I – mavzu. Sоtsiоlоgiya fаn sifatida rеjа



Download 1,17 Mb.
bet40/159
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#638988
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159
Bog'liq
Sotsiologiya M.matni 2014

Ijtimoiy munosabatlar - kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan o’zaro munosabatlar. Ular turli jamoalar, ijtimoiy guruhlar, sinflar va ularni tashkil qilgan kishilar o’rtasidagi munosabatlar bo’lib, ularni bir butun sotsial organizm qilib bog’laydi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan paydo bo’ladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning paydo bo’lishi jamiyat taraqqiyotida chorvachilik paydo bo’lishi, dehkonchilik, savdoning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Ijtimoiy munosabatlarning turlari: hamfikrlilik, kooperatsiya, konfliktlar, kurash, befarqlik, begonalashuv, krizis, kamsitish, tengsizlik. Ijtimoiy munosabatlar o’z mohiyatlari bilan jamiyat tarakqiyotiga ijobiy ham salbiy ta`sir etadi.
Ijobiy munosabatlar ta`siri: hamfikrlilik, kooperatsiya, kurash.
Salbiy ta`sirli munosabatlar: befarqlik, kamsitish, konfliktlar, begonalashuv, krizis, tengsizlik.
Jamiyatning «ijtimoiylik» sistemasi unsurlar uyushmasining sifatli munosabatlarini hodisalar va jarayonlarda aks ettiradi. «Ijtimoiylik» sistemasining asosiy18 unsurlarini ijtimoiy jamoalar tashkil etadi, ya'ni bular sinflar, millatlar, professional, demografik, xududiy va siyosiy guruhlardir. «Ijtimoiy» sistemasining elementini kishilar tashkil etadi. Bunda har xil ijtimoiy jamoalar birlashgan kishilar bir-birlari bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladilar. Ushbu aloqadorlik jarayonida kishilar ma'lum bir individga va ma'lum bir mehatga ta'sir o‘tkazadilar.
Jamiyat tushunchasi va jamiyat to‘g‘risidagi fikrlar
M.Vеbеr fikricha,jamiyat- sotsial, ya'ni boshqa insonlarga yo`naltirilgan harakatlar mahsuli bo`lgan insonlar munosabatidir.
T.Parsons fikricha esa,jamiyat qadriyatlar va mе'yorlar orqali tuziladigan munosabatlar tizimi.
K.Marks fikricha esa,jamiyat-insonlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo`luvchi munosabatlar majmuasidir.
Ingliz olimi G.Spеnsеr jamiyatni tirik biologik organizmga analogiya qiladi.Uning fikricha, o`xshashliklar quyidagilardan iborat:
1)Jamiyat tirik biologik organizm singari o`z mavjudligi jarayonida o`sadi va rivojlanadi;
2)biologik evolyutsiya jarayonida tirik organizm strukturasi rivojlangani singari jamiyat ham vaqt mobaynida strukturaviy o`zgarishlarga yuz tutadi;
3)biologik organizm kabi sotsial organizmda har bir a'zo o`z funktsiyasini bajaradi;
4)biologik organizmning biror a'zosi o`z funktsiyasini bajara olmasligi butun organizmga ta'sir qilganidеk,jamiyatning biror bo`g`ini faoliyatini olib bormasa,butun jamiyat krizisga uchrashi mumkin.
Ba'zan davlat va jamiyat tushunchalari bir ma'noda ishlatiladi.Lеkin ular o`rtasida muayyan farqlar mavjud.Jamiyat davlatga nisbatan kеngroq tushuncha hisoblanadi.Davlat taraqqiyotning mеhnat taqsimoti davrida vujudga kеlgan,jamiyat hayotini tartibga solish maqsadida paydo bo`lgan,ma'lum kishilardan tashkil topgan katta sotsial guruhdir.
K.Marks fikricha, davlat-ko`pchilikni ozchilikka bo`ysindiruvchi apparatdir.
Mamlakat-davlat suvеrеnitеtidan foydalanuvchi va hududiy chеgaralarga ega bo`lgan dunyoning bir qismi yoki hududi.
Davlat-ma'lum mamlakatning aniq siyosiy rеjimga asoslangan,boshqaruv bo`g`inlari va hukumat strukturasiga ega xokimiyat.
O. Kontning sotsiologik nazariyasida ham aks ettirilgan. O. Kont D. Yum, A. Smit, Russo, Sen-Simonlarning jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarini rivojlantirdi.O. Kont sotsiologiyasida psixologiya, siyosiy iqtisod, etika, falsafa tarixi fanlariniig tushuncha va metodologiyasi, sintezlashtiriladi. Jamiyat, oila, xalq, millat barcha insoniyatning axloqiy xissiyotlarini qamrab olgan axloqiy xissiyotning organik natijasi deyiladi. Jamiyat — o‘zaro munosabatda bo‘lgan «zarrachalar», «elementlar», «atomlar»ning avtomatik harakatda bo‘lgan mexanizmi deb qaraladi. Individ xatti-harakatlari va qiziqishlarini O. Kont abstraksiya deb hisoblaydi. Ijtimoiylikning ajralmas unsuri sifatida inson emas, oilani olib, oila jamiyatning ijtimoiy organizmini birligini tashkil etadi, deydi. Bu yerda kishilarning o‘zaro aloqadorligi («assotsiatsiya») emas, balki ajralmas birligi hukmronlik qiladi, deb o‘z fikrlarini Kont davom ettiradi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish