Nizomulmulk
asar davomida turli-tuman ishlar va amaldorlar nazorati haqida, tartib-
intizomni saqlash qoida va amallari to‘g‘risida fikrlar bildiradi. Turli ishlar va kishilarni nazorat
qilib turish tartibi ham turlicha bo‘ladi. Rahbar bulardan xabardor bo‘lishi lozim. CHunki sohalar
va amaldorlar xususiyatlari bir xil bo‘lmaganidek, ularning natijalari va oxir oqibatida
rag‘batlantirilishi yoki jazolanishi ham bir xil bo‘lmaydi. SHuningdek, nazoratga e’tiborsiz
rahbar bo‘la olmaydi. Nazoratni “... ezmalik, nafrat, hasad, g‘azab, hirs-shahvat, yomon xatti-
harakatlar, yolg‘on, zulm, o‘zbilarmonlik, badfe’llik, shoshilinch, nosipolik, engiltaklik”bilan
amalga oshirib bo‘lmaydi. Tartib-intizom “... hayo, xushxulq, halimlik, kechirim, tavoze,
saxovat, sabr, sidq, shukr, rahmat, ilm, aql, adl...”bilan saqlanadi. “Agarda bu xislatlar tartib
bilan ishga solinsa, har qanday ishning ilojini qilish va qo‘l ostidagilarni idora qilib, davlat
boshqaruvida maslahatchilarga hech qanday hojati tushmaydi, hamma ishni tashkil etish
mumkin” .
Amaldorlarni himoyalash va tartib-intizomini nazorat qilishda rahbarlar qadim
zamonlardan beri xabarchilar va josuslardan foydalanib keladilar. “Xabarchilar va josuslardan
foydalanish rahbarning adolatdan va kuchli tafakkuridan darak berib, viloyat obodonligiga
qaratilgan bo‘ladi” . “...Xabarchilar va josuslarning bo‘lishi rahbarlikning bir qoidasidir” .
Rahbar bir vaqtning o‘zida hamma sohalar bo‘yicha barcha erda bo‘layotgan ishlardan xabardor
bo‘la olmaydi. Unga faqat yakuniy natijalargina taqdim etiladi. Ammo bu yakuniy qarorning qay
darajada to‘g‘ri yoki adolatli ekanini rahbar faqat xabarchi va josuslar orqaligina bilishi mumkin.
“Ularning maoshlari xazinadan beriladi. Podshohdan boshqa biror kishi ularning nima ish bilan
mashg‘ul ekanliklarini bilishi mumkin emas” . “Josuslarni tevarak-atrofga savdogar, sayyoh,
so‘fiy, darvesh va dori sotuvchi qilib yuborish kerak, toki ular barcha eshitganlaridan xabar berib
tursinlar” .
Tashqi munosabatlarda rahbardan katta hushyorlik va donishmandlik talab qilinadi.
Xorijdan keluvchilarning barchasi, hatto elchilar ham, o‘z davlati, xalqi, rahbari manfaatlari yoki
ma’lum odamlar manfaati uchun bu erdan biror narsa undirishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘ladilar.
Rahbar o‘z davlatida ish ko‘rsatayotgan har bir xorijlikning asl maqsadini uning o‘ziga
sezdirmasdan o‘rgana olishi kerak. Rahbar elchilarni o‘z mamlakatida erkin yurishga imkon
berishi kerak emas, uni hamisha kuzatuvda saqlashi, har zamon o‘z oldiga chorlab turli
mavzularda suhbat o‘tkazib turishi, uni ko‘proq gapirtirishi lozim yoki bu ishni ishonchli bir
kishining zimmasiga yuklamog‘i shart .
Harbiy kuch-qudrat davlat tinchligi, mustahkamligi va rivojida hamma vaqt muhim o‘rin
tutib kelgan. Ko‘p davlatlarning tashkil topishi yoki tanazzulga yuz tutishi harbiylarning
munosabati bilan bog‘liqdir. Rahbar harbiy ishda tadbirkor bo‘lmasa, barcha ish amirlar qo‘lida
qolib ketadi. Avvalo rahbarning qo‘lida bir emas, bir necha amir bo‘lishi va har birining o‘z
qo‘shini bo‘lmog‘i kerak. Harbiylar xazinadan shahardan tashqari hududlarda esa er-suv bilan
ham ta’minlanishi joiz. Harbiylarning jangovar tayyorgarligi doimo tekshirib turilishi shart .
Do'stlaringiz bilan baham: |