DORIVOR ROZMARIN (ROSMARINUS OFFICINALIS L) NING AHAMIYATI
Shodmonova Sarvinoz Safarqul qizi. Talaba.
Mamatkulova Iroda Ergashevna. Katta o’qituvchi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali
Email: sshodmonova7@gmail.com
Annotatsiya: Rozmarin (Rosmarinus officinalis l), oddiy bibariya nomi bilan mashhur bo’lgan bu giyohni xalq tabobati va tibbiyot sohalarida o’simlikning turli qisimlaridan foydalangan holda insonlarni qiynab kelayotgan bir nechta kasalliklarda qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi. Rozmarin (Rosmarinus officinalis l) o’simligini shifobaxsh va dorivorlik xususiyatlarini xalqimizga keng ma’noda tadbiq etishimiz zarur. Bunda tashqari bu o’simlik oziq-ovqat sanoatida xushboy ta’m beruvchi ziravor sifatida, parfyumeriyada esa kosmetik periparatlarga xushbo’y hid berish va bakeriya zamburug’lardan sifatli himoya qilishda keng qo’llaniladi.
Kalit so'zlar: ; Rosmarinus officinalis L.; rozmarin kislotasi; Rosemary ekstrakti; b-mirsen.
Rozmarin (Rosmarinus officinalis L.) xalq orasida bibariya nomi bilan mashhur boʻlib,labguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub ignasimon barglari boʻlgan xushboʻy oʻsimlik. Oʻrta dengiz havzasida 1-3 turi o’sadi. Doim yashil buta. Boʻyi 50-100 sm, bo’yi 50-100 sm, poyasi tik o’suvchi shoxlangan, yosh novdalari to’rt qirrali, ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bo’lib, tuproqqa 3-4 m gacha kirib boradi.Barglari cho‘ziq, to‘mtoq uchli bargning ostki qismi dag‘al tukchalar bilan qoplangan. Barglarning uzunligi 3,5-4 sm, eni 0,3sm. Bargi va to’pgulida efir moyi to’playdi. Gullari qisqa gulbandiga ega bo‘lib, gultojibarglari ko‘k – binafsha rangli, poyada 5 – 8 ta guli shingilcha, to‘p – to‘p bo‘lib joylashgan. Mevasi dumaloq-silliq jigarrang, yong’oq 1000 dona urug’ining vazni 1.2-1.4g [4]. Bargi va toʻpguli tarkibida parfyumeriya va tibbiyotda ishlatiladigan 1,5 — 2,5% (quruq moddaga nisbatan) efir moyi, 0,5% gacha rozmaritsin va boshqa alkaloidlar, ursol va rozmarin kislotalari bor.
Bu o’simlik asosan, Yevropa mamlakatlarida, shuningdek, Qrim va Kavkazda oʻstiriladi. Qalamchasidan, kamdankam urugʻidan koʻpaytiriladi. Ekilgandan keyin 2-3yildan boshlab bargi va toʻpguli yigʻib olinadi. Hosildorligi 40—120 s/ga. Rozmarin sug‘oriladigan bo‘z tuproqli yerlarda issiq va sovuqqa moslashuvchan hisoblanadi[4].
Efir moylari rozmarin o‘simligining hamma qismlarida (ayniqsa yosh poya va gullarida uning miqdori 1,2% gacha) saqlanadi. Efir moyi o‘z tarkibida 50% pinen, kamfen, sineol, barneol va kamfora saqlanganligi sababli ulardan parfyumeria sanoatida, dorivor va insektatsiya preparatlari tayyorlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |