187
Ba`zi bir metallar, masalan, rux, mis, nikel’, kobal’t kabilarning gidroksidlari
yoki sul’fatlari bilan glitserin glitserinatlar deb atalmish kompleks birikmalar hosil
qiladi.
Glitserin uch
atomli spirt sifatida mono-, di-, va triglitseridlar hosil qilishi
mumkin. Masalan, organik kislotalar bilan qizdirilganda ushbu turdagi glitserin
efirlari hosil bo`ladi.
Glitseringa vodorod xloridi ta`sirida xlorgidrinlar hosil bo`ladi:
CH
2
OH – CHOH – CH
2
OH + HCl
CH
2
OH – CHOH – CH
2
Cl +H
2
O
Xuddi shu yo`sinda bromgidrinlar hosil bo`ladi.
Fosfor kislotasi ta`sirida glitserin mono – va diefirlar hosil qilishi mumkin.
Ammo bu diefir turg`un emas va suv ta`sirida oson parchalanadi. Bunda
monoglitserid – glitserinfosfor kislotasi hosil bo`ladi:
OH
CH
OH
HOPO
C
OH
H
С
OH
OPO
CH
HOH
C
OH
H
С
2
2
|
2
|
2
2
|
2
|
- glitserinfosfor kislotasi
- glitserinfosfor kislotasi
Bu efirlar suvda yaxshi eruvchan bo`lib, kimyoviy jihatdan anchagina turg`un
birikmalardan
hisoblanadi.
Oddiy
sharoitlarda
ishqor
ishtirokida
ular
sovunlanmaydi.
Glitseringa azot kislotasi va nitratlar ta`sir etganda
nitro-aralashma - azot
kislotasining mono-, di- va triefirlari hosil bo`lishi mumkin. Ularni ba`zan
nitroglitserinlar deb ham noto`g`ri atashadi. Ulardan trinitroglitserin CH
2
ONO
2
–
CHONO
2
–CH
2
ONO
2
juda ham beqaror modda bo`lib, ozgina turtki yoki zarba
natijasida ham parchalanib, juda katta kuch bilan portlash xususiyatiga ega.
Trinitroglitserinning kizel’gur bilan aralashmasi kuchli portlovchi modda – dinamit
hosil qiladi.
188
Al’degidlar
bilan glitserin atsetallar, ketonlar bilan esa ketallar hosil qiladi.
Ketonlardan atseton–glitserin juda katta ahamiyatga egadir:
Atsetal’
Ketal’
Atseton – glitserin yog` kislotalarining
-monoglitseridlarini sintez qilishda
qo`llaniladi.
Spirtlar bilan glitserin oddiy efirlar hosil qiladi:
OH
CH
HOH
C
OR
H
С
2
|
2
|
O`yuvchi ishqorlar va ishqoriy metallarning oksidli birikmalari bilan
qizdirilganda poliglitserinlar deb ataluvchi oddiy efirlar hosil bo`ladi:
OH
CH
HOH
C
H
С
OH
CH
HOH
C
O
H
С
2
|
2
|
2
|
2
|
OH
CH
HOH
C
OH
H
С
O
CH
HOH
C
H
С
OH
CH
HOH
C
O
H
С
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
Diglitserin
Triglitserin
Olti va undan ortiq glitserin molekulalaridan tashkil
topgan poliglitserinlar
tsiklik tuzilishga ega bo`lishi mumkin.
Diglitserin glitseringa nisbatan kattaroq zichlikka ega va yuqoriroq haroratda
qaynaydi.
Havoning kislorodi kimyoviy toza glitseringa ta`sir qilmaydi. Glitserin faqat
katalizatorlar ishtirokidagina kislorod bilan oksidlanishi mumkin.
Suvsizlantiruvchi moddalar ishtirokida (masalan, NaHSO
4
) glitserin
qizdirilganda akrolein hosil bo`ladi. Bu reaktsiya bosqichma –
bosqich amalga
oshadi:
189
Akrolein juda harakatchan suyuqlik bo`lib, 52,4
0
C da qaynaydi. Uning
bug`lari organizmning shilliq pardalariga juda keskin ta`sir qiladi va shu sababli
organoleptik tarzda tez aniqlanishi mumkin. Havo bilan akrolein portlovchi
aralashmalar hosil qiladi.
Kontsentrlangan glitserin suvni juda keskin
yutish qobiliyati tufayli
mikroorganizmlar faoliyatini to`xtatadi. Ammo 20 – 25% gacha kontsentratsiyali
glitserin eritmalarida mikroorganizmlar yaxshi rivojlanadi va glitserinni yaxshi
bijg`itadi. Bunda trimetilenglikol’, akrolein,
butil spirti, sut kislotasi, uglerod
oksidi, vodorod va h. k. lar hosil bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: