Iqtisod fanlari bilan bog`liqligi: Iqtisod fanlari bilan sotsiologiya ning dialektik aloqadorligi moddiy ne`matlarni ishlab shiqarish, taqsimot, ayriboshlas, iste`mol jarayonlarini o`rganishda ko`rinadi.Ayniqsa hozirda bozor munosabatlariga o`tish, mehnatga yangicha munosabat shakillanishi jarayonida uning ahamiyati juda katta. Iqtisod iyot sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi, kabi sotsiologiyaning macsus sohalari iqtisodiyotga bog`liq masalalarni o`rganadi va muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Shu jihatdan sotsiologiya iqtisod fanlari bilan, ularni o`rganish ob`ekiti bilan uzviy bog`liq. Iqtisodiy nazariyaning ilmiy g`oyalari yuqorida tilga olingan sotsiologiya sohalari ushun metodologik asos bo`lib xizmat qilsa , o`z navbatida shu sohalarda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari iqsod fanlarining rivojlanishiga, iqtisodiyot muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
Sotsiologiya fani revojlanishi umumiy va ijtimoiy psixologiya fanlari bilan ham yaqin hamkorlikda bo`lishni taqozo etadi. Zero, u yoki bu jamoadagi mehnat unumdorligini o`rganishni maqsad qilib sotsiologik tadqiqot o`tkazilayotganda shu jamo tarkibidagi individlarning hatti-harakatlari motivlarini aniqlash, ularning temperamentlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy xulosa qilishda, odamlar bilan jamoada muomala qilishni tashkil etish va ijtimoiy xulqni boshqarishda, albatta, ijtimoiy psixologiya qonuniyatlarini chetlab o`tish mumkin emas.
Sotsiologiya fanining huquqshunoslik va iqsod ilmi qonuniyatlarini chetlab,ilmiy faoliyat yoritishi ham maqsadga muvofiq emas.XIX asrda faoliyat yuritgan sotsiologiya ilmi asoschilarining deyarli barchasi ijtimoiy fanlarni chuqur o`zlashtirish va qator falsafiy-gumanitar asarlar yaratish asosida uangi tug`lajak sotsiologiya fani sarhadlarini belgilab berganlar.
Sotsiologiya va huquqshunoslik: Huquqiy fanlar sotsial va siyosiy qarorlarning huquqiy mexanizimini ishlab chiqish va yni amalga osirishni o`rganadi.Sotsial jamiyatdagi siyosiy xokimiyat , shaxslar ijtimoiy norma va munosabatlar hech qachon umummajburiy xarakter kasib eta olmaydi.
Sotsiologiya fani ayniqsa statistika fani bilan mustahkam ham yaqin aloqada rivojlanadi. Bu ikki fanning o’zaro aloqalari shu qadar yaqinki, sotsiologiyaning rivojlanishini statistik yondashuvlarsiz tasavvur qilish qiyin. Har bir sotsiolog muayan mavzuda sotsiologik tadqiqot o`tkazishni maqsad qilib qo`yar ekan,u albatta,shu sohadagi predmetning konkret xolati va ahvolini, real voqelik manzarasini statistika manbalaridangina topa oladi. Keng ko`lamdagi konkret sotsiologik tadqiqotlarning statistic idoralar xodimlari bilsn hamkorlikda o`tkazilishi ijobiy samaralar beradi.
Keyingi yillarda sotsiologiya fanida konkret sotsiologik tadqiqotlar amaliy natijalarining hayotga faolroq va ko`piroq tadbiq etila borishi uning axloq,estetika,medisina va pedagogika, rejalashtirish nazariyasi va boshqaruv singari fanlar bilan aloqasini yanada mustahkamlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |