I – mavzu. Sоtsiоlоgiya fаn sifatida rеjа


III – mavzu. JАMIYAT VА IJTIMОIY TIZIM TUSHUNCHАLАRI



Download 1,17 Mb.
bet35/159
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#638988
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159
Bog'liq
Sotsiologiya M.matni 2014

III – mavzu. JАMIYAT VА IJTIMОIY TIZIM TUSHUNCHАLАRI
REJA:
I. Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi hamda Sharq mutafakkirlarining jamiyat to`g`risidagi qarashlari
II.Jamiyatning(yo`nalishlari) mеxanistik, organistik va boshqa tarzlarda ta'riflanishini
III. Hоzirgi kun jаmiyatining ko`rinishlаri va jamiyatning tuzilishi


III.1. Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi hamda Sharq mutafakkirlarining jamiyat to`g`risidagi qarashlari
Jamiyat – kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo’lib,
o’z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimiz sotsial tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funktsional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo’lakchalarning o’ziga xos tomonlarini, o’zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o’rganib, to’g’ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir.
Chunki o’z vaqtida keyingi oqibati o’ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Sotsiologiya tarixda jamiyat – o’z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birligina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Sotsiologiya jamiyat to’g’risidagi ta`limot bo’lib , ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funktsional qonuniyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni o’rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o’rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs kishilarning ijtimoiy xulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Jamiyat – bu kishilar birgalikdagi faoliyatining tashkiliy shakllari turli darajalaridan iboratdir. Bu faoliyat doirasida turli-tuman jamiyat va uning a`zolari, ularga mansub bo’lgan birliklarning har biri uchun umumiy bo’lgan ehtiyojlari qondiriladi. Aniqroq qilib aytganda, jamiyat – bu o’z-o’zicha etarlilik bo’lib, o’z a`zolari turmush sharoiti uchun barcha zarur jarayonlarni yo’lga qo’yadi, amalga oshiradi. Bu «o’z-o’zicha etarlilik»ni jamiyat bilan uning bir qismi bo’lgan siyosiy partiya nisbatini aniqlash misolida yaqqol ko’rish mumkin. Masalan, Xitoy Xalq Respublikasidagi hukumron partiyaning a`zolari soni allaqchon 100 million kishidan oshib ketgan. Lekin bu partiya jamiyat ichida mavjud. Umumiy soni mingdan ham ko’p bo’lmagan yovvoyilar qabilasi haqiqiy, to’laqonli jamiyat bo’la oladi. Gap shundaki, etnos tarixan birinchi o’z-o’zicha etarli ishtimoiy guruh bo’lgan. Etnos a`zolari birgalikdagi xatti-harakatlari bilan zarur hayot sharoitlarini yaratadilar.
So’z turkumlaridan ot bo’lgan «sotsium» va «jamiyat» so’zdaridan «sotsial» va «ijtimoiy» sifatlar yasaladi. Binobarin ularni sinonim sifatida ishlatish to’g’ri bo’lmaydi. Chunki bu tushunchalar anglatadigan ma`nolar, garchand yaqin bo’lsada, lekin aynan emas. «Sotsium» tushunchasi «jamiyat» tushunchasidan keng. «Jamiyat» tushunchasi «sotsium» ifodalaydigan voqelikni konkretlashtirib aks ettiradi, uning mavjudlik usulini ko’rsatadi. Yuqorida aytilganidek, «jamiyat» tushunchasida sotsiumni tashkil etgan birliklarning turli darajalardagi ifodasi aks etadi. Ushbu hol ot va sifat ko’rinishidagi «jamiyat», «ijtimoiy» so’zlarni aniq ishlatish, o’rnida qo’llash zarurligini ko’rsatadi.
«Jamoa» va «jamiyat» atamalari anglatgan ma`nolariga ko’ra yaqindir. Har ikki so’z arabcha «jam`a»dan yasalgan bo’lib, kishilarning turli darajada va maqomda olingan umumiyligini anglatadi. Agar «jamiyat» deyilganda keng ma`noda oldingi paragraflarda ko’rsatib o’tilganidek, kishilarning birgalikdagi manfaatlari va kelishuvi asosida, maqsadga muvofiq oqilona tashkil etilgan, birgalikdagi faoliyati ifodasi tushunilsa, «jamoa» tushunchasida umumiy kelib chiqish, til, taqdir va qarashlar bilan bog’liqlik o’z aksini topadi.16 Oila, xalq va hokazolar ayni shunday jamoalardir. Har qanday jamoa ham jamiyat bo’lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi. Ayniqsa, jamiyat murakkab jamoa bo’lib, o’z-o’zidan mavjudlik va rivojlanish xususiyatlariga egadir.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish