Hurmatli tadbirkorlar va uchrashuvimiz ishtirokchilari!



Download 32,43 Kb.
bet11/11
Sana18.02.2022
Hajmi32,43 Kb.
#452699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Prizedent nutqi

To'rtinchi yo'nalish. Biznes uchun zarur bo'lgan infratuzilma muammolarini 3 mingga yaqin tadbirkorlar ko'targan.

Masalan, Sirdaryoda “Gulistan Gold Yarn” korxonasi (Sherzod Toshpo'latov) uzoq muddatdan beri elektr tarmog'iga ulana olmagan. Vaholanki, ishlab chiqarish asbob-uskunalari va o'z hisobidan transformatorgacha olib kelgan. Unga ozgina yordam berilsa, korxona 600 ta yangi doimiy ish o'rni yaratishga tayyor.

Bunday mazmundagi murojaatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qashqadaryo, Jizzax, Farg'ona viloyatlaridan ko'plab kelib tushgan. Shuning uchun, birinchidan, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, qiymati 200 milliard so'mga teng loyihalar bo'yicha elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo'l infratuzilmasi bilan bog'liq masalalarni hal etish to'liq davlatning zimmasida bo'ladi. Bunday imtiyoz, hozirgi kungacha faqatgina 50 million dollardan oshadigan xorijiy investorlar loyihalariga qo'llanib kelinmoqda.

Ikkinchidan, kelgusi 2 yilda mamlakatimiz bo'yicha qo'shimcha 200 ta sanoat zonasi tashkil etiladi. Ularning har biriga kamida 15 ta korxonani joylashtirish mo'ljallanib, elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlariga ulanish va yo'l infratuzilmasini yaratish to'liq davlatning zimmasida bo'ladi. Ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda davlat byudjetidan 2 trillion so'm mablag' ajratiladi.

Bosh vazir o'rinbosarlari J.Qo'chqorov va S.Umurzoqov, viloyat hokimlari bilan birga, shu yil 1 noyabrga qadar sanoat zonalarining joylashuvi va aniq loyihalar bo'yicha takliflarini tayyorlasin.

Bunday chora-tadbirlar Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi hududiy sanoatdagi ulushi ancha past bo'lgan ayrim tumanlar uchun juda katta imkoniyat yaratadi.

Uchinchidan, elektr energiyasidagi uzilishlar ko'pchilik tadbirkorlarimizni bezovta qilayotgani ham ayni haqiqat.

Bu masala bo'yicha har bir tuman, shahar va mahalla kesimida alohida dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, joriy yil 1 noyabrgacha 4 mingta transformatorni almashtirish, 35 ta podstansiya, 15 ming kilometr elektr tarmoqlarini yangilash ishlari yakuniga yetkaziladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun joriy yilning o'zida ilk bor 3 trillion so'm mablag' ajratganmiz. Holbuki, oldingi yillarda bu ishlarning 10 foizi ham bo'lmagan.

Agar tahlil qilib ko'rsak, so'nggi 5 yilda elektr energiyasi iste'molchisi bo'lgan tadbirkorlar soni 25 foizga, ularning iste'mol hajmi 30 foizga oshgan. Shu bois elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish maqsadida tariximizda ilk bor bu sohaga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va xususiy biznes kirib keldi. Natijada shu yil yakuniga qadar to'liq xususiy investitsiyalar hisobidan umumiy quvvati 1 ming 800 megavatt bo'lgan 8 ta issiqlik va quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Energetika vazirligi kelgusi yillarda bu kabi loyihalarni keskin ko'paytirib, 2023 yilga qadar elektr energiyasi bo'yicha qo'shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini 4 ming 400 megavattga oshirishi shart.

To'rtinchidan, elektr tarmoqlariga ulanishdagi jarayonlarning murakkabligi, muddatlarning uzoqligi va xarajatlarning yuqoriligi tadbirkorlarning haqli e'tiroziga sabab bo'lmoqda. Masalan, iste'molchilarning 75 foizi 20 kilovattgacha quvvatli elektr ishlatadigan kichik sexlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hisoblanadi. Lekin ularga ham xuddi yirik korxonalar bilan bir xil talablar qo'yilgan.

Misol uchun, oddiy savdo do'konini elektr tarmog'iga ulash uchun 4 ta bosqichdan o'tish, 7 million so'm xarajat va bunga kamida bir oy vaqt talab etiladi.

Energetika vazirligi tomonidan kelgusi yil boshidan ushbu masalada yangi qulay tizim joriy etiladi. Bunda elektr tarmog'iga ulanish to'liq elektron platformaga o'tkaziladi va barcha jarayonlar bir bosqichga tushiriladi.

Tadbirkorlarni elektr tarmog'iga ulash muddati 20 kilovattgacha bo'lgan quvvatlar uchun – 10 kun, 50 kilovattli quvvatlar uchun esa 20 kun etib belgilanadi.

Agar elektr ta'minoti korxonasi ishlarni muddatida yakunlamasa, ular tadbirkorlarga kompensatsiya to'laydi. Bu ishlar Davlat xizmatlari markazlari orqali tashkil etilib, muntazam nazorat qilib boriladi.

Umuman, tadbirkorlarni kerakli hajmda energiya resurslari bilan ta'minlash mas'uliyati va javobgarligi Energetika vazirligi zimmasiga yuklanishini qonun bilan mustahkamlab qo'yamiz.

Beshinchi yo'nalish. Eksportyor korxonalarni qo'llab-quvvatlash, kichik biznesni eksport faoliyatiga keng jalb etish borasida ham boshlagan islohotlarimiz qat'iy davom ettiriladi.

Birinchidan, o'tgan yili pandemiya davrida to'qimachilik korxonalariga eksportdan valyuta tushumini kutmasdan, qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarib berish tartibi amalda o'z samarasini berdi.

O'tgan yili 482 ta korxonaga qariyb 2 trillion so'm qaytarilgan. Bu yangilik ham yangi tariximizda birinchi marta bo'lyapti. Joriy yil 1 oktyabrdan ushbu tartib barcha tarmoqlarning halol ishlaydigan va intizomli boshqa eksportyorlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ikkinchidan, ko'plab eksport qiluvchi korxonalarning asosiy muammolaridan biri, bu – aylanma mablag' yetishmasligidir.

Ushbu masalani 300 dan ziyod tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarida ham ko'rish mumkin. Shuning uchun o'tgan yili Eksportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etilib, eksport uchun 1 million dollargacha moliyalashtirish mexanizmlari yo'lga qo'yildi. Bu tizimdan 200 ta korxona unumli foydalanib, qo'shimcha 210 million dollarlik mahsulotlarini chetga eksport qildi. Endi bu imkoniyatlar yanada kengaytirilib, yiliga 20 million dollardan ortiq eksport qiluvchi korxonalarga 5 million dollargacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Uchinchidan, ko'plab tadbirkorlar yuqori sifat va nazorat tizimiga ega bo'lgan mamlakatlardan (Yevropa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi) sertifikatlangan asbob-uskuna va xomashyolarni olib kelganida, milliy sertifikat olish talabi mavjudligini e'tiroz sifatida qayd etishgan. Masalan, asbob-uskunalar va xomashyoga sertifikat olishda 2-3 million so'm xarajat, 5-10 kun muddat talab etiladi.

Shu bois Bosh vazir o'rinbosari S.Umurzoqov boshchiligidagi komissiya bir oy muddatda bunday davlatlar ro'yxatini shakllantirib, ularda sertifikat berilgan asbob-uskuna va xomashyolarga milliy sertifikat olish amaliyotini bekor qilish bo'yicha qaror loyihasini kiritsin.

To'rtinchidan, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish hamda tannarxni kamaytirish maqsadida bojxona bojlari 2 barobar pasaytirilganidan barchangiz xabardorsiz.

Shu bilan birga “Milk Euro Food” (Toshkent viloyati), “SDK Group And” (Andijon), “Wooll Teks Inter” (Toshkent shahri) kabi korxonalar tomonidan hozirgi kunda olib kelinayotgan xomashyo importi uchun boj stavkalari tayyor mahsulotga qaraganda yuqori ekani qayd etilgan. Ya'ni, ba'zi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishdan ko'ra, chetdan olib kelish tadbirkorga arzonroq bo'lmoqda.

Shuning uchun Bosh vazir o'rinbosari S.Umurzoqov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi bir oy muddatda xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import boji stavkalarini pasaytirish bo'yicha qaror loyihasini kiritsin.

Oltinchi yo'nalish. Mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo'lishi, yangi bozorlarga chiqishi, umuman, hududlararo savdo va kooperatsiya aloqalarini bog'lashda transport-logistika masalalari muhimligini sizlar hammadan yaxshi tushunasizlar.

Bu borada transport koridorlarini rivojlantirish, yuklarni bojxona orqali o'tkazishni soddalashtirish va raqamlashtirish, transport xarajatlarini qisman qoplash tizimini yo'lga qo'ydik. Bu tizim orqali, yil boshidan buyon 3 mingdan ziyod eksportyorlarga 200 milliard so'mlik moliyaviy yordam ko'rsatilgani tufayli qariyb 800 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Yil yakuniga qadar ushbu korxonalar tomonidan eksport hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo'yicha tizimli ishlarni izchil davom ettiramiz.

Buning uchun, birinchidan, yuk avtomobillarini olib kirishga 2 yil avval bojxona imtiyozlari berganimiz hisobidan avtotransportda tashish xizmatlari 2 barobar arzonlashdi, yuk hajmi esa, 1,5 marta oshdi. Lekin bu imtiyoz 4 oydan keyin tugaydi. Shu bois 40 dan ziyod tadbirkorlar ushbu bojxona imtiyozlarini uzaytirish bo'yicha o'z takliflarini bildirgan. Ayni shuni inobatga olib, imtiyozlarni yana 3 yilga uzaytirish bo'yicha kuni kecha yangi qarorni imzoladim.

Ikkinchidan, “Polvontosh” (Surxondaryo), “Afrosiyob Parranda” (Samarqand) korxonalari rahbarlari ichki va tashqi temir yo'l tariflari o'rtasida katta farq borligi, ya'ni xalqaro tashuvlar narxi ancha yuqori ekanini bildirganlar.

Shu bois Transport vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi bilan birga, ikki oy muddatda temir yo'l tariflarini qayta ko'rib chiqsin. Bunda tadbirkorlarga o'zimizda ishlab chiqarilmaydigan xomashyo importi uchun amaldagi tariflar kamida 25 foiz arzon bo'lishi kerak.

Shuningdek, Transport vazirligi kelgusi yil 1 yanvardan boshlab har bir xizmatning tannarxi va uning tarkibini keng jamoatchilikka e'lon qilib boradi.

Uchinchidan, temir yo'l sohasida kelgusi 5 yil uchun 7 mingdan ziyod yuk vagonlariga ehtiyoj mavjud. Bu muammoni davlat tomonidan emas, balki xuddi elektr energiyasi yoki sement ishlab chiqarishda bo'lganidek, faqat va faqat xususiy sektorni jalb etish orqali ijobiy hal qilish mumkin.

Shuning uchun kelgusi yilda o'z vagoni va konteyneriga ega bo'lgan xususiy logistika operatorlari faoliyati yo'lga qo'yiladi va tariflar ikkiga ajratiladi. Bunda davlat tomonidan faqatgina temir yo'l infratuzilmasi hamda lokomotiv xizmatlari tartibga solinadi, yuk vagonlari xizmati esa bozor tamoyillari asosida tashkil qilinadi. Shu sababli xususiy tadbirkorlarga temir yo'l vagonlarini olib kelishga berilgan imtiyozlar 2025 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.

Yettinchi yo'nalish. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish, xususiy mulk daxlsizligi borasidagi siyosatni qat'iy davom ettiramiz.

Avvalo, bugungi kunda, tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan subsidiyalar olish jarayoni o'ta murakkabligicha qolmoqda.

Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida 80 dan ortiq subsidiyalar joriy etildi. O'tgan davrda ularga 2,3 trillion so'm ajratildi. Lekin maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi, muqobil energetika, baliqchilik, parrandachilik, qorako'lchilik kabi 10 dan ziyod sohalarda subsidiyalar ishlamayapti.

Mazkur masala Farg'onadagi “Yulduzchalar ziyosi” xususiy bog'chasi rahbari Ziyoda Qosimova tomonidan ham ko'tarilgan. Bunga sabab – ushbu subsidiyalarni to'lash tartibi murakkab va raqamlashmagan. Tadbirkor subsidiyani olish uchun o'rtacha 5 ta hujjatni taqdim etishi, 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olishi zarur. Bunga kamida bir oy ketadi.

Bundan tashqari, 60 foiz chorvadorlar subsidiya olish jarayonini murakkab deb hisoblaydi. Shu bois kelgusi yil 1 yanvardan boshlab subsidiyalarni ajratish bo'yicha murojaatlar “yagona darcha” tamoyili asosida qabul qilinadi, bu jarayonda ishtirok etadigan davlat idoralari soni 2-3 barobar qisqartiriladi.

Ikkinchidan, o'tgan bir yilda tadbirkorlardan talab qilinadigan 400 dan ortiq litsenziya yoki ruxsatnomalardan 114 tasini bekor qildik. Shuningdek, litsenziya va ruxsatnoma talab etiladigan 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o'tkazildi. Hozir 30 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar “onlayn” tarzda berilmoqda.

Kelgusi yildan boshlab tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun barcha ruxsat etuvchi hujjatlar “onlayn” tarzda rasmiylashtiriladi. Joriy yil yakuniga qadar litsenziya yoki ruxsatnomalar soni yana kamida 30 foizga qisqartiriladi.

Uchinchidan, Sirdaryo viloyatidagi “Wang Da Group” qo'shma korxonasi rahbari Go'zal Tojimirzayeva va metallurgiya sohasidagi 30 dan ziyod boshqa tadbirkorlarimiz induksion pechlardan foydalanishga ruxsat berilishini so'raganlar. Ushbu murojaatlarni inobatga olib, shu yil 1 noyabrdan barcha texnik talablarga to'la javob beradigan, zamonaviy induksion pechlardan foydalanishga qo'yilgan cheklovlar bekor qilinadi. Bunda mahsulot sifatini ta'minlash, ishlab chiqarishning yagona standart va xavfsizlik talablariga to'la javob berishi kabi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi.

To'rtinchidan, tadbirkorlar faoliyatida o'tkaziladigan har qanday tekshirish, monitoring va nazorat tadbirlarida adolat mezonlari va qonun ustuvorligi ta'minlanishi shart. Buning uchun Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorning roziligi bilan barcha tekshirishlarda ishtirok etish va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini o'rnatish vakolati beriladi.

Beshinchidan, bugungi kunda mahalliy hokimliklar bino va inshootlarning buzilishi bo'yicha 349 nafar tadbirkordan 123 milliard so'm qarzdor.

Barcha viloyat hokimlarini ogohlantiraman: shu yil 1 sentyabrga qadar tadbirkorlar bilan barcha hisob-kitoblar yakuniga yetkazilishi, bir so'm ham qarzdorlik qolmasligi shart.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Sizlar bildirgan muammo va takliflar bo'yicha yuqorida qayd etilgan tashabbus va yechimlar yuzasidan qisqa muddatda tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Bugun men sizlarning ana shu masalalarga oid yana qanday fikr-mulohazalaringiz, qo'shimcha taklif va savollaringiz bo'lsa, eshitish va muhokama qilishga tayyorman.

Qadrli tadbirkor va ishbilarmonlar!

Biz yaqin yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirish bo'yicha oldimizga katta vazifalarni qo'ymoqdamiz. Ularni hal etishda ko'p millatli xalqimiz qatori, hech shubhasiz, mard va olijanob tadbirkorlarimizga tayanamiz.

Albatta, Yangi O'zbekistonni qurishdek buyuk tarixiy jarayonda siz, hurmatli tadbirkorlar zimmasida ham mas'uliyat va islohotlarimizga nisbatan daxldorlik tobora ortib bormoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.

Shu borada quyidagi masalalarni alohida ta'kidlab aytmoqchiman.

Birinchidan, biz hozirgi keskin raqobat davrida, kichik biznesga har tomonlama sharoit yaratish bilan birga o'rta va yirik biznesni yanada rivojlantirish tarafdorimiz.

Shu maqsadda tadbirkorlarimizga biznesni boshqarishdagi o'z bilim va ko'nikmalarini oshirishi, faoliyatiga innovatsiya va ilg'or texnologiyalarni keng joriy etishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga tayyormiz.

Ikkinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahsulot turini ko'paytirish va sifatini yaxshilash, mavjud quvvatlardan yanada samarali foydalanishimiz zarur.

Ayniqsa, mis va gaz-kimyo sanoatlari kabi, qishloq xo'jaligining oziq-ovqat, meva-sabzavot, baliqchilik, chorvachilik tarmoqlarida klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirish bo'yicha katta imkoniyat va resurslarimizni ishga solishimiz kerak.

Uchinchidan, ishlab chiqarishning barcha yo'nalishlari bo'yicha faollikni kuchaytirish, buning uchun import o'rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlarni ko'paytirish orqali, eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirishimiz lozim.

To'rtinchidan, zamonaviy xizmat turlarini ko'paytirish, “IT”, sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa yo'nalishlarda davlat xizmatlarini autsorsing asosida tashkil etishda ham xususiy sektor faol ishtirokchi va yetakchi bo'lishi shart.

Beshinchidan, biznes vakillari ham o'z kadrlari zamonaviy bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlari zarur.

Oliygohlarda o'qitilayotgan tadbirkorlik va biznesni boshqarish bo'yicha ta'lim yo'nalishlari, o'quv dasturlari va metodologiyasini, amaliyot bilan uyg'un bo'lgan zamonaviy yondashuvlar asosida chuqur qayta ko'rish talab etiladi.

El-yurtga tanilgan, tajribali tadbirkorlarimiz maktab, kasb markazlari, oliygohlarda motivatsiya va mahorat darslari o'tkazib borsalar, o'zlarining maktablarini, o'quv markazlari va bazalarini tashkil etsalar, maqsadga muvofiq bo'ladi. Misol uchun, aka-uka Hasan, Husan Mamasaidovlar bu borada ijobiy tajribaga ega. Buning uchun davlat tomonidan albatta subsidiya va boshqa yengilliklar beriladi. Shunda san'atkorlar, olimlar, sportchi va shifokorlar o'rtasida bo'lgani kabi tadbirkorlarimiz orasida ham yangi sulolalar shakllanadi.

Men yangi O'zbekistonda ana shunday ko'plab tadbirkorlar sulolalari paydo bo'lishiga albatta ishonaman va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyorman.

Oltinchidan, halol tadbirkor, intizomli soliq to'lovchilar safini kengaytirish dolzarb vazifa bo'lib, bu – yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashning eng maqbul yo'lidir.

Joriy yildan boshlab, ish o'rni yaratishda, innovatsiyalarni tatbiq etishda, soliqlarni o'z vaqtida to'lashda, eksport qilishda, yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchamizga namuna bo'ladigan biznes vakillari haqida har yili “Yilning ilg'or tadbirkorlari” kitobi chop etib boriladi. Bunday tadbirkorlarimizni munosib taqdirlash va rag'batlantirish uchun alohida davlat mukofotlarini ham ta'sis etamiz. Bundan buyon tadbirkorlarning o'z orden va medallari ham bo'ladi.

Aziz vatandoshlar, biznes hamjamiyati vakillari!

O'ylaymanki, bugungi ochiq muloqotimiz barchamiz uchun juda foydali bo'ldi.

Qanchadan-qancha masala va muammolarni samarali hal etish bo'yicha sizlar bilan amaliy yechimlarni topdik. Eng muhimi, o'rtamizdagi o'zaro ishonch va hurmat yanada mustahkamlandi. Sizlar ko'targan dolzarb masalalar, ularni hal qilish bo'yicha berilgan aniq takliflardan ko'rinib turibdiki, tadbirkorlarimizning bilim va saviyasi keskin o'sgan, dunyoqarashi o'zgargan, ish uslubi va innovatsion yondashuvlari bugun mutlaqo boshqacha.

Men bundan juda ham mamnun bo'ldim.

Bugungi tajribamizdan kelib chiqib, ushbu uchrashuvlarni har yili tashkil etsak, buni yaxshi bir an'anaga aylantirsak, sizlarga ma'qulmi?

Shu munosabat bilan bugungi sanani, ya'ni 20 avgustni mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e'lon qilib, uni har yili yurtimizda keng nishonlasak, bu tashabbusga nima deysizlar?

Ushbu taklifni qo'llab-quvvatlaganlaringiz uchun sizlarga katta rahmat!

Endi har yili aynan shu kuni Prezidentning biznes va ishbilarmon doiralar vakillari bilan ochiq muloqoti o'tkaziladi. Bir yillik ishlarimiz natijalari sarhisob qilinib, eng ilg'or biznes vakillari aynan shu kuni davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Ishonchim komil, bugun boshlangan yangi an'anamiz tadbirkorlik sohasida yil davomida ishlaydigan samarali tizimga aylanadi. Bunga Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalari, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman va joylarda hokimlar mas'ul bo'ladi. Shuningdek, yangi tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligi tadbirkor va investorlarni qiynayotgan muammolarni, yuqorida nomlari qayd etilgan idoralar bilan birga tizimlashtiradi va ularni hal etish uchun aniq takliflar ishlab chiqib, Hukumat va Prezidentga kiritib boradi.

Bosh vazir o'rinbosarlari, vazirlik va idora rahbarlari, hokimlar har hafta o'zlari mas'ul bo'lgan hududlarga chiqib, avvaldan e'lon qilingan grafiklar asosida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning muammo va masalalarni yechishga ko'maklashadi.

Takror va takror aytaman, ishning ko'zini biladigan, odamlarga mehnat qilish va daromad topish uchun sharoit yaratadigan, vatanparvar hamda fidoyi tadbirkorlarni biz doimo boshimizga ko'taramiz.

Prezidentning talabi va boshlagan islohotlarimizning asl ma'no-mazmuni ham aynan shundan iborat.

Barchamiz ana shu talab asosida ishlasak, mehnat qilsak, albatta mamlakatimizda tadbirkorlik rivoji mutlaqo yangi bosqichga ko'tariladi.

Men bunga ishonaman va barchangizni shu yo'lda o'zaro birlashish va hamjihatlikda harakat qilishga chaqiraman.

Aziz yurtdoshlarim!



Fursatdan foydalanib, Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik qutlug' bayrami bilan sizlarni chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilayman.

Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lidagi ezgu va xayrli ishlaringizda, sizga hamisha omad va zafar yor bo'lsin!
Download 32,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish