Shahrisabzning 2700 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘z,
2002-yil 1-noyabr
Jayhun sohilidagi gavhar
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun biz qoraqalpoq elining go„zal poytaxti, yurtimizning shimoliy darvozasi
bo„lmish Nukus shahrining 70 yillik to„yini bayram qilmoqdamiz.
Mana shu qutlug„ sana munosabati bilan siz, azizlarni, sizlarning siymongizda
butun Qoraqalpog„iston ahlini chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga
o„zimning hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.
Qadrli do„stlar!
Bugun biz navqiron Nukus shahrining katta to„yini nishonlar ekanmiz, bu shahar
timsolida Qoraqalpog„iston diyorida ro„y berayotgan yangilanishlar, iqtisodiyot va
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, odamlarning turmush tarzida sodir bo„layotgan
ijobiy o„zgarishlar haqida gapirishimiz tabiiy, albatta.
Bu o„zgarishlar, avvalambor, qoraqalpoq xalqining mashaqqatli mehnati va
g„ayrat-shijoati bilan erishilayotgan katta yutuqlarda, shahar va qishloqlar,
ovullarning tobora obod bo„lib, respublika ishlab chiqarish salohiyatining yuksalib
505
borayotganida, yangi-yangi inshootlarning ishga tushirilayotganida yaqqol namoyon
bo„ladi.
Bular qatorida mintaqamizda yagona bo„lgan Qo„ng„irot soda zavodi, Xo„jayli
shisha zavodi, «Markaziy Osiyo bezak toshlari» qo„shma korxonasi, Qo„ng„irotdagi
karbid, Nukusdagi marmar va kabel zavodlari, O„rga gaz koni, «Eltsks» va «Kateks»
kabi zamonaviy ishlab chiqarish majmualarini misol keltirish mumkin.
O„rni kelganda shuni ham aytish kerakki, O„zbekistonning, jumladan,
Qoraqalpog„istonning ham eng zaif nuqtasi – bu kommunikatsiya masalasi ekanini
men doimo ta‟kidlab kelaman. Ana shu o„ta muhim muammoni yechish bo„yicha
mamlakatimizda ko„p ishlar qilingani va qilinayotganidan sizlar yaxshi xabardorsiz.
Ayniqsa, 345 kilometrli Navoiy – Nukus temir yo„li, Nukus bilan Xo„jaylini
bog„laydigan ulkan ko„prik, Qo„ng„irot avtomobil yo„li kabi muhim strategik
inshootlar bu zamindagi behisob tabiiy zaxiralarni o„zlashtirishga, ulardan,
avvalambor, qoraqalpoq xalqining, butun yurtimizning farovonligi yo„lida
foydalanishga xizmat qiladi.
Ana shunday, odamlarning og„irini yengil qilishga qaratilgan ishlarimiz haqida
gapirganda, birinchi galda, aholini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‟minlash
masalasini alohida aytib o„tishimiz o„rinlidir.
Oxirgi yillar davomida foydalanishga topshirilgan 243 kilometr uzunlikdagi
Tuyamo„yin – Nukus, 112 kilometr uzunlikdagi Nukus – Taxtako„pir suv uzatish
tarmoqlari bu borada g„oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda murakkab ekologik hududlarda yashayotgan odamlarga zarur
sharoit yaratish maqsadida Chimboy va Taxtako„pir, Qo„ng„irot va Qanliko„l
tumanlarining olis qishloq va ovullariga, jami 390 ta aholi punktiga ichimlik suvi
yetkazib berish bo„yicha qilgan salmoqli ishlarimiz barchamizni quvontiradi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Albatta, qo„lga kiritgan bunday yutuqlarimiz, ulkan loyihalarni o„zlashtirish
yo„lida qilayotgan mehnatimiz va harakatlarimiz xalqimizning ertangi kunga
ishonchini yanada mustahkamlaydi va kuchimizga kuch, g„ayratimizga g„ayrat
qo„shadi.
Ayni paytda oldimizda hali-beri o„z yechimini kutayotgan, shu tuproqda
yashayotgan odamlarni qiynayotgan dolzarb muammolar ham borligini esdan
chiqarmasligimiz va bu masalalar doimo e‟tiborimiz markazida turishi zarurligini
anglab olishimiz darkor.
Shu o„rinda men, avvalo, barcha rahbarlarni – ular Toshkentda yoki Nukusda
bo„ladimi – ogohlantirib, alohida ta‟kidlab aytmoqchiman:
Katta-katta loyihalar ustida ishlash bilan birga, odamlarimizning kundalik hayotiy
muammolarini yechish, tashvishlarini yengillashtirish, ularga so„zda emas, amalda
g„amxo„rlik ko„rsatish, bu masalada loqaydlik va to„rachilik kabi noxush holatlarga
yo„l qo„ymaslik, bir so„z bilan aytganda, el-ulusning dardini o„z yuragi, o„z qalbidan
o„tkazib yashash va ishlashni bugungi kunda hayotning o„zi taqozo etmoqda.
Aziz do„stlar!
506
Qoraqalpoq deganda, bu zahmatkash xalqning o„ziga xos xususiyatlari, elni el,
yurtni yurt qiladigan fazilatlari haqida gapirganda, avvalo, bizning ko„z oldimizda
o„zining uzoq tarixi davomida ko„p azob-uqubat, qirg„in-qatag„onlarni boshidan ke-
chirgan, qancha-qancha og„ir yo„llarni bosib o„tgan, chidamli va bag„rikeng, mard va
matonatli bir xalq siymosi paydo bo„ladi.
Agar biz ona zaminga, Vatanga mehr va sadoqat haqida so„z yuritadigan bo„lsak,
birinchi galda, sahro quyoshi, garmsel va izg„irin shamollarida toblangan, og„ir tabiiy
sharoitda ham o„z yurtining tuprog„ini ko„ziga to„tiyo qilib, kelajakka ishonch bilan
yashayotgan qoraqalpoq eli haqida gapirishimiz ham qarz, ham farz deb bilaman.
Kimki bu jafokash xalqning beg„ubor qalbini, asriy orzu-armonlari, intilishlarini
bilmoqchi, anglab yetmoqchi bo„lsa, uning aql-zakovati bilan yaratilgan «Qirqqiz» va
«Shahriyor» kabi o„lmas dostonlarga, Kunxo„ja, Ajiniyoz va Berdax singari ulkan
shoirlarning ta‟sirchan asarlariga murojaat qilsa, o„ylaymanki, o„zi uchun ko„p-ko„p
ma‟no topadi.
Qoraqalpoq xalqi azaldan o„zining bilimga tashnaligi, san‟atga bo„lgan yuksak
muhabbati, o„z diyorining boshqalar anglab yetolmaydigan go„zalligi va jozibasini
kashf etishdek noyob iste‟dodi bilan barcha-barchani maftun etib keladi.
Shu borada birgina misol keltirmoqchiman. Kuni kecha mustaqilligimizning 12
yilligiga bag„ishlangan tantanali bayram tomoshasida Qoraqalpog„iston san‟at
ustalarining yorqin mahorati, ta‟sirchan kuy-qo„shiqlari shaxsan menga benihoya
manzur bo„ldi.
Agar shu tomosha yakuni bo„yicha qandaydir tanlov o„tkazilsa, boshqalar xafa
bo„lmasin-u, men hech ikkilanmasdan birinchi o„rinni qoraqalpoq san‟atkorlariga
bergan bo„lur edim.
Qoraqalpog„istonning ana shunday katta iqtisodiy, ilmiy va ma‟naviy salohiyatini
asrab-avaylab, uni yanada boyitishga munosib hissa qo„shib kelayotgan O„zbekiston
Qahramonlari Anisiya Saidova, Allaniyoz O„teniyozov, To„lepbergen Qaipbergenov,
ular qatorida Alimbay Mamutov, Tursunbay Yeshjanov, Sobir Kamolov, Ibrayim
Yusupov, Jo„ldasbek Quttimuradov, Muyassar Razzoqova, Kenesbay Serjanov,
Gulxaticha Ayimbetova, Eliza Aytniyazova kabi o„nlab ishlab chiqarish sohasi, ilm-
fan va madaniyat namoyandalarining nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz.
Muhtaram yurtdoshlarim!
Biz bugun betakror qiyofa kasb etib borayotgan ko„pmillatli Nukus shahrini yirik
sanoat, ilm-fan va madaniyat markazi, do„stlik va birodarlik shahri, deb ta‟riflaymiz.
Va albatta, bu ta‟riflarning barchasi mustahkam hayotiy asos va zaminga ega.
Buni hozirgi vaqtda Nukusda Fanlar akademiyasi va Badiiy akademiyaning
filiallari, Qoraqalpog„iston davlat universiteti, qator institutlar, qirqqa yaqin akademik
litsey, o„nlab kasb-hunar kollejlari, teatr va muzeylar xalqimizning ma‟naviy-ma‟rifiy
yuksalishi yo„lida xizmat qilayotgani ham tasdiqlaydi.
Butun xalqimiz singari qoraqalpoq eli ham nafaqat bugungi hayot, balki ertangi
kunimiz, istiqbol orzusi bilan, barchamizning tayanchimiz va suyanchimiz bo„lgan
jondan aziz farzandlarimizning taqdiri va kelajagini o„ylab yashamoqda.
507
Shu ma‟noda, Nukus shahrining o„ziga xos va o„ziga mos yana bir xususiyati
haqida gapirishni o„rinli, deb bilaman. Bugungi kunda shahar aholisining 65 foizini
25 yoshgacha bo„lgan yigit-qizlar tashkil etadi.
Bu yerda har o„n nafar fuqaroning biri, ta‟bir joiz bo„lsa, talaba bo„lib hayot
kechirmoqda. Va bunday holat bu navqiron shaharning kelajagidan, katta
imkoniyatlarga ega ekanidan dalolat beradi.
Shu zaminga xos, barchaning hayrat va hurmatini, zavqini uyg„otadigan yana bir
belgi – alomat borki, u ham bo„lsa, mana shunday og„ir va murakkab, har qanday
odam ham bardosh berolmaydigan bir sharoitda qoraqalpoq yoshlarining bilimga,
yetuk inson bo„lib voyaga yetishga qat‟iyat bilan intilayotgani, xalqaro fan
olimpiadalari va nufuzli jahon musobaqalarida qatnashib, yuksak marralarni egallab
kelayotganidir.
Istiqbolimiz timsollari bo„lgan Alisher Sanetullayev, Rustam Sultonov, Ruslan
Urgenchbayev kabi bilimdon yoshlarimiz, Anifa Ortiqova, Ziyoda Sharipova, Maxset
Utemuratov kabi iqtidorli san‟atkorlarimiz, Baurjon Kazdayev, Erkin Qutiboyev,
Bahrom Ermatov singari mard va jasur sportchilarimiz nafaqat qoraqalpoq eli, butun
O„zbekiston xalqining faxri va umidi, desak, aslo xato bo„lmaydi.
Qadrli do„stlar!
Men bugun sizlarning huzuringizga kelayotib, bayram arafasida Nukus shahrida
amalga oshirilgan yangi qurilish va obodonchilik ishlari bilan tanishdim. Shuni
mamnuniyat bilan aytishim lozimki, qoraqalpoq xalqining bunyodkorlik salohiyati
tobora ortib borayotganiga yana bir karra ishonch hosil qildim.
Ayniqsa, yangi qurilgan shinam turarjoy binolari, go„zal maydon va xiyobonlar,
teatr va muzey, sport majmualari, bozorlar, zamonaviy talablarga javob beradigan
aeroport, temir yo„l vokzali va boshqa qator inshootlar ko„zlarni quvontirib, shahar
chiroyiga chiroy qo„shib turibdi.
Fursatdan foydalanib, ana shu ezgu ishlarda faol qatnashgan qo„li gul
ustalarimizga, quruvchi va muhandislarga, loyihachi va pudratchi tashkilotlarning
ishchi-xizmatchilari, barcha mutaxassislariga o„z nomimdan, xalqimiz nomidan
chuqur minnatdorchilik izhor etaman.
Muhtaram vatandoshlar, qadrdonlarim, qoraqalpoq diyori, qoraqalpoq elini
ulug„laydigan alomat va xususiyatlar haqida ko„p gapirish mumkin.
Lekin bularning hammasini bir so„z bilan ifoda etadigan bo„lsak, qoraqalpoq
maqolida aytilganidek, xalqning baxt-u taxti – uning tug„ilib o„sgan yeridir, uning
jipsligi, ahilligi va og„iz birligidir.
Bugungi unutilmas lahzalarda siz, azizlarning ochiq chehrangizga boqib, avval
ham aytgan bir fikrimni yana takrorlamoqchiman: o„zimni nafaqat o„zbek, balki
qoraqalpoq xalqining ham farzandi, deb hisoblash menga har doim kuch-quvvat va
qanot bag„ishlaydi.
Shuning uchun men ushbu go„zal oqshomda katta quvonch va iftixor bilan:
– o„z elim – qoraqalpog„im omon bo„lsin, o„z qal‟am – Nukusim dunyo turguncha
tursin, deyman.
508
Ishonaman, qoraqalpoq diyorining kelajagi, albatta, yorug„ bo„ladi, qoraqalpoq eli
butun xalqimiz qatori o„z oldiga qo„ygan buyuk maqsadlarga, albatta, yetadi.
Hammangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayz-u baraka
yor bo„lsin!
Yaratganimizning o„zi barchamizni panohida asrasin!
Aziz do„stlar!
Endi menga sharafli bir vazifani bajarish uchun ijozat etgaysiz.
Xabaringiz bor, Nukus ahlining mamlakatimiz rivojiga qo„shayotgan katta
hissasini, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ko„plab sohalarida qo„lga kiritayotgan salmoqli
yutuqlarini, millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasidagi xizmatlarini inobatga
olib, hamda 70 yillik to„yi munosabati bilan Nukus shahri «Do„stlik» ordeni bilan
taqdirlandi.
Ushbu qutlug„ va hayajonli lahzalarda Vatanimizning ana shu yuksak mukofotini
siz, hurmatli, aziz yurtdoshlarimizga topshirish menga cheksiz quvonch bag„ishlaydi.
Bu yuksak mukofot barchangizga muborak bo„lsin, Nukusning shon-shuhrati
yanada ziyoda bo„lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |