Qadrli tadbirkor do'stlarim!
Biz doimo izlanib, yangilikka intilib yashaydigan tadbirkorlarimizni, o'z ishiga fidoyi va jonkuyar, vatanparvar insonlar deb bilamiz va ularni qadrlaymiz.
Ayniqsa, murakkab pandemiya davridagi sinov va qiyinchiliklar paytida ham xalqimizga madadkor bo'lib, o'z biznesini nafaqat saqlab qolgan, balki yangi ish o'rinlarini yaratib, muhtojlarga ko'mak berayotgan hamda ishlab chiqarish va eksportni oshirgan tadbirkor do'stlarimga bugun chin qalbimdan rahmatlar aytaman.
Ana shunday faol va fidoyi tadbirkorlarning 100 nafariga, chuqur minnatdorchilik ramzi sifatida, birinchi marta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan minnatdorchilik xatini imzoladim.
Ana shu tadbirkorlarimizning 50 nafari shu zalda, yana 50 nafari esa hududiy studiyalarda qatnashmoqdalar.
Fursatdan foydalanib, shunday e'tirofga sazovor bo'lgan fidoyi, vatanparvar, saxovatpesha va g'ayrat-shijoatli tadbirkor va ishbilarmonlarga yana bir bor chuqur tashakkur bildiraman va sizlarning safingiz butun mamlakatimiz bo'ylab kun sayin kengayib borishiga astoydil ishonaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |