I – mavzu. Sоtsiоlоgiya fаn sifatida rеjа



Download 1,17 Mb.
bet22/159
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#638988
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159
Bog'liq
Sotsiologiya M.matni 2014

Qisqacha xulosalar
Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytish mumkinki, sotsiologiya ijtimoiy birliklar, tashkilotlar, jarayonlar, munosabatlarning yuzaga kelishi, funktsionallashuvi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan sotsiologiyaning mazmuni ham yanada boyib, takomillashib boradi. YAngi mazmundagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy qilib borishi bilan sotsiologiyaning o’rganish ob`ekti o’zgarib, uning o’zi ham yanada rivojlanib boradi. SHunga asosan tadqiqot usullari ham mukammallashadi.
Sotsiologiya milliy mafkurani shakllantirish, yaratish jarayonida alohida o’rin tutadi. Eskirib qolgan dunyoqarash, eskicha moddiy va ma`naviy munosabatlar o’z o’rnini yangisiga osonlikcha bo’shatib bermaydi. Buning uchun ma`lum vaqt kerak. Sotsiologiya shu vaqt davomida ma`naviyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarni aniqlashga va ilmiy asosga ega bo’lgan tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Tаyanch ibоrаlаr
Empirik bilish, pоzitiv, оbstrаktsiya, оntоlоgiya, fundаmеntаl sоtsiоlоgiya, fеnоmеnоlоgiya, sоtsiоmеtriya.
II-mаvzu. SOTSIOLOGIYA STRUKTURASI
RЕJА
1.Sotsiologiyada struktura tushunchasi va uning ahamiyati.
2. Sotsioliyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari.
3. Fundamental sotsiologiya. Makrosotsialogiya va mikrosotsiyalogiya


II.1. Sotsiologiyada struktura tushunchasi va uning ahamiyati.
Struktura bu fandagi asosiy elementlar ularning joylashishi, munosabati va tartibidir. Struktura bevosita fanning rivojlanish darajasn va uning elementlariga bog‘liqdir. Fanning rivojlanib borishi davrida uniig elementlari bir tizimga ushlanib, bu sistema orqali esa bilimlarni tashkil qilish vositaligi ta'inlanadi. Buning natijasida esa nazarny, metodologik, metodik va boshqa elementlar o‘rganilayotgan voqelikni (reallikni) yaxlit ko‘rinishda aks ettiradilar. Fan bir tizim sifatida, qachonki umumiy asoslar, kategoriya va tushunchalarni ishlab chiqgandagina va bilishning har hil darajalari va shakllari orasida mantiqiy bog‘lanish bo`lsagina yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda fanning turli hil rivojlanish yunalishlari bilimning shakllangan tizimi bilan muvofiqlashadi. Agarda sotsiologiya haqida gapiradigan bulsak, u hali etuk birlashgan ilmiy tizimi sifatida shakllangani yo‘q yosh va rivojlanayotgan fan sifatida sotsiologiya har-hil ilmiy tizimlariing to`pllami sifatida kuzga tashlanyapdi.
Sotsiologiyaning strukturasini xar xil taxlil qilish mumkin. Ayniqsa, bu strukturani aniqlash nazariy sotsiologiya, metodologiya va empirik tadqiqotni ajratib olishlik bilan kupincha yuzaga keladi.
Lekin bu sotsiologiyaning komponentlarini ajratib olish umumiyroq ma'noga ega, natijada esa fanning murakkab va har hil ko`rinishga ega bo`lgan strukturasining mazmuni yoritilmaydi. Shuning uchun to`laroq va har tomonlama hususiyatga ega bo`lish bilangina sotsiologiya strukturasini ko`rsatib berish lozim. Sotsiologiya strukturasida fundamental va amaliy yo`nalishlarni, nazarny va empirik tadqiqotlarni, mahsus va tarmoq sohalarni ajratib ko`rsatish darkor. Ular bir-birlari bilan juda murakkab o‘zaro dialektik aloqadordirlar. Ayrim hollarda bir-birlariga qo‘shilib ketadilar, boshqa holatlarda esa bir-birlarini inkor qiladilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran bo‘lishligi uchun sotsiologiya strukturasini bu elementlarini alohida tahlil qilib chiqshga harakat qilamiz.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish