Hunar haqidagi qarashlari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana30.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#596284
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
2-topic

Mir Alisher Navoiy
. U o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, davlat arbobi, 
hayotini insonlarning baxt – saodati uchun bag‘ishlagan buyuk siymodir. U 1472 yilda vazir 
lavozimiga tayinlanib, “Amiri Kabir” - “Ulug‘ Amir” unvoni bilan davlat ishlarini boshqargan. 
Uning “Saddi Iskandariy” dostonidagi bosh qahramon shoh Iskandar hayotning, adolat uchun 
kurashning shu zarur temir qonuniga, qoidasiga qattiq rioya etishni, undan o‘rnak olishni 
uqtiradi: 
 
Yana bo‘ldi Doro bilan hamnabard, 
Ki badxoxdin ko‘kka tegurdi gard.
6
 
Yoki 
Kerak shoh adolat shior aylagay, 
Ki zulm ahlini xoksor aylagay
7

Bu qoidaga rioya qilishni Hazrat Navoiy o‘zining shaxsiy, siyosiy tajribalarida, faoliyatida 
ham amalga oshirgandirki, bu haqda tarixiy manbalarda ko‘plab ma’lumotlarni uchratish mumkin: 
u davlat bilan xalq orasida tamomila boshqacha munosabat o‘rnatmoqchi bo‘ladi. Bu masala 
haqida so‘zlashdan avval davlat nimaning natijasi o‘laroq shakllanishi, davlatning mavjud 
bo‘lishining zaruriyati nimaga bog‘liq ekanligi haqida allomaning fikrlarini izohlash 
maqsadga muvofiq.
Bu borada Navoiy aytadiki, insonlar paydo bo‘ldilar, ular turli atvorga ega bo‘ldilar, 
ularning tushunchalari har xil bo‘lib hayot masalalariga, manfaatiga, xaqiqatga har xil ko‘z 
bilan qaray boshladilar, birlar och ko‘z, tama’gar, tekinxo‘r, o‘zgalarning hisobiga yashashga 
intiluvchi, o‘g‘ri va hokazo bo‘ldilar, boshqalari haqiqatga to‘g‘ri qaradilar, insoniy vijdonga ega 
bo‘ldilar, uning qoidalariga, tartiblariga rioya qiladigan bo‘ldilar va ikki xillik, ziddiyat rivojlandi, 
keskinlashdi. 
Shunday qilib, insonlar orasida nizo, dushmanlik maydonga keldi, tartibsizlik o‘rin oldi, 
“jahon ichra g‘avg‘o” tushdi. Mana shularning natijasi o‘laroq davlat,
 
shoxlar va hokazo idora 
etuvchilar maydonga keldiki, ularning vazifasi mana shu ijtimoiy tartibsizliklarni tartibga solish 
edi
2
. Bu holat so‘ngra kuchayadi, jamiyatdagi insonlar orasidagi bu fojia keyin chuqurlashadi. 
“Saddi-Iskandariy” dagi “Yuqoriroq mastur bo‘lg‘on va ilgariroq mazkur bo‘lg‘on 
dastur...” bobini ko‘rib o‘taylik. Bunda Alisher Navoiy adolatli shohning qanday bo‘lishligi, 
qanday sifatlarga, maqsadlarga ega bo‘lishligi, xalqqa nisbatan qanday munosabatda bo‘lishligi va 
ideal shohning adolat prinsiplari asosiga qurilgan usul idoraning faoliyat natijasida mamlakatda, 
xalq hayotida qanday holat yaralishi haqida so‘zlaydi. Allomaning bu fikridan ularni amalga 
oshirilishi, tantanasi – insonlar, xalq va davlat orasida uyg‘unlikka erishish, falokatlar tug‘diruvchi 
nizolarning yo‘qolishi demakdir. Buning natijasida, sarafroz shoh, Navoiy iborasi bilan 
aytganda, “xalqdin beniyoz” bo‘ladi, xalq ham o‘z navbatida shohdin beniyoz bo‘ladi; insonlar 
xushbaxtlikda, osudalikda yashay beradilar. 
5
Темур тузуклари. –Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б. 53-56.
6
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 
2011. – 668 б. 
7
Ўша асар: - 840 б.


Bunday muhit, bunday holat hokim bo‘lgan jamiyat shuning uchun ham kuchli va 
mahkamlanib boradiki, u erdagi qonunlar, tartiblar, vaziyat o‘sha erdagi insonlarning, o‘sha 
jamiyat a’zolarining manfaatlariga to‘g‘ri bo‘lib bu odatlar bora-bora o‘sha insonlarning tabiatiga 
aylanadilar. 
SHunday xayoliy jamiyat haqidaga orzu va ideal tasvirini Hazrat Navoiyning boshqa 
asarlarida ham uchrab turadi. CHunonchi:
Shunday olam istagimki, ahli olam bo‘lmasin,— 
Undayu ham olam ahli zulmidan g‘am bo‘lmasin. 
Unda na kunduzda mazlumlar ko‘zida seli qatl, 
Hech g‘aribning kiymishi tunlarda motam bo‘lmasin.
1
 
Alisher Navoiy bunday xayoliy, jamiyat g‘oyasi bilan yurakdan shod edi, u bu shirin 
xayoldan huzurlanar edi. Lekin shu bilan birlikda bu orzu, xayol uning qalbini tirnar, unga azob 
berar edi. Bu o‘sha vaqtlardagi hokim sharoitlarda qonuniy narsa edi. Lekin shunga qaramasdan 
Navoiy kelajakda bu “muammo”ning hal bo‘lishiga,— orzuning ushalishiga va idealning amalga 
oshishiga ishonar edi. 
Navoiy fikricha, podshoh xalqning ham odil otasi, ham sodiq o‘g‘lidir. U xalqini, 
uning molini, mulkini, baxtini, osudaligini daxlsiz narsa deb saqlaydi, ularni bo‘rilardan 
qo‘riydigan posbon bo‘ladi. Podshoh mamlakatning, xalq bog‘larining g‘amxo‘r bog‘bonidir. 
U, o‘zining butun xarakatlarida ilmu adolat prinsiplariga asoslanadi, shularning tantanasini 
tamin etish uchun intiladi, u o‘zining butun harakatlarida birinchi navbatda xalqning 
manfaatlarini ko‘zlashlikni nazarda tutadi. 
Podshoh davlatni, hokimiyatni o‘ziiing shaxsiy nafslarini, xirslarini ta’min etish vositasi 
deb tushunmaydi. Davlatga, xokimiyatga u, xalq muassasasi, mamlakat korgohi, o‘ziga esa, uni 
idora etish uchun shu xalq tarafidan qo‘yilgan rahbar, boshqaruvchi sifatida qaraydi. Demak, 
podshoh davlatga, hokimiyatga o‘zining xususiy mulki deb qaramasdan, uni mamlakatda adolat, 
tinchlik o‘rnatish, saqlash, xalqning istaklarini, orzularini amalga oshirish quroli deb tushunadi.
Podshoh, uning rahbarligidagi davlat mamlakatda adolat o‘rnatishga, xalq orasida 
maorifni yoyishga, ilm, madaniyat nurlari bilan mamlakatni, xalq hayotini yoritishga intiladi, 
zulmat va jaholatni yo‘qotish yo‘lida urinadi. 
Navoiy podshohlarga, umuman hokimlarga shunday yo‘l-yo‘riq va maslahatlar beradi, 
ularga shunday dasturini tuzib beradi: 
Xaloyiqqa ko‘rma, qilib benavo 
O‘zinga ravo ko‘rmaganni ravo!.. 
Yoki 
Qozi daf’ig‘a solibon elga ranj, 
G‘alatdur tama’ aylamoq molu ganj...
8

Navoiy podshoh bilan xalq orasida mana shunday birlikning bo‘lishini orzu qildi, ularning 
orasida mana shunday hamdamlik va munosabatni istadi. Hazrat podshohning yaxshi yoki 
yomonligini ko‘p jihatdan xalqning “qo‘li” va “Ko‘zi” bilan o‘lchaydi, shohning yaxshi yo 
yomonligini uning xalqqa, xalqning manfaatlariga munosabatiga ko‘ra belgilaydi. SHuningdek, 
alloma mamlakatning, jamiyatning yaxshilanishida, hokimlarning aqlli, insofli, tadbirli, odil 
bo‘lishida, mamlakatning gullashida, xalqning xushbaxt bo‘lishida olim hamda ilmlarning 
rolini, ahamiyatini juda yuksaklikka ko‘taradi va aytadiki, agar hokimlar haqiqiy hayotiy fanlar 
bilan shug‘ullansalar, qurollansalar yaxshini yomondan ajrata oladilar, zararlilarni bilib ularni 
yo‘qotadilar, ularning o‘rniga xalq uchun, mamlakat uchun, davlat uchun foydalilarni 
o‘rnatadilar, yomonga yo‘l qo‘ymaydilar, yaxshini hurmatlaydilar.
1
Шоир Васфий таржимаси. (девони “Фоний”дан). 
8
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 
2011. 839-841-бетлар.


Alisher Navoiy axloqiy fazilatlarning qarama – qarshisi bo‘lgan tuban illatlar – 
munofiqlik, yolg‘onchilik, sotqinlik, ochko‘zlik, xudbinlik kabilarni qoralaydi. Chunonchi, 
“Yolg‘onchi - kishi emas, yolg‘on aytmoq mardlar ishi emas. Yolg‘on so‘z deguvchini beobro‘ 
qilar, chunki u gavharni oddiy toshdek xor qilar”
9
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, buyuk mutafakkir allomalarimiz 
merosidavlat xizmatidagi xodimlarni komillik sari etaklovchi mayoq bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish