222
IV bob. LIPIDLARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI
Kimyoviy tuzilishi bo’yicha turli-tuman bo’lgan
lipidlarni birta umumiy
xususiyat – gidrofoblik, ya’ni suvda erimaslik va organic erituvchilarda
eruvchanlik xususiyati birlashtiradi. Lipidlar fiziologik ahamiyati (struktura va
boshqaruv funktsiyalari), kimyoviy tuzilishining umumiyligi (lipidli
monomerlar
va ko’p komponentli lipidlar), sovunlanish xususiyati (sovunlanadigan va
sovunlanmaydigan), fizik-kimyoviy xossalari (neytral, amfifil va yog’da eruvchan
vitaminlar), biologik ahamiyati asosida sinflanadi.
Ko’pchilik lipidlar yuqori molekulyar yog’ kislotalari, spirtlar yoki
al’degidlarning hosilalaridir. Kimyoviy tarkibiga ko’ra
lipidlar bir necha sinfga
bo’linadi. Oddiy lipidlar yog’ kislotalari (yoki al’degidlar) va spirtlar qoldig’idan
tarkib topgan moddalardan iborat. Bularga yog’lar (triglitseridlar va boshqa tabiiy
glitseridlar), mum (yog’ kislotalari va yog’ spirtlari efirlari) va diol lipidlari (yog’
kislotalari va etilenglikol’ yoki boshqa ikki atomli spirtlar efirlari) kiradi.
Murakkab lipidlar ortofosfor kislotasining hosilalari (fosfolipidlar) hamda qand
qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan iborat.
Murakkab lipidlar
molekulalarida ko’p atomli spirtlar — glitserin (glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin
(sfingolipidlar) ham bo’ladi. Ko’pchilik lipidlar sirt faol moddalari hisoblanadi.
Organizmda lipidlar lipazalar ta’sirida fermentativ gidrolizga uchraydi. Bu
jarayonda ajralib chiqayotgan yog’ kislotalari adenozintrifosfat kislotalari — ATF
va koferment A bilan ta’sirlashib faollashadi, so’ngra oksidlanadi. Ko’pchilik
lipidlar hujayralarda oqsillar bilan kompleks murakkab moddalar (lipoproteidlar)
holida ham bo’ladi.
Lipidlarning deyarl 95% ni triglitseridlar (triatsilglitserinlar) ya’ni yog’lar
tashkil etadi. “Lipid” so’zining o’zi ham yunoncha “lipos”, ya'ni “yog’ ma’nosini
bildiradi
Yog`lar va moylar, ya’ni triglitseridlar tarkibida 300 dan ortiq karbon (yog`)
kislotalari aniqlangan. Lekin bu yog` kislotalarining ko`pchiligi juda kam
miqdorda yog` (yoki moy) tarkibida bo`ladi. Eng ko`p tarqalgan yog` kislotalari 12
223
tadan 18 tagacha uglerod atomiga ega bo`lib, juft sonli uglerod atomlaridan iborat
bo`lgan tarmoqlanmagan uglerod – uglerod zanjirlaridan iboratdir.
Deyarli barcha tabiiy moy va yog`lar tarkibiga stearin va pal’mitin
kislotalari
kiradi, indov (raps) moyi tarkibiga esa eruk kislotasi (C
22
1
) ham kiradi.
Eng keng
tarqalgan moylar tarkibiga 1-3 ta qo`shbog`li to`yinmagan yog` kislotalari – olein,
linol va linolein yog` kislotalari kiradi. 4 ta qo`shbog`li araxidon kislotasi esa
hayvonlar yog`ida uchraydi. Baliq va suv hayvonlari yog`ida 5-6 ta qo`shbog`li
yog` kislotalari borligi ham aniqlangan. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, deyarli
barcha tabiiy moy va yog`lar tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalari
tsis
–
konfiguratsiyali izomer holatida bo`ladi.
Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, tabiiy yog`lar asosan triglitseridlardan tashkil
topgan, bu triglitseridlar tarkibiga esa har xil to`yingan va to`yinmagan yog`
kislotalari qoldiqlari (atsillar) kiradi.
Tabiiy o`simlik moylarida triglitseridlarning sn-1 va sn-3 holatlarida asosan
to`yingan yog` kislotalari qoldiqlari, sn-2 holatida esa asosan to`yinmagan yog`
kislotalari qoldiqlari uchraydi. Hayvon yog`larining sn-1, sn-2 va sn-3
holati
tarkibi esa aksincha bo`ladi. sn-1, sn-2 va sn-3 holatlardagi atsillarning joylashuvi
tartibi glitseridlarning fizik – kimyoviy xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi.
Yog`li xom-ashyodan ajratib olingan moylar tarkibida glitseridlardan tashhari
hamroh yog`da eruvchan boshqa moddalar ham bo`ladi. Bu moddalar – steroidlar,
pigmentlar, yog`da eruvchan vitaminlar va boshqa birikmalardir. Bu hamroh
moddalar oziq-ovqat texnologiyasida katta rol’ o`ynaydi,
mahsulotlarning
oziqaviylik qiymatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Masalan, vitamin
Do'stlaringiz bilan baham: