I – mavzu. Sоtsiоlоgiya fаn sifatida rеjа


Sotsiologik tadqiqot ob`ekti deganda



Download 1,17 Mb.
bet141/159
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#638988
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159
Bog'liq
Sotsiologiya M.matni 2014

Sotsiologik tadqiqot ob`ekti deganda, sotsiologik yo’naltirilgan ijtimoiy hodisa, jarayon va tuzilmalar tushuniladi. Har qanday sotsiologik tadqiqot ob`ekti tizimli xususiyatiga, asosan vaqt, makoniy imkoniyat va miqdoriy o’lchov chegarasiga ega bo’ladi. Empirik sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy-uslubiy darajasida tadqiqot ob`ektini tanlash muhim ahamiyatga ega. Hal qilinishi zarur bo’lgan muammo xarakteri, uning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifasi tadqiqot ob`ektining qanday bo’lishligini belgilaydi. Agar tadqiqot ob`ekti unchalik katta bo’lmasa, sotsiologik jihatdan uni to’laligicha qamrab olish imkoniyati bo’lsa, bir butun holda tadqiqot ob`ekti qilib olinishi mumkin. Ba`zan esa murakkab sotsiologik tadqiqot olib borish yoki tadqiqot ob`ektini to’laligicha qamrab olish imkoniyati bo’lmaydi. Shuning uchun bunday vaziyatda tadqiqot ob`ektining nisbatan aniq chegarasi belgilab olinishi shart.
Ilmiy muammo ob`ektini sistemali tahlil etish tadqiqotchi uchun 3 faoliyat yo’nalishini ochib beradi. Ular:
1) Tadqiqot predmetini aniqlab olish.
2) Asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh berish.
3) Tadqiqot uchun ish gepotezasini yaratishdir.
Tadqiqot predmeti: Tadqiqot predmeti mavjud sotsiologik muammoning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bir xil muammoli holatda yagona empirik tadqiqot ob`ekti bo’yicha tadqiqot predmeti bo’ladigan bir necha yo’nalishlar bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot predmeti shakllanganda, mavjud muammoni echish yo’llari bo’yicha ilmiy faraz tuziladi, shu bilan birga, sotsiologik tadqiqot o’tkazish usullari va shakllariga ta`rif beriladi.
Empirik tadqiqotlar predmeti bu muayyan masala bo‘lib, ob'ektdan kelib chiqadi va tadqiqotda chegaralangandir.
Talabalar dindorligini o‘rganilayotganda predmet quydagicha qo‘yilgan: «Talabalar ongining tuzilmasi va rivojlanish tendensiyasi».
Bir ob'ektga bir nechta predmet to‘g‘ri kelishi mumkin. Har qaysisi turlicha shakllanishi va ob'ektni turli tomomlariga mos kelishi mumkin. Misolda predmet «ong tuzilmasi», «dindorlik tipi», dindorlikni talabalar xulq-atvoriga ta'siri va boshqalardir. Sotsiologiyaning metodika va texnikasi haqidagi ayrim adabiyotlarda ob'ekt bilan predmetning mos kelishi haqida so‘z yuritilgan. Bu noto‘g‘ri, chunki ob'ekt — bu haqiqiy mavjud bo‘lgan tuzilmalardir, predmet esa abstrakt qo’yilgan tadqiqot muammosidir.
Tadqiqot programmasini tuzishdagi keyingi qadam muammoni nazariy tahlili va asosiy tushunchalarni aniqlash.
Nazariy analiz o‘z ichiga definsiyalashni oladi, ya'ni ilm-fanda chiqilgan nazariy va metodologik nuqtai nazardan muammoni asosiy tushushchalarini aniqlash, nazariy asoslar bo‘lmaganda esa (bu juda kam uchraydigan hol) tadqiqotchi o‘z konsepsiyasini mustaqil yaratish kerak. Studentlar dindorligini o‘rganishda eng rivojlangan yo‘nalishlardan biri din sotsiologiyasiga va E.Dyurkgeym va Z.Freyd ta'limotiga asoslanishi kerak. Nazariy tahlilda muammo haqida barcha bilimlar mujassamlanadi, muammoning har tomonlama o‘rganilgan va o‘rganilmagan sohalari aniqlanadi, izlanayotgan jarayon mohiyati haqida konsepsiya yaratiladi asosiy tushunchalar tanlanadi va aniqlanadi. Shuni nazarda tutish kerak-ki tadqiqotlarni boshi ham natijalari ham tushushchalarga bog‘liq. Tushuncha bu shunday instrumentki, uning asosida nazariy va empirik ko‘rsatkichlar o‘zaro aloqada bo‘ladi. Dindorlikni nazariy tahlil qilganda shu ma'lum bo‘ladiki, e'tiqod dindorlikni markaziy tushunchasi bo‘lib u esa psixologik gnoseologik, etik, estetik ishonchni o‘z ichiga oladi va u qachon asosiy qadriyat bo‘lsagina, shunda ta'sir kuchiga ega bo‘ladi. Buning asosida kimni dindor deb hisoblash mumkinligi haqidagi konsepsiya vujudga keladi. Demak, kishi ongining qadiriyatlar tuzilmasi diniy bo‘lib, u e'tiqod bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday kishini dindor deb hisoblash mumkin. Bu misoldan dindorlik tilini aniqlash mumkin.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish