Fanlar yana 2 turga bo’linadi.
1. Fundamental fanlar (tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuri taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini nazariy jihatdan o’rganuvchi fandir).
2. Amaliy fanlar (ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, erishilgan har bir natijasi ishlab chiqarishga bevosita tadbiq etilib boradigan fanlardir).
Fundamental fanlar amaliy fanlardan oldinroq harakatda bo’lib, ularga nazariy imkon yaratadi. Amaliy va fundamental fanlar borliqning turli sohalari qonuniyatlarini ishlab chiqarishga joriy etib, ijtimoiy- amaliy masalarni hal qilishga harakat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi FA olimlari ko’proq fundamental fanlar sohasida ilmiy izlanishlar olib borsalar, amaliy tadqiqot fanlari bilan esa ko’proq respublika oliy o’quv yurti ilmiy potentsialiga ega bo’lgan professor-o’qituvchi olimlar shug’ullanadilar. Respublikadagi iqtidorli olimlarning katta qismi oliy o’quv yurtlarida ishlaydilar. Oliy maktab ilmiy bo’limlarida respublika ilmiy potentsialining 60 foizidan ko’prog’ini tashkil etadi. Ular xalq xo’jaligiga mutaxassislar tayyorlash bilan birga ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borishadi.
“Bizning fundamental fanlar bilan shug’ulanadigan 40 ga yaqin ilmiy-tadqiqot muassasalarimiz bor”, degan edi Prezidentimiz Islom Karimov. 1995 yil 3 aprelda Vazirlar Maxkamasi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi to’g’risida”gi qarorini tasdiqladi. Bu Nizomga muvofiq 2000 yillargacha O’zFA haqiqiy a`zoligiga yoshi 65 dan oshmagan muxbir a`zolaridan va fan doktorlaridan saylandi. O’zFA muxbir a`zoligiga esa 60 yoshdan oshmagan fan doktorlari saylandi. Haqiqiy a`zolar va muxbir a`zolari 70 yoshga to’lganda, O’zFA haqiqiy a`zosini saylash uchun ko’shimcha o’rinlar ochildi. O’zbekiston FAning 118 a`zosi bor (2006). Akademiya muassasalarida 5300 ga yaqini ilmiy xodim, 360 fan doktori va 860 fan nomzodi ishlaydi (O’zME Davlat ilmiy nashriyoti, – T.12. 2006.-387-391-b. ). 2007 yilda O’zbekistonda 63 ta oliy o’quv yurti, shu jamladan 17 universitet, FA, IIA, QXA, MA, 120 dan ziyod ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikaning ilmiy tadqiqot majmui akademiya, oliy ta`lim va boshqa tarmoqlardagi 350 dan ortiq muassasani, jumladan, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlaridagi ilmiy tadqiqot bo’linmalari, loyha konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va tajriba korxonalari, axborot – hisoblash markazlarini o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda 34 mingdan ortiq ilmiy xodim fanning turli tarmoqlarida faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan 2,4 ming kishi fan doktori va 8,4 ming kishi fan nomzodidir (2006).
O’zbekiston o’zining milliy Fanlar akademiyasiga ega bo’lib, uning tarkibida ulkan ilmiy-texnik salohiyatga ega bo’lgan 43 ta akademik institut muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Tabiiy va aniq fanlarning yadro fizikasi, issiqlik fizikasi, astrofizika, geliomaterialshunoslik, biologiya, mikrobiologiya, kimyo va tabiiy birikmalar kimyosi, seysmologiya yo’nalishlarida va boshqa ko’plab sohalarda istiqbolli tadqiqotlar olib borlimoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |