7
Lefevr yog`ga sulfat kislota bilan ishlov berib yog` kislotalari
olish mumkinligini
aniqladi. 1849 yilda A.Darbi eruk kislotasini ajratib oldi.
Yog`lar kimyosi sohasida P.Bertlo o`zining salmoqli hissasini qo`shdi. 1853
yilda u T.Peluza laboratoriyasida glitserin hamda stearin kislotasining murakkab
efirini sintez qildi va bu bilan tirik organizmlarda hosil bo`ladigan moddalarni ham
sintez qilish mumkinligini isbotladi. Mono- va diatsilglitserinlar sintezi,
shuningdek
tabiiy
efirlarning
asosan
har
xil
kislotali
atsilglitserinlar
aralashmasidan
tashkil
topganligining
isboti
ham
Bertlo
kashfiyotlari
jumlasidandir.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yog`-moy mahsulotlarini qayta
ishlash sohasida ancha amaliy natijalarga erishila boshlandi. Masalan: margarin va
linoleum ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Yog`lar kimyosi sohasidagi fundamental
tadqiqotlar taraqqiyoti esa bu paytga kelib birmuncha sekinlashdi.
Faqatgina XIX
asrning oxirida Qozon universiteti professori A.M.Zaytsev va uning shogirdlari
tadqiqotlari bu yo’nalishdagi izlanishlarni tezlashtirdi. Bu izlanishlar natijasida
to`yinmagan yog` kislotalarining izomerlari aniqlandi, to`yinmagan yog`
kislotalarining okisdlanishi, sulfat kislotasining yog` kislotalariga ta’siri va boshqa
ko`pgina reaktsiyalar o`rganildi. A.M.Zaytsevning shogirdi Xar’kov
texnologiya
institutining professori S.A.Fokin moylarning qurishi va termik ta’sir ostidagi ba’zi
o`zgarishlarini, shu jumladan bunday o`zgarishlarning katalizatorlar ishtirokida
amalga oshish jarayonlarini tadqiqot eta boshladi. Yog`lar gidrogenizatsiyasi
jarayonlarini o`rganib turib, u Qozon yog` zavodida ushbu jarayonni ishlab
chiqarish sharoitida amalga oshirdi.
XX asr boshlarida yog`lar kimyosi sohasidagi tadqiqotlar va izlanishlar yana
avj oldi. Maxsus ilmiy jurnallar ta’sis etila boshlandi. 30-yillarda ushbu mavzudagi
chop etiladigan materiallar soni yiliga 800 taga yetdi. Liverpul’
universiteti
professori T.P.Gildich va amerikalik doktor G.S.Djeymson yog`lar va yog`
kislotalari tadqiqoti rivojiga ulkan hissalarini qo`shibgina qolmay, balki bu sohada
yig`ilgan bilim va ma’lumotlarni umumlashtirib, tizimlashtirishdi.
Oxirgi yillarda texnika fanlari doktorlari, professorlar A.A.Zinovyev,
A.L.Markman, B.N.Tyutyunnikov, A.A.Shmidt, A.G.Sergeev va boshqalar yog`lar
kimyosi va texnologiyasi fani taraqqiyotiga salmoqli hissalarini qo`shishdi. Bu
sohalardagi tadqiqotlar asosan sobiq Butunittifoq (bugungi kunda Butunrossiya)
yog`lar ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari, Moskva oziq-ovqat sanoati
texnologiyasi instituti (bugungi kunda Moskva oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab
8
chiqarish Davlat Universiteti), Krasnodar, Xarkov, Toshkent politexnika institutlari
va
boshqa
tashkilotlarda
olib
borildi.
Hozirgi
kunda
bu
sohalarda
Respublikamizdagi ko`pgina ilmiy - tadqiqot institutlari va oliy o`quv yurtlari,
xususan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “O’simlik moddalari
kimyosi” ilmiy-tadqiqot instituti, “Oziq-ovqat loyiha”
ilmiy tekshirish instituti,
Toshkent kimyo texnologiya instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya
instituti va
boshqa muassasalarning ilmiy xodimlari tinmay izlanishlar olib borishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: