8420 – “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalari
T/r
|
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog’lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
Amaldagi holat
|
1
|
Ustav kapitalining shakllanish jarayonida vujudga kelgan ijobiy kurs farqi hisobga olindi
|
Mol-mulkni hisobga oluvchi schyotlar
|
8420
|
2
|
Ustav kapitalining shakllanish jarayonida vujudga kelgan salbiy kurs farqini avvalgi shakllangan ijobiy kurs farqlari hisobidan qoplanishi
|
8420
|
4610
|
3
|
Ustav kapitalining shakllanish jarayonida vujudga kelgan salbiy kurs farqini avvalgi shakllangan ijobiy kurs farqlaridan oshgan qismining moliyaviy faoliyatdan zarar sifatida aks ettirilishi
|
9620
|
4610
|
Tavsiya etilayotgan holat
|
1
|
Ustav kapitalining shakllanish jarayonida vujudga kelgan ijobiy kurs farqi hisobga olindi
|
Mol-mulkni hisobga oluvchi schyotlar
|
8420
|
2
|
Ustav kapitalining shakllanish jarayonida vujudga kelgan salbiy kurs farqini avvalgi shakllangan ijobiy kurs farqlari hisobidan qoplanishi
|
8420
|
4610
|
3
|
Ustav kapitalining shakllanish jarayonida vujudga kelgan salbiy kurs farqini avvalgi shakllangan ijobiy kurs farqlaridan oshgan qismining taqsimlanmagan foyda hisobidan qoplanishi
|
8710
|
4610
|
Ustav kapitalini shakllantirish manbalari va xususiy kapital auditini o’tkazish uchun quyidagi xujjatlar talab etiladi: nizom, ta’sis shartnomalari, davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvoxnoma, davlat mulki sanalgan korxona va tashkilotlarning xususiylashtirilishi yoki aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilishi bilan bog’liq hujjatlar, aksiyadorlar yiqilishi bayonlari, aksiyalarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalari, aksiyalarga to’lov sifatida kiritilgan mulklarning baholanishi to’g’risidagi dalolatnomalar, kapital miqdori o’zgartirilgan bo’lsa kapital miqdorini o’zgartirilishi bilan aloqador bo’lgan hujjarlar, bosh kitob, aylanma vedemost, xususiy kapitalni hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan schyotlar registrlari.
Xususiy kapital auditini o’tkazish bosqichlari uchga bo’linadi:
Tanishuv bosqichi;
Asosiy bosqich;
Yakunlovchi bosqich.
Ustav kapitalini shakllantirish manbalari va xususiy kapital auditining asosiy vazifasi moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlashdan iboratdir. Tanishuv bosqichida auditor moliyaviy hisobotlarda taqdim etilgan quyidagi ma’lumotlarni o’rganib chiqishi talab etiladi, xususan:
Moliyaviy hisobotlarning 1-sonli shakli buxgalteriya balansining 410-satri “Ustav kapitali”, 420-satri “Qo’lshilgan kapital, 430-satri “Rezerv kapitali”, 450-satri “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”, 460-satri “Maqsadli tushumlar”, 470-satri “Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun zaxiralar” da keltirilgan qiymatlarning buxgalteriya hisobi tegishli schyotlari davr boshi va davr oxiriga bo’lgan qoldiqlari, aylanma vedemostlar hamda bosh kitob ma’lumotlari bilan muvofiqligi tekshirish;
Xususiy kapitalni hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi tegishli schyotlarining davr boshi va davr oxiriga bo’lgan qoldiqlari, aylanma vedemostlar hamda bosh kitob ma’lumotlarining kapital miqdorini o’zgartirish bilan bo’g’liq hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarga mosligini tekshirish.
Ta’sis hujjatlarining qonunchilik talablari doirasida tuzilganligini tekshirish ( -jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |