224
oksidlanganda 37,66 kdj yoki 9 kkal energiya ajraladi) bo`lib xizmat qiladi.
Lipidlarning bir sutkalik iste`mol normasi o`rtacha 90 – 100g ni tashkil etadi.
Lipidlarni kam iste`mol qilish yoki butunlay iste`mol
qilmaslik odam
organizmining immuniteti buzilishiga, asab tizimi (nerv sistemasi) faoliyati
buzilishiga va umrning qisharishiga sabab bo`ladi. Lekin lipidlarni me`yordan ortiq
iste`mol qilish ham haddan tashhari semirib ketishga,
yurak-tomir kasalliklariga
olib kelishi mumkin.
Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, oziqlanishda lipidlarning faqatgina miqdori
emas, balki kimyoviy tarkibi ham katta ahamiyatga ega, xususan ulardagi o`ta
to`yinmagan yog` kislotalari (linol C
18
2
, linolein C
18
3
va
araxidon C
20
4
) haqida
alohida to`xtalib o`tish lozim. Chunki bu yog` kislotalari essentsial (ya`ni almashib
bo`lmaydigan, organizmda sintez bo`lmaydigan) kislotalar hisoblanadi. Bu
kislotalar
odam
organizmidagi
hujayralar
membranasining
tuzilishida,
prostaglandinlar (hujayralardagi modda almashinuvini, qon bosimini va
trombotsitlar agregatsiyasini boshharuvchi murakkab organik birikmalar) sintezida,
organizmdagi ortiqcha xolesterinni chiharib tashlashda ishtirok etishadi.
Lekin bu
funktsiyalarning barchasini to`yinmagan yog` kislotalari faqatgina
tsis
-izomer
holatidagina bajara oladi. Shu sababli oziqlanishda ko`proq tabiiy o`simlik
moylarini qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Lekin, oziq-ovqat sanoatida ma`lum bir texnologik talablarga muvofiq qattiq
yog`larga bo`lgan ehtiyoj kundan-kunga o`sib borayotir (margarin, konditer
mahsulotlari ishlab chiharish uchun). Ammo, hayvon yog`lari
va boshqa tabiiy
qattiq yog`lar (kakos, pal’moyadro yog`lari) zahirasi (resurslari) kamligi tufayli,
hozirgi paytda suyuq o`simlik moylarini qayta ishlab (gidrogenlash va
pereeterifikatsiyalash usullari bilan) qattiq (ma`lum qattiqlikka, suyuqlanish
haroratiga ega bo`lgan) yog`lar olish texnologiyalari qo`llaniladi.
Gidrogenlashda to`yinmagan yog` kislotalari qoldiqlarining
katalizatorlar
ishtirokida vodorod bilan to`yinishi natijasida moyning yog` kislotalari tarkibi va
glitserid (TAG) tarkibi o`zgaradi. Bunda uning qattiqligi, suyuqlanish harorati,
225
plastikligi va boshqa fizik-kimyoviy xossalari o`zgaradi.
Bundan tashqari
gidrogenlashtirilgan yog`lar oksidlanish ta`siriga chidamli bo`ladi, tez buzilmaydi.
Qayta eterifikatsiyalashda (omuxtalashda) ma`lum katalizatorlar (natriy
metilat, natriy etilat, natriy oksidi) ta`sirida atsillarning joy almashinuvi natijasida
glitseridlarning tarkibi o`zgaradi va bu ham yog`larning fizik-kimyoviy
xossalarining o`zgarishiga olib keladi. Lekin bunda yog`larning yog`
kislotalari
tarkibi o`zgarmaydi. Shu bilan birga qayta eterifikatsiyalangan yog`larda
trans
-
izomerlar gidrogenlangan yog`lardagiga nisbatan ancha kam hosil bo`ladi yoki
hosil bo’lmaydi. Bu esa yog`larning oziqaviylik qiymatini belgilab beradi.
Yog`larni gidrogenlash, qayta eterifikatsiyalash va fraktsiyalarga ajratib
qo`llash ulardan oziq-ovqat sanoatida har xil tayyor mahsulotlar olish imkonini
yaratadi (konditer mahsulotlari, non mahsulotlari, margarin mahsulotlari va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: