanishining jadalligiga
va yog' buzilishining tezligiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Agar dioksidning
ta'siri ostida yog' buziladigan bo’lca, unda bu jarayonning tezligi yog'da
oksidlanishning tezlatgichlari yoki antioksidantlar mavjudligiga ham bog'liq
bo’ladi. Oksidlanish natijasida yog’larda kuzatiladigan o’zgarishlar, shu jumladan,
bunda ularning buzilishi (taxirlanishi) haqidagi ma’lumotlar 3.4.2.2. bo’limda
yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: