Hunar haqidagi qarashlari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana30.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#596284
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
2-topic

4) iqtidor. 
Boshqacha aytganda, naslu nasabi toza, tajribali odam vazir bo‘lib, u podshoga sadoqat 
bilan xizmat qilsa, mamlakat osoyishtaligi, obodonchiligi uchun kurashsa, bunday odamga 
ishonilgan, uning obro‘-e’tibori ko‘tarilib, muxtor vakolatlari kengaytarilgan. (Ammo, Temur 
vazirlari yana takrorlaymiz xalifalar davri vazirlariday sohib ixtiyor bo‘lmaganlar, keng 
doiradagi siyosatga aralashgan emaslar). 
Amir Temur shundan so‘ng rahbarda bo‘lishi lozim bo‘lgan 12 asosiy qat’iyat haqida fikr 
bildiradi. Uning ta’kidlashicha, qaysi rahbar bu xususiyatlarga ega bo‘lmas ekan, u rahbarlikdan 
bebahra qoladi.
1.
Rahbarning o‘z so‘zi bo‘lmog‘i kerak. Bunga hech kim aralashmasligi, rahbar ham 
boshqa birovning gapi yoki ishiga ergashib ketmasligi shart. YA’ni, rahbarlik ikki yoki undan 
ortiq kishilar sherikchiligidagi ishga aylanib ketmasligi yoxud qo‘l ostidagilar rahbardan 
ustunlikka ega bo‘lib qolmasligi zarur. 
2.
Rahbarning muhim ishlarni maslahatlashadigan yaqin kishilari bo‘lmog‘i kerak. 
Chunki yaxshi ishlarga undovchi maslahatdan zarar ko‘rilmaydi, yomon ish zararini qoplab 
bo‘lmaydi. 
3.
Shaxsan rahbar buyruq, farmoyish, ko‘rsatma berishi shart. har qanday masala 
muhokama, munozaraga tashlansada, yakuniy hukm, qaror rahbar tomonidan e’lon qilinishi, 
rahbar so‘nggi so‘zni aytishi kerak. E’lon qilingan buyruq qayta muhokama qilinmasligi lozim.
4.
Rahbar bo‘luvchi shaxs o‘z qarorida qat’iy bo‘lmog‘i kerak. Biror ishni boshlagach, uni 
tugal yakunlashga erishmaguncha to‘xtatmasligi, bu yo‘lda har qanday qat’iy harakatdan voz 
kechmasligi, ikkilanishga aslo yo‘l qo‘ymasligi lozim. 
5.
Rahbar hukmi ijro etilishi shart. hukmning qanday bo‘lishidan qat’i nazar, uni biror-bir 
kishi tomonidan to‘xtalishi, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Topshiriqning 
aynan bajarilishini nazorat qilish unga qo‘shimcha qilinishi yoki nimadir ochib tashlanishiga, 
rahbar nomidan o‘zga shaxslar tomonidan boshqa ishlarning amalga oshirilishiga yo‘l 
qo‘yilmasligi lozim. 
6.
Rahbar bo‘luvchi shaxs qo‘l ostidagilarga topshirilgan vazifalarining natijasini shaxsan 
o‘zi nazorat qilishi kerak, buni o‘z nomidan o‘zgalarga yuklamasligi lozim. 
7.
Rahbar o‘ziga berilgan ma’lumotlarning kerak-keraksizini ajrata olishi lozim. 
8.
Boshqaruv ishida rahbar ikki tarmoqqa — tartibni saqlash organlari, qozilar ishi va xalq 
ehtiyojlariga asosiy diqqat e’tiborini qaratmog‘i lozim. Mazkur tarmoqlar xususida xalqning 


fikri, arz-dodlarini shaxsan eshitib turmog‘i va ko‘riladigan choralar masalasida shoshmasdan 
mulohaza bilan ish yuritmog‘i kerak. 
9.
Rahbarning siyosati jiddiy, so‘zi va hukmi salobatli bo‘lmog‘i kerak. Bunday fazilatlar 
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Fikrlaridagi mantiqiylik va siyosatdagi qat’iylik fuzalo va xodimlarda 
uning hukmiga nisbatan hurmatni vujudga keltirib, qarshiliklarning oldini oladi. 
10.
Rahbar o‘z lavozimida erkin bo‘lishi zarur. Agar qandaydir tazyiq, majburiyat 
yoki mutelikda ish yuritsa, o‘sha rahbar ishida rivoj bo‘lmaydi. CHunki erksizlik tufayli rahbar, 
avvalo, o‘z ishiga ko‘ngilsiz bo‘ladi, ikkinchidan, tazyiq, buyruqlar ostida ish qilayotgani uchun 
boshqa vazifalar haqida o‘ylamaydi, uchinchidan undagi manfaat doirasi barham topadi. 
11.
Rahbar odamlarni moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, ma’naviy jihatdan 
kamsitmasligi, ayni vaqtda hech kimga o‘z nomidan qaror chiqarish huquqini bermasligi lozim. 
12.
Rahbar o‘z maslahatchilaridan ogoh bo‘lishi, ularning orada bo‘lib o‘tgan gap-
so‘zlarni ommaga yoyishiga yo‘l qo‘ymasligi, kimdan qanday maslahat olishni bilishi, ayni 
vaqtda, bu maslahatni beruvchiga oldindan uzoq tayyorlanishga imkon bermasligi zarur. Rahbar 
faoliyatiga qarshi fitnalar rahbarning beparvoligiga sabab bo‘ladi.
3
Ushbu o‘n ikki mezon Amir Temur davlatida amaldorlarga, rahbarlarga, hamda 
nomzodlarga nizom sifatida ma’lum bo‘lgan. Bu nizomlarda belgilab qo‘yilgan qonun-qoidalar 
butun mamlakatga ma’lum qilingan, ulardan barcha fuqarolar ogoh bo‘lganlar. SHu tufayli 
boshqaruv tizimida bilimli, aql-idrokli, tadbirkor va tajribali odamlar joy olishga muyassar 
bo‘lganlar.
Yaxshi vazir, uzoqni ko‘zlab ish tuta oladigan, har qanday nizoni, mushkul ishni ham 
muloyimlik bilan osoyishta hal qila oladigan, tuhmat-g‘aybatlardan uzoq yuradigan odamdir. 
Amir Temur ta’kidlaydi: “Qaysi vazir g‘iybat gaplarni aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, 
o‘ziga yoqmagan kishilarni yo‘qotishning payiga tushsa, uni vazirliqdan tushirish lozim”, “Qaysi 
vazir soflik, to‘g‘rilik bilan vazirlik ishiga kirishib, davlatning moliya va mulkiya ishlarini 
diyonat, savob bilan nafsi buzuklik qilmay, omonatga xiyonat etmay bajarar ekan, unday vazirni 
eng oliy martabalarga etkazsinlar. Qaysi vazir buzuklik qilib, yomonlik yo‘li bilan mamlakat 
ishlarini yurgizar ekan, ko‘p o‘tmay, unday salatanatdan xayru barakat ko‘tariladi”.
4
Amir Temur davlatni idora qilish ishlarini quyidagi qoidalar bo‘yicha belgilab beradi: 
1.
Har erda va xar vaqt islom dinini quvvatlab, Muhammad mustafoning shariatiga 
dunyoda rivoj berish; 
2.
o‘n ikki tabaqa va toifadagi kishilar bilan ish ko‘rib, davlat saltanat ustunlarini 
o‘shalar bilan mustaxkamlash; 
3.
maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va xushyorlik – ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rib, 
do‘stu – dushman bilan murosayu madora qilish
4.
davlat ishlarini saltanat qonun – qoidalariga asoslangan holda boshqarish; 
5.
amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar bilan mukofotlab, xushnud etish; 
6.
adolat va insof bilan ish yuritish; 
7.
ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, xabarchilarning izzatu – hurmatlarini 
joyiga qo‘yish; 
8.
azmu jazm bilan ish tutib, boshlagan ishni oxiriga etkazish; 
9.
raiyat ahvolidan ogoh bo‘lish, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida 
ko‘rish; 
10.
turku, tojik, arabu ajamning turli toifa va qabilalaridan bo‘lgan kishilarni teng ko‘rib 
ularning hurmatini joyiga qo‘yish; 
11.
farzandlar, qarindoshlar, oshna – og‘ayni, qo‘shnilar va do‘stlarni unutmaslik, xolidan 
xabar olish 
3
Темур тузуклари. –Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – 74 б. 
4
Ўша манба– Б. 75-76. 


12.
do‘stu dushmanligiga qaramay, har joyda sipohiylarni hurmat qilish asosida amalga 
oshirilganligini aytib, har bir davlat arbobiga o‘z saltanatini ana shu qoidalar asosida 
boshqarishni maslahat beradi.
5
Jinoyatni aniqlash, jazoni belgilash ishlari qozilar, muftiy, muxtasiblar zimmasiga 
yuklangan bo‘lib, ular sohibqiron oldida qonun va uning ijrosi uchun mas’ul edilar. Amir Temur 
davlatning qonun – qoidalarini aholiga tushuntirish uchun har bir shaharga olimlar va 
muddarislarni tayin qilgan. Ular huquqiy bilimlarni xalq orasida targ‘ib qilib, aholida qonunga 
itoatkorlik hissini tarbiyalaganlar. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish