Birinchidan, yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov ob'ektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi.
Ikkinchidan, biz barcha yerlarni ikki toifaga, ya'ni qishloq xo'jaligi yerlari va qishloq xo'jaligiga kirmaydigan yerlarga ajratdik.
Qishloq xo'jaligi yerlari – bizning bebaho milliy boyligimiz, bu – oziq-ovqat xavfsizligining asosi, oddiy qishloq aholisining kundalik hayoti, degani. Shuning uchun ushbu yerlar ochiq tanlov asosida faqat ijaraga beriladi. Tanlov – har bir yer uchastkasi bo'yicha “bu yerni olishga kim eng ko'p haqli?” degan savolga adolatli javob topish uchun o'tkaziladi.
Bu tanlovda barcha – dehqon ham, fermer ham, agrofirma va klasterlar ham teng shartlarda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |