Mamlakatimizni demokratik rivojlantirishning huquqiy asoslari takomillashmoqda



Download 46,5 Kb.
Sana13.02.2017
Hajmi46,5 Kb.
#2440

Mamlakatimizni demokratik rivojlantirishning huquqiy asoslari takomillashmoqda


Obod turmush tushunchasi azaldan, avvalambor, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, qut-baraka degan ma’noni anglatadi. Istiqlol yillarida bu tushunchalar yanada chuqur ma’no-mazmun bilan boyib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, biz uchun eng aziz hamda muqaddas bo‘lgan qadriyatlarni asrab-avaylashni ham o‘zida mujassam etmoqda.

2013-yil 14-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod turmush yili” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Davlat dasturining birinchi bo‘limida mamlakatimizda barqarorlik va osoyishtalik, xavfsizlik, fuqarolar va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, jamiyat farovonligini izchil yuksaltirish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Ularni amalga oshirish uchun milliy qonunchiligimizni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Bu borada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish, fuqarolik institutlarini yanada rivojlantirish, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirokiga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish, oila institutini mustahkamlash, mamlakatimizda butun jamiyat ishiga aylanishi lozim bo‘lgan ekologik ahvolni yanada yaxshilashga qaratilgan sakkizta qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish nazarda tutilgan.

Davlat dasturini amalga oshirish doirasida qabul qilinishi rejalashtirilgan aksariyat qonunlar loyihalari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan.

Yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” hamda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihalari shular jumlasidandir.

Xalqimizga xos yashash tarzi – mahalla kabi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning noyob tizimini mustahkamlash, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga mamlakatimizda istiqlol yillarida alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqimiz ma’naviyatini, uning milliy o‘zligini anglash tuyg‘usini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jamiyatimiz oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni amalga oshirishda mahallaning roli hamda o‘rni beqiyosdir.

Davlat dasturida ko‘zda tutilgan yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, mahallani aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimida uning funksiyalarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Shu maqsadda loyihada fuqarolar yig‘inlarining bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy yordamga muhtoj yolg‘iz qariyalar, pensioner hamda nogironlarni aniqlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni istagan shaxslarni o‘qitish bo‘yicha maslahat markazlarini tashkil etishga doir vakolatlarini kengaytirish masalalari batafsil tartibga solingan.

“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonun ham muhim ahamiyatga ega. Unga bunday saylovlar tizimini yanada takomillashtirish hamda demokratlashtirishga yo‘naltirilgan qator muhim normalarni kiritish taklif etilmoqda. Hujjatda fuqarolar yig‘ini raislari hamda maslahatchilari nomzodini ko‘rsatish va saylash masalalari batafsil belgilanadi.

Bularning barchasi, shubhasiz, hayotimizda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini yanada oshirish, fuqarolarning siyosiy hamda ijtimoiy faolligini yuksaltirish, mahalla va umuman, mamlakatimizda ro‘y berayotgan barcha voqealarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashiga ko‘maklashadi.

Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida davlatning ayrim vazifalari, shu jumladan, nazorat funksiyalari jamoat hamda nodavlat tashkilotlarga bosqichma-bosqich berilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga xizmat qiladi. Unda jamoatchilik nazoratining turlari, shakllari va sub’ektlari, predmeti, shuningdek, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari, jamotchilik nazoratini amalga oshirish asoslari, uning sub’ektlari, davlat organlari mansabdor shaxslari va boshqa xizmatchilarning huquq hamda majburiyatlari belgilanadi.

Bularning barchasi davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, fuqarolarning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini, davlat organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha ularning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal qilish, tegishli davlat dasturlarini amalga oshirish maqsadida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish ko‘zda tutilmoqda. Unda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik prinsiplari, shakllari va yo‘nalishlari, aholi bandligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, ta’lim, axborotlashtirish, sport va madaniyatni, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlarga oid siyosatni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilash, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish masalalarida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etish mexanizmlari ochib beriladi.

Bunday yangicha yondashuv mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining mas’uliyatini yanada oshiradi. Qonun loyihasida taklif etilayotgan ijtimoiy sheriklikda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirok etish mexanizmi biznesning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu qonunning qabul qilinishi joylarda va umuman, butun mamlakatimiz bo‘ylab rivojlanishga oid vazifalarni amalga oshirish uchun jamiyat resurslarini safarbar etish imkonini beradi. Ularning aniq yo‘naltirilgani va samaradorligini, shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirish borasida yangi imkoniyatlar ochadi.

O‘zbekistonda inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu sohada to‘qsondan ortiq boshqa qonunlar va ikki yuzta qonunosti hujjatlaridan iborat samarali qonunchilik bazasi shakllantirilgan. Fuqarolarning murojaat qilish huquqlari tegishli qonun bilan mustahkamlangan bo‘lib, mazkur hujjat ushbu murojaatlarning davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqish tartibini ham belgilaydi. Shu bilan birga, ayni paytgacha yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida alohida qonunning yo‘qligi ularni ko‘rib chiqishda turli yondashuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Bu borada Davlat dasturida ko‘zda tutilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Unda bunday murojaatlar, chunonchi, yuridik shaxslar murojaatlari bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ziddiyatlarni bartaraf etish hamda ushbu sohada tegishli javobgarlikni belgilashga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarini bitirgan hamda davlat grantlari asosida o‘qigan yoshlarning ishga joylashishida qo‘shimcha kafolatlar yaratish, shuningdek, xodimlarning huquqlarini samarali himoya qilish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish belgilangan. Unda ishga joylashtirish jarayoniga tijorat tashkilotlarini ham jalb etish ko‘zda tutilmoqda. Mazkur qonunning qabul qilinishi xodimlar va ish beruvchilar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoyalashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda oila institutini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oila institutini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi. Ayni paytda ushbu hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama etilmoqda.

Sudlarda ishlar har tomonlama ko‘rib chiqilishi va bunday masalalarni hal etish uchun huquqiy bilim zarurligi muhim ahamiyat kasb etishi inobatga olingan holda, farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatlarini sudlarga berish taklif etilmoqda.

Taklif etilayotgan yangilik bolalar va farzandlikka oluvchilar huquqlarini sudda himoya qilish, farzandlikka olish sir saqlanishiga rioya etish va ushbu sohadagi qonunchilik buzilishlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Ayni paytda ekologiya muammolari global xususiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda bunday masalalar davlat darajasida hal qilinmoqda. Bu borada “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi muhim qadam bo‘ladi. Ushbu hujjat ekologik nazoratni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish sohasida jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladi. Qonunda ekologik nazoratning 4 turi – davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat ekologik nazorati belgilangan. Bunda ilk bor nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jamoatchilik ekologik nazoratining sub’ektlari sifatida belgilash taklif etilmoqda.

Muxtasar aytganda, “Obod turmush yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan milliy qonunchiligimizni takomillashtirish Prezidentimiz rahnamoligida barcha sohalarda inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.



Manba: uza.uz
Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish