I – mavzu. Sоtsiоlоgiya fаn sifatida rеjа



Download 1,17 Mb.
bet34/159
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#638988
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159
Bog'liq
Sotsiologiya M.matni 2014

Tarmoq yo’nalishlari: shahar sotsiologiyasi, sanoat sotsiologiyasi, oila sotsiologiyasi va h.q. Tarmoq sotsiologiyasi amaliy tadqiqotlar uchun bazis bo’lib xizmat qiladi, chunki olingan ma`lumotlar asosida tashkilot, korxona, muassasa faoliyati takomillashadi. Tarmoq yo’nalishi rivoji fundamental sotsiologiya oldida jamiyat yaxlit tuzilishda turli xil ijtimoiy tizimlar roli, o’rni, o’zaro harakat turlari, taraqqiyot asoslari masalalarini qo’yadi.
O’rta asrlar davrida fundamental va amaliy fanlar bilan buyuk allomalarimiz bevosita shug’ullanishgan va quyidagi akademiya maktablarini barpo etishgan:
1) «Ma`mun akademiyasi» Abul Abbos ibn Ma`mun tomonidan X asr oxiri XI asr boshlarida tashkil topdi, Ibn Miskoviy, Abu Nasr Ibn Iroq kabi buyuk allomalar ta`lim olgan.
2) Samarqandda Ulug’bek astronomiyasi maktabi XV asrda tashkil tapgan.
3) Xorazm Ma`mun akademiyasini qayta tashkil etish to’g’risida 1997 yil 11 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinib qayta tiklandi. 2006 yil noyabrida Prezident Islom Karimov Xiva shahrida Ma`mun akademiyasining 1000 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda «Ilmu ma`rifat ziyosi hech qachon so’nmaydi» mavzuida nutq so’zladi.
1995 yilning aprel` oyida tashkil topgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasi hamda 1996 yilning may oyida tashkil etilgan Bank-moliya Akademiyasi hokimiyat va boshqaruv organlari xodimlarini, iqtisodiy tuzilmalar mutaxassislarini sifat jihatdan yangi darajada tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish bo’yicha bosh muassasalardir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasidagi jarayon kadrlarni siyosiy, madaniy, ma`naviy hamda kasb jihatdan tayyorlash majmuini o’z ichiga oladi. Akademik ta`lim tinglovchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, keng aql-zakovat, chuqur bilim va mulohaza, tashabbus, muammolarni hal etishga ijodiy yondashuv asosida hozirgi zamon tafakkurini shakllantirishga qaratilgandir.
1995 yil 3 oktyabrda Prezidentimiz Islom Karimov Davlat va jamiyat qurilish akademiyasining ochilishi marosimida so’zlagan nutqida ta`kidlaganidek, «Akademiya-bu oddiy o’quv yurti, kadrlar, hattoki, rahbar kadrlar tayyorlaydigan bilim dargohigina emas. U yangi tafakkur shakllanadigan, o’zimiz to’plagan va boshqa mamlakatlarda to’plangan ilg’or tajribalar o’rganiladigan, tahlil qilinadigan va tahsil beriladigan markaz bo’lib qolishi kerak» (Asarlar: T.4.-42-b.).
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1995 yil 2 noyabr kuni Raspublika bir guruh olimlari – mamlakat fanlar akademiyasi vakillari bilan uchrashuvda “Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo’lmaydi” xususidagi nutqida “Ayniqsa fundamental fanlarga alohida e`tibor berish kerak. CHunki fundamental fanlar taraqqiyot asosidir”, degan edi. Mustaqillikning 18 yili davomida davlatimiz asosan respublika uchun ustuvor ilmiy-texnik yo’nalishlari bo’yicha tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Buning uchun Fan va texnologiyalar markazida o’tkazilayotgan tanlovlar natijalariga ko’ra grantlarni amalga oshirish uchun etarli mablag’ ajratilmoqda. Iqtidorli yoshlarga nafaqat respublikada, balki rivojlangan xorijiy mamlakatlarda barcha sohalar bo’yicha o’z bilimi va tajribalarini oshirib borishlari uchun etarli shart-sharoit yaratib berilgan.
Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 21 iyuldagi «Fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora tadbirlari to’g’risidagi 337-son» va 2002 yil 4 martdagi «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi» 77-son Qarorlariga muvofiq Fan va texnologiyalar markaziga har yili ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o’quv yurtlarining yosh olimlarini malaka oshirish hamda ilmiy stajirovka o’tish uchun rivojlangan xorijiy davlatlarning ilmiy markazlariga va oliy o’quv yurtlariga yuborish vazifasi yuklatilgan.
O’zbekiston olimlari fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari sohasidagi 25 davlat ilmiy-texnika dasturi bo’yicha ishlar olib bormoqdalar.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish