12
o‘rganilmoqda. Bundan tashqari, zig’ir, bug’doy murtagi moyi, amarant
(gultojixo’roz) moyi kabi tarkibi o’ta to’yinmagan yog’ kislotalariga boy moylarni
an’anaviy moylar bilan qo’shib funktsional aralashmalar (kupajlar) yaratish va
ularni keng xalq iste’moli uchun ishlab chiqarish ustida izlanishlar olib
borilmoqda.
O‘simlik moyi,
shuningdek, kungaboqar, zig‘ir, jo‘xori, maxsar, kunjut,
xantal, soya, yeryong‘oq, zaytun, o‘rik, bodom danagi, uzum, pomidor
urug‘laridan olinadi.
Moyli ekinlar guruhini xilma-xil ekinlar tashkil qilgan. Bu ekinlar har xil
botanik oilalarga mansub bo’lib, morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq
qiladi. Moyining chiqishi, sifati, qo‘llanishi har xil bo‘ladi.
Ushbu ekinlarning urug‘i va mevasi tarkibida 20-60-% moy bo‘lib, oziq-
ovqatda,
konserva ishlab chiqarishda, qandolat va non mahsulotlari tayyorlashda
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, o‘simlik moyi margarin, sovun, lok, bo‘yoq, olif,
stearin, linoleum ishlab chiqarishda, tabobatda,
parfyumeriyada, teriga ishlov
berishda qo‘llaniladi. Ammo moyli ekinlarning ulushi har xil. Kungaboqar, soya,
indov moyli ekin sifatida keng tarqalgan, boshqa ekinlar kam tarqalgan: ularga
moyli zig‘ir, kunjut, maxsar, xantal, kanakunjut, moyli ko‘knor, yeryong‘oq,
krambe, perilla, lyallemansiya va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Moyli
ekinlarning
ahamiyati
ularning
moyidan
xalq
xo‘jaligida
foydalanishga bog‘liq. Moy ishlab chiqarilgandan keyin
qolgan kunjara va shrot
chorva mollariga yuqori to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Ayrim moyli ekinlar silos
tayyorlashda qo‘llaniladi.
Yer yuzida moyli ekinlar ko‘p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln ga dan
ortiqdir. Eng ko‘p tarqalgan ekinlar - soya (73,5 mln ga), kungaboqar (18,33 mln
ga) indov (22,25 mln ga), yeryong‘oq (21,78mln ga), moyli zig‘ir (7,5 mln ga),
kunjut (6,75 mln ga). Moyli ekinlar AQSH, Kanada, Hindiston,
Braziliya,
Argentina,
Xitoy,
Pokiston,
Rossiya,
Moldova,
Ukrainada
tarqalgan.
O‘zbekistonda moyli ekinlardan maxsar, kungaboqar, kunjut, yeryong‘oq, moyli
zig‘ir va soya ekilmoqda, qadimdan kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i,
paxta
13
chigiti, meva danaklaridan o‘simlik moyi olingan.
Ayrim o‘simlik moylari (kastor, zaytun, bodom va boshqalar) tibbiyot va
kosmetik preparatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Moyli urug‘lardan olinadigan oqsil moddalari odam va hayvon ozuqasining
biologik qiymatini oshiruvchi qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Moyli urug‘lar urug‘ va meva po‘stlari asosan tsellyulozadan tashkil
topganligi sababli spirt ishlab chiqaruvchi gidroliz zavodlariga xom ashyo bo‘lib
xizmat qiladi.
Moyli urug‘lar va ularni qayta ishlash mahsulotlari moylar va oqsillardan
tashqari bir qator biologik faol birikmalar bo‘lgan vitaminlar va provitaminlarga
ham boydir (tokoferollar,
steroidlar, karotinoidlar va boshqalar). Undan tashqari
moyli urug‘lar boshqa urug‘lardan xilma xil fosfolipid kompleksi hamda makro-
va ultramikroelementlar to’plamining miqdori bilan ajralib turadi.
Moyli urug‘larning kimyoviy tarkibi ularni sanoatda kompleks qo‘llash
imkoniyatini yaratadi. Moyli urug‘larni yig‘ib olish, qayta ishlash va saqlash
texnologiyalari, ular tarkibidagi barcha qimmatli moddalar to‘plamini tayyor
mahsulotlar tarkibida saqlab qolishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda jahon miqyosida ozuqa o‘simlik moyi sifatida 1-o‘rinda soya
moyi, 2-o‘rinda kungaboqar moyi, 3-o‘rinda pal’ma moylari, 4-o‘rinda indov moy
va keyingi o‘rinlarda chigit, zaytun, kunjut, maxsar va boshqa moylar
qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: