II.2. Jamiyatning(yo`nalishlari) mеxanistik, organistik va boshqa tarzlarda ta'riflanishi
Sotsiologiyada jamiyatning quyidagi yo’nalishlari mavjud;
1. Mexanistik. 2. Organistik. 3. Kulturologik
1. Jamiyatning mexanitsistik yo’nalishi XIX asrda vujudga keldi. Mexanitsistik yo’nalishda klassik mexanika konsepsiyasi, olamini mexanik talqin qilish, jamiyat rivojlanishi qonunlarini asosan fizik va mexanik qonuniyatlar asosida deb bilish bilan asoslanardi. Mexanitsizm tarafdorlari, masalan, T. Kern jamiyat strukturasini va undagi jarayonlarni noorganik olam bilan solishtirib, shuning asosida jamiyat qonunlarini yaratishga harakat qildilar. Tabiiy fanlarning rivojlanishi natijasida mexanitsizmda yangi «energetik va «termodinamik» degan terminlar paydo bo‘ldi. Mexanitsizm namoyondalari asosan aniqlikka rioya etishni o‘z vazifalari deb bilib, miqdor va statistik metodlarga suyanib jamiyat qonuniyatlarini belgiladilar namoyondalari V. F. Osgfald, Pareto, A. Barsela ve boshqalar.
2. Jamiyatnint organitsistik konsepsiyasi XIX asr oxiri XX asr boshlarida vujudga kela boshlagan. Bu ta'limotga ko‘ra jamiyatni organizm bilan aynan bir narsa deb qarash tashkil etadi. Jamiyatni unsurlarning agregati deb qarab, organizm, nisbiy avtonomiyalardan iborat bo‘lgan va yagona tomoyillarga asoslangan jamiyat dinamikasini yaratadi. Organitsistik jamiyat konsepsiyasining namoyondalari O. Kont, T. Spekser, Dyurkgeym va boshqalar ijtimoiy organizmni taraqqiyotining omili deb qaradilar.
3. Ijtimoiy axloq, normalari (Kulturologik yo`nalish - qadriyatlar madaniyatni vujudga kеltiradi, dеb talqin qiladi) va qadriyatlarning tarixiy murakkablashishi natijasida ushbu ijtimoiy sistema madaniyatni vujudga keltiradi. Madaniy-ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida insoniyat yaratgan va yaratayotgan, hamda jamiyat,taraqqiyotida tarixan erishilgan bosqichni xarakterlaydigan moddiy va ma'naviy qimmatdorliklar majmui. Moddiy madaniyat, texnika ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish jarayoni vujudga keltirilgan moddiy qimmatdorlik Ma'naviy madaniyat, fan, san'at va adabiyot, falsafa, maorif va boshqalar sohasida ma'naviy qimmatdorliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash va istemol qilish majmuasidir. Madaniyatni vujudga kelishini naturalistlar (tabiatshunos) insoniyatning tabiiy tabiatida deb bildilar. Boshqa bir sotsiologlar insoniyatning axloqiy taraqqiyotida, axloqiy tomonida bo‘ladi deydilar. Madaniyat tushunchasidan kelib chiqqan holda kulturologik jamiyatning vazifasi kollektivninqg maqsadli tuzilish darajasini qiyoslab, uning dinamikasini yaratish, «ijtimoiy» fakt ekanligini ko‘rsatishdan iboratdir «Kulturologik» jamiyat har qanday ijtimoiy faoliyatga asoslangan maqsadli komplekslarning aspektiga diqqat bilan qaraydi. Kulturologik jamiyatning funksiyasi o‘z aloqaloqadorlikni sistemali ravishda izohlab, sharhlab beradi .Kulturologik jamiyat to‘g‘risida M. Veber, Zimmel, F. Tenbruk V. Lipp, Y. Vays va boshqalar o‘z sotsiologik qarashlaridan fikrlar bildirganlar. Культурологик йўналиш (мактаби) - қадриятлар маданиятни вужудга келтиради, деб талқин қилади.
Do'stlaringiz bilan baham: |